1. Davlatning tashqi iqtisodiy siyosati nima? A) Ichki ishlab chiqarishni rag‘batlantirish siyosati B) Boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tartibga solish faoliyati C) Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish siyosati D) Ichki bozorni himoya qilish choralari 2. Tashqi savdo siyosati qanday tarkibiy qismlardan iborat? A) Eksport, import, valyuta siyosati B) Faoliyatni erkinlashtirish va proteksionizm C) Diskont siyosati va bojxona siyosati D) Yuqoridagi barcha javoblar to‘g‘ri 3. Ichki bozorni xorijiy raqobatdan himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosat nima deb ataladi? A) Liberallashtirish B) Proteksionizm C) Globalizatsiya D) Erkin bozor siyosati 4. Valyuta intervensiyasi qanday maqsadga ega? A) Eksportni ko‘paytirish B) Ichki talabni oshirish C) Milliy valyuta kursini barqarorlashtirish D) Importni cheklash 5. Eksport siyosatining asosiy maqsadi nima? A) Ichki talabni oshirish B) Mahalliy bozorni himoya qilish C) Mahsulotni xalqaro bozorda sotishni rag‘batlantirish D) Xorijiy valyutani cheklash 6. Import siyosati qanday maqsadlarni ko‘zlaydi? A) Ichki bozorni chet el mahsulotlaridan himoya qilish B) Ichki ishlab chiqarishni rag‘batlantirish C) Xorijiy tovarlarning sifatini oshirish D) Faqat A va B javoblari to‘g‘ri 7. Davlatning bojxona siyosati nimalarni qamrab oladi? A) Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni dempingdan himoya qilish B) Tashqi savdo aylanmasini boshqarish C) Davlat byudjetini to‘ldirish D) Yuqoridagilarning barchasi 8. Tashqi savdoni tartibga solishning noto‘rif usullariga qaysi biri kiradi? A) Import bojxona stavkalari B) Subsidiyalar va litsenziyalash C) Eksport bojlari D) Ichki narxlarni oshirish 9. Tashqi savdoni tartibga solishda proteksionizmning afzalliklaridan biri nima? A) Ichki bozorni himoya qilish B) Tashqi bozorlarda narxni pasaytirish C) Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish D) Ishlab chiqarishni cheklash 10. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy yo‘nalishlari qanday? A) Erkinlashtirish va proteksionizm B) Xalqaro valyuta tashkilotlari bilan hamkorlik C) Eksportni cheklash D) Faqat ichki bozorlarda raqobatni oshirish 11. Tashqi savdoni cheklashning qaysi usullari mavjud? A) Tarif va noto‘rif usullar B) Valyuta intervensiyasi C) Faqat eksportni rag‘batlantirish D) Ishlab chiqarishni subsidiyalash 12. Eksportga qo‘yilgan bojning asosiy maqsadi nima? A) Xorijiy bozorlarda talabni oshirish B) Ichki bozorda tanqislikning oldini olish C) Mahalliy ishlab chiqarishni kamaytirish D) Mahalliy iste'molchilarni himoya qilish 13. Tashqi iqtisodiy faoliyatda erkin savdo qanday afzalliklarga ega? A) Resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi B) Ichki bozorda narxlarni pasaytiradi C) Ishlab chiqarish hajmini oshiradi D) Yuqoridagi barcha javoblar to‘g‘ri 14. Davlat tashqi iqtisodiy siyosatida qanday choralar ko‘radi? A) Ichki talabni rag‘batlantirish B) Ichki bozorlarda narxlarni oshirish C) Eksport va importni boshqarish D) Ichki iste'molchilarni cheklash 15. O‘zbekiston Respublikasining asosiy savdo hamkorlari orasida qaysi davlat yo‘q? A) AQSH B) Germaniya C) Yaponiya D) Avstraliya 16. Davlatning diskont siyosati nimaga qaratilgan? A) Valyuta kursini nazorat qilish B) Foiz stavkasidan foydalanib iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash C) Eksportni oshirish D) Ichki bozorni tartibga solish 17. Tashqi savdoning rivojlanishida asosiy omillardan biri nima? A) Iqtisodiy resurslarni noto‘g‘ri taqsimlash B) Xalqaro mehnat taqsimoti C) Mahalliy bozorni yopish D) Yuqori soliq stavkalari 18. Eksport va import yig‘indisi nimani anglatadi? A) Savdo balansini B) Tashqi savdo aylanmasini C) Iqtisodiy rivojlanishni D) Byudjet balansini 19. Valyuta siyosatining asosiy vazifasi nima? A) Ichki iqtisodiy resurslarni nazorat qilish B) Tashqi bozorlarda raqobatni oshirish C) Valyuta mablag‘larini samarali boshqarish D) Soliq stavkalarini pasaytirish 20. Tashqi savdoni erkinlashtirish nima uchun foydali hisoblanadi? A) Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini pasaytiradi B) Resurslarni samarali joylashtirishga imkon beradi C) Ichki bozorni xavf ostiga qo‘yadi D) Davlat byudjetini kamaytiradi 21. Import bojxona tariflari nimaga xizmat qiladi? 22. Tashqi savdoning asosiy turlaridan biri qaysi? 23. Bojxona boji nima uchun muhim? 24. O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2003 yilda qanday o‘sishga erishdi? 25. Ichki talab va taklif o‘rtasidagi farq qanday qoplanadi?