O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “TASDIQLAYMAN” __________SH.Sharipov. “KELISHILDI” Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ______________________ 201__ yil“___”___________ 201___ yil “_____”__________ Ro‘yhatga olindi: BD-5112200-3.04 201_ - yil “ __” ______ BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT FAN DASTURI Bilim sohasi: 100000 - Gumanitar Ta’lim sohasi: 110000 - Pedagogika Ta’lim yo‘nalishi: 5112200 – Iqtisodiy bilim asoslarini o‘qitish metodikasi Toshkent-2019 O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 201__ yil “___” _____dagi ___ -sonli buyrug`ining ___ -ilovasi bilan fan dasturi ro`yxati tasdiqlangan. Fan dasturi Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi yo`nalishlari bo`yicha O`quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 201__ yil “___”_________ dagi ___ -sonli bayonnomasi bilan ma`qullangan. Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ishlab chiqildi. Tuzuvchilar: G.A.Abdilakimov –Nizomiy nomidagi TDPU “Iqtisodiy bilim asoslari o`qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti, PhD. F.R.Mirzayev – Nizomiy nomidagi TDPU “Iqtisodiy bilim asoslari o`qitish metodikasi” kafedrasi katta o`qituvchisi, iqtisod fanlari nomzodi. A.Aymuxammedova- Nizomiy nomidagi TDPU “Iqtisodiy bilim asoslari o`qitish metodikasi” kafedrasi katta o`qituvchisi Taqrizchilar B.A. Xasanov -TDIU, “Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasi professori, iqtisod fanlari doktori; D.E.Norbekov -TMI, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi. Fan dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashida ko`rib chiqilgan va tavsiya qilingan (201__ yil “___” ______________ dagi “___” -sonli bayonnoma). I. O‘quv faning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni Iqtisodiyotni modernizatsiyalashni yanada chuqurlashtirish, uning ko`lamini kengaytirish bilan bog`liq masalalarning nazariy va amaliy tomonlarini o`rganishda “Buxgalteriya hisobi va audit” fani muhim ahamiyat kasb etadi. Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar moliyaviy-xo`jalik faoliyatini tubdan yangilanishi, oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida xo`jalik yurituvchi sub`ektlarlar faoliyatini to`liq aks ettiruvchi ishonchli va barqaror axborot manbaiga bo`lgan ehtiyojni yanada ortishi “Buxgalteriya hisobi” fanini chuqur o`rganishni taqozo etadi. Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy ustuvor yo`nalishlarini puxta o`zlashtirishlari, mavjud resurslardan samarali foydalanishlari hamda ularga ijodiy yondashishlarini ta`minlash fanning oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Shu jihatdan, bugungi kunda oliy o`quv yurtlarini borasidagi qarorga muvofiq, ular o`z funktsiyalarini to`g`ri bajarishlarini taqozo etadi. banklarda buxgalteriya hisobini o`rganayotgan talabalar eng avvalo, uning korxonalar, byudjet va boshqa kredit muassasalaridan yuritiladigan buxgalteriya hisobidan tub farqlarini tushunishlari zarur. Chunki ushbu fan talabalarga nazariy bilimlarini shakllantirish bilan birga, ushbu olgan nazariy bilimlarini amaliyotda joriy etishda qo`l keladi. Buning uchun esa, banklarda buxgalteriya hisobining o`ziga xos xususiyatlarini, moliyaviy hisobotning asosiy tamoyillari hamda uslubiy asoslari bo`yicha bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishga jalb etadi. II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari Fanni o`qitishning maqsadi - talabalarga xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda buxgalteriya hisobi bo`yicha nazariy bilimlarni hosil qilish va ularni amaliyotga qo`llashni o`rgatishdan iboratdir. Fanning asosiy vazifalari - buxgalteriya hisobining nazariy asoslarini o`rganish; buxgalteriya hisobining uslubiy asoslari bo`yicha bilimga ega bo`lish, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar buxgalteriya hisobining tashkiliy asoslarini o`rganish; xo`jalik yurituvchi sub`ekt aktivlari, kapital va majburiyatlari, daromadi, xarajatlari, foyda hamda zararlarni hisobga olish uslublarini o`zlashtirishdan iboratdir. “Buxgalteriya hisobi va audit” o`quv fanini o`zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba: − hisob tushunchasi, xo`jalik hisobi tushunchasi, buxgalteriya hisobi ob`ektlari, sub`ektlari, hisobda qo`llaniladigan usullar, buxgalteriya hisobining asosiy tamoyillarini, xo`jalik yurituvchi sub`ekt faoliyati va u bilan bog`liq daromadlar va xarajatlarni hisobga olish usullarini, moliyaviy hisobotlar va ichki hisobotlarning ko`rsatkichlari va ularning shakllanishini, ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun zarur ma`lumotlarni buxgalteriya hisobidan hamda hisobotlardan olishni bilimga; buxgalteriya hisobida qo`llaniladigan dastlabki hujjatlarni qayta ishlash va ularni umumlashtirishni mustaqil amalga oshirish, xo`jalik yurituvchi sub`ektda sodir bo`lgan xo`jalik muomalalari bo`yicha buxgalteriya o`tkazmalarini tuzish va schetlarda aks ettirish, buxgalteriya hisobi schetlarining oboroti va qoldig`ini aniqlash; moliyaviy va boshqaruv hisobotlarini tuzish hamda taqdim etish bo`yicha ko`nikmasiga; buxgalteriya hisobining nazariy, uslubiy va tashkiliy asoslari; buxgalteriya hisobining uslubi va usullari; buxgalteriya hisobining boshqa iqtisodiy fanlar bilan bog`liqligini tassavur etish malakasiga ega bo`lishi kerak. III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari) 1-MODUL.BUXGALTERIYA HISOBI 1-mavzu. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari Xo`jalik hisobi tushunchasi, funktsiyalari va unga qo`yilgan talablar. Buxgalteriya hisobining tarkibiy qismi va ular o`rtasidagi tafovutlar. Buxgalteriya hisobining predmeti, vazifalari va uning turlari. Xo`jalik jarayonlari. Xo`jalik mablag`lari va ularning tashkil topish manbalari tasnifi. Buxgalteriya hisobining usullari. Buxgalteriya balansi to`g`risida tushuncha. Balansning tuzilishi va uning moddalari. Balansni o`qish tartibi. Xo`jalik operatsiyalari ta`sirida balansdagi o`zgarishlar. 2- mavzu. Pul mablag`lari va hisob-kitoblar hisobi Pul mablag`lari va hisob–kitoblarning mazmuni hamda ularni hisobga olishning vazifalari. Kassa operatsiyalarini hisobga olish. Hisob – kitob scheti bo`yicha operatsiyalarni hisobga olish. Valyuta scheti bo`yicha amalga oshirilgan operatsiyalarni hisobga olish. Hisobdor shaxslar bilan bo`ladigan hisob-kitoblar hisobi. Boshqa hisob-kitob operatsiyalarini hisobga olish. Turli debitorlik va kreditorlik qarzlarni hisobga olish. Bank kreditlari va qarzga olingan mablag`larni hisobga olish. 3- mavzu. Mehnat va unga haq to`lash hisobi Mexnat va ish haqi bo`yicha xisob-kitoblarning mazmuni va ularni hisobga olishning vazifalari. Ishga qabul qilishda xujjatlarni rasmiylashtirish. Mehnatga haq to`lash tizimlari va shakllari. Ish haqi hisobi. Xodimlarni mukofotlash va moddiy yordam bo`yicha xisob-kitoblar hisobi. Ijtimoiy nafaqalar bo`yicha xisobkitoblar hisobi. Ish haqidan ushlanmalar va majburiy ajratmalar hisobi. 4- mavzu. Materiallar hisobi Materiallarni turkumlash, baholash va ularni hisobga olishning vazifalari. Materiallarning harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik hisobini tashkil etish. Olingan materiallar bo`yicha hisob-kitoblar hisobi. Materiallarning ombor xo`jaligining buxgalteriya hisobi va ularni inventarizatsiya qilish tartibi. Xo`jalik jihozlari va inventarlar hisobining hususiyatlari. 5- mavzu. Investitsiyalar hisobi. Moliyaviy investitsiyalarni mazmuni va hisobga olish vazifalari. Moliyaviy investitsiyalarni turkumlanishi va baxolanishi. Moliyaviy investitsiyalar hisobini tashkil qilish. Aktsiya va obligatsiyalarning bozor va nominal qiymatini hisobga olish. Aktsiya va obligatsiyalarni sotib olish hamda qayta sotish bilan bog`liq xarajatlar hisobi. Moliyaviy investitsiyalar bo`yicha moliyaviy natijalar hisobi. 6- mavzu. Asosiy vositalar hisobi Asosiy vositalar hisobini tashkil qilishning vazifalari. Asosiy vositalarni turkumlanishi va baholash tartibi. Asosiy vositalarni kirim qilish hisobi. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularni hisobga olish. Asosiy vositalarni ta`mirlashni moliyalashtirish va ularning hisobi. Asosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi. Asosiy vositalarni inventirizatsiya qilish tartibi va ularning natijalarini hisobda aks ettirish. Asosiy vositalarning turlicha chiqib ketishi hisobi. Lizing operatsiyalari hisobi. 7- mavzu. Nomoddiy aktivlar hisobi Nomoddiy aktivlarni hisobga olish vazifalari. Nomoddiy aktivlarning turkumlani va baholanishi. Nomoddiy aktivlarni qabul qilishni hujjatlashtirish. Nomoddiy aktivlarning kirimi hisobi. Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash usullari va ularning xisobi. Nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish hisobi. Nomoddiy aktivlarning tarlicha chiqib ketishi hisobi. 2- MODUL. MOLIYAVIY HISOB 8- mavzu. Xarajatlari hisobi va kal’kulyatsiya Xarajatlar haqida tushuncha. Xarajatlarni turkumlash. Ishlab chiqarilgan mahsulotlar bo`yicha tannarxga qo`shiladigan xarajatlarni umumlashtirish va ularni taqsimlash. Mahsulot tannarxini tarkibi va turlari. Jarayonli, bo`linmali, buyurtmali tannarx hisoblash usullari. To`liq tannarx va ishlab chiqarish tannarxini hisoblash. Bevosita xarajatlarni mahsulot (ish, xizmatlar) tannarxiga qo`shish. Bilvosita xarajatlarni mahsulot tannarxi tarkibida hisobga olish. Xaqiqiy va normativ usullar bo`yicha xarajatlar hisobi va tannarx hisoblash. “Standart kost” va “Direkt kosting” usullari. 9- mavzu. Mahsulot, tovar (ish, xizmat) lar va ularning sotilishi hisobi Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larning baholanishi va ularni hisobga olish vazifalari. Mahsulotni yuklab jo`natish va sotish jarayonini hujjatlarda rasmiylashtirish. Ishlab chiqarilgan mahsulotning sintetik va ombordagi hisobi. Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan tushum hisobi. Xaridor va buyurtmachilardan olingan avanslar hisobi. Tovarlarnii sotishdan olingan tushum hisobi. Ishlarni bajarish va xizmatlarni ko`rsatishdan tushum hisobi. Tovarlar eksporti bo`yicha xisob-kitoblar hisobi. 10- mavzu. Xususiy kapital hisobi Xususiy kapitalning shakllanishi va ularning hisobini tashkil qilish. Qo`shilgan kapitalni hisobga olish. Zaxira kapitalini hisobga olish. Maqsadli tushumlar, subsidiya va grantlar hisobini yuritish. 11- mavzu. Soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar hisobi Byudjetlarga to`lanadigan soliqlar va to`lovlar hisobining asosiy vazifalari. Soliq hisobini yuritishda sub`ektlarning hisob siyosatini to`g`ri belgilanishi. Umumdavlat va maxalliy soliqlarni buxgalteriya xisobida aks ettirish. Byudjetdan tashqari majburiy ajratmalar xisobi. Mikrofirma va kichik xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimi. Mikrofirma va kichik xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda soliqlar hisobi. 12- mavzu. Moliyaviy natijalar hisobi Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ularni hisobga olish. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar)larni hisobga olish.Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlarni hisobga olish. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda (zarar)ni hisobga olish. Favqulodda foyda va zararlarni hisobga olish. Foydaning ishlatilishi, yakuniy moliyaviy natija va taqsimlanmagan foydani (qoplanmagan zarar) hisobga olish. 13- mavzu. Moliyaviy hisobot Moliyaviy hisobotning mazmuni va tarkibi. Moliyaviy hisobot tuzish va uni tashkil etish. Buxgalteriya balansi tuzilishi va uning tarkibi. Pul oqimi to`g`risidagi hisobotni tuzish va uni to`ldirish. Xususiy kapital to`g`risidagi hisobotni tuzish. Tushuntirish xatlari va ilovalar. IV. Seminar mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar. 1. Buxgalteriya hisobi fanining predmeti va usullari 2. Pul mablag`lari va hisob-kitoblar hisobi 3. Mexnat va unga haq to`lash hisobi 4. Materiallar hisobi 5. Investitsiyalar hisobi 6. Asosiy vositalar hisobi 7. Nomoddiy aktivlar hisobi 8. Xarajatlar hisobi va kal’kulyatsiya 9. Mahsulot, tovar (ish, xizmat)lar va ularning sotilishi hisobi 10. Xususiy kapital hisobi 11. Soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar hisobi 12. Moliyaviy natijalar hisobi 13. Moliyaviy hisobot Seminar mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilishi lozim. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo‘llanilishi maqsadga muvofiq. V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar 1. Buxgalteriya hisobini tashkil etishning nazariy va uslubiy asoslari. 2. Pul mablag`lari hisobi. 3. Valyuta operatsiyalari hisobi. 4. Tovar moddiy zaxiralar hisobi. 5. Materiallarning ombor xo`jaligi hisobi. 6. Asosiy vositalar hisobi. 7. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish hisobi. 8. Nomoddiy aktivlar turkumlanishi va baholanishi. 9. Nomoddiy aktivlarning harakatini hisobga olish. 10. Investitsiyalarni hisobga olish. 11. Xarajatlar hisobi va kal’kulyatsiya. 12. Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari hisobi. 13. Ustav kapitalini shakllantirish va ularni hisobga olish. 14. Moliyaviy natijalarni shakllantirish va ularni hisobga olish. 15. Boshqaruv hisobi fanining predmeti va vazifalari. 16. Boshqaruv hisobida byudjetlashtirish. 17. Bosh byudjet va uni tuzish tartibi. 18. Mahsulot tannarxini tarkibi va turlari. 19. Mahsulot tannarxini kal’kulyatsiya qilishning jarayonli usuli. 20. Mahsulot tannarxini kal’kulyatsiya qilishning oddiy usuli. 21. Mahsulot tannarxini kal’kulyatsiya qilishning buyurtmali usuli. 22. Mahsulot tannarxini kal’kulyatsiya qilishning normativ usuli. 23. Mahsulot tannarxini kal’kulyatsiya qilishning Standart Kost usuli. 24. Mahsulot tannarxini kal’kulyatsiya qilishning Direkt kosting usuli. 25. tannarx hisoblash usullari. 26. To`liq tannarx va ishlab chiqarish tannarxini hisoblash. 27. Transfert bahoni shakllantirish va segmentar hisobot. 28. Transfert bahosining turlari va shakllantirish tamoyillari. 29. Kelgusi davr xarajatlarini qoplash rezerv fondini tashkil qilish va foydalanish hisobi. 30. Moliyaviy natijalar hisobi. Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo‘yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya etiladi. Darslik va o‘quv qo‘llanmalarining (ularning to‘la ta’minlanganligi taqdirda) boblari va mavzularini o‘rganish. Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismlarini o‘zlashtirish. o‘qitish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan ishlash. Fanning boblari va mavzulari ustida ishlash. VI. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbalari Asosiy adabiyotlar 1.Ҳ.Н.Мусаев. Аудит. Тошкент “Молия” 2003 йил 2.М.Умарова, Ў.Эшбоев, К.Аҳмаджонов. Бухгалтерия ҳисоби. Тошкент. “ЎАЖБНТ” маркази, 2004 йил. 3. Н.Санаев, Р.Нарзиев, Аудит. Тошкент “Шарқ” 2001 йил. 4. R.O.Xolbekov. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Toshkent. “Cho’lpon” 2011 yil. 5. K.Ahmadjonov, I.Yakubov. Audit asoslari. T: “Iqtisod-moliya” 2010 yil. Qo`shimcha adabiyotlar 6. Sh. Mirziyoyev. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.// Xalq so‘zi. 16 yanvar 2017 yil. 7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yilning 7 iyundagi “Har bir oila — tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi Qarori// "Xalq so‘zi", 2018 yil 8 iyun 8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947sonli Farmoni. // Xalq so‘zi. 8 fevral 2017 yil. 9. O‘zbekiston Respublikasining 2014-2018 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichlari. WWW/ stat.uz. 10. Кутер М.И. Введение в бухгалтерский учет: Учебник [Электронний ресурс]: учебное электронное издание (учебник) / М.И. Кутер - электрон. дан. (23 Мб). – 2- изд. стер. - Майкоп: элИТ, 2015. - 1 электрон. опт. диск (CД-Р). 11. Пачоли Л. Трактат о счетах и записах (Электронний ресурс); научное электронное издание / перевод и редакция проф. М.И. Кутера – электрон.дан. (325 Мб) – Майкоп: элИТ, 2015. -1 электрон. опт. диск (CД-Р). 12. Бреславцева Н.А., Михайлова Н.В., Гончаренко О.Н. Бухгалтерский учет. Учебник. Ростов : Феликс, 2012, 318 стр. Internet saytlari 13. www.gov.uz 14. www.norma.uz 15. www.stat.uz 16. www. tdpu. uz 17. www.cbu.uz 18. www.economist.com 19. www.worldeconomics.com.