Конспект урока чтения 2 класс: Узбекская народная сказка

Dang‘ara tumani
XTMFMTTEB tasarrufidagi
11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o‘qituvchisi
Onorboyeva Ziyodaxonning
2”A”-sinfda o’qish fanidan
bir soatlik
O’qish 2- sinf. 6.04.2017 yil.
Mavzu: “Tansihatlik –tuman boylik”.(O’bek xalq ertagi)
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: o‘quvchilarni ertak mazmuni bilan
tanishtirish,to’g’ri va ravon o’qishga o’rgatish .
b) tarbiyaviy: o’quvchilarda mehnatsevarlik, tirishqoqlik,
irodalilik kabi fazilatlarni tarbiyalash.
c) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning matnni ifodali o’qish
,og’zaki hikoya qilish malakalarini rivojlantirish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodi: suhbat, klaster, musobaqa, ko‘rgazmalilik,
mustaqil ish.
Dars jihozi: ko‘rgazmali plakatlar, mulyajlar, kompyuter, slaydlar
tarqatma
materiallar.
Darsning borishi:
I.Tashkily qism:
Salomlashish.
Davomatni aniqlash
Oquvchilarni darsga hozirlash
II.Uy vazifasini sorash va otilgan mavzuni
mustahkamlash
O’quvchilar savollarga javob beradilar.
-Tabiatdagi qanday qushlarni bilasiz?
-Qanday hayvonlar bor?
-Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlardan qaysilarini dilasiz?
-Qaysi qushlar qishda uchib ketmaydi?
“BU NIMA?” oyini.
Otilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida <<Bu nima?>>
oyini otkaziladi.Bu oyinda bir oquvchi xattaxta yoniga
chiqadi.Unga sezdirmasdan oquvchilarga biror uy hayvoni yoki
parranda rasmi korsatiladi.Oquvchi boshqalarga savol
beradi:<<Bu uy hayvonimi?>>,<<Bu insonlarning uzogini
yaqin qiladimi?>>,<<Kishnaydimi?>>…
Oquvchilar esa faqat<<Ha>> yoki <<Yoq>>deb javob
berishadi.
III Yangi mavzu bayoni
Yangi mavzu e’on qilinadi va xattaxtaga yoziladi:”Tansihatlik
–tuman boylik”
Ertak mazmuni suratlar yordamida tushuntiriladi.
O’qituvchi ertakni darslikdan ifodali o’qib beradi.O’quvchilar
kuzatib tinglaydilar:
Matnda uchragan notanish so’zlar yuzasidan lug’at ishi
o’tkaziladi.
Lug’at ishi:
Qashshoq-o’ta kambagal,faqir
Zorlanib-shikoyat qilib,xafa bo’lib
Tuman-nihoyatda ko’p,sanog’iga yetib bo’lmaydigan.
Suhbat uchun savollar:
1.Ertakdan qanday xulosa chiqardingiz?
2.Inson yaxshi yashashi uchun nima qilishi
kerak deb o’ylaysiz?
Harakatli dam olish daqiqasi o’tkaziladi.
O’quvchilar birgalikda bajaradilar.
Derazani ochaman toza havo kirsindeb,
Badantarbiya qilaman tanim kuchga to’lsin deb.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash
Darslik bilan ishlash :
“Tansihatlik –tuman boylik”ertagini o’quvchilar navbat bilan
“Zanjir ” usulida o’quydilar.
Ertak mazmunini sahna ko’rinishi yordamida ko’rsatib
beradilar.
Test topshiriqlari:
1.Donishmand cholning oldiga kim
a)dono qiz
b)boy yigit
d) qashshoq yigit
e) badavlat ayol
kelibdi?
2. Qashshoq yigit nima deb zorlanibdi?
a) men boyman
b) men ochman,kiyim-kechakim yo’q
d) ro’zg’orim to’kin sochin
e) mening hamma narsam bor.
3. Donishmand chol yigitdan nimani so’rabdi?
a) kiyim-kechak
b) idish –tavoq
d) uyini
e) ta’na a’zolarini
4. Yigit nima deb javob beribdi?
a) yo’q
b) ha
d) mayli
e) o’ylab ko’raman
5. Maqolni davom ettiring. „Sog’ tanda – sog’lom….“
a)fikr
b)hayot
d)boylik
e)aql
Darslikdagi maqolning mazmuni tushuntiriladi.O’quvchilar
mehnat haqida maqollar aytadilar.O’qituvchi ularning javobini
to’ldiradi.
Darslikda berilgan “Ertak nima?” matnni rasmlar yordamida
tushuntiriladi.
“Sozdan so’z top ” o’yini O’quvchilar
“tansihatlik” so’zidan so’zlar topadilar: tana ,
sihat,sina ….
V Darsga yakun yasash va baholash.
O’quvchilarga yangi mavzu yuzasidan olgan
bilim,ko’nikma,malakalarini mustahkamlash maqsadida
quyidagicha savollar bilan murojat etiladi.
1. Insonning tan-joni sog’ bo’lsa nima qilish kerak?
2. Biror-bir hunarni egallash inson uchun zarurmi?
O’quvchilar darsda ishtirokiga ko’ra ba’holanadi.
VI Uyga vazifa berish.
“Tansihatlik – tuman boylik” ertagini ifodali o’qib, darlikdagi
reja asosida og’zaki hikoya qilish.Mehnat haqida maqollar yod
olish.