Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va ularning vazifalari

Oʻzbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va moliya vazirining
2024-yil “__” _______ dagi
___-sonli buyrugʻiga
___ -ilova
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
“Yashil” iqtisodiyotga oʻtish va rivojlantirishni
muvofiqlashtirish boshqarmasi toʻgʻrisida
VAQTINChALIK NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. “Yashil” iqtisodiyotga oʻtish va rivojlantirishni muvofiqlashtirish
boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Boshqarma) “yashil” iqtisodiyotni ilgari surish
va joriy etish hamda 2019–2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish Strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga
oshirish boʻyicha masʼul vazirliklar va idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish,
xususan, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va barqaror “yashil” iqtisodiy oʻsishni
taʼminlash, “yashil” texnologiyalardan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha
davlat siyosatini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan Oʻzbekiston Respublikasi
Iqtisodiyot va moliya vazirligining (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik) tarkibiy
boʻlinmasi hisoblanadi
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Boshqarmasi asosiy vazifalarini, funksiyalarini, huquqlarini, majburiyatlarini,
faoliyatini tashkil etish va javobgarligini belgilaydi.
3. Boshqarma Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi.
4. Boshqarma oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
va Qonunlariga, Oliy Majlis palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi
Hukumatining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga,
Vazirlikning buyruq va koʻrsatmalariga, shuningdek, Vazirlik toʻgʻrisidagi Nizom
va ushbu Nizomga amal qiladi.
5. Boshqarma faoliyati yuzasidan bevosita Iqtisodiyot va moliya vaziriga
va vazirning birinchi oʻrinbosariga boʻysunadi hamda ularning rahbarligida oʻz
faoliyatini amalga oshiradi.
6. Boshqarma oʻziga yuklatilgan vazifalarni Vazirlikning boshqa tarkibiy
boʻlinmalari, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vazirliklari va idoralari bilan
oʻzaro hamkorlikda bajaradi.
Shuningdek, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimida davlat muassasasi
shaklida tashkil etilgan “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi
faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
7. Boshqarma oʻz tarkibiy tuzilmasida “Yashil texnologiyalarni rivojlantirishni
qoʻllab-quvvatlash” va “Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish strategiyasi va dasturlari
ijrosini muvofiqlashtirish” boʻlimlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda
biriktirilgan vazifa va topshiriqlarning oʻz vaqtida sifatli bajarilishini taʼminlaydi.
2-bob. Boshqarma vazifalari va funksiyalari
7. Boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
a) 2019–2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil”
iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini va 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash dasturi amalga
oshirilishini hamda unda nazarda tutilgan tadbirlar boʻyicha masʼul vazirliklar va
idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;
b) iqtisodiyot tarmoqlarida “yashil” texnologiyalarini keng joriy qilishga
koʻmaklashish va ulardan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash;
d) resurslarni tejovchi va yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha samarali
mexanizm va zamonaviy texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy qilishga,
shu jumladan, aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida chiqindisiz ishlab
chiqaruvchi texnologiyalarni joriy qilishga koʻmaklashish;
e) davlat, xususiy va nodavlat sektorlariga ekologik, ijtimoiy va boshqaruv
(ESG) tamoyillarini tatbiq qilish;
f) tabiiy resurslarni samarali ishlatish, bioyoqilgʻi, qayta tiklanuvchi energiya
manbalari va boshqa “yashil” texnologiyalar asosida iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirishga koʻmaklashish;
g) iqtisodiy islohotlarda barqaror va “yashil” oʻsish tamoyillarini tatbiq qilishni
taʼminlash boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashish;
h) “yashil” iqtisodiyotga oʻtish doirasida xalqaro hamkor tashkilotlar bilan
hamkorlikni kuchaytirish, texnik va moliyaviy koʻmaklarini jalb qilish;
i) Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij bitimining 6-moddasiga muvofiq, Barqaror
rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmi boʻyicha chora-tadbirlarning amalga
oshirilishini muvofiqlashtirish;
j) “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning normativ-huquqiy asosini
takomillashtirish;
k) ijro intizomi, yuridik va jismoniy shaxslar hamda ommaviy axborot
vositalari bilan ishlash.
8. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni
amalga oshiradi:
a) 2019–2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining “yashil”
iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini va 2030-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasida
“yashil” iqtisodiyotga oʻtish va “yashil” oʻsishni taʼminlash dasturi amalga
oshirilishini hamda unda nazarda tutilgan tadbirlar boʻyicha masʼul vazirliklar va
idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha:
“yashil” iqtisodiyotni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha hisobotlar
yuritishning oʻz vaqtida tashkil etilishini taʼminlash;
“yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish holati boʻyicha tahliliy materiallarni
tayyorlash hamda Strategiya va Dastur bilan belgilangan vazifalarning bajarilishida
yuzaga kelgan muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Strategiya va Dasturda belgilangan yoʻnalishlarning har biri boʻyicha
iqtisodiyot tarmoqlari hamda hududlarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan istiqbolli
loyiha takliflarini shakllantirish;
“yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning respublika va hududlar ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishiga taʼsiri asosiy indikatorlarini kompleks tahlil qilish, mavjud
kamchiliklarni bartaraf etish yoʻllarini hamda nomutanosibliklarni aniqlash;
tizim xodimlarining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish va uni rivojlantirish boʻyicha
bilim va malakasini muntazam ravishda oshirish hamda ish yuritishda “yashil”
mexanizmlarni yoʻlga qoʻyishga qaratilgan tadbirlar yuzasidan takliflar ishlab
chiqish;
boshqarma vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha aholi va xoʻjalik yurituvchi
subyektlarning fikrlari, takliflarini oʻrganish va tahlil qilish, shu asosda ularni hal
etishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
“yashil” rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha OAV, vazirlikning
rasmiy sayti uchun maʼlumotlar tayyorlash;
b) iqtisodiyot tarmoqlarida “yashil” texnologiyalarini keng joriy qilishga
koʻmaklashish va ulardan foydalanishni qoʻllab-quvvatlash:
“yashil” texnologiyalarni rivojlantirishda xususiy sektor hissasini oshirish
boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
“yashil” texnologiyalarning joriy etilishi boʻyicha tahliliy maʼlumotlar va
hisobotlar yuritilishini taʼminlash;
iqtisodiyot tarmoqlari faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish;
“yashil” texnologiyalarni tatbiq etishda ishbilarmonlik muhitini
shakllantirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirilishini qoʻllab-quvvatlash va
monitoring olib borish;
“yashil” texnologiyalarning keng qoʻllanilishini rivojlantirishning qisqa, oʻrta
va uzoq muddatli qoʻllab-quvvatlash dasturlari, oʻsish koʻrsatkichlari hamda
ularning ishlab chiqarilishi va qoʻllanilishini tahlil qilib borish;
aholining “yashil” texnologiyalardan foydalanish boʻyicha bilim va
malakalarini muntazam ravishda oshirib borish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
d) resurslarni tejovchi va yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha samarali
mexanizm va zamonaviy texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga joriy qilishga,
shu jumladan, aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida chiqindisiz ishlab
chiqaruvchi texnologiyalarni joriy qilishga koʻmaklashish:
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan
atrof-muhitga taʼsiri yuqori boʻlgan obyektlar hududida monitoring olib borish va
zarur boʻlganda ishlab chiqarish jarayonlarini oʻzgartirib, ularning taʼsirini
kamaytirish maqsadida atmosfera havosidan namunalar olish va tahlil qilish
avtomatik stansiyalarni oʻrnatishga koʻmaklashish;
energiya samarador va energiya tejamkor qurilmalarni xarid qilishda imtiyozlar
qoʻllash takliflarini tayyorlashda ishtirok etish;
zamonaviy bioyoqilgʻi ishlab chiqarish texnologiyalarini oʻrganib borish va
respublikada tatbiq qilishga koʻmaklashish;
“yashil” texnologiyalarning qoʻllanilishi boʻyicha statistik va tahliliy
maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va doimiy oʻzgarishlardan kelib chiqib
yangilab borish;
e) davlat, xususiy va nodavlat sektorlariga ekologik, ijtimoiy va boshqaruv
(ESG) tamoyillarini tatbiq qilish:
atrof-muhitga zararli tashlamalarni eng koʻp chiqarayotgan iqtisodiyot
tarmoqlarida “toza” texnologiyalar bilan qayta jihozlash yuzasidan tegishli
takliflarni kiritib borish;
resurs tejovchi va yoʻqotishlarni kamaytirish boʻyicha samarali mexanizmlarni
ishlab chiqishga va “yashil” texnologiyalarni barcha sohalarga faol joriy qilishga,
shu jumladan, aylanma iqtisodiyotni rivojlantirish hamda chiqindisiz ishlab
chiqarish texnologiyalarini keng joriy qilishga koʻmaklashish;
vazirlik va idoralar bilan “yashil” texnologiyalarga oʻtishga asoslangan
“yashil” loyihalarni qoʻllab-quvvatlash tadbirlarni belgilash hamda iqtisodiy oʻsish
va yangi ish oʻrinlari yaratilishiga taʼsirini baholash;
iqtisodiyot tarmoqlarida yoʻqotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish
samaradorligini oshirishga koʻmaklashish;
f) tabiiy resurslarni samarali ishlatish, bioyoqilgʻi, qayta tiklanuvchi energiya
manbalari va boshqa “yashil” texnologiyalar asosida iqtisodiyot tarmoqlarini
rivojlantirishga koʻmaklashish:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish, zamonaviy
texnologiyalarni tatbiq qilish va energiya isteʼmolida qayta tiklanuvchi energiya
manbalari ulushini oshirishga koʻmaklashish;
energiya samaradorligi past boʻlgan, maʼnan eskirgan maishiy texnikalar, yuk
transporti va qishloq xoʻjaligi maxsus transporti vositalarining kam xarajatlilariga
almashtirilishi boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
suv resurslarini tejovchi, olis masofalarga yetkazib beruvchi zamonaviy
texnologiyalarning joriy qilinishiga koʻmaklashish;
maishiy, texnogen, qurilish va boshqa chiqindilar eng koʻp tashlanayotgan
hududlarda qayta ishlash va qayta ishlatish komplekslarini barpo etish boʻyicha
takliflar kiritish;
g) iqtisodiy islohotlarda barqaror va “yashil” oʻsish tamoyillarini tatbiq
qilishni taʼminlash boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirishga koʻmaklashish:
milliy miqyosda issiqxona gazlari emissiyalarining monitoringi, hisoboti va
tekshiruvi (MRV) tizimini yaratish va rivojlantirish;
iqlim oʻzgarishining iqtisodiyot tarmoqlariga boʻlgan taʼsirini baholab borish
hamda uning salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
iqlim oʻzgarishi va “yashil” oʻsish omillarini inobatga olgan holda
makroiqtisodiy modellashtirish va prognozlashtirish jarayonida ishtirok etish;
Vazirlik tizimi faoliyatiga “yashil” yechimlarni tatbiq etish, “yashil”
iqtisodiyotni
rivojlantirishda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
infratuzilmasi rolini oshirishda ishtirok etish;
maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda maʼlumotlar bilan toʻliq va sifatli
taʼminlab borishni nazorat qilish;
“yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishda xususiy sektor hissasini oshirish boʻyicha
takliflarni ishlab chiqish;
mamlakatda issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish va uglerod kvotalari
savdosini rivojlantirish va yoʻlga qoʻyish, shuningdek, ular boʻyicha takliflar ishlab
chiqish;
h) “yashil” iqtisodiyotga oʻtish doirasida xalqaro hamkor tashkilotlar bilan
hamkorlikni kuchaytirish, texnik va moliyaviy koʻmaklarini jalb qilish:
xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiyotni dekarbonizatsiyalash va “yashil”
rivojlanish modeliga oʻtish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish;
“yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish borasida xalqaro tashkilotlar bilan
hamkorlikda bajarilayotgan ishlarda oʻz vakolatlari doirasida ishtirok etish;
xalqaro tajribadan kelib chiqib “yashil” oʻsish hamda “yashil” iqtisodiyotga
oʻtish boʻyicha ilgʻor tajribalarni mamlakatda tatbiq qilish maqsadida texnik va
moliyaviy koʻmaklarni jalb qilish;
i) Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Parij bitimining 6-moddasiga muvofiq, Barqaror
rivojlanishni qoʻllab-quvvatlash mexanizmi boʻyicha chora-tadbirlarning amalga
oshirilishini muvofiqlashtirish:
xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda Parij bitimi 6-moddasiga muvofiq,
qisqartirilgan issiqxona gazlari sotuvini (Carbon Trade) va savdo tizimini yoʻlga
qoʻyish mexanizmi amalga oshirilishini tashkil qilish;
xalqaro uglerod bozorlarida mamlakatning ishtirokini taʼminlash hamda bozor
narxlari asosida respublika tomonidan qisqartirilgan issiqxona gaz emissiyalarini
(Carbon Credit) sotishni yoʻlga qoʻyish;
issiqxona gazlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirish
boʻyicha xorijiy davlatlar bilan davlatlararo kelishuvlarga erishish;
j) “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning normativ-huquqiy asosini
takomillashtirish:
“yashil” iqtisodiyot yoʻnalishini tartibga soluvchi amaldagi normativ-huquqiy
hujjatlarni doimiy ravishda xatlovdan oʻtkazish va zarur boʻlgan hollarda ularni
takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
mamlakatda “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishning qisqa, oʻrta va uzoq
muddatli prognozlari, rivojlanish dasturlari, oʻsish koʻrsatkichlarini ishlab chiqishda
va amalga oshirishda ishtirok etish;
k) Ijro intizomi, yuridik va jismoniy shaxslar hamda ommaviy axborot
vositalari bilan ishlash borasida:
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, takliflarni
tayyorlash va ularda koʻtarilgan masalalarni hal qilishni tashkil etish, boshqarma
tomonidan nazorat qilinadigan masalalar yuzasidan jismoniy va yuridik
shaxslarning vakillarini qabul qilishni amalga oshirish;
boshqarma xodimlari tomonidan qamrab olingan masalalar boʻyicha
maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda maʼlumotlar bilan toʻliq va sifatli
taʼminlab borishni nazorat qilish;
ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi (Ijro.gov.uz) hamda Elektron
hujjat almashish avtomatlashtirilgan axborot tizimi (edo.ijro.uz) orqali boshqarmaga
kelib tushgan topshiriqlarning oʻz vaqtida ijrosini taʼminlab, dasturga kiritish;
vazirlikning buyrugʻi bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlik
markaziy apparatida ish yuritish boʻyicha yoʻriqnoma hamda ushbu sohadagi boshqa
normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ish yuritishni (kiruvchi va chiquvchi
yozishmalarni hisobga olish) tashkil etadi.
“yashil” rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha OAV, vazirlikning
rasmiy sayti uchun maʼlumotlar tayyorlash hamda aholini “yashil”
texnologiyalardan foydalanish boʻyicha bilim va malakalarini oshirish;
tegishli vazirlik va idoralar bilan atrof-muhitga taʼsiri yuqori boʻlgan
obyektlarni monitoring qilish va “toza” texnologiyalar bilan qayta jihozlash
yuzasidan tegishli takliflarni kiritib borish;
davlat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar va maxfiy tusdagi maʼlumotlardan
foydalanish qoidalariga rioya etilishini taʼminlaydi;
boshqarma unga yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni ham
amalga oshiradi.
3-bob. Boshqarmaning huquq va majburiyatlari
9. Boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun
quyidagi huquqlarga ega:
hukumat qarorlari loyihalarini, prognozlar va maqsadli dasturlar loyihalarini
tayyorlash va muvofiqlashtirishda ishtirok etish;
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, qoʻmitalar, agentliklar, mulkchilik shaklidan
qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlardan, shuningdek, Iqtisodiyot va moliya
vazirligi tarkibiy boʻlinmalari va tarmoq boshqarmalaridan Boshqarma vakolatiga
kiruvchi ishlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlarni (rejalar,
hisobotlar, maʼlumotlar va h.z.) olish;
boshqarmaning vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha boshqa tashkilotlar va
muassasalar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
oʻrnatilgan tartibda boshqarma vakolatiga taalluqli masalalarda davlat
tashkilotlari, boshqa tashkilot va muassasalar bilan aloqada vazirlikning
manfaatlarini belgilash;
vazirlik rahbariyati bilan kelishilgan holda respublikada “yashil” iqtisodiyot”ni
targʻib qilish va joriy etish jarayonida ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilish,
xulosalar, tavsiyalar va takliflar tayyorlash;
“yashil” iqtisodiyot”ni rivojlantirish boʻyicha loyihalar va tadbirlarni amalga
oshirish;
boshqarmaning vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha tushuntirishlar va
tavsiyalar berish;
“yashil” iqtisodiyot”ni rivojlantirish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston
Respublikasida “yashil” iqtisodiyotga oʻtish choralarini muvofiqlashtirish boʻyicha
Idoralararo kengashning vakolatlariga kiradigan masalalarni hisobga olgan holda
ishchi guruhlarning ishida ishtirok etish;
metodologik materiallar va tavsiyalar loyihalarini, shuningdek, respublikada
“yashil” iqtisodiyot”ni joriy etishga taalluqli meʼyoriy hujjatlar loyihalarini ishlab
chiqadi va ushbu yoʻnalishdagi loyihalarni vazirlik rahbariyatiga koʻrib chiqish
uchun taqdim etish;
boshqarmaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xodimlarning
moddiy va ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning malakasini oshirish boʻyicha
rahbariyatga takliflar kiritish.
10. Boshqarmaning majburiyatlari:
vazirlik rahbariyati (vazir, vazirning birinchi oʻrinbosari va vazir
oʻrinbosarlari) koʻrsatmalarini oʻz vakolati doirasida vaqtida bajarish;
unga ushbu Nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan yuklangan funksiyalarni
oʻz vaqtida, sifatli va samarali bajarish;
ish yuritishda ijro intizomiga qatʼiy rioya etish, asosan nazoratda boʻlgan
hujjatlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻrnatilgan tartibda koʻrib
chiqish va ularga javob berish yuzasidan ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
boshqarma xodimi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham
ega boʻlishi mumkin.
4. Boshqarmaning tuzilmasi
11. Boshqarmaning tuzilmasi Iqtisodiyot va moliya vaziri tomonidan
tasdiqlanadi.
12. Boshqarma boshligʻi, ikki nafar boʻlim boshligʻi va toʻqqiz nafar bosh
mutaxassisdan iborat.
13. Boshqarma boshligʻi:
boshqarma faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ishini tashkil etadi;
boshqarmaga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi ustidan nazorat olib boradi;
xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi va ularning zarur darajada
bajarilishini nazorat qiladi;
shtatlarni shakllantirish, ishga qabul qilish, lavozimdan lavozimga oʻtkazish va
ishdan boʻshatish, boshqarma xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va mukofotlash,
xodimlarning faoliyatini baholash orqali ularga moddiy yordam koʻrsatish,
shuningdek, zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarmagan yoki
muddatida ijrosini taʼminlamagan xodimlarga nisbatan chora koʻrish toʻgʻrisida
Vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritadi;
qonunchilik hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqarma faoliyatiga
tegishli boshqa masalalarni hal qiladi.
14. Boshqarma boshligʻi, boʻlim boshliqlari, bosh mutaxassislar belgilangan
tartibda vazir tomonidan lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qilinadi.
15. Oylik ustama ish haqi, uzoq muddat ish faoliyati uchun qoʻshimcha toʻlov
Iqtisodiyot va moliya vaziri qarori bilan amalga oshiriladi.
5-bob. Boshqarma xodimlarining javobgarligi
16. Boshqarma xodimlari qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi uchun
Boshqarma tomonidan tayyorlangan hujjatlar uchun javobgardir.
17. Oʻz vazifalari va funksiyalarini bajarmaganliklari yoki lozim darajada
bajarmaganliklari uchun Boshqarma xodimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq
javobgarlikka tortiladilar.
6-bob. Yakuniy qoidalar
18. Mazkur vaqtinchalik nizomga asoslantirilgan takliflar asosida Iqtisodiyot
va moliya vaziri bilan kelishilgan holda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi
mumkin.