Лазерная физика: Методическое пособие для курсовых работ

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
«Fizika» kafedrasi
Fizika-matematika fakulteti Ilmiy kengashida
muhokama qilingan va tasdiqlangan
Kengash raisi __________X.O.Jo’raev
« 26 » noyabr 2021 yil.
Oliy ta’limning bakalavr 5140200 – Fizika
ta’lim yo’nalishidagi talabalari uchun
«LAZER FIZIKASI»
fa nida n kurs ishlarini ba ja rish bo ’yicha
US LU BIY K O’RSA TMA
Buxoro – 2021 й.
1
Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti
Kengashining 4-yig‘ilish bayonidan
KO‘CHIRMA
2021 yil 26 noyabr
Kengash raisi: H.O.Jo‘raev
Buxoro shahar
Kengash kotibi: U.U.Umarova
Jami kengash a’zosi: nafar
Qatnashdi: 17 nafar Kengash a’zosi
va
fakultet professor-o‘qituvchilari
Kun tartibi:
Turli masalalar.
Nashrga tavsiya.
1)
BuxDU Fizika kafedrasi dotsenti
E.S.Nazarov va dotsent
S.O.Saidov “Lazer fizikasi fanidan kurs ishilarini bajarish bo’yicha uslubiy
ko’rsatma” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanma to’g’risida
Eshitildi:
H.O.Jo‘raev – Kengash a’zolariga “Fizika” kafedrasi dotsent E.S.Nazarov
va S.O.Saidov tomonidan “Lazer fizikasi fanidan kurs ishilarini bajarish
bo’yicha uslubiy ko’rsatma” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmani tayorlanganligi,
taqrizlarni BuxDU “Fizika” kafedrasi dotsenti B.E.Niyazxonova va BuxDU
“Fizika” kafedrasi dotsenti Q.S.Saidovlar berishgan. Har ikkala taqrizlar ijobiy.
“Fizika” kafedrasining 2021-yil 24-noyabrdagi 13–son yig‘ilishida ushbu
o‘quv-uslubiy qo‘llanma ko‘rib chiqilgan.
Yig‘ilish raisi Kengash a’zolaridan va fakultet professor –
o‘qituvchilaridan “Fizika” kafedrasi dotsent E.S.Nazarov va S.O.Saidov
tomonidan “Lazer fizikasi fanidan kurs ishilarini bajarish bo’yicha uslubiy
ko’rsatma” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmasini nashr etishga tavsiya etish uchun
2
ochiq ovozga qo‘ydilar. Fakultet Kengashi a’zolari va professor – o‘qituvchilari
ushbu taklifni bir ovozdan qo‘llab – quvvatladilar.
Muhokama etilgan masala yuzasidan fakultet Kengashi yig‘ilishida
quyidagicha
QAROR QILINDI:
1. “Fizika” kafedrasi dotsent E.S.Nazarov va S.O.Saidov tomonidan
“Lazer fizikasi fanidan kurs ishilarini bajarish bo’yicha uslubiy
ko’rsatma” nomli o‘quv-uslubiy qo‘llanmani nashr etishga tavsiya
etilsin.
Kengash raisi:
H.O.Jo‘raev
Kengash kotibi:
U.U.Umarova
Ko‘chirma asliga to‘g‘ri
3
«T a s d i q l a n d i »
«Fizika» kafedrasi mudiri
_________ p.h.d. Sh.Sh.Fayziyev
«24» noyabr 2021 yil.
Ushbu uslubiy ko’rsatma O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus, kasb
hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha O’quv-uslubiy birlashmalar
Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2019 yil «17» 08 dagi 4 - sonli bayonnomasi
bilan ma’qullangan “Lazer fizikasi” fani o’quv dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchilar:
E.S. Nazarov
–
Buxoro davlat universiteti, «Fizika» kafedrasi
dotsenti, texnika fanlari nomzodi.
S.O. Saidov
–
Buxoro davlat universiteti, «Fizika»
dotsenti, kimyo fanlari nomzodi.
kafedrasi
–
Buxoro
kafedrasi
Taqrizchilar:
B.E.Niyazxonova
davlat
universiteti,
«Fizika»
dostenti, fizika-matematika fanlari nomzodi
Q.S.Saidov
–
Buxoro davlat universiteti, «Fizika» kafedrasi
dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Fanning ishchi o’quv dasturi Buxoro davlat universiteti, Fizika-matematika
fakulteti, Fizika kafedrasining 2021 йил «24» noyabrdagi «13» - sonli bayoni bilan
tasdiqlangan.
Fanning ishchi o’quv dasturi Buxoro davlat universiteti, Fizika-matematika
fakulteti o’quv-uslubiy Kengashining 2021 йил «26» noyabrdagi «4» - sonli
bayoni bilan tasdiqlangan.
4
1. Kurs ishining maqsad va vazifalari:
Kurs
ishlari
ma’ruzalarda
olingan
nazariy
bilimlarni
amaliyotda
qo’llanishining dastlabki bosqichi bo’lib hisoblanadi. Kurs ishi vositasida
talabaning nazariy bilimlarni o’zlashtirish darajasini bilish, uning ilmiy ijodiy
imkoniyatlarini baholash mumkin. Avvalo, talaba kurs ishini tayyorlashda
o’rganilgan nazariy imkoniyatlarini baholashi, o’z nuqtai nazarini erkin ifoda qila
olishi lozim. Kurs ishida talabaning fanni qanday o’zlashtirayotganligini,
ta’limdagi islohotlarining tub mohiyatini nechog’lik tushunib yetishi, mavjud
muammolarning va mavzuga doir masalalarning yechimi qanday bo’lishi
to’g’risida fikr mulohazalarini bilish mumkin.
Kurs ishining maqsad va vazifalari:
– Talabalarning zamonaviy ta’lim usullari, vositalaridan, lazer fizikasi fanini
o’qitishdan samarali foydalanish bo’yicha kasbiy tayyorgarligini oshirish,
pedagogik tafakkurini chuqurlashtirish va kengaytirish;
– Lazer
fizikasinnig
zamonaviy
yutuqlari,
muammolari,
tadqiqot
metodlaridan xabardor qilish;
– Fan bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish,
olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy,
madaniy vazifalarni hal etishda qo’llash;
– Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo’yilish
jaryonidan boshlab, uni to’la nihoyasiga yetkazish bo’yicha qaror qabul qilishda
bo’lgan mas’uliyatni his qilishga o’rgatish;
– Yangi axborot texnologiyalarini egallash, pedagogik dasturiy vositalarni
chuqur
o’rganish,
jamiyatni,
shuningdek,
ta’limni
axborotlashtirilayotgan sharoitda ishlash uslublarini egallash.
5
islohot
va
2. Kurs ishi mavzusini tanlash va unga rahbarlik.
Kurs ishlari mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi
va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi. Kurs ishi mavzulari tanlangan fan
bo’yicha birinchi darsda e’lon qilinadi. Talabalarga mavzuni tanlash imkoniyati
beriladi. Kurs ishi rahbari etib kafedra professor-o’qituvchilari tayinlanadi.
Kurs ish rahbari:
 topshiriq beradi;
 asosiy adabiyotlar, ma’lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo’yicha
boshqa manbalarni tavsiya etadi;
 talabalar bilan muntazam ravishda konsultastiyalar o’tkazadi;
 kurs ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi;
 talaba bajargan kurs ishning sifati va muallifligiga javob beradi, mavzularning
qaytarilishiga yoki ko’chirilishiga yo’l qo’ymaydi.
Belgilangan tartibda rasmiylashtiriladigan kurs ishi talaba tomonidan
rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, kurs ish talab darajasida bajarilganligiga ishonch
bildirgandan so’ng, ishni o’z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi.
Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va kurs
ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi, so’ngra ishning kamchiliklari
ko’rsatilib, kamchilikni bartaraf etish taklifi beriladi.
Talaba kurs ishi mavzusini tanlaganda quyidagi maqsadlarni o’z oldiga
qo’yishi kerak. Tahlil qilinayotgan mavzusini katta qiziqish bilan o’rganishi,
o’zining bilim darajasini kengaytirishi va uni kelajakda amaliyotga tadbiq qila
olish imkoniga ega bo’lishi muhim hisoblanadi. Ayniqsa, talaba mavzusini o’z
mutaxassisiligi yo’nalishiga qarab tanlasa, bu ishning muvaffaqiyatli bajarilishi va
ijobiy baholanishida alohida ahamiyatga ega bo’ladi.
Kurs ishi mundarijasini (rejasini) (2-ilova) o’qituvchidan maslahat olib
tuzish maqsadga muvofiq.
3. Kurs ishining tuzilishi va tarkibi.
Kurs ishining tarkibi:
- titul varag’i (1-ilova);
6
- mundarija;
- kirish;
- asosiy qism (topshiriqqa mos):
- adabiyot sharxi (tahlili) va tanlangan yo’nalish (yoki metod) ni asoslash;
- tajriba qismi;
- tajriba natijalari va ularning muhokamasi;
- xotima (xulosa va tavsiyalar);
- foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
Rejadagi savollar mantiqan bir-birlari bilan bog’langan bo’lishi, har bir
keyingi savol o’zidan oldingi savolning mantiqan davomi bo’lib, bir butunni
tashkil etishi kerak.
4. Kurs ishini bajarish tartiblari va unga qo’yiladigan asosiy talablar.
Kurs ishi Kompyuterda WORD tizimida Times New Roman shriftida 14
shrift bilan, satrlar orasini 1,5 intervaldan qilib, 25-30 bet hajmida yozilishi kerak.
Sahifada matnning to’rt tomonida bo’sh joy qoldiriladi, chapdan 30 mm, o’ngdan
15 mm, yuqoridan va pastdan 20 mm bo’lishi kerak. Qo’lda (agar qo’lyozma
bo’lsa) yozilgan matn qoramtir tusdagi (qora, to’q binafsha, to’q ko’k rangli)
pastada chiroyli husnixat bilan yozilishi va satrlar orasidagi masofa 8-10 mm
bo’lishi (bir betda 25-27 satr joylashishi) kerak. Hamma matn bitta rangdagi va
tusdagi siyoh (pasta) bilan yozilishi kerak.
Kirish qismida (3÷4 bet) mavzuning dolzarbligi, uning uzluksiz ta’lim
tizimida, shuningdek, optikani o’qitishdagi ahamiyati, kurs ishining maqsadi,
vazifalari, ob’yekti, predmeti va amaliy ahamiyati yoritiladi.
Tahliliy qismda (6÷8 bet) tanlangan mavzu bo’yicha vaziyatning,
muammoning bugungi kun holati tahlili keltiriladi.
Asosiy qismda (10÷15 bet) muammoni maqbul yechimini topishga
qaratilgan
fikr-mulohazalar
chizmalar,
sxemalar
diagrammalar bilan boytilgan holda ifoda etiladi.
7
jadvallar,
grafik
hamda
Xulosa va tavsiyalarda (1÷2 bet) kurs ishini tayyorlash, olingan natijalarni
rasmiylashtirish, himoya qilish jarayonida shakllangan fikr-mulohazalari, taklif va
tavsiyalar bayon etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida (15-20 ta) kurs ishini tayyorlash
(yozish) da keng foydalanilgan turli nashrlar: me’yoriy-huquqiy hujjatlar, o’quvuslubiy qo’llanmalar, lug’atlar, ko’rsatmalar, monografiyalar, maqolalar va
shuningdek, veb saytlar keltiriladi. Shu o’rinda ko’p sonli manbalardan
foydalanish, bu boshqa mualliflar fikrini to’g’ridan-to’g’ri ko’chirib olishni
anglatmasdan, balki ishlab chiqilgan, u yoki tinglovchining o’z fikri, qarashlarini
bayon etishi talab etilishi kerak. Adabiyotlar ro’yxati (son) miqdor jihatdan emas,
balki mazmunan mavzuni to’liq yoritish va qo’yilgan masalalarni atroflicha hal
etish uchun yetarli bo’lishi maqsadga muvofiq.
Ilovada
malaka
ishiga
oid
va
uning
mazmun-mohiyatini
yanada
mukammalroq yoritish uchun xizmat qiladigan materiallar o’z aksini topishi zarur.
Adabiyot tanlash, uni o’rganish, qayta ishlash va kurs ishi matnining xomaki
hamda oxirgi variantlarini tayyorlash uchun sarf qilinadigan vaqt miqdori va
bajarish muddatini aniq belgilab olishlari maqsadga muvofiqdir. Belgilangan
muddatga qarab ishni bajarish talabaning pishiq-puxta ish olib borishini
ta’minlaydi va unga kurs ishini o’z vaqtida nihoyasiga yetkazib topshirishiga
imkon beradi.
Kurs
ishini
bajarishda
dasturda
ko’rsatilgan
adabiyotlar
bilan
cheklanmasdan, ayrim masalalarni batafsil bayon qilish imkonini beradigan
qo’shimcha adabiyotlardan ham foydalansa, maqsadga muvofiq bo’ladi.
5. Kurs ishlarini taqriz qilish tartibi.
Tugallangan kurs ishi himoyaga qo’yilishdan oldin taqriz qilinishi kerak.
Bunda birinchi navbatda tayyorlangan ishning ijobiy tomonlarini, keyin esa
kamchiliklarini ko’rsatib, ularni bartaraf etish yo’llari ko’rsatilishi kerak.
Taqrizdan oldin kurs ishi albatta diqqat bilan o’qib chiqilishi kerak, aks holda
nomigagina yozilgan taqrizlar tufayli sifat jihatidan talabga javob bermaydigan
kurs ishlari ham ijobiy baholanib ketilishiga yo’l qo’yilishi mumkin.
8
Kurs ishlarini taqriz qiluvchi professor-o’qituvchilar oldiga quyidagi talablar
qo’yiladi:
– Kurs ishining mazmuniga umumiy baho berish va unda yo’l qo’yilgan
xatolarni ko’rsatish, shuningdek, talabaga kamchiliklarni tuzatish yo’llari bo’yicha
maslahat berish hamda shunga tegishli mulohazalarni taqriz varag’iga yozib
qo’yish;
– Taqrizda kurs ishining birinchi navbatda, ijobiy tomonlarini ko’rsatish
bilan birga, barcha salbiy tomonlarini ham chuqur tahlil qilib, mohiyati
yoritilmagan savollarni talabaga tushuntirib berish;
– Kurs ishida har bir betning chetiga va taqrizning o’zida yoziladigan
mulohazalarda mustaqil bajarilgan ishda qaysi muammolarga, ya’ni qaysi savollar
mohiyatini yoritishga ilmiy-ijodiy yondoshganligini, qaysi birlarini to’ldirish zarur
ekanligini ko’rsatish;
– Nazariyaning amaliyot bilan uzviy ravishda bog’lab olib borilish
darajasini ko’rsatiladi; Kurs ishini to’g’ri rasmiylashtirishga jiddiy e’tibor berish
ham muhim hisoblanadi, chunki kurs ishini mazmunli va yetuk saviyada yozish
bilan birga uni did bilan rasmilashtirishga e’tibor berilsa, bu taqrizda alohida
ko’rsatiladi.
Kurs ishining ham ijobiy ham salbiy tomonlarini tahlil qilish, talabalarga
tanlangan muammo bo’yicha chuqur, nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishga
ko’maklashadi hamda ularni kelajakda yetuk mutaxassis bo’lib yetishishiga
yordam beradi. Talabaning yozgan kurs ishini hech qanday asossiz, qoniqarsiz
baholashga yo’l qo’yish mumkin emas, aks holda, bu ularning o’qishga bo’lga
ishtiyoqini so’ndiradi, ya’ni talabaning ijodiy faoliyatiga ta’sir qiladi. Shu boisdan
taqrizda kurs ishi mavzusi mohiyati qanday darajada yoritilganligini har
tomonlama ob’yektiv tahlil qilib, qo’yilgan bahoni dalillar bilan asoslash lozim.
6. Kurs ishini baholash tartibi.
Kurs ishini baholash mezoni talabalarda ilmiy izlanishga qiziqish uyg’otish,
ularga to’g’ri ta’lim-tarbiya berishga xizmat qilishi zarur. Shu boisdan har bir
o’qituvchi kurs ishiga taqriz yozish masalasiga, ob’yektiv nuqtai-nazardan
9
yondoshib, bajarilgan ish talabining javob berish darajasini ham hisobga olib
baholasa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Kurs ishlari sifat darjasiga qarab tabaqalangan holda baholangani maqsadga
muvofiqdir. Reyting tizimi bo’yicha talabaning kurs ishini 100 ballik tizim asosida
baholanadi. Shuning uchun kurs ishini quyidagicha baholash maqsadga
muvofiqdir:
Baholash
Baholash mezonlari
usullari
Talaba mavzularga tegishli savollarning barchasi asoslangan, ilmiy
xatoliklarga yo’l qo’yilmagan holda javoblar berilsa, mavzu materiali
mohiyatini to’la tushunibetgan bo’lsa, ijodiy fikr yuritsa, mavzu
materiali bo’yicha mustaqil mushohada qilib bilsa, nazariy bilimlarni
5
«a’lo»
amalda qo’llashga misollar keltirib bilsa, mavzu bo’yicha xulosalar va
qarorlar qabul qilishda faol bo’lsa, material bo’yicha to’la tasavvurga
ega bo’lsa, masalalarni mustaqil fikr chiqarib to’g’ri bajarsa, javoblarni
izohlab ularning amaliy ahamiyatini anglay olsa, masalani echishga
ijodiy yondoshsa, o’z fikrini to’la ifodalay olsa.
Talaba savollarning barchasiga to’liq javob bersa, ju’ziy
xatoliklarga yo’l qo’ymasa, mavzu materiali mohiyatini to’la tushunib
4
«yaxshi»
etgan bo’lsa, ijodiy fikr yurita olsa, nazariy bilimlarni amaliy
ahamiyatini anglab etgan bo’lsa, material bo’yicha tasavvurga ega
bo’lsa, yozma ishlarni bajarishda masalalarni bajarib ayrim noju’ziy
xatoliklarga yo’l qo’ygan bo’lsa.
Talaba savollarga javoblar yozgan bo’lsa, yo’l qo’ygan xatolari
ju’ziy bo’lsa, material mohiyatini sayoz tushungan bo’lsa, nazariy
3
«qoniqarli»
bilimlarning amaliy ahamiyatini sayoz anglagan bo’lsa, mavzular
bo’yicha to’liq tushunchaga ega bo’lmasa, masalani bajarish jarayonini
tushuntira olsa, yozma ishda berilgan masalalarning yarmidan ko’pini
to’g’ri bajarsa.
10
Talaba savollarga javob berishda qiynalsa, material mohiyatini
tushunmasa, tasavvuri sayoz bo’lsa, nazariy bilimlarni amaldagi
2 «qoniqarsiz» ahamiyatini anglab etmasa, savollarning ko’pchiligiga javob bera
olmasa, masalalarning shartini to’g’ri tushunib ularni bajara olmasa,
masalalarning echimi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’lmasa.
O’qituvchi taqrizda bu ishning ijobiy tomonlari hamda kamchiliklarini va
ularni bartaraf qilish yo’llarini ko’rsatgan taqdirda ham ular himoyaga qadar
bartaraf qilinmasa, baho bir muncha pasaytiriladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kurs ishini yozish natijasida talabalar
ijodiy fikrlay boshlaydi. Bu esa ularga kelgusidagi ilmiy ishlarini yozishida katta
yordam beradi.
11
“Lazer fizikasi” fani bo’yicha kurs ishi mavzulari.
(2021-2022 o’quv yili)
№
1
Kurs ishining mavzusi
Lazerlarning ishlash prinsipi.
2
Lazerlarning fan va texnikada qo’llanilishi.
3
Nochiziqli – optik hodisalar.
4
Anizotrop kristallarda ikkinchi garmonika generatsiyasi.
5
He-Ne lazeri ishlash prinsipi.
6
Yorug’likning parametrik generatorlari.
7
Yorug’likning pikosekundli impulslarini olish.
8
Ko’p fotonli jarayonlar.
9
Bir modali va ko’p modali generatsiya shartlari.
10
Muhit qutblanish turlari.
11
Majburiy Mandelshtam-Brillyuen sochilishi.
12
Spontan va majburiy kombinatsion sochilish.
13
Yarim o’tkazgichli lazerlar.
14
Gigant lazer impulsini hosil qilish usullari.
15
Lazer nurini modulyatsiya qilish.
16
Invers bandlik va uni hosil qilish usullari.
17
Optik rezonator va ularning turlari.
18
Kvant o’tishlar. Nurning yutilish va nurlanish jarayonlari.
19
CO2 - lazeri.
20
Lazer nurlanishi xarakteristikalari va ularni o’lchash metodlari.
21
Qattiq jism lazerlari.
22
Lazerlarni aloqada qo’llanilishi.
12
Izoh
23
Lazerlarning tibbiyotda qo’llanilishi.
24
Lazerli masofani o’lchagichlar.
25
Gaz lazerlari (Argon, CO2 va boshqalar).
Kurs ishi mavzulari fan mavzusi (yoki uning boblari) doirasida belgilanib,
olingan bilimlarni boyitishga xizmat qilishi kerak. Kurs ishini baholash uning
(Taqdimot) himoyasi natijasi bo’yicha aniqlanadi.
13
1-ILOVA.
Kurs ishining titul beti namunasi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIKA–MATEMATIKA FAKULTETI
«Fizika» kafedrasi
«LAZER FIZIKASI» fanidan
KURS ISHI
Mavzu: ______________________________________________________
___________________________________________________
Bajardi: _______guruhi talabasi _______________________________
(Talabaning F.I.Sh.)
Tekshirdi: ___________________________________________________
(O’qituvchining F.I.Sh.)
Komissiya a’zolari:
Kurs ishi himoya qilingan
sana:
___________
“____” _______2022 y.
__________________
(imzo)
___________
_________________
(imzo)
Baho: _____ ( _____ )
___________
(imzo)
Buxoro – 2022
14
__________________
2-ILOVA.
Kurs ishi mundarijasini tuzish bo’yicha namuna.
M U N D ARI J A
KIRISH.......……………………………………………..…..
3
1-BOB. LAZER FIZIKASINI O’QITISHDA EKOLOGIK TA’LIM
BERISHNING NAZARIY ASOSLARI ...............……..…..
1.1. Lazer fizikasini o’qitishda ekologik
ta’lim berishning
pedagogik asoslari...............................................................
1.2. Lazer
fizikasini
o’qitishda
5
o’quvchilarga
5
tabiatni
qo’riqlashga oid bilim berishning imkoniyatlari, shakllari va
usullari ................................................................................
12
2-BOB. LAZER FIZIKASINI O’QITISHDA EKOLOGIK TA’LIM
ELEMENTLARIDAN FOYDALANISH USLUBIYOTI......
19
2.1. Lazer fizikasi darslarida ekologik ta’lim talim elementlarini
shakllantirish uslubiyoti ......................................................
19
2.2. Darsdan tashqari mashg’ulotlarda ekologik talim ta’lim
elementlari ...........................................................................
26
XULOSA .............................................................................
27
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ..........
28
ILOVA ................................................................................
30
15
16