Mavzu: TARIXDA YIL HISOBI Mavzu Darsning maqsadlari Ta’limiy Tarbiyaviy Dars turi Dars usuli Darsning jihozi Darsning texnologik xariasi Tarixda yil hisobi Tarixda yil hisobi, kalendar vatani, hijriy yil hisobi haqida bilimlar berish Tarixiy sanalarni chuqur o’rganish, madaniy meroslarni asrabavaylash fazilatlarini tarkib toptirish Yangi bilim beruvchi. Interfaol metodlar U.Jo’rayev, Q.Usmonov, A.Nurqulov. Tarixdan hikoyalar. Toshkent, Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa-ijodiy uyi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. 11-14-betlar. Darsga oid ko’rgazmalar. Tarqatma materiallar. Internet ma’lumotlari Darsni metodik baholash Reyting tizimida Ishning nomi 1-bosqich. Tashkiliy qism 2-bosqich. Uyga vazifalar ko’rib chiqish 3-bosqich. Yangi mavzuni o’zlashtirish 4-bosqich. Egallangan bilimlarni mustahkamlash 5-bosqich. Darsga yakun yasash, uyga vazifa berish 6-bosqich. Bilimlarni nazorat qilish Dars jarayoni va texnologiyasi Bajarilayotgan ishlar mazmuni Metodi Vaqt (daqiqa) 3 Salomlashish. Davomatni aniqlash. O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. Mavzuga oid savollar beriladi. Savol-javob Savol-javob, suhbat 6 Mavzu haqida tushuncha beriladi. Klaster, tushuntirish 15 O’quvchilarga boshqotirmalar yechtiriladi. Didaktik o’yinlar 15 Yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Boshqotirmalar yechtiriladi. O’tilgan mavzu mustahkamlanadi. Uyga vazifa tushuntiriladi. Darsga faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi. Boshqotirmalar 3 Savol-javob 2 Darsning maqsadlari: Ta’limiy: Tarixda yil hisobi, kalendar vatani, hijriy yil hisobi haqida bilimlar berish Tarbiyaviy: Tarixiy sanalarni chuqur o’rganish, madaniy meroslarni asrab-avaylash fazilatlarini tarkib toptirish Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Interfaol metodlar Darsning jihozi: U.Jo’rayev, Q.Usmonov, A.Nurqulov. Tarixdan hikoyalar. Toshkent, Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa-ijodiy uyi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. 11-14-betlar. Darsga oid ko’rgazmalar. Tarqatma materiallar. Internet ma’lumotlari Darsni metodik baholash: Reyting tizimida. Darsning blok-sxemasi: 1. O’tgan mavzuni so’rash. 2. Mavzu haqida tushuncha. 3. Mustahkamlash. 4. Klaster metodi. 5. Boshqotirma didaktik o’yini. 6. O’quvchilarni baholash. 7. Dars yakuni. Tayanch tushunchalar: Kalendar, Misrliklar kalendari, Yuliy kalendari, Grigoriy kalendari, hijriy yil hisobi Darsning borishi: Tashkiliy qism: a) Salomlashish; b) O’quvchilarni davomatini aniqlash; c) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’gan mavzu og’zaki savol-javob metodi orqali mustahkamlanadi. 1. Tarixiy manbalar va ularning qanday o’rganilishi haqida bilib oldingiz? 2. Moddiy (ashyoviy) va yozma manbalarni taqqoslang. 3. Vatanimizning qadimgi tarixi haqida yozib qoldirilgan yozma manbalar haqida so’zlab bering. 4. Milod (era) tushunchasi qanday paydo bo’lgan? 5. “Miloddan avvalgi” iborasi nimani anglatadi? Yangi mavzu bayoni: Darsning rejasi 1. Kalendar tarixi. 2. Kalendar vaqti 3. Yuliy kalendari 4. Grigoriy kalendari 5. Hijriy yil hisobi Kalendar – vaqtning kunlarga, haftalarga, oylarga va yillarga bo’lib hisoblanishidir. Kalendarga yil, oy va kunlarning nomlari yozib qo’yilgan bo’ladi. Bu esa kalendardan foydalanishda katta qulaylik tug’diradi. Kalendar asosida odamlar kundalik ish faoliyatlarini rejalashtirib oladilar. Davlat ishlari ham kalendar asosida rejalashtiriladi. Masalan, mamlakat prezidentining chet davlatlarga borishi yoki chet davlatlar rahbarlarini qabul qilish muddatlari belgilab olinadi. Dastlabki kalendar qadimgi Misrda yaratilgan. Misrliklar o’z hayotini Nil daryosisiz tasavvur eta olmaganlar. Nil daryosining suvi ular uchun hayot-mamot masalasi edi. Ayni paytda ular uchun Nil daryosi suvining qachon toshishsi vaqtini bilish ham nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Y O D D A T U T I N G! Yil – Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketadigan vaqt o’lchov birligi. Bir yil 365 kundan iborat, har to’rt yilda esa bir marta 366 kunga teng bo’ladi. Miloddan avvalgi 46-yilda Rim davlati hukmdori Yuliy Sezar o’z nomi bilan ataluvchi Yuliy kalendarini joriy etgan. Bu kalendarga ham yil 12 oyga bo’lingan. Ayni paytda toq sonli oylar 31 kunlik, juft sonli oylar 30 kunlik qilib belgilangan. Fevral oyi esa 28 kunlik etib tasdiqlangan. Bundan tashqari, misrliklar kalendarida har 4 yilda to’planib qoladigan bir kunni yo’qotish uchun fevral oyi to’rt yilda bir marta 29 kun davom etadigan qilib belgilangan. Shu tariqa kalendarning ilgarilab ketishining oldi olingan. Fevral oyi 29 kunlik bo’ladigan yilda bir yil 366 kunni tashkil etgan. Atamalar: Ka’ba – islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi Tengkunlik – kunduz ham, tun ham 12 soatga teng bo’ladigankun. Savol va topshiriqlar 1. Kalendar va uning ahamiyati haqida nimalarni bilib oldingiz? 2. Nima uchun bir yil 365 yoki 366 kundan iborat ekanligini izohlab bering. 3. Qadimgi misrliklar kalendarni qanday yaratgan edilar va bu kalendardagi xatolik nimadan iborat edi? 4. Yuliy kalendarini misrliklar kalendari bilan taqqoslang. 5. Grigoriy kalendarining joriy etilishiga nima sabab bo’lgan va unda Yuliy kalendaridagi xatolik qanday bartaraf etilgan? 6. Hijriy yil hisobi haqida nimalarni bilasiz? MUSTAQIL ISH KALENDARLARNI TAQQOSLANG VA JADVALNI TO’LDIRING. Kalendarlar Kalendarda bir yil necha kun etib belgilangan? Kalendarlarda yil hisobida yo’l qo’yilgan xatoliklar Misrliklar kalendari Yuliy kalendari Grigoriy kalendari Dars yakuni: Faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Uyga vazifa: Tarixda yil hiosobi haqida kichik matn yozib kelish. Xatoliklarni tuzatish uchun nimalar qilindi?