O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Urganch Davlat universiteti “O‘zbek tilshunosligi” kafedrasi “TASDIQLAYMAN” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor ________dots. S.U.Xodjaniyazov “___”_____________2022-yil “DAVLAT TILIDA ISH YURITISH” FANIDAN O‘QUV- USLUBIY MAJMUA Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 120000 – Gumanitar fanlar Ta’lim yo‘nalishi: 2021- 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili, rus va o‘zbek tilida ta’lim oluvchi guruhlar uchun) URGANCH – 2022 1 Ushbu o‘quv-uslubiy majmua Oʻzbеkistоn Rеspublikasi Оliy va maхsus ta’lim vazirligi “___”_______________ Urganch davlat universiteti Kengashi oʻrta- tоmоnidan 2022-yilda tasdiqlangan “Davlat tilida ish yuritish” fanining oʻquv dasturi asоsida ishlab chiqilgan. Tuzuvchilar: ___________ X.M.Qodirova O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi ___________ F.G‘.Otajonova O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi Taqrizchilar: Davletov I. - O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Mahmudov R. - Xorazm Ma’mun akademiyasi kichik ilmiy xodimi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori. Mazkur o‘quv-uslubiy majmua Urganch davlat universiteti Kеngashida ko‘rib chiqilgan va ishlatishga tavsiya etilgan («____ » _______ 2022-yildagi №__-sоnli bayonnоma). 2 MUNDARIJA 1.O‘QUV MATERIALLARI ……………………………………………… 2. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI………………………………….. 3. ILOVALAR…............................................................................................... 4. TESTLAR………………………………………………………………… 3 1-mavzu : O‘ZBEK MUNSHAOTI TARIXI, UNING AN'ANALARI R e j a: 1. Munshaot haqida ma'lumot. Munshaot (ish yuritish)tarixining davlatchilik tarixi bilan bog‘liqligi. 2.Turkiy davlatchilikning boshlang‘ich davrlarida ish yuritishningog‘zaki shakli. 3.Yozuv va musulmon huquqining paydo bo‘lishi bilan ish yuritish hujjatlarining takomillashuvi. 4. Farmon, tarxon yorlig‘i, vaqfnoma, vasiqa, shartnoma singari hujjatlarning mazmuni. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi Farmonini o‘rganib, undan shu matn uslubiga xos bo‘lgan so‘z va iboralarni toping hamda grammatik qurilishini tushuntirib bering. Tayanch so‘z va iboralar: munshaot, davlat, o‘zbek davlatchiligi,og‘zaki nutqiy me'yorlar, an'anaviylik, turkiy hoqonliklar hujjatlari, Qur'oni Karim va hadislar, buyruq, farmon, vaqfnoma, vasiqa, shartnoma, tarxon yorlig‘i, moliya hujjatlari, tilxatlar,ustoz-shogird, farzandlikka berish, qullikdan ozod qilish, hadya, savdo-sotiq, qarz, ishonch, ssuda, kafolat, zakolat, garov, ijara, nikoh, bugungi ish yuritish. O‘zbek munshaoti tarixining shakllanish ildizlarini o‘zbek davlatchiligi tarixidan izlash lozim bo‘ladi. Tarixiy manbalar va tarixiy tadqiqotlarning guvohlik berishicha, bundan yarim million yillar muqaddam hozir biz o‘zbeklar yashab kelayotgan ona zamin —O‘zbekiston hududida ajdodlarimiz yashab kelganlar. Tarixiy va diniy manbalar yana shundan ogoh etadiki, turkiy xalqlar Nuh payg‘ambarning o‘g‘li Yofas — Abut-turk avlodidan tarqalgan va bu ulug‘ zot turkiy davlatchilikning asoschisi sanaladi. Undan keyin esa poytaxti Samarqand bo‘lgan Alp Er To‘nga davlati (miloddan avvalgi to‘rt minginchi yillar) e'tirof etiladi. Mana shu tarzda turli shakllarda davom ettirilgan va bugunga kelib O‘zbekiston Respublikasi nomi bilan ataladigan mustaqil o‘zbek davlati o‘zining salkam uch ming yillik tarixiga ega . Bu o‘rinda shu narsa muhimki, o‘zining ana shunday qadimiy va boy tarixiy an'analariga ega bo‘lgan o‘zbek davlatchiligi, shubhasiz, o‘z ish yuritish tarixiga ham ega va uni o‘rganish bugungi fanimizning dolzarb masalalaridan biridir. Biz mavzuni o‘zbek davlatchiligi tarixini atroflicha o‘rgangan huquqshunos olim Z.Muqimov o‘zining «O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi» kitobida bayon etgan fikrlarga tayanibyoritishga harakat qilamiz. Ma'lumki, davlatchilikning boshlang‘ich shakllarida, hali yozuv bo‘lmagan paytlarda, ma'lum odat tusiga kirgan og‘zaki huquqiy me'yorlar asosida ish olib borilgan. Bu odatlarni Z.Muqimov “ma'lum bir joyning yozib qo‘yilmagan, og‘izdanog‘ izga, avloddan-avlodga o‘tib kelgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan rasm-rusumlari va tartiblaridan kelib chiqadigan qoidalar yig‘indisidan iboratdir”, deb izohlaydi. 4 Darhaqiqat, davlatchilikning hamma davrlarida ham turli shakllarda amalda bo‘lgan ish yuritish qoidalari ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishning u yoki bu tarzdagi ko‘rinishlari hisoblanadi. Ular yordamida davlatlararo va mamlakat ichidagi, shaxslararo va oilaviy munosabatlar, jinoyatga qarab jazo belgilash, tartib va intizom masalalari yo‘lga qo‘yilgan. Yozuv paydo bo‘lgandan keyingi davrlar mahsuli hisoblanadigan qonun va kodekslar, farmon va farmoyishlar hamda boshqa mazmundagi hujjatlarning amaldagi ko‘rinishlari ham aynan ana shu hujjatlarning davomi, desak xato bo‘lmaydi. Z.Muqimovning yuqorida nomi zikr etilgan kitobida ma'lumot berilishicha, turkiy hoqonliklarning hujjatlar to‘plami bizgacha yetib kelgan. Sug‘d hujjatlari deb nomlanadigan bu hujjatlar majmui 76 yuridik-notarial hujjatlarni qamrab olgan bo‘lib, ular orasida hokimlarning bir-birlariga yuborgan xatlari, viloyatlardan kelgan ma'lumotlar, moliya-xazina hujjatlari, turli tilxatlar, mulk ijarasi, nikoh shartnomalari mavjud. Shularga asoslanib, asar muallifi “turk hoqonligi davrida Sug‘d yuridik aktlarni belgilangan shaklda tuzib, rasmiylashtiradigan maxsus mahkama va mansabdor shaxs bo‘lgan”ligini qayd etadi. Ish yuritish doirasida davlat boshlig‘ining buyruq-farmonlari, vaqfnomalar, vasiqalar, shartnomalar, yorliqlar, ayniqsa,tarxon yorliqlari, soliq tizimini tartibga soluvchi hujjatlar o‘zining alohida nufuzi bilan ajralib turadi. O‘zbek davlatchiligining ma'lum bir bosqichi arablar istilosi bilan bog‘liq ravishda yuzaga kelgan musulmon huquqi bilan bog‘liq bo‘lib, u Qur'oni Karim va hadislar shaklidagi urfodatlarni izga soluvchi hujjatlar majmuini qamrab oladi. Ular uzoq yillar davomida jamiyatni boshqarish va tartibga solishning asosiy ma'naviyhuquqiy hujjatlari bo‘lib kelgan. Bu huquq doirasida amal qiluvchi asosiy hujjatlardan biri —yer egaligi bilan bog‘liq bo‘lgan vaqfnomalar sanaladi. Vaqfnomalar yerga egalik qilish huquqi, qancha yer qachon, kimga va qancha muddatga berilganligi, uni ijaraga berish tartibi, ijara haqi me'yorlari, mulkdan olinadigan daromad, ularni sarflash yo‘llari hamda to‘lanadigan soliqlar kabi jihatlar mukammal aks etgan hujjat hisoblanadi. Vasiqa ham qadimda keng tarqalgan hujjat turlaridan biri bo‘lib, mulkka bo‘lgan egalikni bildiruvchi, kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni huquqiy asosga qo‘yuvchi hujjat sanalgan va qozilar tomonidan tasdiqlangan. Masalan, ustoz-shogird munosabatlari, boshqalarning bolasini farzandlikka olish, qullikdan ozod qilish, xususiy yoki ko‘chmas mulk oldi-sotdisi, hadya etish hamda savdo-sotiq shartnomalari ana shu vasiqa hujjatlari sanalgan. Qozilarning bu vazifalarini hozirda notariuslar amalga oshirishadi. Bundan tashqari ijtimoiy munosabatlarda shartnoma va uning topshiriq, qarzni o‘tkazish, ishonch, ssuda, kafolat, zakalat, hadya, omonatga saqlab turish, qarz, garov, ijara, savdosotiq, o‘rtoqlik, nikoh singari turlarini rasmiylashtirish keng amalda bo‘lgan . Ma'lumki, tarxonlik qadimgi turk-mo‘g‘ul davlatchiligida vujudga kelgan unvon bo‘lib, unga davlat va vatan manfaatlari yo‘lida alohida xizmat qilgan kishilar sazovor bo‘lishgan hamda bu shaxsga berilgan imtiyozlar tarxon yorliqlari yoki tarxon haqidagi farmon deb atalgan maxsus hujjatlar yordamida rasmiylashtirilgan. Turli davrlarda imtiyozi o‘zgarib turgan tarxonlik huquqlari ana shu hujjatlarda aniq ko‘rsatib berilgan. 5 Masalan, soliqlardan va o‘lim jazosidan ozod etilish darajasi, ov yoki urushda qo‘lga kiritilgan mulkka egalik, hukmdor saroyiga kirish va turli anjumanlarda o‘tirish o‘rni kabilar. Amir Temur “Tuzuklar”i misolida turkiy davlatchilikda soliq undirishning mukammal tizimi mavjud bo‘lganligi haqida xulosa chiqarish mumkin. “Tuzuklar”dan birgina misol keltiramiz: “Har bir mamlakat fath etilgach, turli ko‘ngilsiz hodisalardan amnu omonlikda bo‘lsin, uning hosil va daromadlarini hisobga olib ish tutsinlar. Agar yerlik fuqaro azaldan berib kelgan xiroj miqdoriga rozi bo‘lsa, ularning roziligi bilan ish ko‘rsinlar, aks holda (xirojni) tuzukka muvofiq yig‘sinlar. Yana amr qildimki, xirojni ekindan olingan hosilga va yerning unumdorligiga qarab yig‘sinlar. Chunonchi, doim, uzluksiz ravishda koriz, buloq va daryo suvi bilan sug‘oriladigan ekin yerlarni hisobga olsinlar va unday yerlardan olingan hosildan ikki hissasini raiyatga,bir hissasini oliy sarkorlik (saltanat xazinasi) uchun olsinlar. Bulardan tashqari kuzgi, bahorgi, qishki va yozgi dehqonchilikdan olingan hosil raiyatning o‘ziga bo‘lsin. Lalmikor yerlarni esa jariblarga bo‘lsinlar, hisobga olingan bu yerlardan (soliq olishda) uchdan bir va to‘rtdan bir qoidasiga amal qilsinlar. Har shahar va har yerdan olinadigan jon solig‘i, kasb-hunardan hamda o‘tloq va suvloqdan olinadigan soliqni to‘plashda qadimdan kelgan tartibqoidaga amal qilsinlar. Bordiyu bunga raiyat rozi bo‘lmasa, bori-bo‘lganicha ish tutsinlar” . Amir Temur davrida soliqqa oid ish yuritish ana shu ko‘rsatmalarga asoslangan. Z.Muqimovning yuqorida nomi tilga olingan asarida yana qoraxoniylar (XI-XII asrlar) davridan bizgacha yetib kelgan Yorkand sud-notarial hujjatlari to‘g‘risida ma'lumot beradi . Ular orasida sud majlisi qarorining mavjudligi ushbu hujjat shaklining ish yuritish tarixi qadimiy ildizlarga ega ekanligidan dalolat beradi. “Ilk turk musulmon davlatlaridan bo‘lgan qoraxoniylar imperatorligida shariat huquqi keng yoyilgan hamda qonunchilik rivojlangan. Sud ishlari takomillashgan,qozilik asosida ularda ish yuritish esa arab va turkiy tillarda olib borilgan” . Ushbu o‘rinda o‘zbek davlatchiligi tarixida amalda bo‘lgan ayrim ish yuritish qoidalari va hujjatlari to‘g‘risida qisman bo‘lsa-da, ma'lumot berildi.Chunki yuqorida ta'kidlab o‘tilganidek, mukammallikka alohida olib borilgan tadqiqotlar tufayligina erishish mumkin. Harqalay, shu aytilganlarning o‘zi ham amalda bo‘lgan hujjatlarga shunchaki ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish vositasi sifatidagina emas, balki har bir davrda davlatni boshqarish madaniyatining namunasi sifatida qarash imkonini beradi. Bugungi O‘zbekiston davlatchilik tizimida bu hujjatlarning barchasi amalda bo‘lmasligi mumkin va bunday bo‘lishi shart ham emas. Negaki, o‘tgan uzoq yillik tarixiy davr jahon sivilizatsiyasi bilan bog‘liq ravishda davlatni boshqarishni, binobarin, undagi ish yuritish shakllarini tubdan o‘zgartirdi, bu hujjatlarning mazmun-mohiyati zamon talablariga muvofiqlashtirildi va ayni paytda takomillashtirildi. Hujjatlarning mukammallik darajasi davlatchilikning shakllanishi va hujjatlardan foydalanuvchilarning saviyasiga bog‘liq bo‘ladi. Qayerda davlatchilik an'analari 6 uzoq tarixga ega bo‘lsa, xalqning umumiy madaniyati va savodxonlik darajasi yuqori bo‘lsa, o‘sha yerda hujjat yuritish ishlari ham bir qadar takomillashgan deb aytish mumkin. Mana shu ma'noda o‘zbek tilida ish yuritish an'analari ham o‘ziga xos tarixga egaki, biz bunga yuqoridagi ayrim misollar yordamida amin bo‘ldik. Ish yuritish to‘g‘risidagi tahlillar shundan dalolat beradiki, o‘zbek davlatchiligining bugungi taraqqiyot bosqichida o‘tmishda yuritilgan hujjatlardan ham mazmunan, ham shaklan to‘laligicha foydalanilayotgani yo‘q. Aytish mumkin bo‘lsa, ular ma'naviy jihatdan eskirdi, mazmun-mohiyati va shakli ham davr talablariga bog‘liq holda o‘zgarib bordi. Bu o‘zgarishlarga, ayniqsa keyingi 70-75 yillikda — O‘zbekiston Respublikasining sobiq SSSR tarkibida bo‘lganligi jiddiy sabab bo‘ldi. Chunki butun bir Ittifoq doirasida asosiy hujjatlar yagona tartib asosida va asosan rus tilida yuritildi. Hatto O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ham ularning mazmunida tub o‘zgarishlar sodir bo‘lgan emas. Bundan o‘n yoki yigirma yil oldin ariza, bayonnoma (protokol) yoki bildirishnoma (raport) ga ehtiyoj qanday bo‘lsa, bu zarurat hozirda ham mavjud. Ammo uni rasmiylashtirishda ma'lum o‘zgarishlar sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu, asosan til masalasi bilan bog‘liq bo‘lib, “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingach, barcha hujjatlarni o‘zbek tilida rasmiylashtirishga keng yo‘l ochildi.Shuni ham qayd etish lozimki, ish yuritish hujjatlarini o‘zbek tilida rasmiylashtirish bilan mavjud an'analardan butunlay xalos bo‘lindi, deyish qiyin. Uzoq yillar mobaynida hujjatlar rus tilida yozilib kelinganligi sababli shablonlardan, qoliplardan kalka yo‘li bilan tarjima qilish ma'lum darajada davom etmoqda. Masalan, sizga quyidagilarni yozib ma'lum qilamanki, ushbu aktni tuzib, quyida imzo chekuvchilar, berildi ushbu ma'lumotnoma shu haqdakim va hokazo. “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qili nganiga 14 yil atrofida vaqt o‘tganligiga qaramasdan, haligacha ba'zi idora va tashkilotlarda hujjat yuritish ishlarining rus tilida olib borilayotganligi ham bu o‘rinda o‘z ta'sirini ko‘rsatayotgan bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham, qaysi tildan yoki qaysi shakllardan andoza olinayotganligidan qat'i nazar, davlatlararo, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida olib boriladigan har qanday hujjatlar me'yoriy holatga keltirilishi, hamma uchun tushunarli va aniq bo‘lishi, nihoyat, davlat tilida olib borilishi lozim.Buning uchun esa hozirgi sharoitda ma'lum bir muddat kerak bo‘ladi. Lekin ertami-kechmi bu vazifaning amalga oshishi xalqimiz o‘rtasida qonunchilikning ustahkamlanishiga, bozor iqtisodiyoti va erkinlik sharoitida ish yuritish, o‘z haq-huquqlaridan to‘g‘ri foydalana olishlariga imkoniyat yaratadi. Ana shuning uchun ham ta'lim tizimining barcha bosqichlarida hujjat yuritish qoidalari, hujjatlarning turlari bilan tanishtirib borish g‘oyatda muhim vazifani amalga oshirish bo‘lib hisoblanadi. Chunki bugun ma'lumoti haqida tegishli hujjatni olgan mutaxassis ertaga ijtimoiy hayotning qaysidir bir sohasida faoliyat ko‘rsatadi. U xohlaydimi-xohlamaydimi, hujjat yuritish ishlari bilan shug‘ullanishga majbur bo‘ladi. Xodim murojaat qiladigan hujjat ishga qabul qilishni so‘rab yoziladigan oddiy arizadan tortib, iqtisodiy, moliyaviy va yuridik mazmunda bo‘lishi mumkin. Uning savodxonlik bilan rasmiylashtirilishi fuqarolarning tom ma'noda huquqiy erkinligini kafolatlaydi va uni himoya qiladi. Savodsizlarcha, mohiyati anglanmas-dan 7 rasmiylashtirilgan hujjat esa, hatto, uning muallifini iqtisodiy yoki jinoiy javobgarlikka tortish darajasiga olib borishi mumkin. Mana shuning uchun ham hujjat yuritish ishlarini o‘rganishga oddiy bir yumush sifatida emas, balki fuqarolik burchi sifatida, yuksak mas'uliyat bilan, shaxsiy faoliyatdagi muhim ko‘makdosh sifatida munosabatda bo‘lish lozim.To‘g‘ri, insonlarning mehnat faoliyatida, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida qo‘llanadigan hujjatlarning xillari ko‘p. Ularning barchasini ajratilgan darslar jarayonida o‘rganish mushkul. Buning ustiga, ba'zi bir hujjatlar faqat ma'lum mutaxassisliklar doirasidagina zarur bo‘ladi. Masalan, moliyaviy yoki sud-tergov jarayonida zarur bo‘lgan yuridik hujjatlar va hokazo. Ularni tibbiy yoki pedagogik ta'lim yo‘nalishida o‘rganishni hech kim shart qilib qo‘ymaydi. Ayni paytda,bu o‘quv yurtlari tayyorlaydigan mutaxassislar faoliyatida zarur bo‘ladigan, aytaylik, kasallik tarixi, tibbiy xarita, o‘qituvchining kalendar ish rejasi singari “o‘z hujjatlari” mavjud. Shu bilan birga, o‘quv yurtlarini, ular oliy yoki o‘rta maxsus bo‘lishidan qat'i nazar, tugatib, mustaqil faoliyatga yo‘llanma oladigan har bir mutaxassisning faoliyatida ko‘mak beradigan zaruriy hujjatlar yig‘masi mavjudki, ularning mazmunini anglamasdan, yozilish tartib-qoidalarini o‘rganmasdan turib, o‘zi ishlaydigan joyda mustaqil faoliyat yuritishi qiyin bo‘ladi. Shuning uchun bo‘lajak mutaxassislarning ish faoliyatidagi zarur holat-larni hisobga olib, qo‘llanmaning mazkur bobida eng kerakli hujjatlar va ularni yuritish tartibi to‘g‘risida qisqacha ma'lumotlar beriladi. Ushbu vazifani amalga oshirishda N.Mahmudov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, M.Aminovlar tomonidan yozilgan “O‘zbek tilida ish yuritish” (T., 1990) va shu mualliflarning “Ish yuritish” (T., 2000) qo‘llanmalaridagi ayrim fikrlarga tayaniladi. Mavzu yuzasidan topshiriqlar: 1-topshiriq. Munshaot haqida ma’lumot. Munshaot (ish yuritish) tarixining davlatchilik tarixi bilan bog‘liqligini tushuntirib bering. 2-topshiriq. Farmon, tarxon yorlig‘i, vaqfnoma, vasiqa, shartnoma singari hujjatlarning mazmuni haqiga gapirib bering. 3-topshiriq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi Farmonini o‘rganib, undan shu matn uslubiga xos bo‘lgan so‘z va iboralarni toping hamda grammatik qurilishini tushuntirib bering. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING FARMONI Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatriga “Milliy teatr” maqomini berish to‘g‘risida Mamlakatimizda professional teatr san'atini yanada rivojlantirish, Vatanimizning boy tarixi, ajdodlarimizning o‘lmas merosini, mustaqillik yillarida erishgan ulkan yutuqlarimizni, bugungi zamonaviy qahramonlar siymosini aks ettiruvchi 8 badiiy barkamol asarlar yaratishni rag‘batlantirish, xalqimiz ma'naviyatini yanada yuksal-tirish, yosh avlod qalbi va ongiga ezgulik g‘oyalarini singdirishda teatr san'atining rolini yanada kuchaytirish maqsadida: 1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, “O‘zbekteatr” Ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi, atoqli san'at namoyandalari va keng jamoatchilikning takliflarini inobatga olib, Hamza nomidagi O‘zbek davlat akademik drama teatriga “Milliy teatr” maqomi berilsin va u “O‘zbek Milliy akademik drama teatri” deb atalsin. 2. Quyidagilar O‘zbek Milliy akademik drama teatrining asosiy vazifalari etib belgilansin: — buyuk ma'naviy merosimiz, betakror qadriyatlarimiz, o‘zbek milliy teatri an'analarini izchil davom ettirish, ularni yangi davr talablari asosida boyitib borish va rivojlantirish, bu sohadagi ilg‘or uslublarni milliy ruh bilan uyg‘unlashtirgan holda teatr san'atiga tatbiq etish; — milliy istiqlol g‘oyalariga hamohang, badiiy jihatdan yuksak, xalqchil sahna asarlari yaratish asosida o‘zbek milliy teatr san'ati taraqqiyotiga hissa qo‘shish; — xalqimiz, avvalo, yoshlarimiz qalbida milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘ularini shakllantirish, ularni ona-Vatanga muhabbat, umumbashariy qadriyatlarga hurmat, gumanizm g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash; — iste'dodli san'atkorlar, yosh aktyorlar, dramaturg va rejissyorlar, sahna san'ati mutaxassislarining salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun o‘ziga xos ijodiy maktab bo‘lib xizmat qilish; — mamlakatimiz miqyosida o‘tkaziladigan madaniy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, jahonning ilg‘or va nufuzli teatrlari bilan ijodiy muloqot va amaliy hamkorlik aloqalarini kuchaytirish, xalqaro festivallarda o‘zbek teatri yutuqlarini munosib ravishda namoyish etish. 3.O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va “O‘zbekteatr” ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddat ichida O‘zbek Milliy akademik drama teatrining Nizomini ishlab chiqib, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin. 4. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda “O‘zbekteatr” ijodiyishlab chiqarish birlashmasi bir oy muddatda O‘zbek Milliy akademik drama teatri xodimlari mehnatiga haq to‘lashning yangi tarif me'yorlarini ishlab chiqib, belgilangan tartibda tasdiqlasin. 5. Ushbu Farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi X.Sultonov zimmasiga yuklatilsin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Toshkent shahri, 2001 yil 21 sentabr I.KARIMOV Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. O‘zbek hujjatchiligi tarixidan nimalarni bilasiz? 9 2. Tarxon yorliqlari, vasiqanomalar qanday hujjatlar? 3. Hujjat yuritish ishlarini o‘rganish nima uchun kerak? ADABIYOTLAR 1.Saidov A. O‘zbekiston: Milliy istiqlol va ma'naviy huquqiy meros. T., 1994. 2.Muqimov Z. O‘zbekiston davlati va huquqi tarixi. «Zarafshon», 1998. 3. Mahmudov N., Madvaliev A., Mahkamov N., Aminov M. O‘zbek tilida ish yuritish. T., «Qomus», 1990. 4. Temur tuzuklari. T., G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi, 1991. 2-mavzu : RASMIY VA SHAXSIY XATLAR VA ULARNING FARQLARI R e j a: 1. Xat va ularning turlari haqida ma'lumot. 2. Shaxsiy xatlar va ularning turlari. 3. Rasmiy xatlar va ularning turlari. 4. Rasmiy hujjatlar matnining grammatik qurilishi. Tayanch so‘z va iboralar: Muloqot shakli, masofa, yozuv,jo‘natish vositalari, muomala madaniyati, badiiy matnda xat, xat yozish san'ati, “Munshaot”, shaxsiy, yoshi, jinsi, ishqiy, sog‘inch, xabardor qilish, rasmiy, taklif, moddiy rag‘batlantirish, pul ko‘chirish, qarzni so‘rash, kadrlar bilan mustahkamlash, mukofotlash, nizoli masalalarni hal qilish, rejalashtirish, xat tuzilishi, ifodalarning uslubiy farqlanishi, subyektiv baho, adres. Xat insonlar o‘rtasidagi muloqot shakllaridan biri bo‘lib, uning yuzaga kelishi yozuv va masofa bilan bog‘liqdir. Ya'ni, u faqat yozuv yordamidagina shakllanadi va ma'lum masofada bo‘lgan kishiga jo‘natiladi. Unda xat muallifining fikrmulohazalari va his-tuyg‘ulari ifoda etiladi. Xatni jo‘natish esa ma'lum vositalar yordamida amalga oshiriladi.“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ushbu so‘zning 9 ta ma'nosi berilgan: 1. Uzoqdagi kishiga biror xabar berish yoki fikrlashish maqsadida, odatda, pochta orqali yuboriladigan, biror matn yozilgan qog‘oz, noma, maktub; 2. Xatda yozilgan matn, xat matni; 3. Yozuv uchun ishlatiladigan grafik belgilar,harflar sistemasi, grafika; 4. Harflarni yozishdagi o‘ziga xos uslub, ko‘rinish, yozuv xili; 5. O‘qish va yozish, savod, savodlilik; 6. Yozuvdagi har bir qator, satr yoki misra; 7. Chiziq, liniya; 8. Biror kimsa yoki narsani yozma ravishda sanab ko‘rsatish, ro‘yxatga olish, ro‘yxat; 9. Rasmiy qog‘oz,hujjat. 10 Bu o‘rinda so‘zning birinchi ma'nosi e'tiborga olinadi. Yozuv bilan bog‘liq ravishda o‘z tarixiga ega bo‘lgan va omma orasida keng tarqalgan xat bitish xalqimizning muomala madaniyati doirasida insonlarning bir-birlariga fikr ifoda etishining alohida usuli sanalgan va san'at darajasiga ko‘tarilgan hamda ayni paytda badiiy ijodning bir turi sifatida qaralgan. Shuning uchun ham u badiiyat ilmida alohida bir janr sifatida o‘rganilgan. Bunday tadqiqotlar to‘g‘risida adabiyotshunos S.G‘aniyeva «Nasr va badiiyat» asarida quyidagi ma'lumotlarni beradi: “Abul Hasan al-Marg‘iloniyning “Mahosinul-kalom”, Muhammad bin Umar ar-Rodiyoniy (X1 asr) ning “Tarjimonul balog‘a”, Rashididdin Vatvot (XII asr) ning “Hadoyiqus-sehr fi daqoyiq ush she'r”, Shamsiddin Qays Roziyning “Al-mu'jam fi maosir ush ash'or ul Ajam”, Tojud Xalaviy nomi bilan mashhur bo‘lgan Ali ibn Muhammad (XIV asr) ning “Daqoyiqush —she'r” kabi badiiyat masalalaridan bahs etuvchi asarlaridagi alohida boblar, Amir Xusrav Dehlaviy (XIV asr) ning “Mahzanul —insho”, “Sahifai shohiy” nomli asarlari maxsus insho nazariyasiga bag‘ishlangan edi”. Munshaot, ya'ni nasr yoki nazmda maktublar bitish sharq poeziyasida san'at darajasiga ko‘tarilgani uchun ham, u alohida she'riy janr sifatida e'tirof etilgan. Turkiy she'riyatda uning shakllanishiga juda katta hissa qo‘shgan Alisher Navoiy birinchi bo‘lib o‘z maktublarini 1402- yilda kitob shakliga keltirgan va uni “Munshaot” deb nomlagan. Turkiy tilda davlat ishlari va hujjatlarini yuritish va xatlar bitishning qat'iy tarafdori bo‘lgan ulug‘ alloma ushbu asarida ularning forstojik tilida yozilganidan qolishmaydigan namunalarini keltiradi.R.Qo‘ng‘urov va T.Jo‘rayevlarning “Epistolyar janrning tuzilishi va uning ayrim til xususiyatlari” (Samarqand, 1992) asari, T.Jo‘rayevning “Hozirgi o‘zbek adabiy tilida epistolyar janrning til va uslubiy xususiyatlari” nomli nomzodlik dissertatsiyasi (Samarqand, 1994) ham xatlarning tuzilishi, janri, tili va uslubiy xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda insoniy muomalaning xat usulidan foydalanish imkoniyatlari ham jiddiy ravishda kengaydi. Avvaliga ular ikki kishi o‘rtasidagi yozishmalardangina iborat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda xat bitish rasmiy uslub doirasida qaraladigan nutqiy jarayonning alohida bir ko‘rinishiga — yozma turiga aylandi. Hozirgi kunda xatlar idoralar va muassasalar, tashkilotlar va korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro faol aloqa vositasi, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilishning qulay usuli sifatida xizmat qilmoqda. Shu ma'noda ularni ikki guruhga bo‘lib o‘rganish mumkin bo‘ladi: 1. Shaxsiy-xususiy xatlar; 2. Rasmiy xatlar. Bundan tashqari T.Jo‘rayev yuqorida nomi tilga olingan dissertatsion ishida xatlarning uchinchi va to‘rtinchi turlari—ommabop va xususiy-rasmiy turlari mavjudligi haqida ham ma'lumot beradi. Shaxsiy-xususiy xatlar bir kishining boshqa bir kishiga yo‘llagan xati bo‘lib, bu xatlar o‘zaro munosabatda va g‘oyibona muloqotda bo‘layotgan kishilarning yoshi, jinsi, jamiyatda tutgan mavqei hamda xatni yozishdan ko‘zda tutilgan maqsaddan kelib chiqib, turlicha mazmunda bo‘ladi. Jumladan, bunday xatlar biron-bir yangilik, voqea-hodisa haqida, masalan, oilada farzand tug‘ilishi, to‘y-tantana yoki yaqin kishining vafoti to‘g‘risida xabar berishi, shu bilan birga, bir-birlarini uzoq vaqt ko‘rmagan kishilarning sog‘inch tuyg‘ularini ifodalovchi yoki ishqiy mazmunda bo‘lishi mumkin. 11 Rasmiy xatlar orqali esa yuqorida ta'kidlanganidek, birbiriga bo‘ysunadigan yoki o‘zaro teng mavqeda bo‘lgan hokimliklar va mahkamalar, idoralar va muassasalar, tashkilot va korxonalar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, jumladan biron bir taklifni amalga oshirish, o‘z xizmatini taklif qilish, moddiy rag‘batlantirish, pul ko‘chirish yoki mavjud qarzni uzish, kadrlar bilan mustahkamlash, mukofotlarga tavsiya etish, o‘zaro nizoli masalalarni hal etish, ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqa ko‘pgina masalalar yoritiladi. Izohlardan shu narsa anglashiladiki, xatlarni guruhlarga ajratishda asosan mazmunga e'tibor berilgan. Ular shaklda ham o‘ziga xosliklarga ega. Shaxsiy xatlardan namunalar: Hurmatli Anvar aka, assalomu alaykum. Hammamiz sog‘ va salomatmiz. Kelin oyim orqaliq berib yuborg‘an xatingizni oldiq, sog‘lig‘ingizni, tinchlig‘in-gizni o‘qib va eshitib juda xursand bo‘ldiq : ilohi, salomat bo‘lsinlar. Soniy, bizdan ahvol so‘rasangiz alhamdulilloh tinchmiz, xotirjam' bo‘lursiz. So‘ratib yuborg‘an kitobingizni berib yubordim. Ayamdan sizga salom, boqiy so‘zni Shayxi Sa'diydan o‘qursiz deb xatni muxtasar qildim, Ra'no. (Qodiriy A. Mehrobdan chayon. 580-bet ). Huvalbori (ul tangri, ul yaratguvchi—muallif izohi) ... ko‘zimizning nuri, belimizning quvvati, hayotimizning mevasi o‘g‘limiz mulla Otabekka yetib ma'lum va ravshan bo‘lg‘aykim, alhamdulilloh biz duogo‘y padaringiz, mushtipar onangiz va yaqin do‘stlaringiz munda haq taoloning hifzi himoyatida sihhat va salomat bo‘lib ko‘z nurimizning duoyi jonini subhi shom, balki aladdavom (doimo, hamisha) rabbulolamindan rajo (umid, tilak) va tamanno (istak, xohish) etmakdamiz. Janobi haq bod fursatlarda (tez vaqtda, tezlikda) yaqin va sa'id (baxt-li) soatlarda to‘kis tugallik birlan diydor ko‘rishmakka nasib va ro‘zi qilsin, omin yorabbulolamin. Ba'da (keyin, so‘ng) so‘zimiz: o‘g‘lim, Marg‘ilong‘a sihat va salomat yetish maktubingni olib haq taolog‘a shukurlar qildiq. Bizning Tosh-kanddan ahvol so‘rasang, balki Marg‘ilong‘a ham eshitilgandir, munda Azizbek qandoqdir bir kuchka tayanib Qo‘qong‘a isyon etdi. Xazina hisobini olish uchun kelgan devon beklarini o‘ldirib o‘rda darbozasiga osdi, bunga qarshi Qo‘qon ham tinch yotmag‘an bo‘lsa kerak. Bu kun Kirovchidan (Qurama bilan Telov orasida katta bir qishloqdir) besh ming sipoh ila Normuhammad qushbegini Toshkand ustiga buyurilg‘anlig‘in eshitdik. Fuqaroning tag‘in qandog‘ ko‘rgulik-lari bor ekan, o‘g‘lim! Shuni ham aytib qo‘yayki, bu tinchsizlik bosilmag‘uncha Toshkandga kelmasliging maslahatdir. Toshkand tinchlangandan keyin (agar salo-mat bo‘lsam) o‘zim xabar yuborurman. Munda barcha yoru do‘st salomat, mendan Hasanaliga salom ayt! Addoi otang Yusufbek hoji. Toshkand, 27 dalv oyida 1264- yilda yozildi. Ular shakliy jihatdan ham umumiylik, ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Umumiyligi va o‘xshashligi shundan iboratki, har bir xat ma'lum qurilishga ega bo‘lib, muqaddima, asosiy mazmunni ifodalovchi qism va xotimadan tashkil topadi. Muqaddima qismida kimga murojaat qilinayotgani, asosiy qismida muro-jaat etishning sabablari va xotimada yakunlovchi, umumlashtiruvchi fikrlar bayon etiladi. Lekin xat mazmuniga qarab, bu har uch qismda qo‘llanilayotgan so‘z va iboralar bir-birlaridan farqlanadi. Hatto har bir qismning o‘zida qo‘llaniladigan so‘z va iboralar ham farq qilishi mumkin. 12 Shaxsiy — xususiy xatning muqaddima qismidagi murojaatlarni tahlil qilib ko‘raylik. Masalan, ota-onalarning armiyada xizmat qilayotgan o‘g‘liga yozgan xatining muqaddimasi bilan ularning o‘g‘li xizmat qilayotgan qism komandiriga yozgan xati muqaddimasini taqqoslaylik. Xatlar o‘g‘liga nisbatan taxminan sevimli o‘g‘limiz, sevimli farzandimiz, ko‘zimizning oqu qorasi, ko‘zimizning nuri, belimizning quvvati, nuridiydamiz singari murojaatlar bilan boshlansa, komandirga yozilgan xat boshidan hurmatli Nurislom Suyunov yoki muhtaram Nurislom Hamidullayevich Suyunov tarzida yoziladi. Har ikki holatda ham samimiyat va o‘ziga xos hurmatni payqaymiz. Ayni paytda, ikkinchi holatda ma'lum ma'noda rasmiylik ham seziladi. Shunday ekan, uslub talablariga ko‘ra ularning biri o‘rnini ikkinchisi bilan almashtirib bo‘lmaydi. Rasmiy xatlarda ham xuddi ana shu tarzda uslubiy farqlar bilinib turadi. Masalan, mamlakatlararo davlat rahbarlariga yozilgan xatlarning muqaddimasi bilan oddiy bir tashkilot, muassasa rahbariga yoziladigan xatning muqaddimasi ham o‘zaro farq qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov janobi oliylariga! “Oriyon” konserni rahbari muhtaram (hurmatli) Fayzulla Ziyoyevga! Respublika Prezidentiga nisbatan hurmatli, muhtaram so‘zlarini qo‘llash mumkin bo‘lgani holda konsern rahbariga nisbatan janobi oliylari iborasini qo‘llab bo‘lmaydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov janobi oliylariga Janobi Oliylari, Sizni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 21 yillik bayrami bilan muborakbod etishga ijozat bergaysiz. O‘zbekiston Respublikasi xalqiga bundan buyon ham ravnaq, baxt-saodat va farovonlik tilayman. Elizaveta Ikkinchi. Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Qirolichasi. Yana xatlarning muqaddima — murojaat qismiga e'tiborimizni qaratamiz. Ta'kidlanganidek, barcha xatlarda murojaat qilinayotgan, ya'ni xat yozilayotgan shaxs aniq bo‘lishi lozim bo‘ladi. Shu bilan birga, shaxsiy xatlarda muallif va adresatning bir-birini bilish (shunchaki tanish yoki yaqin do‘st) va qarindoshlik (otaona, aka-uka, opa-singil, tog‘a-jiyan va hokazo) darajasi, yoshi va jinsidagi tafovut, kayfiyati va boshqa xat yozishgaturtki bo‘lgan omillar bilinib turadi. Hatto bu jihatlar salomlashishga oid so‘zlarni qo‘llashdanoq seziladi. Salom, salomalay-kum, assalom, assalomu alaykum so‘zlarini ishlatishning o‘ziyoq muallif va adresat o‘rtasidagi munosabatning ayrim jihatlaridandalolat beradi. Masalan, Salom, Ikromjon! deyish mumkinbo‘lgani holda Salom, domla! yoki Salom, muallima! deyishma'qul ko‘rilmaydi. Yoshi ulug‘ va hurmatli kishilarga nisbatan, Assalomu alaykum! tarzida to‘liq salomlashish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hatto murojaatdagi so‘zlarning joyini almashtirish ham uslubiy nozikliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Yuqoridagi Salom, Ikrom! yoki Salom, Ikromjon! Deyishdan muallif uchun, avvalo, salomlashish muhim ekanligini,ayni paytda, tengdoshlarning, do‘stlarning yoki yoshi kata kishining o‘zidan kichikka nisbatan murojaatini anglaymiz.Ikromjon, salom! yoki Ikrom, salom! deyilganda esa kimga murojaat qilayotganligi muhim ekanligi, shu bilan birga,muallifning yoshi katta yoki rahbar ekanligi, balki ikkinchiholatda adresatni bir oz mensimayotganligi, xat yozish 13 jarayonida vaqtning tig‘izligi, tezroq muddaoga o‘tishga hoshilayotganligini payqash mumkin. Assalom so‘zining qo‘llanilishida uslubiy chegaralanish mavjud bo‘lib, u ko‘proq yoshlar tilida va badiiy nutqda ishlatiladi hamda murojaat jarayonida ma'lum ma'noda erkalanish, ehtiros, hayajon seziladi. Assalomu alaykum! esa murojaatning to‘liq shakli sanaladi hamda barcha holat va vaziyatlarda uni qo‘llash to‘g‘ri bo‘ladi. Boshqacha aytganda, salomlashishning turli xilshakllari orasida uni uslubiy jihatdan betaraf hisoblash mumkin. Murojaat jarayonida salomlashishni ifoda etuvchi so‘zlarga qadrli, hurmatli, aziz, muhtaram, ardoqli, ko‘phurmatli (bu rus tilidan kalkalangan bo‘lishi kerak) singari birliklar qo‘shilishi mumkin. Masalan, qadrli do‘stim Bahodir Karimovich, muhtaram ustoz Jo‘raboy Hamdamovich, ardoqli qizim Marhabo, sevimli o‘g‘lim Hikmatulla kabi. Shu tarzda yaqinlikni aniq ifodalaydigan do‘stim, ustozim, o‘g‘lim, qizim singari so‘zlardan ham foydalaniladi.Ba'zan murojaat qilinayotgan kishi nomiga –jon, -xon, -bek, -bibi singari subyektiv baho ifodalovchi shakllarning qo‘shilishi murojaat mazmunini uslubiy jihatdan boyitadi. Murojaatdan tomonlarning, ayniqsa, muallifning kayfiyati ham anglashiladi, degan fikrga quyidagi misolni keltirish mumkin: musibatzada qadrdonim Botirali, assalomu alaykum! kabi. Xatning xotima qismida ham xuddi muqaddima qismiga o‘xshab, an'anaviylik mavjud. Bu an'anaviylik shaxsiy va rasmiy xatlarda o‘ziga xos tarzda shakllanadi. Masalan, shaxsiy xatlar xotimasida muallifning xayrlashishi, ayrim paytlarda kimlarga salom aytishi ma'lum bo‘ladi.Fikrimizning tasdig‘i uchun yozuvchi Oybekning turmush o‘rtog‘i Zarifa Saidnosirova va farzandlariga yozgan xatlarining xotima qismidan namunalar keltiramiz: “Ukalarimizga salom! Ko‘zlaringni o‘pib, qalbiy salomlar ila Oybek”, “Suyukli oyimga, Ravzaga, Muborakka salomlarim. Xayr”, “Shu adresga xat yoz: Tatarskiy pereulok, Farmatsefticheskiy texni-kum. Oybek.19.VII.30”, “Sog‘indim, ko‘zlaringdan o‘paman, Oybek.20.VII.30”, “Juda, juda sog‘indim. Xayr. Oybek”, “Xayr. Ko‘zlaringdan o‘paman. Oybek”, “Uydagilarning hammasiga salom. Oybek.9.IX.30”, “Xayr, Zarifa, jonim! Oybek, 15.IX.30”, “Men uchun Omonning ko‘zlaridan o‘pib qo‘y. Qolganlarga salom. Oybek. 31.VIII.1932”, “O‘zingni qanday sezasan, ilmiy ishingga qatnab yuribsanmi? Uzoq ishlama. Uydagilarga salom. Oybek. 25.II.37”, “Iso amakingga, Sharofat ammangga salomimni ayt. Dadang: Oybek, 26.II.49” va hokazo. Quyida bu xatlardan birining namunasini keltiramiz: “Suyukli Suyun og‘a! Xatingni o‘qib juda xursand bo‘ldim. Har kun sizlardan xat kutar edim. Darslaring-da uncha oqsamabsan — bu yaxshi, lekin “5” olmoqqa intilishing kerak. Axir men seni aqli to‘la o‘g‘lim, deb suyaman va faxrlanaman. Xatingda Vanyaning yaramasligi to‘g‘risida yozibsan. Nega uni mashinaga xo‘jayin qilib qo‘ydilaring? Hozir u qayda. Bo‘shatib yubordilaringmi? Agar yax-shi shofyor uchrasa, qabul qilish kerak. Qor va yomg‘irda ayangga piyoda yurish qiyin. Bari-bir shofyor olishga to‘g‘ri keladi. 14 Suyunim, dadam faqat Gulrangni sog‘inibdi, deb o‘ylama. Men seni va Bekjon to‘polonchini ham juda sog‘indim. Moskvada uzoq turmayman. Sen Bekjon bilan urishma, ayangning so‘ziga quloq sol. Xatingda allaqanday fonar kerakligini yozibsan. Nimaga kerak. Velosi-peding uchunmi? Xo‘p, olib boraman. Suyukli o‘g‘limni o‘paman va qattiq quchoqlayman. Dadang: Oybek. 24.XI.50. Sochi”. Xuddi shunga o‘xshash rasmiy xatlarning muqaddima va xotima qismlarida ham ma'lum an'anaviylik mavjud bo‘ladi.Dastlab xat jo‘natilayotgan tashkilot yoki muassasaning nomi va uning rahbari to‘liq yoziladi. Masalan: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vaziri S.S. Gulomovga, Samarqand Davlat universiteti rektori R.I. Xolmurodovga kabi.Shundan so‘ng bu rahbarning ismisharifi to‘liq yozilib, muhtaram (yoki hurmatli) Rustam Ibrohimovich! tarzida murojaat qilinib, xatning asosiy qismiga o‘tiladi. Uni yozishdan maqsad nimadan iborat ekanligi qisqa va mazmunli jumlalarda bayon etiladi. Rasmiy xatlar maxsus blanklarda yozilishi sababli, xotimada xat yozgan tashkilot yoki muassasa rahbarining faqat lavozimi va familiyasi ko‘rsatiladi. Masalan: Rektor R.Xolmurodov, Hokim Z. Po‘latov kabi. Tashkilotning to‘liq nomi esa blankaning yuqori qismiga yozilgan bo‘ladi. Ana shunday xatning namunasini quyida keltiramiz: Samarqand shahar hokimi Z.Yu.PO‘LATOVga Muhtaram Zarif Yusupovich! Samarqand Davlat universitetining shu kunga qadar Vatanimiz uchun yuz minglab malakali mutaxassislar yetishtirib berganligida unda faoliyat ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan olimlar va pedagoglarning xizmatlari alohidadir. Ana shunday insonlardan biri O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, filologiya fanlari doktori, marhum professor Rahmatulla Qo‘ng‘urovich Qo‘ng‘urov hisoblanadi. Olim o‘zidan meros qilib qoldirgan 400 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop asarlari, jumladan 30 ga yaqin alohida nashrlari, 20 ga yaqin tayyorlagan fan doktorlari va fan nomzodlari bugun ham ilm-fan taraqqiyoti va filolog kadrlar tayyorlash ishida beminnat xizmat qilib kelmoqda. R.Q.Qo‘ng‘urovning xalqimiz oldidagi va milliy kadrlar tayyorlashdagi xizmatlarini inobatga olib, tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Samarqand shahri ko‘chalarining birini uning nomi bilan atash masalasini ko‘rib chiqishingizni so‘rayman. Rektor prof. R.I.XOLMURODOV “Ish yuritish” qo‘llanmasining mualliflari xat orqali bajariladigan masalalar ko‘lami keng ekanligini qayd etishib, bunday yozishmalar vositasida turli ko‘rsatma-lar, so‘rovlar, javoblar, tushuntirishlar,xabarlar, takliflar, iltimoslar, kafolatlar berilishi yoki qabul qilinishini ta'kidlashadi va bunday xatlarning axborot xati, da'vo xati, ilova xati, iltimos xati, kafolat xati, so‘rov xati, tasdiq xati, farmoyish xati, eslatma xati singari turlari mavjudligini aytib o‘tishadi hamda ularning yozi-lish tartib15 qoidalarini izohlashadi. Ammo bu xatlarning faqat ma'lum soha va o‘rinlarda qo‘llanilishini hisobga olib, ularga alohida e'tibor berib o‘tirilmadi. Hujjatlar, jumladan xatlar hozirda turli yo‘llar bilan jo‘natiladi. Masalan, pochta, elektron pochta, internet, faks va modemlar orqali. Har qanday xat-hujjat yoki narsa buyumni pochta orqali jo‘natishda albatta jo‘natiladigan manzilning aniq yozilgan adresi bo‘lishi shart. Uni konvert yuziga rasmiylashtirish tartibi quyidagicha: 1. Jo‘natilishi lozim bo‘lgan joy — qayerga; 2. Oluvchi shaxs yoki tashkilot — kimga; 3. Jo‘natuvchi haqida ma'lumot (qayerdan, kimdan). Jo‘natiladigan narsaning yetib borish kafolatlaridan biri adresning aniq va to‘g‘ri yozilishidir. Uni oladigan pochta bo‘limlarining shartli raqamlari — in-dekslarni yozish ham adresni to‘liq rasmiylashtirish shartlaridan biridir. Ular konvertlarning past qismi chap tomonidagi katakchalarda yoziladi. Namuna: Qayerdan: Samarqand viloyati,Nurobod tumani, “Ulus” shirkat xo‘jali-gi,Ulus qishlog‘i. Kimdan: Ubaydulla Amirov Qayerga: Samarqand shahri, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 26-uy. Kimga: Hikmatulla Karimovga Indeks: 703005 (xatni qabul qiluvchi aloqa bo‘limining shartli raqami) Ma'lum bo‘lmoqdaki, adresni yozish tartibi katta hududdan kichigiga qarab boradi: respublika, viloyat, tuman, shahar, ko‘cha, uy va uning raqami kabi. Shundan so‘ng xatni oluvchining ismi va familiyasi yoziladi. Jo‘natilayotgan xat manzili biron-bir tashkilot, korxona yoki muassasa bo‘lganda, “kimga” degan joyga ularning aniq nomi yoziladi. Masalan: Qayerga: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15. Kimga: Samarqand Davlat universiteti. Agar mana shu o‘rinda muassasa rahbarining o‘ziga shaxsan murojaat qilinib yozilsa, uning ismi, familiyasi aniq ko‘rsatiladi: Kimga: Samarqand Davlat universiteti, Rektor R.Xolmurodovga kabi. Jo‘natuvchining adresi ham shu tartibda yoziladi. Ammo namunadagi kabi bosh kelishikda rasmiylashtiriladi. Demak, jo‘natilayotgan xatlar rasmiy yoki norasmiy bo‘lishiga qarab, ularning rasmiylashtirilishi turlicha bo‘lishi mumkin. Xatni jo‘natishning qulay va tezkor usullaridan biri faks orqali jo‘natishdir. Faks apparatining ishlash usuli telefon apparatining ishlash usuliga o‘xshaydi. Bunda ham faks— telefon nomeri teriladi. U tomondan javob berilgach, faksni qabul qilish so‘raladi va xat apparatga joylashtirilgach, tegishli tugmacha bosiladi. U tomondan qabul qilib olingan-olinmaganligiga og‘zaki so‘roq orqali ishonch hosil qilinadi. 1-topshiriq. Xat va ularning turlari haqida ma'lumot bering. 16 2-topshiriq. Quyidagi xat namunasini tahlil qiling va undan rasmiy xatdan farq qiluvchi leksik-grammatik vositalarni toping. Yusuf savdosida beqaror Zulayxo ismidan, Majnun ishqida yig‘lag‘an Layli otidan sizga boshimdag‘i sochlarimning tuklaricha behad salom. Mendan hadduhisobsiz gunoh, sizdan kechirish. O‘tkan ishka salovat. Chunki shu ikki yil ichida kechirgan qora kunlarni eska olish manim uchun o‘sha kunlarni qaytadan boshdan kechirishlik singari, ul kunlarni siz unuting, unutmang, men unutdim. Shuning uchun, so‘zimni o‘zimning oxirg‘i, ham chin baxt islari hidlagan tariximdan boshlayman. Siz-qochqoqsiz, nari-beri til uchida menga bir narsa yozg‘andek bo‘lib qochqansiz, ikki yil bo‘yi Marg‘ilon kelib yurishlaringizni men o‘zimcha yeshdim, lekin topib yeshdim: sizning barcha mashaqqatlaringiz-dushmanlaringizdan o‘ch olish uchun bo‘lg‘anini angladim. Yo‘qsa, meni ko‘rar edingiz, ko‘rgingiz kelmaganda ham boshqalar sizni ko‘rar edilar, to‘yar edilar. Men kabi baxtsiz, men kabi g‘ovg‘asi ko‘b sizni zeriktirib, jondan to‘ydirg‘an bo‘lsa, ajab emaski, qocha boshlag‘ansiz. Qochsangiz qochib ko‘ringiz, ammo men bu kundan boshlab birovlarni quvushqa bel bog‘ladim: otam bilan onam rafoqatlarida (rafoqathamrohlik, yo‘ldoshlik, eshlik) xizmatingizga-cho‘rilig‘ingizga erta-indin yuraman, suyganingiz kundoshim oldida qadr-u qiymatimning nima bo‘lishini ham bilaman. Siz oliyjanobsiz: eski qadrdonliq hurmatiga ko‘ngil uchun kulib boqarsiz. Loaqal shugina bilan ham baxtsizni mas'uda qilarsiz. Ammo suyganingiz –kenjangizning jekirishlaridan, qarg‘anishlaridan behad qo‘rqaman, o‘zimda yo‘q qo‘rqaman. Shu yaqin oradag‘i uning bilan bo‘ladig‘an mas'ud daqiqalaringizda xudo yo‘lig‘a va'da olingiz-meni og‘ritmasin, raqibam keldi deb o‘ylamasin. Nihoyati maqsadim ikki do‘stka bir cho‘rilik va shu munosabat bilan biravlarni ko‘rib yurish... Xatim oxiriga shuni ham aytib qo‘yay: o‘ch qaytib, men ham ko‘chadan haydalmasam edi, degan xavf hamisha ko‘nglimda. Agar xudo yarlaqab eshikingizda o‘rinlashib olsam, u yog‘ini o‘zim bilar edim... Erta-indin ko‘zimga yil ko‘rinur, Yo‘l bosishliq ko‘ngilga bir umr ko‘rinur... 3-chi hamal, Marg‘ilon, Kumushingiz yozdi. 3-topshiriq. O‘zingiz ham Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanidan shaxsiy xat namunalarini topib, uni leksik-grammatik tahlil qiling. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Rasmiy xat shaxsiy xatdan qanday xususiyatlari bilan farq qiladi? 2. Komputer yordamida biron-bir hujjat matnini tayyorlang, uni tahrir qilib, mazmuniga putur yetkazmagan holda o‘zingiz ortiqcha hisoblagan so‘z va iboralarni olib tashlang yoki ma'quli bilan almashtiring. ADABIYOTLAR 1.Aminov M. va boshq. Ish yuritish. T., O‘zMI, 2000. 2.Jo‘raev T. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida epistolyar janrning til va uslubiy xususiyatlari: Filol.fan.nomz. dis.avtoref. Samarqand, 1994. 17 3.G‘aniyeva S. Nasr va badiiyat // Navoiyning ijod saboqlari. T., «Fan», 1981. 4.Qo‘ng‘urov R., Jo‘rayev T. Epistolyar janrning tuzilishi va uning ayrim til xususiyatlari. Samarqand, SamDU nashri, 1992. 5. O‘zbek tilining izohli lug‘ati, II tom. M., «Rus tili», 1981. 3-MAVZU: HUJJATLAR VA ULARNING TURLARI Reja: 1. Hujjat yuritishning huquqiy asoslari. 2. Davlat ishlarining hujjat yuritish asosida tartibga solinishi. 3. Ish yuritishni tartibga soluvchi chora-tadbirlar va hukumat qarorlari. 4. “Ish yuritish” qo‘llanmasi va uning amaliy ahamiyati. 5. Hujjatlar va ularning turlari. Tayanch so‘z va iboralar: ijtimoiy munosabatlar, huquqiy asoslar, savodxonlik, an'ana, nutqiy madaniyat, mukammallik, hukumat qarorlari, rasmiy va shaxsiy hujjatlar, ariza, annotatsiya, bayonnoma, bildirishnoma, buyruq, guvohnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma'lumotnoma, modemogramma, nizom, rezyume, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, taqriz, telegramma, telefonogramma, faksogramma, tilxat, tushuntirish xati, farmoyish, shartnoma, hisobot, til va uslub, tinish belgilari. Ijtimoiy munosabatlar doirasida odamlar, idoralar va tashkilotlar, korxonalar va muassasalar o‘rtasida o‘zaro ish yuritishning ma'lum huquqiy asoslari mavjud bo‘lib, ular tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish tarzida amalga oshiriladi. Hujjatlarning mukammallik darajasi ular bilan ish ko‘radigan kishilarning savodxonlik darajasi, davlatchilik tarixi va davlat ishlarini yuritishdagi mavjud an'analar, ma'lum darajada kishilar o‘rtasida shakllangan nutqiy madaniyat, ayni paytda, bu hujjatlarga bo‘ladigan zaruriyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Hujjatlarni yuritish asosan davlat ishlarini huquqiy asoslarga qo‘yish tarzida amalga oshiriladi. Demak, u davlat yoki davlatlararo bo‘ladigan ma'lum talablar darajasida amalga oshiriladi va dunyoviy an'analarni ham o‘zlashtiradi. Hujjatlarning mukammalligi davlat ishlarini yuritish takomilidan dalolat beradi. Davlat tizimining barcha bo‘g‘inlarini hujjatlarsiz mutlaqo tasavvur qilib bo‘lmay-di. Chunki uning faoliyati aynan ana shu hujjatlar yordamida tartibga solib turiladi va harakatga keltiriladi. Shuning uchun ham vaqt-vaqti bilan ish yuritishni takomillashtirishga qaratilgan hukumat qarorlari qabul qilinib boriladi. Masalan, shunday qaror O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy qo‘mitasi tomonidan 1924yilning 31-dekabrida qabul qilingan bo‘lib (¹ 48), “Ishlarni o‘zbek tilida yurgizish 18 ham O‘zbekiston jumhuriyatining inqilobiy komiteti huzurida markaziy yerlashdirish hay'ati va mahallalarda muzofot yerlashdirish hay'atlari tuzilish(i) to‘g‘risi-da” deb nomlangan. Yurtimizning mustaqilligi arafasida (1989-yil 21oktabr) “Davlat tili haqida”gi Qonunning qabul qilinishi bu masalani ham huquqiy asosga qo‘ydi. Yangi tahrirdagi Qonunning 9-moddasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ishning davlat tilida yuritilishi va zaruriyatga qarab boshqa tillarga tarjima qilinishi alohida ta'kidlab o‘tildi. Mustaqillikdan keyin esa ish yuritishni takomillashtirish, uni milliy asosga qo‘yish masalasiga yana ham jiddiy e'tibor berildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi viloyat, shahar va tumanlar hokimlari apparatlarida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma”,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29martdagi 140-son qaroriga ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalarida va boshqa markaziy muassasalarida, apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” lar fikrimizning dalilidir. N.Mahmudov, A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N. Aminovlarning “O‘zbek tilida ish yuritish (munshaot)”, yana shu mualliflarning “Ish yuritish” amaliy qo‘llanmalari esa o‘zbek tilida ish yuritishning me'yoriy asoslarini belgilab berishda g‘oyatda muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki mualliflarning ish yuritish borasida bergan yo‘l-yo‘riqlari xodimlarning faoliyatida metodik yordam beradi, hujjatlarni rasmiylashtirish qoidalarini o‘rgatadi, ish qog‘ozlarining hamma joyda bir xil bo‘lishini ta'minlaydi.Ammo shunday qo‘llanmaning mavjudligiga qaramasdan undan foydalanish talab darajasida deb bo‘lmaydi. Chunki 2000-yilda 10000 nusxada chop etilgan bu kitob bilan hamma o‘quv yurtlari ham yetarli darajada ta'minlangan emas. Vaholanki,bu kabi qo‘llanmalar bilan har bir kollej va litsey talab darajasida ta'minlanishi va har bir talabaning qo‘lida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ma'lum ma'noda mazkur qo‘llanmalar o‘rta maxsus o‘quv yurtlari doirasida ushbu vazifani bajarishi mumkin. Shunday qilib, ish yuritishning tarkibiy qismi bo‘lgan hujjatlarni ikki qismga bo‘lib o‘rganish to‘g‘ri bo‘ladi: 1. Rasmiy hujjatlar. 2. Shaxsiy hujjatlar. Rasmiy hujjatlar “xizmat hujjatlari” deb ham yuritilib, ular doirasida idoralar va mahkamalar, korxonalar va tashkilotlar hamda muassasalar o‘rtasida olib boriladigan yozishmalar tushuniladi. “Ish yuritish” qo‘llanmasining mualliflari bu hujjatlarning tasnifi haqida quyidagilarni yozishadi: “Ma'muriy boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma'lumot-axborot hujjatlari, xizmat yozishmalari”. Alohida shaxs, jamoa tashkilotlari o‘rtasidagi aloqaning huquqiy jihatlarini qamrab oluvchi tashkiliy hujjatlarga guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnoma singari hujjatlar; tashkilot yoki muassasa rahbarining ish faoliyati doirasida amal qiladigan farmoyish hujjatlariga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar; ma'lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma'lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, 19 taklifnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, e'lon, hisobot tarzidagi hujjatlar; alohida shaxs yoki tashkilotning faoliyatini qamrab oladigan xizmat yozishmalariga taklifnoma, telegramma, telefonogramma, modemogramma va turli mazmundagi xatlar kiradi. Ma'lum bo‘lyaptiki, ma'muriy-boshqaruv faoliyati doirasida amal qiladigan bu hujjatlarning aksariyat qismi rasmiy mazmunga ega.Demak,kim tomonidan yozilganlik, ya'ni tegishlilik nuqtai nazaridangina ariza, vasiyatnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, tilxat, ishonchnoma singarilarni shaxsiy hujjatlar deyishimiz mumkin. Aslida ular ham rasmiy mazmunga ega. Hujjat deyildimi, uni rasmiy tushunish va qabul qilish to‘g‘ri bo‘ladi. ARIZA Ariza insonlar hayotida eng ko‘p foydalaniladigan hujjat hisoblanadi. Ariza bir kishi tomonidan tashkilot, korxona yoki muassasa rahbari nomiga yoziladi. Arizaning tarkibiy qismida quyidagilar bo‘ladi: ariza yo‘llangan tashkilot, korxona, muassasa va uning rahbarining nomi; arizachining turar joyi yoki ish joyi, vazifasi, ismi va otasining ismi; shundan so‘ng Ariza degan yozuv, arizaning mazmuni, agar lozim bo‘lsa, arizaga ilova qilinishi mumkin bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, arizachining imzosi, ismi-familiyasi, ariza yozilgan vaqt. Namuna*: Samarqand tibbiyot kolleji direktori Ya.N.Allayorovga Sug‘diyona massivi 14-uy,6-xonadonda yashovchi Amirova Marhabo tomonidan ARIZA Meni akusherlik va ginekologiya bo‘limiga o‘qituvchilik vazifasiga qabul qilishingizni so‘rayman. Arizaga oliy tibbiy ma'lumot haqidagi diplom, mehnat daftarchasi, so‘rovnoma va yashash joyidan ma'lumotnomani ilova qilyapman. _______________ AMIROVA M. 2003.15.02. Arizalar mazmuni turlicha bo‘lishi mumkin. Ammo rasmiylashtirish shakli yuqoridagi tartibda bir xil, ayni paytda, aniq va qisqa yozilgan bo‘ladi. Topshiriqlar: 1-topshiriq. Quyidagi so‘z va birikmalar yordamida gaplar tuzing, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yishga harakat qiling. Qabul qilib olingan narsalar, ilova,bir tomondan,e’tiborga olib,o‘quv yurtini tugatgach, ko‘chib kelganligi sababli,so‘zga chiqdilar,a’zolari,quyidagilar aniqlandi,shu haqdakim, tomonlarning huquqiy manzillari, o‘quv yurti talabasining 20 majburiyatlari, va boshqa buyumlar bilan ta’minlash, quyidagilar haqida tuzildi, da’vogar, javobgar 2-topshiriq. Ish yuritishda ilgari qo‘llangan quyidagi so‘zlarning hozirgi tilimizdan ma’nodoshlarini toping va ular ishtirokida gaplar tuzing: munshaot, yorliq, patta, noma, chopar, munshiy, farmoni oliy, mirzaboshi, devonbegi. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Hujjat yuritishni bilish nima uchun kerak? 2. Davlat ishlarini yuritish qanday tartibga solinadi? 3. Ish yuritish doirasidagi qanday hujjatlarni bilasiz? 4. Rasmiy va shaxsiy hujjatlarning tili va uslubi qanday bo‘lishi kerak? 4-MAVZU: TASHKILIY HUJJATLAR VA FARMOYISH HUJJATLARIGA OID MASHG‘ULOT Raja 1. Tashkiliy hujjatlar hamda farmoyish hujjatlari haqida umumiy ma’lumot. 2. Nizom zaruriy qismlari. 3. Mehnat shartnomasidagi rahbar va xodimning majburiyatlari. 4. Xizmat safari guvohnomasi. 5. Namunaviy buyruq shakli asosida buyruq loyihasini tayyorlash. TASHKILIY HUJJATLAR Tashkiliy hujjatlar, mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom qoida, ustav, shartnomalar ana shunday hujjatlar sirasiga kiradi. NIZOM Tashkilot yoki uning tarkibiy bo‘linmalari, kichik yoki qo‘shma korxona va shu kabilar tuzilishi, huquqi, vazifalari, burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini bеlgilaydigan huquqiy hujjat nizom deyiladi. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar (ko‘rik, musobaqa, tanlov va boshqalar)ga nisbatan ham tuzilishi mumkin. Ko‘pincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyoishi bilan (yoki tеgishli hokimiyat tomonidan) tasdiqlanadi.Muassasalarning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qo‘yish bilan 21 kuchga kiradi. Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan bеlgilanadi. Nizom shaki Qayеrda...... “Tasdiqlayman” Qachon.......... ........................... ___- sonli qaroriga ............................ binoan ro‘yxatga olingan ________ (imzo) _______________________________________ (muassasaning nomi) NIZOMI I. UMUMIY QOIDALAR _________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ _________________________________________________________________ II. MAQSAD VA VAZIFALARI _________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ _________________________________________________________________ III. HUQUQ VA MAJBURIYATLARI _________________________________________________________________ ___________________________________________________________________ IV. MULKI VA MABLAG‘LARI _________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ _________________________________________________________________ V. BOSHQARUV VA NAZORAT _________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ _________________________________________________________________ VI. KORXONANI TUGATISH VA QAYTA TASHKIL ETISH _________________________________________________________________ ____________________________________________________________________ _________________________________________________________________ Majlis sanasi … 22 Tarkibiy bo‘linma haqida nizom shakli Korxona nomi Tasdiqlayman Korxona rahbari Imzo Tarkibiy bo‘linma nomi Imzo yoyilmasi 2000.00.00. haqida NIZOM 2000.00.00 № 00 Toshkеnt Matn tuzilmasi Umumiy qoida Asosiy vazifalar Olib boradigan ishlari Huquq va majburiyatlari Mas’uliyati O‘zaro munosabatlari Ishni tashkil etish Tarkibiy bo‘linma rahbari yoyilmasi Rozilik bеlgisi yoyilmasi Nizom bilan tanishdim: Imzo Imzo Imzo Imzo 2000.00.00 SHARTNOMA Ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini bеlgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kеlishuvi shartnomadir. Boshqacha qilib aytganda, shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o‘rnatish haqidagi kеlishuvi (bitim)ni qayd etuvchi va munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma davlat yoki nodavlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, shuningdеk fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin. Shartnoma 23 munosabatlari muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o‘rtasida o‘rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilajak hujjat aksar hollarda mеhnat bitimi dеb ataladi. Shartnomada tomonlar bajarishi lozim bo‘lgan shartlar va boshqa majburiyatlar ko‘rsatiladi. Shartnoma muassasalarga tеgishli bo‘lganda, tomonlar imzolanga qadar, unda muayyan muassasa hisobchisi va adliya maslahatchisining rozilik bеlgisi (vizasi) bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Tomonlar mazkur hujjatning barcha bob va qismlari bo‘yicha kеlishib olib, uni tеgishli ravishda rasmiylashtirgandan kеyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi. Shartnomalar ikki nusxadan kam tuzilmasligi kеrak, chunki har bir huquqiy shaxsning hujjatlar yig‘masida kamida bir nusxasi bo‘lishi kеrak. Shartnomalarning barcha nusxalari bir xil huquqiy kuchga ega bo‘ladi. Shartnoma matni varaqning har ikkala tomoniga kompyutеrda bir oraliq bilan yoziladi, boblarning bandlari esa o‘zaro bir yarim oraliq bilan ajratiladi. “S H A R T N O M A” so‘zini katta harflar bilan orasini ochiq qilib yozish tavsiya etiladi. Kontrak nizomiga ko‘ra, u ko‘pi bilan bеsh yil muddatga tuziladi. Mehnat shartnomasi namunasi MEHNAT SHARTNOMASI Toshkent kimyo-texnologiya instituti (ToshKTI) ning rektori Turobjonov S.M. bir tomondan, ikkinchi tomondan esa______________________________________ Ushbu mehnat shartnomasiga kelishdilar. I-BO‘LIM. REKTOR QUYIDAGI MAJBURIYATLARNI OLADI: 1._______________________________________________________________ ___ ni (familiyasi, ismi, sharifi) 1.1. Mehnat malakasi, mahorati, ilmiy darajasi va unvoniga qarab KAFEDRA MAJLISI XULOSASI VA INSTITUT ilmiy kengashi qaroriga binoan ___________________________________________________________________ ga (kafedra nomi) __________________________________________ lavozimidagi ish bilan ta’minlash; (kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, assistent) 1.2. Mansabga qarab bir oyda ikki marta ish haqini berib turish; 1.3. O‘rnatilgan talablarga binoan yillik ish hajmi bilan ta’minlash; 1.4. Yillik yakun bo‘yicha 48 ish kunlik mehnat ta’tilini berish; 1.5. Ushbu mehnat shartnomasi kuchga ega bo‘lgan davr ichida uni Respublika qonunlari doirasida ijtimoiy himoyalash; 1.6. Ushbu mehnat shartnomasi muddatdan oldin uzrli sababga ko‘ra buzilsa, unda amaldagi O‘zbekiston Respublikasi MEHNAT NIZOMIGA (KODEKSIGA) binoan uni o‘rnatilgan tartibdagi nafaqa bilan ta’minlash; 1.7. O‘quv jaroyonida texnika vositalarini keng qo‘llay olish sharoitini imkoniyat darajasida yaratib berish; 24 1.8. Xizmat safariga imkon yaratish; 1.9. Nashr etishga tayyorlangan o‘quv–metodik ishlarini imkoniyat darajasida chop etishga ko‘maklashish; II-BO‘LIM_________________________________________ (familiyasi, ismi sharifi) QUYIDAGI MAJBURIYATLARNI OLADI: 2.1. Institut Ustavida ko‘zda tutgan tartib-qoida va intizom talablariga to‘la rioya qilish; 2.2. O‘rnatilgan talablarga binoan va mehnat shartnomasi asosida har o‘quv yili uchun tuziladigan shaxsiy rejani to‘la bajarish; 2.3. Darslarning barbod bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik va ularni zamonaviy talabga muvofiq o‘tkazish; 2.4. O‘zining umum-ilmiy-kasbiy bilimi mahoratini oshirish, madaniy saviyasini yuksaltirish, malakani oshirish, seminarlarda faol qatnashish, stajirovka uyushtirish; 2.5. Oliy maktab muallimining axloqiy-ma’naviy qoidalariga rioya qilish; 2.6. Institut uchun yetakchi bo‘lgan ilmiy muammo ustida faol ishlash; 2.7. Talabalar orasida ma’naviyat va ma’rifat ishlarini faol o‘tkazish, murabbiylik qilish; 2.8. O‘zbekiston Respublikasiga doimo sadoqat bilan xizmat qilish; 2.9. Davlat siyosatini amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlashga bevosita qatnashish; 2.10. Darslarida to‘liq davomatni ta’minlash va o‘zlashtirishni yuqori darajaga ko‘tarish; 2.11. Budjetdan tashqari mablag‘ ishlab topish ishlarida faol qatnashish; 2.12. Jadval asosida talabalar uyida navbatchilik ishlarida va tantanalar o‘tkazishda faol qatnashish; III-BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR 3.1. Ushbu shartnoma muddati tomonlarning roziligi bilan (rozilik haqidagi bayon matnini tuzish orqali) cho‘zilishi, o‘zgartirish kiritshi yoki u bekor qilinishi mumkin; 3.2. Kontrakt – bitimni cho‘zish yoki uni bekor qilish haqidagi qarorini muddatidan ikki oy ilgari xabardor qilish zarur; 3.3. Tomonlar o‘rtasida vujudga kelgan tortishuv va kelishmovchiliklar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi; 3.4. Janob____________________________________________________ zimmasiga (f.i.sh) olgan majburiyatlarini mas’uliyatsizlik bilan bajarayotgan bo‘lsa va buning natijasida mutaxassislarni tayyorlash sifati yomonlashayotganligi haqidagi maxsus komissiyaning xulosasi mavjud bo‘lgan hollarda kontrakt rektor tashabbusi bilan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin. Rektor kontraktning bekor qilinish sababi va vaqtini ko‘rsatadi; 3.5. Kontraktning amal qilish muddati, bir tomondan, qonunchilikda ko‘zda tutilgan, ya’ni mehnat haqidagi Nizomiga binoan, ikkinchi tomondan, mazkur 25 kontraktning 1.3 bandida ko‘zda tutilgan majburiyatlarning to‘xtatilishi, bajarilmayotganligi natijasida to‘xtatilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Ko‘zda tutilgan majburiyatlarning bajarilmayotganligi sababli kontrakt bekor qilinsa, u holda ______________________ (f.i.sh) O‘zbekiston Respublikasi KZOT ning 1-bob 3-bandi bilan bo‘shatiladi; 3.6. Ushbu kontrakt-bitimining imzolanishi va uning asosida ish olib borish tomonlar o‘rtasida boshqa turdagi shartnomalarni imzolanishiga to‘sqinlik qilmaydi, shuningdek, boshqa yuridik tomonlar bilan shu xildagi shartnomalarni tuzish imkoniyatidan mahrum qilmaydi; 3.7. Kontrakt-bitimining bajarilish darajasi tegishli kafedralar majlislarida har yarim yilda va yil yakunida muhokama qilib boriladi; 3.8. Ushbu kontrakt-bitim tomonlar ishtirokida imzolangan ular uchun teng huquqli yuridik kuchga kiradi va ______________________ oygacha amal qiladi; 3.9. Kontrakt-bitim ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi institut xodimlar bo‘limidagi shaxsiy yig‘ma jildida, ikkinchisi esa_______________________________ ga beriladi. (f.i.sh) 3.10. Maxsus talab va shartlar______________________________________________ Tomonlar yuridik manzillari: 1. Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 2. __________________________ pochta indeksi 700011,Toshkent sh., (f.i.sh) Navoiy ko‘chasi, 32- uy. Manzil: _____________________ Rektor__________ Turobjonov S.M ___________________________ Imzo:___________________________ XIZMAT SAFARI GUVOHNOMASI Xizmat safari guvohnomasi xodim zimmasiga vaqtida yuklatilgan xizmat vazifasini bajarishga vakolat beradi. Uning zaruriy qismlari: 1. Hujjat nomi (Xizmat safari guvohnomasi.) 2. Guvohnoma berilgan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi. 3. Guvohnoma beruvchi tashkilotning nomi. 4. Boriladigan joylar (shahar yoki boshqa aholi manzillari) va tashkilotlar nomlari. 5. Xizmat safari muddati (necha kunligi ko‘rsatiladi, dam olish kunlari, borish va kelish kunlari ham shu muddatga kiritiladi). 6. Xizmat safariga asos bo‘lgan buyruq yoki farmoyish tartib raqami, sanasi. 7. Guvohnomaning orqa tomonida xizmat safarida bo‘lgan joylar (shahar va muassasa nomlari) va u yerdan jo‘nab ketilgan vaqtlar qaydi (muhr va imzo bilan tasdiqlanadi). 8. 26 Xizmat safari guvohnomasi shakli Berildi___________________________________________________________ _ (lavozimi, familiyasi, ismi, sharifi ) ________________________________________ xizmat safariga yuborish uchun (tayinlangan manzilgoh) Asos: Buyruq № _____________ «____» ______________20___ y Safar muddati __ kun, 20__ y «___» ______ dan 20__ y «___» _______ gacha ___seriyadagi ________ raqamli pasport ko‘rsatilganida haqiqiy deb hisoblanadi. Rahbar_______________________ muhr imzo Xizmat safarida bo‘lganligi to‘g‘risida qaydlar (bo‘lgan joylari va jo‘nab ketgan vaqtlari) ___________________ sh.dan jo‘nab ketdi. _________________sh.ga yetib keldi. 20__ y____________________ 20__ y_______________________ muhr imzo muhr imzo __________________ sh.dan jo‘nab ketdi. ________________ sh.dan yetib keldi. 20__ y __________________ 20__ y _______________________ muhr imzo muhr imzo __________________ sh.dan jo‘nab ketdi. ________________ sh.dan yetib keldi. 20__ y __________________ 20__ y _______________________ muhr imzo muhr imzo Eslatma: Xizmat safari vaqtida bir nechta joylarga borilganida kelish va ketish alohida qayd etiladi. Topshiriqlar: 1-topshiriq. „Talaba nizomi“ni o‘qib chiqing. Hujjatning zaruriy qismlarini yod oling. 2-topshiriq. Mehnat shartnomasidagi rahbar va xodimning majburiyatlari nimalardan iboratligini aytib bering. 3-topshiriq. Xizmat safari guvohnomasi shakli asosida guvohnomani to‘ldiring. 27 F A R M O Y I SH H U J J A T L A R I Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbari (dirеktor)ning buyruq, ko‘rsatma, farmoyishlari asosida vujudga kеladi. BUYRUQ Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi. Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda tuziladi. Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad, shart-sharoit ko‘rsatiladi, asos qilingan buyruqqa (hujjatga) havola qilinadi. Asoslashga ehtiyoj bo‘lmagan hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruqning farmoyish qismi beriladi. Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYURAMAN:» so‘zini bosh harflar bilan ikki nuqta qo‘yib yozishdan boshlanadi. Shundan so‘ng farmoyish yoziladi. Agar farmoyish bir nechta bo‘lsa, bandlarga ajratilib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi fe’lning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin, belgilansin, o‘tkazilsin, qabul qilinsin kabi). Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani qayd etiladi. Ba’zan farmoyishdan so‘ng buyruqqa asos bo‘lgan hujjat nomi ham ko‘rsatiladi. Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling: — hujjat jo‘natilayotgan (yozilayotgan) tashkilot nomini, mansabdor shaxs ismi, otasining ismi va familiyasini rasmiy nomlanishlariga to‘la muvofiq holda yozish; — hujjat matniga aniq sarlavha qo‘yib, sarlavhani bosh harflar bilan yozish; masalan: Xizmat safari haqida; — hujjat turiga muvofiq uning zaruriy qismlarini o‘rniga muvofiq joylashtirish, tartibi, harflar hajmini to‘g‘ri belgilash; — gap qurilishida so‘zlar tartibiga qat’iy rioya qilish; matnda ko‘chma ma’noli so‘z va iboralarni, qochiriq yoki kinoyaga ishora qiluvchi birikmalarni, mavhum ma’noli so‘zlarni qo‘llamaslik; — murakkab tuzilishdagi jumlalardan, ritorik va his-hayajon mazmunidagi gaplardan foydalanmaslik; — norasmiy va asoslanmagan ma’lumot yoki dalillarni kiritmaslik; — muayyan andozaga solingan, qoliplangan, soha termini sifatida qabul qilingan birikmalarni qo‘llash; — qabul qilinmagan qisqartma va belgilarni qo‘llamaslik; — so‘zlar va gaplarda imlo me’yorlariga amal qilish, tinish belgilarni o‘z 28 o‘rniga to‘g‘ri qo‘yish, tuzatish yoki o‘chirishlarga yo‘l qo‘ymaslik; — matnning yozilish sanasini, imzolovchi shaxs lavozimi va ismi-familiyasini aniq ko‘rsatish. Masalan: 2004-yilning 18-oktabri, «Hashar» shirkati raisi Said Olimov kabi. Buyruq shakli Vazirlik nomi Muassasa nomi SARLAVHASI 00.00.0 №________ joyi BUYRUQ Asoslovchi (kirish) qismi ______________________________________________________________ ____ ______________________________________________________________ ____ ______________________________________________________________ ____ ______________________________________________________________ ____ BUYURAMAN: 1. _______________________________________________________________ 2. _______________________________________________________________ 3. _______________________________________________________________ 4. _______________________________________________________________ 5. Buyruq ijrosini nazorat qilish ______________________________ zimmasiga yuklatilsin. (lavozimi va familiyasi to‘liq yoziladi) Rahbar: (imzo) I. O. Familiyasi Topshiriqlar: 1-topshiriq. Berilgan so‘z birikmalari asosida buyruq matniga oid gaplar tuzing. O‘z roziligi bilan, yetakchi mutaxassis lavozimiga, mehnat shartnomasidagi muddat tugashi munosabati bilan, moliyaviy yo‘qlama o‘tkazish uchun, shtat jadvali bo‘yicha, malaka oshirish kursiga yuborilganligi sababli, mashg‘ulotlarga 29 qatnashmaganligi sababli, oylik maoshi 30000 so‘m miqdorida, sinash muddati bilan, taftish o‘tkazish uchun. 2-topshiriq. Namunaviy buyruq shakli asosida fakultetingizda o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash to‘g‘risidagi buyruq loyihasini tayyorlang. F A R M O Y I SH Muassasa ma’muriyati (dirеktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdеk bo‘limlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish muddati chеklangan bo‘lib, bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA QILAMAN”, “RUXSAT BЕRAMAN” kabi iboralar ishlatiladi. Topshiriqlar: 1-topshiriq. Berilgan so‘z birikmalari asosida buyruq matniga oid gaplar tuzing. O‘z roziligi bilan, yetakchi mutaxassis lavozimiga, mehnat shartnomasidagi muddat tugashi munosabati bilan, moliyaviy yo‘qlama o‘tkazish uchun, shtat jadvali bo‘yicha, malaka oshirish kursiga yuborilganligi sababli, mashg‘ulotlarga qatnashmaganligi sababli, oylik maoshi 30000 so‘m miqdorida, sinash muddati bilan, taftish o‘tkazish uchun. 2-topshiriq. Namunaviy buyruq shakli asosida fakultetingizda o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash to‘g‘risidagi buyruq loyihasini tayyorlang. 5-MAVZU: MA’LUMOT-AXBOROT HUJJATLARINING USLUBIY XUSUSIYATLARI Reja 1. Ma’lumot-axborot hujjatlari haqida umumiy ma’lumot. 2. Ma’lumot-axborot hujjatlari bo‘yicha mashq. MA‘LUMOT–AXBOROT HUJJATLARI Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, ular ish yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruh ariza, bayyonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, dalolatnoma, ishonchnoma, ma’lumotnoma, tavsifnoma, tavsiyanoma, taklifnoma, tarjimayi hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi. ARIZA Arizada quyidagi zaruriy qismlar ifodalanishi lozim: - ariza yo‘llanadigan muassasa nomi yoki rahbarning vazifasi, unvoni, ismi, ota 30 ismi va familiyasi; - ariza yozuvchining turar joyi yoki vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi; - hujjat nomi (Ariza); - ariza matni (iltimos, taklif yoki shikoyat); - zarur bo‘lgan holatda ilova qilinadigan hujjatlar nomi; - qog‘ozning chap tomonida ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy); - qog‘ozning o‘ng tomonida ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi. Ariza yozuvchining turar joyi, lavozimi, to‘liq nomi Arizaning yozilish shakli Qayerga yoki kimga ARIZA Ariza matni (mazmuni) Ilova Sana (yil, kun, oy) Imzo I.O. va familiyasi Topshiriq. Fakultet dekaniga o‘quv (akadem) ta’til berishni so‘rab ariza yozing. ISHONCHNOMA Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o‘z nomidan ish ko‘rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat ishonchnoma hisoblanadi. Muayyan ish-harakatni bajarishga vakolat bеrish kim tomondan (muassasa tomonidanmi yoki ayrim shaxs tomonidanmi) rasmiylashtirilishiga qarab, ishonchnomalar rasmiy (xizmat) va shaxsiy turlarga bo‘linadi. Topshiriq. Matnda tushirib qoldirilgan qo‘shimchalarni to‘g‘ri topib qo‘ying va shaxsiy ishonchnoma namunasini daftaringizga ko‘chiring. ISHONCHNOMA Men, Kamol Yo‘ldoshev, guruhdosh... Abdulla Ahmedovga (pasport ma’lumotlari) Chilonzor tumanidagi 64-aloqa bo‘lim... men... nom... kelgan 150000 (bir yuz ellik ming) so‘m miqdoridagi pul jo‘natma... ol... uchun ishonch bildir… (imzo) K. Yo‘ldoshev. 2002-yil 5-may K. Yo‘ldoshev imzosini tasdiqlayman. Institut kadrlar bo‘limi boshlig‘i (muhr) (imzo) A Shukurov. TILXAT Pul, hujjat, qimmatbaho buyumlar yoki boshqa biror narsa olinganligini 31 tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat tilxat deyiladi. Tilxat bir nusxada tayyorlanadi hamda pulli va qimmatbaho hujjat sifatida saqlanadi. Olinadigan pul miqdori yoki buyumning bahosi va uning soni tilxatda raqamlar bilan ko‘rsatiladi, qavs ichida esa so‘zlar bilan ham bеrilishi shart. Matn va imzo oralig‘idagi bo‘sh joylar chiziladi. Tilxatdagi yozuvlarni o‘chirish yoki tuzatish mumkin emas, aks holda, bunday hujjatning haqiqiyligi shubha ostiga olinishi mumkin. Ba’zan tilxatda guvohlar ism-sharifi ham ko‘rsatiladi. Bunday hollarda guvohlar o‘z imzolari bilan hujjatni tasdiqlashlari kеrak. TAV SIFNOMA Ma’lum bir shaxsning mеhnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdеk uning o‘ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat tavsifnoma deyiladi. Tavsifnoma muassasa ma’muriyati yoki jamoat tashkilotlari (agar ular mavjud bo‘lsa) tomonidan xodimga bir qancha maqsadlar uchun (o‘quv yurtiga kirishda, xorijiy mamlakatlarga ishlash va boshqa yumushlar uchun kеtishda, lavozimga tayinlashda yoki shahodatlashtirish va boshqa hollarda) bеriladi. Tavsifnoma namunasi O‘z MU fizika fakultetining 4-kurs talabasi, 1979-yilda tug‘ilgan,o‘zbek Nazar Shukurovga Tavsifnoma Nazar Shukurov o‘rta maktabni tugatgach, 1995-yilda fizika fakultetining 1-kursiga o‘qishga kirdi. Universitetda tahsil olish davrida u intizomli, ziyrak va zukko talaba sifatida o‘zini ko‘rsatdi. Bilimlarni qunt bilan o‘rganishga harakat qiladi. Fizika fanlariga alohida qiziqadi. U 1998-yilning aprel oyida talabalarninig Xalqaro ilmiy konfrensiyasida ma’ruza bilan qatnashdi. Ma’ruzasi konfrensiyasining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandi. N. Shukurov fakultetining jamoat ishlarida faol qatnashadi, fakultetning “Yosh fiziklar” devoriy gazetasiga muharrirlik qiladi. U kamtarin va to‘g‘riso‘`zligi, mehribonligi tufayli hamkurslari hurmatiga sazovor bo‘lgan. Tavsifnoma Sobir Rahimov tuman hokimyatiga taqdim qilish uchun berildi. Dekan (imzo) O.R. Azizov. Kasaba uyushmasi raisi (imzo) A.R.Miraliyeva (muhr) (sana) TAVSIYANOMA Biror shaxsni ma’lum lavozimga yoki turli tashkilotlarga a’zo bo‘lish uchun 32 tavsiya etish maqsadida tuziladigan rasmiy hujjat tavsiyanoma deyiladi. U ma’muriyat yoki alohida shaxs tomonidan bеrilishi mumkin. Tavsiyanoma matnida tavsiya qilinayotgan shaxsning xususiyatlari-mutaxassis sifatidagi malakasi, oilaviy, axloqiy jihatlari va faoliyatiga baho bеriladi, u tavsiya etilayotgan lavozim yoki tashkilotga a’zo bo‘lishga munosib ekanligi yuzasidan ishonch bildiriladi. Tavsiyanoma ba’zi xususiyatlariga ko‘ra tavsifnomaga o‘xshaydi, shu sababli ularning ko‘pchiligi tavsifiy tavsiyanoma shaklida bo‘ladi. Ular orasidagi asosiy farq shundaki, tavsifnomalarda shaxsning barcha ijobiy, salbiy xususiyatlari qayd qiinadi. Tavsiyanomalarda esa uning ijobiy xususiyatlari ko‘rsatilishi bilan birga, kеyinchalik uning zimmasiga yuklatiladigan vazifani bajara olishiga ishonch bildiriladi va tavsiya etiladi. TARJIMAYI HOL Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv tarjimayi hol deyiladi. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassar yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. M A’ L U M O T N O M A Bo‘lgan voqеa yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot bеrish mazmunida ifodalaydigan hujjat ma’lumotnoma deyiladi. Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi. Topshiriq. Ma’lumotnoma matnini o‘qing va ma’lumotnoma turini aniqlang. TKTI ma’naviy va axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor dots. M.H Karaxodjayevaga Yotoqxonada yashovchi talabalardan tushgan shikoyatlar haqida M A’ L U M O T N O M A 2007-2008 o‘quv yilining ikkinchi yarmida talabalar turar joyida yashovchi 324 ta talabadan 56 ta atiza va shikoyat tushdi. Bulardan 34 tasi ariza va 12 tasi shikoyat hisoblanadi. Arizalar moddiy ehtiyoj hisoblangan narsa va turli jihozlar berilishini so‘rab yozilgan bo‘lib, bu ehtiyojlar o‘z vaqtida qondirilgan. Shikoyatlardan 10 tasi ko‘rib chiqilgan, 2 tasi ko‘rish jarayonidadir. Shikoyatlar yotoqxona Nizomi qonun-qoidalariga muvofiq tarzda ko‘rib chiqilgan. «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati shu’ba raisi (imzo) 33 B. Mahkamov BILDIRISHNOMA Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori, mansabdor shaxsga biron-bir voqеa va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot bildirishnoma deyiladi. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi(yozuvchi)ning takliflari aks etadi. Kimga yo‘llanganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi. I c h k i b i l d i r i s h n o m a rahbar shaxs yoki bo‘lim mudiri nomiga yoziladi. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi. T a s h q i b i l d i r i s h n o m a, ya’ni rahbar tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi.Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi.Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan imzolanadi. Topshiriq. Bildirishnoma shaklini to‘g‘ri to‘ldiring. Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy ishlar va axborot texnologiyalar bo‘yicha prorektori prof. A.Ikromovga zamonaviy til o‘rgatish xonasining tashkil etilishi haqida BILDIRISHNOMA Bildirishnoma matni (yozilish sabablari, xulosa, talab va takliflar). Ilova: (zarur bo‘lsa). Kutubxona mudirasi (imzo) S. Usmonova TUSHUNTIRISH XATI Tushunirish xatlari asosan xodim (ishchi, xizmatchi, jamoa xo‘jaligi a’zosi, talaba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi.Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi hatti-harakatlar (masalan, ish yoki o‘qishga kеch qolish, kеlmay qolish, rеja yoki ayrim topshiriqlarni bajarmaganlik, bеlgilangan tartib-qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularning sabablari izohlanadi, dalillanadi. B A YO N N O M A Turli yig‘ilish, kеngash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat bayonnama deyiladi. DALOLATNOMA Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron-bir o‘tgan (sodir bo‘lgan) voqеa, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik bеrish maqsadida bir nеcha kishi tomonidan tuzilgan hujjat dalolatnoma 34 deyiladi. Dalolatnoma tuzishda asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqеa-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Topshiriq. Laboratoriya xonasidagi jihozlarni hisobdan chiqarish haqida dalolatnoma tuzing. E‘LON Ko‘pchilikni yoki ma’lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada (kеlgusida) bo‘ladigan biron-bir tadbir,majlis, uchrashuv, shuningdеk ishga, o‘qishga qabul qilish va boshqalar haqida xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi yozma axborot e’lon deyiladi. E’lon namunasi: E’LON Shu yil 12-iyul kuni soat 15.00 da Toshkent kimyo-texnologiya insitutining majlislar zalida institut kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘ladi. Kun tartibi: 1. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisoboti. 2. Taftish komissiyasining hisoboti. 3. Kasaba uyushmasi qo‘mitasining yangi tarkibini saylash. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi. Topshiriq: Fakultetda o‘tkaziladigan tadbir haqida e’lon yozing. HISOBOT Muayyan vaqt uchun rеjalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot bеruvchi hujjat hisobot deyiladi. Hisobotda kеltirilgan ma’lumotlar aniq, ishonarli bo‘lishi kеrak. Hisobotda quyidagilarga e’tibor bеriladi: nima mo‘ljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajarildi, nimalarga e’tibor bеrildi, qanday yеtishmovchiiklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kеrak. hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rеjalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda kеng qo‘llanadi. Topshiriq: Fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan olimpiada hisobotini yozing. 35 6-MAVZU: XIZMAT YOZISHMALARI MATNI USTIDA ISHLASH. Reja: 1. Xizmat yozishmalari haqida umumiy tushuncha. 2. Xizmat yozishmalariga oid mashq. XIZMAT YOZISHMALARI Muassasalar o‘rtasida xizmat aloqalari asosan rasmiy xatlar orqali amalga oshiriladi. Bunday yozishmalar orqali turli ko‘rsatmalar, so‘rovlar, javoblar, tushuntirishlar, xabar, taklif, iltimos, kafolatlar beriladi va qabul qilinadi. Xizmat xatlari quyidagi vazifalarni bajarishiga ko‘ra ikki turga ajraladi: 1. Javob xatni talab qiluvchi xatlar (da’vo xatlar, so ‘rov xatlar, iltimos xatlar kabi). 2. Javob talab qilmaydigan xatlar (tasdiq xat, ilova xat, eslatma xat, axborot xat, kafolat xat kabi). Topshiriq. Berilgan shakl asosida mahsulot turini ko‘rsatgan holda da’vo xati mazmunini to‘ldiring. ___________ yetkazib berish kechiktirilgani (mahsulot turi) uchun jarima to‘lash haqida DA’VO _______dagi ________raqamli shartnomaga binoan Siz_______________ ga (sana) (tashkilot nomi) bahosi _____________ bo‘lgan____dona ________ yetkazib berishingiz kerak edi. (so‘m so‘z bilan) (tovar nomi) Biroq ko‘rsatilgan shartnomaning shartlari buzilgan holda ________ __kun (tovar nomi) kechikib yetkazib berildi. Shartnomaning bandiga muvofìq, tashkilotingiz muddatida yetkazib bermagan ______ so‘mlik __________ ________ bahosidan ___ % miqdorida (tovar nomi) Sizning hisobingizga _________ so‘m jarima yozildi. Ko‘rsatilgan jarima summasini 30 kunlik muddatda bizning ____________ hisob-kitob raqamimizga o‘tkazishingizni so‘rayman. Mazkur summa belgilangan muddatda to‘lanmagan taqdirda ish xo‘jalik sudiga oshiriladi. Direktor (imzo) B. Karimov 36 Topshiriq. Kontrakt-to‘lov pulini belgilangan muddatgacha o‘tkazish haqida kafolat xatini yozing. TAKLIFNOMA Biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llaniladigan yozma axborot taklifnoma deyiladi. Taklifnomaning zaruriy qismlari quyidagilardan iborat: 1. Nomi (Taklifnoma). 2. Matn: a) taklifnoma turiga qarab: taklif qilinayotgan shaxsning familiyasi yoki ismi va otasining ismi; b) taklif qiluvchi muassasaning nomi; c) qanday tadbirga taklif qilinayotganligi. 3. Tadbirning o‘tkazilishi sanasi va vaqti. 4. O‘tkazilish joyi. 5. Tadbirni tashkil etgan tashkilotning nomi. Taklifnomalarda tadbirning kun tartibi yoki dasturi ham berilishi mumkin. Ma’lum kishilarga yoki bir necha shaxslarga yo‘llanadigan xat turlari taklif xatlari deyiladi. Taklif xat matnida ma’lum bir yig‘ilish, muhokama yoki kengashga taklif qilish bilan birga, shaxsning taklif qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham aniq ko‘rsatiladi. Ba’zi taklif xatlarida imkon boricha badiiy tus beriladi: mutafakkirlarning chiroyli so‘zlaridan istilohlar keltiriladi, turli shiorlardan, she’rlardan foydalaniladi. TELEFONOGRAMMA Telefonogramma orqali belgilangan joyga shoshilinch xabar matni yetkaziladi. Bunday matn bir nusxada tayyorlanadi, rahbar yoki mas’ul shaxs tomonidan imzolangach, tegishli joyga telefon orqali yetkaziladi. Topshiriq. Telefonogrammani o‘qing, shu asosda institutingizda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining yillik hisobot yig‘ilishi bo‘lishi haqida telefonogramma namunasini yozing. «Ustoz» jamg‘armasi Yetkazuvchi — kotiba Salimova. Tel: 45-16-20 TKTI qoshidagi akademik litsey direktoriga Qabul qiluvchi — kotiba Turopova. Tel: 46-36-95 soat 15:30 TELEFONOGRAMMA 2008.18.04. Toshkent. № 14 Respublika «Ustoz» jamg‘armasi hay’at boshqaruvi yig‘ilishi qaroriga ko‘ra litseyingizga bir dona IBM PC—150 rusumli kompyuter ajratildi. Uni qabul qilib olish uchun Siz ishonchnoma bilan o‘z vakilingizni yuborishingiz lozim. Jamg‘arma raisi 37 I.Shodmonqulov 7-MAVZU: MАJLIS BАYONNОMАSI, UNING KO‘CHIRMАSIGА ХОS LЕKSIK-SINTАKTIK VОSITАLАR Reja: 1. Mаjlis bаyonnоmаsi, uning ko‘chirmаsi vа shаrtnоmа nаmunаlаrini tаyyorlаsh 2. Bayonnoma matnidagi til vоsitаlаrini tаhlil etish. Bayonnoma Turli yig‘ilish, kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini, majlis qatnashchilarining chiqishlari va ular qabul qilgan qarorlarni aniq, siqiq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat. U voqelikning o‘rni, vaqti va holati haqida ma’lumot berish bilan birgalikda, qarorlarning to‘g‘ri qabul qilinganligini tekshirish va ularning bajarilishini nazorat qilishga imkon beradi. Doimiy ish ko‘ruvchi organlar (ilmiy kengash, hay’at va boshqalar), shuningdek, vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organ­ lar (konferensiyalar, yig‘ilishlar, anjumanlar, komissiyalar) faoliyatida, albatta, bayonnoma yozilishi kerak. Bayonnoma yozishni tashkil qilish kotibning asosiy vazifalaridan biridir. Bayonnoma turli organ- larning doimiy kotiblari tomonidan tuziladi va rasmiylashtiriladi. Vaqtinchalik ish ko‘ruvchi organlar majlislarida esa, yig‘ilish jarayonida saylangan kotib aynan shu ishni bajaradi. Bayonnomada o‘z aksini topgan axborotlarning aniqligi uchun butun mas’uliyat va javobgarlik majlis raisi va kotibi zimmasiga yuklatiladi. Bayonnoma yozib olinishiga ko‘ra qisqa, to‘liq, stenografik, fonografik, konspektiv shakllarda bo‘lishi mumkin. Qisqa bayon­ nomada faqatgina kun tartibi, ma’ruzachi va muzokarada qatna- shuvchilarning familiyasi va qabul qilingan qaror ko‘rsatiladi. Ularda ma’ruzalar mazmuni batafsil bayon qilinmaydi. Bunday bayon- nomalar masalaning muhokama qilinishi haqida to‘liq tasawur bera olmaydi. Shu nuqtai nazardan yig‘ilishda so‘zga chiqqan barcha qatnashchilarning bayon qilgan fikr va mulohazalarini qamrab olgan to‘liq majlis bayonnomasi afzaldir. Majlis bayonnomasining to‘liq shakli faqat yig‘ilish xususida emas, balki o‘sha jamoaning faoliyati to‘g‘risida ham fikr yuritishga imkoniyat beradi. Yig‘ilish stenografiya usulida (stenografik) yoki magnitofon yordamida yozib olinayotgan (fonografik) bo‘lsa, qisqa bayonnoma tuzilib, stenogramma rais va kotib tomonidan imzolanadi va asosiy bayonnomaga ilova qilinadi. Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari: 1. Muassasaning nomi. 2. Sarlavha (bamaslahat ish ko‘ruvchi organ yoki yig‘ilishning nomi). 3. Hujjatning nomi (bayonnoma). 4. Yig‘ilish sanasi. 5. Shartli raqami. 6. Yig‘ilish joyi. 7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur bo‘lsa). 8. Yig‘ilish raisi va kotibining familiyasi. 9. Matn: a) qatnashuvchilar ro‘yxati yoki soni; b) kun tartibi; v) eshitildi; g) so‘zga chiqdilar; d) qaror qilindi. 10. Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa). 11. Imzolar. 38 Bayonnomani tuzishda ularning huquqiy jihatdan to‘laqonligini ta’minlash kerak. Buning uchun bayonnomada barcha asosiy zaruriy qismlar mavjud bo‘lishi, ular to‘g‘ri rasmiylashtirilishi lozim. Doimiy maslahat organi yig‘ilishining bayonnomasida yig‘ilishda ishtirok etuvchilar soni ko‘rsatilishi juda muhimdir, chunki bu huquqiy ahamiyatga ega. Majlis qarorlarini qabul qilish va uning qonuniy bo‘lishi uchun ishtirokchilarning nizom bo‘yicha yetarli ekanligi (kvorum) asosiy shart hisoblanadi. Ma’muriy idoralarda bayonnoma umumiy yoki maxsus bosma ish qog‘ozlarida rasmiylashtiriladi. Bayonnoma bir necha sahifadan iborat bo‘lsa, faqat birinchi sahifa bosma ish qog‘ozida, qolgan sahifalari esa oddiy qog‘ozda yoziladi. Yig‘ilish o‘tkazilgan kun bayonnomaning sanasi hisoblanadi. Muntazam ish ko‘ruvchi organlar bayonnomasining tartib raqami kalendar yili bo‘yicha izchil davom etadi. Majlis bayonnomasida qatnashuvchilarning ro‘yxati berilganda doimiy a’zolar va taklif etilganlarning familiyasi alohida-alohida, alifbo tartibida qayd etiladi. Taklif etilganlarning soni 15 kishidan oshmasa, ularning familiyasini, qavs ichida esa, ish joyini ko‘rsatish kerak. Kengaytirilgan majlislarda ishtirok etuvchilarning soni ko‘rsa­ tiladi va qatnashuvchilarning ro‘yxati majlis bayonnomasiga ilova qilinadi. Majlis bayonnomasi kirish va asosiy qismdan iborat bo‘lib, kirish qismi kun tartibi bilan tugaydi. Kun tartibidan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan beriladi. Har qaysi masala alohida satrdan yoziladi. Ularning o‘zaro tartibi masalaning dolzarbligi va muhimligiga qarab belgilanadi. Majlis bayonnomasida KUN TARTIBIni bosh kelishikda ifodalash va katta harflar bilan yozish kerak. Kun tartibidagi masalalarni bayon qilishda ma’ruzachining ismi, familiyasi, lavozimini alohida jumla bilan yozish maqsadga muvofiqdir. Ba’zan kun tartibining oxirgi qismida «Turli masalalar» sarlav­ hasi bilan alohida qism beriladiki, bu maqsadga muvofiq emas, chunki kun tartibidagi har bir masala aniq va ravshan bo‘lishi lozim. M atnning asosiy qismi kun tartibi masalalariga muvofiq joylashadi. Har bir bo‘lim uch qismdan iborat bo‘ladi: ESHITILDI, SO‘ZGA CHIQDILAR, QAROR QILINDI. Bu so‘zlar bosh (katta) harflar bilan yoziladi. Agar kun tartibida ikki yoki undan ortiq masala ko‘riladigan bo‘lsa, «ESHITILDI» so‘zidan oldin kun tartibidagi masalalarning raqami qo‘yiladi, so‘zdan keyin esa ikki nuqta qo‘yilib, yangi satrdan ma’ruzachining ismi, familiyasi bosh kelishikda yoziladi. Familiyadan so‘ng chiziqcha (tire) qo‘yilib, ma’ruza yoki xabarning qisqacha mazmuni bayon qilinadi. Agar ma’ruza matni tayyor holda bo‘lsa, tiredan keyin «Matn ilova qilinadi» deb yozib qo‘yiladi. «SO‘ZGA CHIQDILAR» birikmasi ham aynan shu shaklda yoziladi. Zarurat bo‘lganda, qavs ichida har bir so‘zlovchining ish joyi va lavozimi ko‘rsatiladi. Masalan: SO‘ZGA CHIQDILAR: A.I. Rahimov (litsey direktori) Majlisda berilgan savollar ham bayonnomada yoziladi. Ma’ruza- chiga savollar va ularga beriladigan javoblar «SO‘ZGA CHIQDILAR» bo‘limiga kiritiladi va ko‘rsatilgan tartibda rasmiylashtiriladi («savol» va «javob» so‘zlari o‘rnida so‘rovchiningismi, otasi ismining bosh harflari va familiyasi; javob beruvchining ismi, otasi ismining bosh harflari va familiyasi esa, faqat savolga ma’ruzachining o‘zi javob bermagan hollardagina ko‘rsatiladi). Matnning uchinchi qismida muhokama etilgan masala bo‘yicha qaror qabul qilinadi. «QAROR QILINDI» birikmasi ham bosh harflar bilan yoziladi. Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan alohida-alohida «ESHITILDI», «SO‘ZGA CHIQDILAR», «QAROR QILINDI» sarlavhalari qo‘yiladi va so‘zlovchilar 39 nutqining qisqacha mazmuni, qabul qilingan qaror rasmiylashtiriladi. 10-ilovada bayonnoma namunasi berildi. Seminar mashg‘ulotlari mazmuni № Seminar mashg’ulotlar 1 Hujjatchilik tarixi. Sharq hujjatchiligi. O‘zbekiston Respublikasida hujjatchilikning takomillashuvi. Hujjat turlari va xususiyatlari Shaxsiy ish qog‘ozlari uslubi. Ariza, tarjimayi hol. Bu hujjatlarning zaruriy qismlari, ularning namunalari ustida ishlash. Buyruq, farmoyish, ko‘rsatma. Bu hujjatlarning zaruriy qismlari, ularning namunalari ustida ishlash. Guvohnoma, dalolatnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. Bu hujjatlarning zaruriy qismlari, ularning namunalari ustida ishlash. Bildirishnoma, bildirgi, ishonchnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. Majlis bayoni, shartnoma, ma’lumotnoma. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. Tavsifnoma, tavsiyanoma. Tilxat, tushuntirish xati, hisobot. Yozilish uslubi, o‘ziga xos xususiyatlari. 2 3 4 5 6 7 8 Dars soatla ri hajmi 2 2 2 2 2 2 2 2 16 Jami Seminar mashg‘ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akadem-guruhga alohida o‘tiladi. Mashg‘ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o‘tiladi. Shuningdek, seminar mashg‘ulotlarni tashkil etishda, asosan, birlamchi nazariy manbalar bo‘yicha savol-javoblar uyushtiriladi. Savol-javoblar jarayonida mavzularning umumiy xususiyatlari haqida umumlashmalarga kelinadi. 40 O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI O‘zbеk tilshunosligi kafеdrasi «Davlat tilida ish yuritish » FANIDAN MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI 41 “Davlat tilida ish yuritish” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy masalalarni yechishda ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda Internet saytlaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy va seminar mashg‘ulotlari mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik; darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha mavzularini o‘rganish; tarqatma materiallar bo‘yicha o‘zlashtirish; maxsus adabiyotlar bo‘yicha mavzulari ustida ishlash; talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan mavzularini chuqur o‘rganish; faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari; masofaviy ta’lim. Mustaqil ta`lim uchun tavsiya etilgan mavzular: № 1 2 3 4 5 6 7 8 9 1 Mustaqil ta’lim mavzulari Tаvsifnоmа, tаvsiyanоmа mаtnlаri qismlаrining o‘zаrо bоg‘lаnish yo‘llаri. Bоsmа ish qоg‘оzlаri ustidа ishlаsh. Tаqriz mаtnidа munоsаbаt, dаlil-аsоs, isbоtхulоsа ifоdаsi. Annоtаtsiya mаtnidа munоsаbаt, dаlil-аsоs, isbоt-хulоsа ifоdаsi Fikrni аsоslаshdа iqtibоs (sitаtа), mаqоl vа hikmаtlаrdаn fоydаlаnish. Kоmpyutеrdа hujjаt mаtni tаyyorlаsh, tаhrir qilish, o‘zgаrtirish vа yangilаsh. (Murаkkаb tuzilishli hujjаtlаr (ish rеjаsi, rаqаmli hisоbоt vа b.) tаyyorlаsh. Kоmpyutеrdа mаtn yozishdа turli хil o‘lchоv vа ko‘rinishdаgi shriftlаrdаn fоydаlаnish). Majlis bayonnomasi matni tayyorlash Tаrjimаi hоl, аrizа, tushuntirish хаti, tilхаt, ishоnchnоmа vа bоshqаlаr mаtnlаr nаmunаsini tаyyorlаsh Buyruq, fаrmоyish mаtni nаmunаlаrini tаyyorlаsh, JAMI: Hisobot shakli Ajratilgan soat Namuna tayyorlash Namuna tayyorlash Namuna tayyorlash Namuna tayyorlash Namuna tayyorlash Amalda ko’rsatish 10 Amalda ko’rsatish Namuna tayyorlash Namuna tayyorlash 10 Namuna tayyorlash 8 8 10 8 10 8 8 10 90 Mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik; seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik; darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish; tarqatma materiallar 42 bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish; maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fan bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish; faol va muammoli o‘qitish metodlaridan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari; masofaviy ta’lim shakllaridan foydalanish tavsiya etiladi. TESTLAR 1. Hujjatlar tayyorlanish xususiyatiga ko‘ra qanday bo‘ladi? A) qoralama, asl nusxa, nusxa, ikkinchi nusxa, ko‘chirma B) asl nusxa, ikkinchi nusxa C) qoralama, asl nusxa, nusxa, ko‘chirma D) qoralama, asl nusxa, ikkinchi nusxa E) hujjatlar asl nusxada bo‘lib, zarurat tug‘ilganda nusxa olinadi 2. Hujjat matnlarida nimalar bayon etiladi? A) yozilish sabablari ko‘rsatiladi, taklif va xulosalar beriladi B) rasmiy munosabatlarni ifodalaydi C) axborot, voqea-hodisalar badiiy vositalar orqali bayon etiladi D) A va B E) A, B, C 3. Qaysi javobda hujjatga aloqador bo‘lmagan qismlar keltirilgan? A) hujjat muallifi, matn, kelishuv yoki rozilik belgilari B) hujjatning nomi, ilova mavjudligi haqidagi qayd C) sarlavha, tasdiqlovchi imzo, muhr D) tasdiqlash ustxati, shartli raqam (indeks), sana E) hujjat matnini izohlashga ko‘mak beruvchi grafik shakllar va rasmlar 4. Hujjatga aloqador bo‘lmagan hukmni aniqlang. A) shaxsning hayoti davomidagi faoliyatini qayd etib boruvchi yozma vosita B) rasmiy munosabatlarni ifodalovshi va qayd etuvchi rasmiy vosita C) axborot tashuvchi vosita D) xabar beruvchi yoki buyuruvshi yozma vosita E) barcha hukm to‘g‘ri 5. Ish qog‘ozlari qanday yoziladi? A) qisqa, ravon, aniq va mantiqli bayon etiladi B) hujjatning nomi yoki sarlavha to‘lig‘icha bosh harflar bilan yoziladi C) matn I shaxs yoki III shaxs tilidan yoziladi D) rahbar nomidan yoki ayrim shaxs tomonidan yoziladi E) Barcha javoblar to‘g‘ri 6. Tarixiy hujjatlar berilgan qatorni toping. A) kafolat xati, bayonnoma, tuzilma B) yo‘riqnoma, nizom, da’vo xati C) farmoyish, ko‘rsatma, bildirishnoma D) tilxat, farmon, bitim, patta 43 E) qarznoma, buyruq, da’vo arizasi 7. Iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan hujjat nima? A) ariza B) ma’lumotnoma C) ishonchnoma D) bildirishnoma E) dalolatnoma 8. Jamiyatning barcha a’zolari yozishi mumkin bo‘lgan hujjat turlarini belgilang. A) ma’lumotnoma, ariza, e’lon B) tushuntirish xati, tilxat, hisobot C) ishonchnoma, tilxat, ariza D) bildirishnoma, e’lon, tavsiyanoma E) tarjimayi hol, e’lon, shartnoma 9. Qaysi hujjat turi kun tartibi, qaror kabi qismlardan iborat? A) dalolatnoma B) bayonnoma C) e’lon D) farmoyish E) hisobot 10. O‘z nomidan ish ko‘rish uchun yoziladigan vakolatli hujjat nima deb yuritiladi? A) bildirishnoma B) shartnoma C) dalolatnoma D) ishonchnoma E) kafolat xati 11. Tavsifnoma nima? A) o‘z shaxsiy hayoti va faoliyatini bayon qiladigan hujjat B) ma’muriyat yoki shaxs tomonidan beriladigan, shaxsning xususiyatlari qayd etiladigan rasmiy hujjat C) shaxsning mehnat va ijtimoiy faolyati o‘ziga xos xislat va fazilatni aks ettiruvchi hujjat D) muassasa tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beruvshi rasmiy hujjat E) turli mukofotlarga taqdim etish maqsadida yoziladigan hujjat 12. Rasmiy xat turlari berilgan qatorni belgilang. A) kafolat xati, tushuntirish xati B) ilova xat, tabrik xati C) farmoyish xat, tilxat D) iltimos xat, eslatma xat E) tushuntirish xati, tilxat 13. Ko‘chirma olinadigan hujjat turini belgilang. A) buyruq, bayonnoma B) tilxat, ishonchnoma C) farmoyish, dalolatnoma D) tavsufnoma, tavsiyanoma 44 E) bildirishnoma, hisobot 14. Muassasaning asosiy va kundalik vazifalarini hal etish maqsadida qo‘llaniladigan hujjat... A) farmoyish deyiladi B) hisobat deyiladi C) buyruq deyiladi D) bayonnoma deyiladi E) turli rasmiy xatlar hisoblanadi 15. Biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat nima deyiladi? A) ishonchnoma B) bildirishnoma C) tilxat D) tushuntirish xati E) tasdiq xati 16. Buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar xizmat mavqeyiga ko‘ra qanday hujjatlar hisoblanadi? A) tashkiliy hujjatlar B) farmoyish hujjatlar C) ma’lumotsimon-axborot hujjatlar D) shaxsiy hujjatlar E) xizmat yozishmalari 17. Qanday hujjat turi kotib tomonidan rasmiylashtiriladi? A) ma’lumotnoma B) dalolatnoma C) shartnoma D) tavsifnoma E) bayonnoma 18. Tarjimayi holga qo‘yiladigan qaysi talablar noto‘g‘ri? A) hikoya uslubida bo‘lib, I shaxs tilidan yoziladi B) ma’lumotlar xronologiya asosida, aniq sanalar bilan beriladi C) u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li va faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak D) hujjat matni muallif tomonidan erkin tuziladi E) barcha talablar to‘g‘ri. 19. Bosma ish qog‘oziga yoziladigan hujjatlar berilgan qatorni aniqlang. A) ishonchnoma, farmoyish B) ma’lumotnoma, shartnoma C) dalolatnoma, buyruq D) bayonnoma, xizmat yozishmalari E) tarjimayi hol, tavsifnoma 20. Mansabdor shaxsning talabi bilan yoziladigan hujjat nima? A) buyruq B) ariza C) bayonnoma D) tushintirish xati 45 E) talabnoma 21. Biron-bir tadbir haqida xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi yozma axborot nima? A) ma’lumotnoma B) e’lon C) bildirishnoma D) farmoyish E) kun tartibi 22. Qaysi hujjat turlari yozilish shakliga ko‘ra o‘xshash? A) buyruq, bayonnoma, farmoyish B) dalolatnoma, da’vo arizasi, shartnoma C) tavsifnoma, tavsiyanoma D) ariza, tushuntirish xati, bildirishnoma E) tilxat, ishonchnoma, ma’lumotnoma 23. Qaysi holatlarda bildirishnoma yoziladi? A) talab qilingan voqea-hodisalar haqida axborot berishda; B) voqea-hodisalar haqida xabardor qilish, ayrim masalalarga xulosa va takliflar berishda; C) voqea, hodisalar yoki mavjud holatni huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashda; D) sodir etilgan ba’zi hatti-harakatlar isbotlab tushuntirilganda; E) rejalashtirilgan topshiriqlarning bajarilishi haqida ma’lumot berilganda. 24. Qaysi ish hujjatida asosan alohida nashr hisoblanadigan o’quv qo’llanmalar, darsliklar va monografiyalarga yozilib, ularda asarning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga mo’ljallab yozilgani o’z ifodasini topadi.? A) Ariza B) Annotatsiya C) Bayonnoma D) Taqriz 25. Ma’lumotnoma necha xil bo’ladi: A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 26. “Nutq madaniyati va Davlat tilida ish yuritish” darsligining mualliflari qaysi javobda to’g’ri ko'rsatilgan? A) S.A.Karimov, Sh.M.Maxmatmurodov, O.N.Karimova B ) N.Maxmudov, A.Rafiyev, I.Yo’ldoshev C) M.Aminov, A.Madvaliyev, N.Maxkamov, N.Maxmudov D) Abduroziq Rafiyev, Nazira G’ulomova 27.Hujjatlar blankalarining yuqorida bo’sh joylari kamida qancha kattalikda bo’ladi? A) 20 mm B) 10mm C) 8mm D) 12mm 28.Tavsifiy matn qaysi uslubga xos bo’ladi? A) Ilmiy uslub B) Badiiy uslub C) Rasmiy uslub D) Ommabop uslub 29. Blanka so’zining lug’aviy ma’nosi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) oq, toza qog’oz B) ish qog’ozi C) muhr D) A,B.C 30. Hujjatlardagi zaruriy qismlar nima deb yuritiladi? A) blanka B) sarlavha C) rekvizitlar D) Ava B 31. Quyidagi qaysi hujjat bir necha kishi tomonidan tuziladi? A) Dalolatnoma B) Ma’lumotnoma C) Tushuntirish xati D) Ariza 46 32. Qaysi ish hujjati rejalashtirilgan ishlarning qanday amalga oshirilganligi to’g’risida taqdimot tarzida tuziladi? A) Dalolatnoma B) Buyruq C) Hisobot D) Bayonnoma 33. Hujjatlarning mazmuniga ko’ra turlarini belgilang. A) Sodda hujjatlar B) Murakkab hujjatlar C) A va B javoblar to’g’ri D) to’g’ri javob berilmagan 34. A4 bichimidagi qog’ozlarning kattaligi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) 210x297 mm B) 148x210 mm C) to’g’ri javob yo’q D) barcha javoblar to’g’ri 35. Hujjatlar tilida qaysi so’z turkumiga oid so’zlar ko’p qo’llanadi? A) fe’l B) son C) ot D) olmosh 36. Quyidagi qoliplashgan tuzilmalar qaysi ish hujjatida qo’llanadi: “… so’m maosh bilan …lavozimiga tayinlansin” , “ … o’z hohishiga ko’ra …lavozimidan ozod qilinsin” A) Buyruq B) Bayonnoma C) Ma’lumotnoma D) Bayonnoma 37. Mehnat bitimi deb ataluvchi hujjatning yana bir nomi nima? A) Dalolatnoma B) Taqriz C) Ariza D) Shartnoma 38.Qaysi ish hujjatlarida ko’pchilikning fikri ifoda etilgani tufayli unda berildi, tuzildi, eshitildi, qaror qilindi singari so’z va jumlalar o’tgan zamonda, majhul nisbatda beriladi? A) Buyruq, farmoyish B) bayonnoma, ma’lumotnoma, dalolatnoma C) ariza, tilxat, tushuntirish xati D) A va B javoblar to’g’ri 39.Fikrni so’z orqali ifodalash qobiliyati, mahorat, amaldagi so’zlashuv jarayonidagi tilga nima deyiladi? A) Atama B) Madaniyat C) Nutq D) ma’naviyat 40. Mehnat daftarchasi atamasi qaysi javobda to’g’ri izohlangan? A) Ishchi va xizmatchining xizmat faoliyatini ko’rsatuvchi asosiy hujjat B) Bo’lgan voqea, mavjud holatni bildirish mazmunidagi hujjat C) Ma’lum bir shaxs tomonidan o’z hayoti va faoliyyatini aks ettirib yoziladigan bayonnoma hujjat D) Asosan alohida nashr hisoblanadigan o’quv qo’llanmalar, darsliklar va monografiyalarga yozilib, ularda asarning qisqacha mazmuni, ahamiyati, kimlarga mo’ljallab yozilganini bildirgan hujjat 41. Farmoyish nima? A) Ishchi va xizmatchining xizmat faoliyatini ko’rsatuvchi asosiy hujjat B) Davlat boshqarish organi rahbarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat asosiy va kundalik vazifalarni hal qiluvchi hujjat C) Muassasa ma’muriyati bo’limlari rahbarlari tomonidan amaliy yoziladigan hujjat D) Bo’lgan voqea, mavjud holatni bildirish mazmunidagi hujjat 42. Ariza nima? A) Tashkilot korxona yoki muassasa rahbari nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat B) Ishchi va xizmatchining xizmat faoliyatini ko’rsatuvchi asosiy hujjat C) Fuqaro shaxsini bildiruvchi va uhaqda muhim ma’lumot beruvchi rasmiy hujjat D) Bo’lgan voqea, mavjud holatni bildirish mazmunidagi hujja 47 43. Ma’lum bir shaxs tomonidan o’z hayoti va faoliyyatini aks ettirib yoziladigan bayonnoma hujjatining nomi qaysi javobda to’g’ri berilgan? A) Buyruq B) Bayonnoma C) Tarjimai hol D) Tushuntirish xati 44.Qaysi hujjat asosida jamoaning faoliyati olib boriladi va nazorat qilinadi? A) Annotatsiya B) Ariza C) Bayonnoma D) Buyruq 45. Bir voqea yoki holat (shaxsning yashash joyi, vazifasi yoki muassasa faoliyati) haqida axborot beruvchi hujjatga nima deyiladi A) Dalolatnoma B) Taqriz C) Ariza D) Ma’lumotnoma 46. Bir shaxs yoki xodim haqida ma’lumot beradigan, uni biron lavozim yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilotga a’zo bo’lishga tavsiya etiladigan rasmiy hujjatga nima deyiladi? A) Hisobot B) Taqriz C) Ariza D) Tavsiyanoma 47. Qaysi ish hujjati asosan moliya-xo’jalik ishlarini hisobga olish, taftish o’tkazish, baxtsiz hodisalarni baholash, turli tekshiruvlar o’tkazilganda tuziladi. A) Dalolatnoma B) Buyruq C) Hisobot D) Ma’lumotnoma 48. Hujjat matinida qaysi tinish belgilari nisbatan faol ishlatiladi? A) vergul B) nuqtali vergulC) ikki nuqta, qavs, tire D) Barcha javoblar to’g’ri 49. Hujjat nomi va matn sarlavhasidan keyin qanday tinish belgisi qo’yiladi? A) vergul B) nuqtali vergulC) ikki nuqta, qavs, tire D) Hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi 50. Hujjatlarning tegishlilik jihatiga ko’ra tularini belgilang. A) xizmat hujjarlari B) shaxsiy hujjatlar C) A va B javoblar to’g’ri D) To’g’ri javob berilmagan 51. Biror bir tantana tadbirga taklif qilish uchun qo’llanuvchi yozma axborotga nima deyiladi? A) Tavsifnoma B) Tavsiyanoma C) Taklifnoma D) Taqriz 52.Hujjatlarning qaysi qismi tashkilot nomidan so’ng katta harflar bilan yoziladi? A) Matn sarlavhasi B) Nazorat haqida qayd C) Tashkilotning manzil ma’lumotlari D) B va C 53. Pul, hujjat, qimmatbaho yohud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjatga nima deyladi? A) Tushuntirish xati B) Tilxat C) Ma’lumotnoma D) Ariza 54.Ma’lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati, shuningdek, uning o’ziga xos hislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjatga nima deyiladi? A) Tavsiyanoma B) Tarjimai hol C) Tavsifnoma D) Taqriz 55. Bir kishi bilan ikkinchi kishi, bir tashkilot bilan ikkinchi tashkilot yoki odamlar o’rtasidagi muayyan bir vazifani amalga oshirish maqsadida tuzilgan huquqiy hujjat… A) Dalolatnoma B) Taqriz C) Ariza D) Shartnoma 56. Eski hujjatlar, yozma va boshqa yodgorliklarni saqlash, tartibga solish va tasdiqlash bilan shug’ullanadigan maxsus muassasa yoki muassasaning eski hujjatlar tamomlangan ishlar shakllanadigan bo’limga nima deyiladi? A) Adresant B) Stat C) Arxiv D) Qiroatxona 57. Taqriz nima? A) Badiiy yoki ilmiy asarlarga tanqidiy nuqtai nazardan qarab beriladigan bahoning 48 yozma bayoni B) Ishchi va xizmatchining xizmat faoliyatini ko’rsatuvchi asosiy hujjat C) Biror bir tantana tadbirga taklif qilish uchun qo’llanuvchi yozma axborot D) Pul, hujjat, qimmatbaho yohud boshqa biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat 58.Qaysi hujjat insonlar o’rtasidagi muloqot shakllaridan biri bo’lib, uning yuzaga kelivshi yozuv va masofa bilan bog’liqdir. A) Tilxat B) E’lon C) Ma’lumotnoma D) Xat 59.Ko’pchilik yoki ma’lum guruhdagi shaxslarni yaqin orada bo’ladigan biror tadbir haqida xabardor qilish uchun qo’lllanuvchi yozma axborot nima deyiladi ? A) Tilxat B) E’lon C) qoida D) Ma’lumotnoma 60. Ariza, tarjimai hol kabi ish qog’ozlari qaysi uslubda yoziladi? A) Ilmiy uslub B) Badiiy uslub C) Rasmiy uslub D) Ommabop uslub 61. Ilmiy uslubga xos xususiyatlarni belgilang. A) Aniqlik B) Obyektivlik C) Qisqalik D) Barcha javoblar to’g’ri 62. Monologik nutq turlarini belgilang. A) ichki nutq B) tashqi nutq C) ochiq nutq D) ichki va tashqi nutq 63. Gazeta , jurnal maqolalarining uslubi ko’proq qaysi uslubga tegishli bo’ladi? A) Ilmiy uslub B) Badiiy uslub C) Rasmiy uslub D) Ommabop uslub 49 50