Протокол заседания филиала ТУИТ в Фергане

“TASDIQLAYMAN”
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
TATU Farg‘ona filiali direktori
___________ F. Muxtarov
2024-yil 6-aprel
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Farg‘ona filiali Kengashining 8-yig‘ilishi
bayonnomasi
2024-yil 6-aprel
Farg‘ona shahri
Qatnashdilar – Kengash a’zolaridan 25 nafari, taklif qilinganlar.
Yig‘ilish raisi – F. Muxtarov.
K u n t a r t i b i d a:
I. Filial direktorining ma’ruzasi.
Axborotchi: F. Muxtarov.
II. Ijro intizomi haqida.
Axborotchi: A. Abdulxamidov.
III. BMIlarni tayyorlash, YDAga tayyorgarlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
to‘g‘risida.
Axborotchilar: Sh.Umarov, S.Zokirov, mutaxassislik kafedralari mudirlari.
IV. MDlarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
Axborotchilar: S.Zokirov, mutaxassislik kafedralari mudirlari.
V. 2023/2024-o‘quv yili kuzgi semestr o‘quv jarayonining hisoboti va talabalarning
attestatsiya natijalari tahlili.
Axborotchilar: T.Abdullayev, M.Teshaboyev.
VI. Telekommunikatsiya texnologiya-lari va kasbiy ta’lim fakultetida o‘quv, ilmiy
va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning borishi to‘g‘risida.
Axborotchi: M.Teshaboyev.
VII. Filialda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning holati.
Axborotchi: B. Tolipov, A.Salmonov.
VIII. Turli masalalar.
1. Kengash a’zolari tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.
Axborotchi: N. Qurbonov.
2. Dotsent ilmiy unvonini olish uchun Oliy attestatsiya komissiyasiga attestatsiya
ishini tavsiya etish to‘g‘risida.
Axborotchi: N. Qurbonov.
3. Ilmiy-uslubiy ishlarni nashrga tavsiya etish haqida.
Axborotchi: B. Polvonov, Sh. Umarov.
4. Davlat-xususiy sheriklik asosida o‘qituvchi va talabalarga xorijiy tillarni o‘qitish
markazi (kurslari)ni tashkil etish haqida.
Axborotchi: G. Obidova.
5. To‘lov-kontrakt muddatini uzaytirish to‘g‘risida.
Axborotchi: fakultet dekanlari.
6. Dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbarlarni tayinlash to‘g‘risida.
Axborotchi: S. Zokirov.
7. “Olima ayollar” tanlovining 86-turida ishtirok etish uchun filialda tayyorlangan
Ilmiy loyihalar taqdimoti haqida.
Axborotchi: B. Polvonov.
Kun tartibining birinchi masalasida filial direktori F. Muxtarovning
ma’ruzasi eshitildi.
F. Muxtarov: Assalomu alaykum, hurmatli Kengash a’zolari, aziz ustozlar,
professor-o‘qituvchilar. So‘zimni avvalida mamnuniyat bilan barchangizni
yaqinlashib kelayotgan ulug‘ va muborak ayyom – Ramazon hayiti bilan chin
qalbimdan samimiy tabriklayman. Qalblarimiz quvonchga va ezgu niyatlarga
to‘lgan ushbu saodatli va munavvar damlarda, avvalo, shunday tabarruk kunlarga
yetkazgani, bayramni tinch va osuda muhitda, oilamiz bilan hamjihatlikda kutib
olayotganimiz uchun Yaratganga cheksiz shukronalar aytamiz. Barchangizga sihatsalomatlik, baxtu saodat, oilalaringizga xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.
Shundan so‘ng filial direktori F. Muxtarov o‘zining tashabbuskorligi, halol va
samarali mehnati, fidoiyligi, jonkuyarligi bilan ajralib turgan hamda o‘z vazifasiga
mas’uliyat bilan yondashgan xodimlarni filial nishoni bilan taqdirladi:
F. Muxtarov: Barchangizga ma’lumki, ushbu yildan e’tiboran filial nishoni
ta’sis etildi. Ushbu filial nishonining navbatdagi sovrindorlari bilan tanishing!
Kumush nishon bilan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash,
nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i Abdulxamidov Abdubaki Alimardanovich
taqdirlanadi. Oltin nishon bilan Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i
Polvonov Alimirzo Qutbiddin o‘g‘li taqdirlanadi.
Eslatib o‘tamanki, kumush nishon sovrindori bazaviy hisoblash miqdorining 1
baravarida, oltin nishon sovrindori esa bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari
hisobida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Hurmatli jamoa! Bugungi yig‘ilishimizda 2024 yilning mart oyi davomida filial
rahbariyati, xodimlari va professor-o‘qituvchilari tomonidan strategik rejada
belgilangan muhim vazifalar asosida amalga oshirilgan ishlar hamda qo‘lga
kiritilgan yutuqlar haqida quyidagilarni e’tiboringizga havola qilmoqchiman.
Moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha. Joriy yilning 16-18-mart
kunlari filialimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya
hashari bo‘lib o‘tdi. TATU rektori professor Maxkamov Baxtiyor Shuxratovich
hamda hududiy filiallar rahbarlari oliygohimizga tashrifi davomida mazkur
tadbirlarda ham ishtirok etdilar. Ushbu amaliy tadbirlarning natijasi o‘laroq,
filialimiz hududida TATU va hududiy filiallar bog‘i barpo etildi.
Shuningdek, professor Baxtiyor Shuxratovich o‘z tashrifi davomida,
filialimizda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar hamda olib borilgan bunyodkorlik
ishlari bilan yaqindan tanishdi. Tashrif yakunida esa Farg‘ona filiali jamoasi va
talabalari uchun TATU rektorining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Filialimizda ta’lim jaryoniga yangi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha ham
izchil ishlar olib borilmoqda. Jumladan, sirtqi bo‘limda tahsil olayotgan
talabalarning davomatini doimiy monitoring qilib borish hamda yakuniy nazoratlar
o‘tishida shaffoflikni ta’minlash maqsadida Face ID orqali nazorat qilish tizimi
ishga tushirildi.
Ilmiy ishlar bo‘yicha. Oliygohimizda ilmiy-innovatsion faoliyat
samaradorligini yanada rivojlantirish maqsadida filial miqyosida ilmiy seminarlar
o‘tkazilib kelinmoqda. Navbatdagi o‘tkazilgan seminarda Tulakova Ziyoda,
Xamdamova Oygul hamda Meliqo‘ziyev Azimjonlarning tasdiqlangan mavzulari
bilan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari muhokamasiga bag‘ishlandi.
Filialda iqtidorli talabalar va iste’dodli yoshlar faoliyati bo‘yicha. Dasturiy
injiniring va raqamli iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan TATU Farg‘ona filiali va
Urganch filiali o‘zaro hamkorligida talabalar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish,
yangi bilimlarni egallash hamda do‘stona muhitni yanada mustahkamlash
maqsadida dasturlash bo‘yicha ingliz tilida olimpiada o‘tkazildi. Bunda
filialimizdan 9 ta jamoa ishtirok etdi. Kelajakda bunday olimpiadalarini ikki
tomonlama doimiy o‘tkazib borishga kelishildi.
BSUIR Open 2024 sport dasturlash bo‘yicha 12-xalqaro jamoaviy
chempionatida filialimizning 8 ta jamoasi ishtirok etib, yarim final bosqichiga qadar
yetib keldilar. Jamoalarni ushbu bosqichdan ham muvaffaqiyatli o‘tishlarini va 27
aprel kuni o‘tkaziladigan final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishlarini tilab qolamiz!
Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida bo‘lib o‘tgan RTRM
Cup dasturlash olimpiadasida Qayumov Axror Muminjonovich rahbarligidagi
filialimiz terma jamoasi ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Fililalning Dasturiy injiniring kafedrasi o‘qituvchi A.Muhammadjonov
raxbarligidagi Baxodirov Nurislombek va Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi
mudiri O.Rayimdjanova ilmiy rahbarligidagi Ro‘zaliyev Muhammadazizlar “Mirzo
Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining shahar, tuman bosqichlarida IQ test
hamda loyihalar taqdimotidan muvaffaqiyatli o‘tib, sertifikat va umumiy summasi 4
mln. so‘mni tashkil etgan pul mukofoti sovrindori bo‘ldilar va viloyat bosqichiga
yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
Xalqaro aloqalar bo‘yicha. Xalqaro hamkorlik doirasida filial delegatsiyasi
Bangladesh davlatidagi Bangladesh-Amerika xalqaro universitetiga rasmiy tashrif
bilan bordi. Ushbu hizmat safari oldidan delegatsiyamiz Bangladeshning favqulodda
va muxtor elchisi Muhammad Monirul Islom qabulida bo‘ldilar.
Bangladesh-Amerika xalqaro universiteti jahonda IT, axborot xavfsizligi,
dasturlash, dasturiy injiniring, robototexnika sohalarida samarali yutuq va
ko‘rsatkichlarga erishib kelayotgan yetakchi o‘quv yurtlaridan biri hisoblanadi.
Uch kun mobaynida ushbu oliygohning tadqiqotchilari va talabalariga ma’ruza
va seminar-treninglar o‘tkazildi va ushbu oliygoh rahbariyati tomonidan sertifikatlar
taqdim etildi. Shuningdek, filial delegatsiyasi Bangladesh-Amerika xalqaro
universitetini maxsus genetika informatsion ilmiy laboratoriyasida ham bo‘ldilar.
Tashrif yakunida esa TATU Farg‘ona filiali va Bangladesh-Amerika xalqaro
universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik shartnomasi va memorandum imzolandi.
O‘zaro xamkorlik doirasida keng qamrovli bulutli xizmatlar, kontentni yetkazib
berish va professor-o‘qituvchilarni ilmiy stajirovkalarga yuborish, talabalar
almashinuvi, xalqaro hamkorlikdagi loyihalarni yo‘lga qo‘yish, kelgusi o‘quv
yilidan qo‘shma ta’lim dasturlarini tizimli tashkil etish va boshqa qator masalalar
bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur amaliy tashrifimiz ushbu oliygoh tomonidan ham yuksak e’tirof etilib,
Bangladesh-Amerika xalqaro universitetining rasmiy saytida ham yoritildi.
Fililalimiz ilmiy kengashi tomonidan Bangladesh-Amerika xalqaro
universitetining 3 nafar rahbar xodimlariga faxriy professor unvoni berilishi ko‘zda
tutilmoqda.
Ushbu tashrif yuzasidan bir qator topshiriqlar bo‘ladi.
Xalqaro aloqalar bo‘limiga: Bangladesh davlatidan 20 nafar yoshlarni TATU
Farg‘ona filialiga taklif etib, bu yerda tahsil olishlarini yo‘lga qo‘yish vazifasi
yuklatiladi. Ushbu amaliy harakatlar amalga oshirilgan kundan e’tiboran Xalqaro
aloqalar bo‘limi boshlig‘ining oylik maoshi direktor o‘rinbosarining oylik maoshiga
tenglashtiriladi.
Ishlar
boshqarmasiga:
Filial
1-talabalar
turar
joyining
1-qavatini xorijlik talabalar, professor-o‘qituvchilar va mehmonlarga ajratilishi va
ular uchun barcha sharoitlar yaratilishi vazifasi yuklatiladi.
Moliya-reja bo‘limiga: Bangladesh davlatidan kelib tahsil oluvchi
talabalarning to‘lov-kontraktlarini ularning cho‘ntagi ko‘taradigan darajada bo‘lishi
kerakligini inobatga olib, buning amaliy mexanizmini ishlab chiqish vazifasi
yuklatiladi.
Ushbu topshiriqlar bajarilgan kundan e’tiboran Ishlar boshqarmasi va Moliyareja bo‘limi boshliqlarining oylik maoshiga 400% ustama belgilanadi.
Shuningdek, o‘tgan oyda Xitoy xalq respublikasi Shandun fan va texnologiya
universiteti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Farg‘ona viloyati
boshqarmasi, Farg‘ona politexnika instituti, Xalqaro oziq-ovqat texnologiyasi va
muhandisligi instituti hamda TATU Farg‘ona filiali rahbariyati o‘rtasida onlayn
uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu uchrashuvda Farg‘ona yoshlar texnoparkini hamkorlikda rivojlantirish
uchun kadrlarni jalb qilish, China Oman Investment kompaniyasi tomonidan
Farg‘ona shahrida tashkil etilayotgan ishlab chiqarish quvvatlarida kadrlar
tayyorlash bo‘yicha hamkorlik qilish va boshqa ko‘plab masalalar yuzasidan
kelishib olindi va Xitoy xalq respublikasi Shandun fan va texnologiya universiteti
o‘rtasida ta’lim bo‘yicha xalqaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
O‘quv ishlari bo‘yicha. Filialimizning Axborot-resurs markazida professoro‘qituvchilarimiz tomonidan yaratilgan yangi o‘quv adabiyotlarining taqdimoti
an’anasi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu ilmiy an’ananing davomi o‘laroq kuni kecha
Dasturiy injiniring kafedrasi dotsenti Zulunov Ravshanbek Mamatovichning
“Sun’iy intelekt texnologiyalari” nomli o‘quv adabiyotining taqdimoti o‘tkazildi.
Ahamiyatli jihati shundaki ushbu kitob 8 ta davlat tillariga tarjima qilinib chop
etilganligidir.
O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyati kengashi bilan hamkorlikda
filialimizda Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa
harbiy institutida o‘qishini davom ettirish istagini bildirgan filial talabalari
ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida talabalarimizga mazkur
institut faoliyati, kursantlarning talim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar haqida
kerakli ma’lumotlar berildi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va sport-sog‘lomlashtirish masalalari. TATU
Farg‘ona filiali hamda Farg‘ona viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari hududiy birlashmasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi
memorandum imzolandi. Mazkur Memorandumda tomonlar o‘zlarining Ustav
(Nizom)larida belgilangan vazifalari doirasida fuqarolarning huquq va erkinliklariga
oid davlat siyosatining amalga oshirilish yuzasidan belgilangan vazifalarning izchil
amalga oshirilishini ta’minlashda fuqarolarning oliy ta’lim va fan sohasida
iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan vazifalar ijrosi
ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
tegishli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” Strategiyasi doirasida
belgilangan maqsadlarga erishilishida va vazifalarning o‘z vaqtida hamda samarali
bajarilishini jamoatchilik nazorati tartibida monitoring qilishda hamkorlik qilishlari
ko‘zda tutilgan.
Oliygohimizda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori va Farg‘ona
viloyati yoshlar siyosati ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha hokim o‘rinbosari ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
TATU Farg‘ona filialida Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik
universiteti bilan birgalikda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar
mazmun-mohiyatini aholi, ayniqsa, yoshlarga yetkazish, ular orasida targ‘ibot
ishlarini olib borish, fuqarolarimizning huquqiy savodxonligini oshirishga
qaratilgan “Islohotlarda daxldorman” loyihasi bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli vazifalari yuzasidan
TATU Farg‘ona filialida joriy yilning 1-aprelidan boshlab tyutorlarning bilim
saviyasi va malakasini oshirish o‘quv kurslari tashkil etildi. Tyutorlar malaka
oshirish o‘quv kursi 1 oylik o‘quv dasturi asosida 42 soatlik o‘quv mashg‘ulotlari
tajribali soha mutaxassislarini jalb etilgan holda tashkil etilmoqda.
Filialda o‘tkazilgan “Oliygohning eng yaxshi guruh sardori an’anaviy ko‘rik
tanlovi”ning g‘oliblari bo‘lgan talabalarga filial direktori tomonidan statuetka,
diplom hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Respublikamizda “Milliy qadriyatlar oyligi” va Navro‘z - umumxalq bayrami
munosabati bilan filialda Farg‘ona shahar 2-sonli madaniyat markazi bilan
hamkorlikda madaniy-ma’rifiy tadbirlar, milliy o‘yinlar va konsert dasturi tashkil
etildi.
Bugungi kengaytirilgan yig‘ilishda jamoaga yetkaziladigan masalalar shundan
iborat edi. Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masalalarni kengash a’zolari bilan
Kiberxavfsizlik markazida davom ettiramiz. E’tiboringiz uchun rahmat.
Kun tartibining ikkinchi masalasida filial Monitoring va ichki nazorat
bo‘limi boshlig‘i A.Abdulxamidov axborot berdi.
TATU Farg‘ona filialiga joriy yilning 2024 yil 01-mart kunidan 01 aprel
kunigacha yuqori tashkilotlardan va idoralardan kelib tushgan hujjatlar hamda
topshiriqlar soni jami 303 tani tashkil etdi.
№
1
Tashkilot nomi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligidan
Hisobot davrida hujjatlar soni
126ta
Shundan:
Buyruqlar
bayonlar
xatlar
4 ta
5 ta
117 ta
28 ta
2
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari
universitetidan
shundan:
Buyruqlar
Bayon
Xatlar
3
Farg‘ona viloyat hokimligidan
Bayon
Farmoyish
xatlar
4
5
6
Tashkilotlardan
Murojaatlar
Boshqaruv yig‘ilishidagi topshiriqlar
14 ta
4 ta
10 ta
22 ta
JAMI
1 ta
2 ta
19 ta
34 ta xat
1 ta
92 ta
303 ta
Shu bilan bir qatorda, bo‘lim tomonidan 575 ta ichki hujjatlar va 248 ta
chiquvchi hujjatlar ko‘rib chiqilib nazortdan yechilgan.
Shu bilan bir qatorda, bir oy davomida bo‘lim tomonidan 191 ta ichki hujjatlar
va 82 ta chiquvchi hujjatlar ko‘rib chiqilib nazortdan yechilgan.
Devonxona tomonidan barcha hujjatlar edo.ijro.uz yagona elektron tizimiga
kiritilib, mas’ullarga yuklatilgan va ular tomonidan ijrosi oʻz vaqtida bajarilib
kelinganligi nazoratga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vertual kabulxonasidan va Websaytdan filialga to‘g‘ridan to‘g‘ri kelib tushgan murojatlar qayd etilmagan, yukori
tashkilotlardan kelib tushgan murojaatlar 9 tani tashkil etgan, barchasiga belgilangan
tartibda o‘z muddatida javob xatlari yuborilgan va ijobiy fikrnoma olingan.
OTF va IV tomonidan va yuqori turuvchi tashkilotlardan 2024 yil 1-mart
kunidan 1-aprel kunigacha davomida kelgan buyruqlar va bayonlarga direktor
o‘rinbosarlari tomonidan loyihalar tayorlanib, filialning ichki buyruqlari ishlab
chiqilgan va ijroga qaratilgan.
Ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan ijro nazorati o‘rnatilgan,
yig‘ilish bayonlari va qarorlari edo.ijro.uz yagona elektron tizimiga
joylashtirilganligi hamda ijrosini o‘z vaqtida ta’minlanishi nazorat olib borildi.
Barcha elektron tizimlar orqali kelib tushgan va ijroga yo‘llangan buyruq va
farmoyishlar yuzasidan bo‘limlarda ishlab chiqilgan ichki buyruq bandlari bo‘yicha
topshiriqlarni ijrochilarga yetkazish va muddatida bajarilishini nazorati olib borildi.
2024-yil 1-mart kunidan 1-aprel kunigacha boshqaruv yig‘ilishida berilgan
jami 92 ta topshiriq ijrosi nazortga olinib, bajarilishi bo‘yicha monitoring olib borildi
va ijro-nazorati bo‘yicha rahbarga hisobotlar taqdim etildi.
VAZIFALAR:
1. Filial direktorining oʻrinbosarlari, dekanlar, kafedra mudirlari hamda boʻlim
va markaz, boshliqlari ijro intizomi bilan ishlash boʻyicha mas’ullarga edo.ijro.uz
tizimiga kelgan hujjatlar bilan oʻz vaqtida tanishib borish va ijrosini ta’minlash;
- Edo.ijro.uz tizimida javob xatlarini belgilangan muddatlarda tayyorlash va
yuborish vazifalari yuklatish.
2. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va
monitoring bo‘limiga:
- Edo.ijro.uz tizimida ijro intizomiga rioya qilmagan, belgilangan muddatlarda
ijrosini ta’minlamagan mas’ullarga qonunchilik doirasida intizomiy chora koʻrish
boʻyicha ma’lumot kiritish vazifasi yuklatish.
- belgilansinki, Kengash, boshqaruv yig‘ilishlarining bayon qarorlari ijrosi
bo‘yicha tegishli hujjatlarni va ma’lumotlarni Edo.ijro.uz elektron tizimga yuklash
barcha mas’ul rahbarlar zimmasiga yuklatish.
Ushbu masala yuzasidan filial direktori F.Muxtarov, direktor o‘rinbosarlari
B.Tolipov, B. Polvonov va T.Abdullayevlar fikr-mulohaza bildirdilar.
Kun tartibidagi uchinchi masala yuzasidan O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i
Sh.Umarov axborot berdi.
Hozirgi kunda filialda 3 ta fakultet, sirtqi bo‘lim va 9 ta kafedra faoliyat olib
bormoqda. Shundan, 6 ta kafedra mutaxassis tayyorlovchi hisoblanadi.
2023/2024-o‘quv yilida filialda 724 nafar bitiruvchi mavjud bo‘lib, ular:
- Kunduzgi ta’lim shakli 6 ta ta’lim yo‘nalishida 461 nafar;
- Sirtqi ta’lim shakli 2 ta ta’lim yo‘nalishida 244 nafar;
- Sirtqi ta’lim shakli 1 ta 2-oliy ta’lim yo‘nalishida 19 nafar;
Kompyuter injiniringi fakultetida:
Kafedra nomi
Ta’lim yo‘nalishi
Axborot
texnologiyalari
Kompyuter
tizimlari
5330500 - Kompyuter injiniringi
(Kompyuter injiniringi)
5330500 - Kompyuter injiniringi
(AT-servis)
Bitiruvchilar soni
BMI
Fanlardan YDA
Jami
100
85
15
49
49
0
Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakultetida:
Bitiruvchilar soni
Fanlardan
Jami
BMI
YDA
Ta’lim yo‘nalishi
Kafedra nomi
Telekommunikatsiya
injiniringi
Axborot-ta’lim
texnologiyalari
5350100 - Telekommunikatsiya
texnologiyalari
(Telekommunikatsiyalar)
5350400 - AKT sohasida kasb
ta’limi
92
48
48
29
29
0
Dasturiy injiniring va raqamli iqtisodiyot fakultetida:
Bitiruvchilar soni
BMI
Fanlardan YDA
Kafedra nomi
Ta’lim yo‘nalishi
Axborot
xavfsizligi
Dasturiy
injiniring
5330300 - Axborot xavfsizligi
(sohalar bo‘yicha)
65
35
30
5330600 - Dasturiy injiniring
126
126
0
Jami
Sirtqi bo‘limda:
Kafedra nomi
Ta’lim yo‘nalishi
Axborot
texnologiyalari
Telekommunikatsiya
injiniringi
5330500 - Kompyuter injiniringi
(Kompyuter injiniringi)
5350100 - Telekommunikatsiya
texnologiyalari
2-oliy ta’lim
5330500 - Kompyuter injiniringi
(Kompyuter injiniringi)
Axborot
texnologiyalari
Jami
Bitiruvchilar soni
BMI
Fanlardan YDA
134
5
129
110
4
106
19
0
19
O‘quv jarayoni grafigi bo‘yicha:
4-kurs kunduzgi ta’lim:
 22 apreldan 11 maygacha Bitiruv oldi amaliyoti
 15 maydan 15 iyungacha YDA va BMI himoyasi.
5-kurs sirtqi ta’lim va 4-kurs sirtqi ta’lim 2-Oliy ta’lim:
 29 apreldan 18 maygacha bitiruv oldi amaliyoti
 20 maydan 15 iyungacha YDA va BMI himoyasi.
 19 iyundan 24 iyungacha BMI himoyasi
Talabalar Bitiruv oldi amaliyotidan keyin BMIning dastlabki himoyasi
o‘tkaziladi.
Barcha kafedralarda BMI tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar mavjud.
Barcha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarning BMI mavzulari, rahbarlari
va taqrizchilari qayd qilingan filial buyruqlari ishlab chiqilgan.
 6-tKIF sonli buyruq (KI, AT-servis) (07.02.2024)
 6-TIKTF sonli buyruq (TI, AKTsKT) (15.02.2024)
 6-DIRIF sonli buyruq (AX, DI) (08.02.2024)
Soha korxonalaridan BMI rahbarlikka jalb etish ko‘rsatkichi:
Kafedra nomi
Axborot texnologiyalari
Kompyuter tizimlari
Telekommunikatsiya injiniringi
Axborot-ta’lim texnologiyalari
Axborot xavfsizligi
Dasturiy injiniring
Axborot texnologiyalari
(sirtqi)
Telekommunikatsiya injiniringi (sirtqi)
Filial bo‘yicha jami
BMI
topshiradiganlar
85
49
48
29
35
126
Soha korxonasidan
rahbarlar
31
17
19
0
0
12
5
5
100%
4
381
2
86
50%
37,2%
Foizda
36,5%
34,7%
40%
0%
0%
9,5%
1. Soha korxonalari mutaxassisliklarini jalb etish bo‘yicha Axborot-ta’lim
texnologiyalari kafedrasi 0%, Axborot xavfsizligi kafedrasi 0%, Dasturiy injiniring
kafedrasi 9,5%.
2. BMI rahbarlari va taqrizchilarni tayinlashda Axborot-ta’lim texnologiyalari
kafedrasi tomonidan mutaxassislik va ixtisosliklar inobatga olinmagan. Masalan,
O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri G.Kochkorova falsafa fanlari
nomzodi, dotsent bo‘lsada, AKT sohasidagi kasb ta’limi ta’lim yo‘nalishi 4 nafar
bitiruvchilariga rahbarlikka tayinlangan. Taqrizchi K.Onarqulov, S.Otajonovlar
fizika mutaxassisligi bo‘yicha fan doktori bo‘lsada, mobil ilovalar ishlab chiqish,
elektron resurs yaratish sohasidagi BMIlarga taqrizchi sifatida tayinlangan.
3. “O‘zbektelekom” AK mutaxassisi F.Raximovga 8 ta BMI tayinlangan.
Ulardan 6 tasi Axborot texnologiyalari kafedrasidan, 2 tasi Telekommunikatsiya
injiniringi kafedrasidan.
Yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagi fanlardan o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
Kafedra nomi
YDA dasturi
Axborot
texnologiyalari
Tasdiqlangan
Telekommunikatsiya
injiniringi
Tasdiqlangan
Ixtisoslik fanlar
 Operatsion tizimlar
 O‘rnatilgan tizimlar
 Mobil ilovalarini ishlab chiqish
 Algoritmlarni loyihalash
 Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlari
 Optik aloqa tizimlari
 Simsiz tarmoqlar
 Multimedia aloqa tarmoqlari
Axborot xavfsizligi
Tasdiqlangan
Axborot
texnologiyalari
(SIRTQI)
Tasdiqlangan
Telekommunikatsiya
injiniringi
Tasdiqlangan
 Kriptografiya 1,2
 Tarmoq xavfsizligi
 Kiber-huquq va Kiber-etika
 Axborot xavfsizligi xavflarni boshqarishga
kirish
 Kiberxavfsizlik siyosati
 Kompyuter tarmoqlari
 Ma’lumotlar bazasi
 Kompyuterni tashkil etilishi
 Optik aloqa tizimlari
 Simsiz tarmoqlar
 Multimedia aloqa tarmoqlari
Ushbu masala yuzasidan direktor o‘rinbosarlari B.Polvonov va T.Abdullayev,
fakultet dekani X.Sotvoldiyev, kafedra mudirlari N.Ibroximov va O.Rayimjonova,
TSNQB boshlig‘i M.Teshaboyevlar fikr-mulohaza bildirdilar.
Kun tartibidagi to‘rtinchi masala yuzasidan ilmiy tadqiqotlar,
innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i S.Zokirov
axborot berdi.
Hozirgi kunda filialda 3 ta fakultetda 9 ta kafedra faoliyat olib bormoqda.
Shundan, 3 ta kafedra magistr tayyorlovchi hisoblanadi.
2023/2024-o‘quv yilida filialda 38 nafar magistr mavjud bo‘lib, ulardan:
- 1-bosqich – 19 nafar;
- 2-bosqich (qo‘shimcha qabul) – 8 nafar;
- 2-bosqich (bitiruvchi) – 11 nafar.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi
“Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”ni tasdiqlash haqidagi 36-son Qarorining VIbandida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida
- 1-bosqich magistratura talabalariga magistrlik dissertatsiya mavzulari va
ilmiy rahbarlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialining
2023-yil 28-dekabridagi №11 – sonli buyrug‘i;
- 2-bosqich (qo‘shimcha qabul) magistratura talabalariga magistrlik
dissertatsiya mavzulari va ilmiy rahbarlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
TATU Farg‘ona filialining 2023-yil 31-martdagi № 4 - M – sonli buyrug‘i;
- 2-bosqich (bitiruvchi) magistratura talabalariga magistrlik dissertatsiya
mavzulari va ilmiy rahbarlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona
filialining 2022-yil 3-oktabrdagi № 12 - M – sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan.
Kafedra nomi
Ta’lim mutaxassisliklari
Axborot
texnologiyalari
Telekommunikatsiya
injiniringi
Axborot xavfsizligi
70610501 - Kompyuter injiniringi
(Kompyuter tizimlarini loyihalashtirish)
70611001 - Telekommunikatsiya
injiniringi (Teleradioyeshittirish)
70610302 - Axborot xavfsizligi
Jami
Bitiruvchilar soni
Maxsus
MD
fanlardan YDA
6
1
4
11
70611001-Telekommunikatsiya
injiniringi
(Teleradioyeshittirish)
mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqichda 3 nafar (shundan, 1 nafari kuzgi qabul, 2 nafari
qishki qabulga tegishli) magistr 70611401-Pochta xizmatini tashkil etish va
texnologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha 5 nafar (hammasi qishki qabul) tahsil
olmoqda. 1 nafar 2-boshqich qishki qabul magistratura talabasi o‘z xohishiga ko‘ra
akademik ta’til olgan.
M3.22-guruh talabasi Yo‘ldoshev Axrorbek Dilshodjon o‘g‘li joriy yakuniy
davlat attestatsiyasi jarayonida magistrlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Ushbu
magistrning magistrlik dissertatsiyasi to‘liq yakunlangan, hozirda amaliyotga tadbiq
etish jarayonida.
Magistratura talabalari bilan har oyda bir marotaba MDlarni tayyorlash
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish va tavsiyalar berish, ularni
himoyaga tayyorlash bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, 2024-yil 12-martida “Telekommunikatsiya injiniringi” kafedrasida
70611001-Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioyeshittirish) va 70611401Pochta xizmatini tashkil etish va texnologiyasi mutaxassisliklari magistrlari
ishtirokida seminar tashkil etildi. Seminarda magistrlar dissertatsiyalarining
bajarilish holati hamda ilmiy-pedagogik ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Yakuniy
xulosaga ko‘ra, 1 nafar 2-bosqich magistratura bitiruvchisining MDsi 90-95 foiz, 7
nafar 2-boshqich qishki qabul magistrlarining MDlari 70 foiz, 2 nafar 1-bosqich
magistrining MDlari 40-50 foiz hajmda bajarilgan.
Magistrlik dissertatsiyasi himoyasini tashkil etishda o‘rnatilgan talablar asosida
olib borish uchun davlat attestatsiya kommisiyasiga ishlab chiqarish quyidagi yetuk
mutaxassislari va tajribali pedagoglar taklif etilgan:
- Qo‘ldashov Obbozjon Xokimovich, O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi
yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroyelektronika ilmiy-tadqiqot instituti
laboratoriya mudiri, prof. (t.f.d.) - rais;
- Rayimjonova Odinaxon Sodiqovna, “Telekommunikasiya injiniringi”
kafedrasi mudiri, dotsent (PhD) - rais o‘rinbosari;
- Ismoilov Ma’murjon Muxtorovich, “Telekommunikatsiya injiniringi”
kafedrasi dotsenti v.v.b. (PhD) - a’zo;
- Mamasodiqova Nodira Yusubjonovna, FarPI “Metrologiya standartlashtirish
va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi dotsenti (PhD) - a’zo;
- Yusupov Sardorbek Ma’rufovich, FarPI “Intellektual muhandislik tizimlari”
kafedrasi mudiri, PhD - a’zo;
- Komilov Davron Rashidjon o‘g‘li, “Telekommunikatsiya injiniringi”
kafedrasi assistenti – kotib
Axborot texnologiyalari kafedrasida har oyning oxirgi seshanba kuni magistrlik
dissertatsiyalarini tayyorgarlik holati, shaxsiy kalendar rejalarining bajarilishi
yuzasida magistrlarning hisobotlari eshitiladi. 2 kurs magistrlarini
dissertatsiyalarining dasturiy qismi yakunlanib, hozirda Intellektual mulk
agentligidan guvohnoma olish jarayonida.
Jumladan, 2024-yil 26-martida “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professoro‘qituvchilari hamda 70610501 - Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini
loyihalash”) mutaxassisliklari magistrlari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Seminarda magistrlar dissertatsiyalarining bajarilish holati bo‘yicha taqdimotlar
qilishdi. Kafedra yig‘ilishi xulosaga ko‘ra, 6 nafar 2-bosqich magistratura
bitiruvchisining MDsi 90-95 foiz, 8 nafar 1-bosqich magistrining MDlari 30-40 foiz
hajmda bajarilgan.
Magistrlik dissertatsiyasi himoyasini tashkil etishda o‘rnatilgan talablar asosida
olib borish uchun 70610501– Kompyuter injiniringi (“Kompyuter tizimlarini
loyihalash”) magistratura mutaxassisligi uchun maxsus fanlardan va magistrlik
dissertatsiyasi himoyasi bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi tarkibi
quyidagi yetuk mutaxassislari va tajribali pedagoglar iborat bo‘lishi taklif etilgan
1. Xaydarov Ibroximjon Usmonaliyevich – rais, Farg‘ona davlat universiteti,
Matematika-informatika fakulteti dekani, fizika-matematika fanlari
nomzodi, dotsent;
2. Umurzakova Dilnozaxan Maxamadjanovna – rais o‘rinbosari, Axborot
texnologiyalari kafedrasi mudiri (PhD);
3. Onarqulov Maqsad Karimberdiyevich – a’zo, Farg‘ona davlat universiteti
Ilmiy ishlar, innovatsiya va ilmiy tadqiqot ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash
bo‘lim boshlig‘i, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
4. Shokirov Ismoilxon Ergashevich – a’zo, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni
baholash agentligi Farg‘ona viloyati bo‘lim boshlig‘i, fizika matematika
fanlar nomzodi (PhD).
5. Ergashev Otabek Mirzapo‘latovich – a’zo, Axborot texnologiyalari kafedrasi
dotsenti v.b. (PhD);
6. Nabijonov Ravshanbek Muxammadjon o‘g‘li – kotib, Axborot
texnologiyalari kafedrasi assistenti.
Axborot xavfsizligi kafedrasida 70610302 - Axborot xavfsizligi yo‘nalishida 4
nafar bitiruvchi mavjud.
70610302 - Axborot xavfsizligi magistratura
mutaxassisligi uchun maxsus fanlardan va magistrlik dissertatsiyasi himoyasi
bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi tarkibi quyidagi yetuk
mutaxassislari va tajribali pedagoglar iborat bo‘lishi taklif etilgan
1. G‘aniyev Abduxalil Abdujalilovich – rais, Muhammad al-Xorazmiy
nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, “Axborot xavfsizligi”
kafedrasi mudiri;
2. Ibroximov Nodirbek Ikromjonovich – rais o‘rinbosari, Axborot xavfsizligi
kafedrasi mudiri;
3. Umarov Shuxratjon Azizjonovich – a’zo, Axborot xavfsizligi kafedrasi
dotsenti;
4. Sobirov Abrorjon Karimjon o‘g‘li – a’zo, “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi
Farg‘ona viloyati hududiy sho‘basi raqamli texnologiyalarni joriy etilishini va
axborot xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis;
5. Djurayev Nuriddin Ismoilovich – a’zo, Farg‘ona viloyati IIB TQX JQB
tezkor texnik ishlov guruhi yetakchi mutaxassisi, podpolkovnik.
6. Sadirova Xursanoy Xusanboy qizi – kotiba, Axborot xavfsizligi kafedrasi
assistenti.
Masala yuzasidan B.Polvonov O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida
startap loyihasi hamda ratsionalizatorlik go‘yasini bitiruv malakaviy ishi va
magistrlik dissertatsiyasi sifatida himoya qilish to‘g‘risida”gi 384-son buyrug‘i,
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Farg‘ona filialining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 384-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash
to‘g‘risida”gi 2023-yil 28-avgustdagi 176–sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash
lozimligini esga olgan holda magistrlik dissertatsiyasini bajarish davomida olingan
natijalari asosida startap va innovatsion loyihalar shakllantirish maqsadga
muvofiqligini ta’kidlab o‘tdi.
Ushbu masala yuzasidan fakultet dekani X.Sotvoldiyev, kafedra mudiri
O.Rayimjonova, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Sh.Umarov hamda kengash kotibi
N.Qurbonov fikr-mulohaza bildirdilar.
Kun tartibidagi beshinchi masala yuzasidan o‘quv ishlari bo‘yicha director
o‘rinbosari T.Abdullayev, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i
M.Teshaboyev axborot berdi.
Telekomunikatsiya injiniringi va kasb ta’lim kafulteti tomonidan 2024-yil
29-yanvar – 17-fevral kunlari o‘tkazilgan qayta o‘qishlardan keyingi o‘zlashtirish
va sifat ko‘rsatkichlari quyidagicha:
№
Kurs
Talaba
soni
2
3
4
5
O‘zlashtirish,
%
Sifat, %
1
1
178
105
57
15
1
41,0%
9,0%
2
2
162
72
42
48
0
55,6%
29,6%
3
3
116
31
21
62
2
73,3%
55,2%
4
4
120
20
36
59
5
83,3%
53,3%
Kunduzgi bo‘yicha
jami
576
228
156
184
8
60,4%
33,3%
1
1
5
0
1
4
0
100,0%
80,0%
2
2
1
0
0
1
0
100,0%
100,0%
6
0
1
5
0
100,0%
83,3%
582
228
157
189
8
60,8%
33,8%
Magistratura
bo‘yicha jami
Jami TIKTF
bo‘yicha
O‘zlashtirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan fanlar
620-23 AKT, O‘zbekistonning eng yangi tarixi – 55,6% I.Rustamov
670-23 PAT, O‘zbekistonning eng yangi tarixi – 54,9 % I.Rustamov
637-23 TT, O‘zbekistonning eng yangi tarixi – 56,6 % Z. Xatamova
620-23 AKT, Xorijiy til – 63,7% D.Yulchiyeva, N.Nabijonova
637-23 TT, Dasturlash - 56,6 % A. Gorovik, S.Xadjayev
630-23 TT, Dasturlash – 44,7% Z.Ermatova, A.Qayumov
631-23 TT, Dasturlash – 62 % Z.Ermatova, A.Qayumov
670-23 PAT, Fizika – 66,4% J.Abdullayev
670-22 PAT, Ma'lumotlar bazasi – 67,7% A.Dilshodov,
623-22 AKT, Elektronika va sxemalar 1 – 67,3% Sh.Ergashev,
X.Abdusamatov, O.Rayimjonova
670-22 PAT, Elektronika va sxemalar 1 – 50% Sh.Ergashev, X.Abdusamatov,
M.Tursunaliyev
670-22 PAT, Diskret tuzilmalar – 63,5% O.Nasriddinov, M.Ro‘zmatova
O‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori fanlar
Ijodiy ta'lim 100% (AKT 4-kurs) I.Bilolov
Ilmiy ta'lim 100% (AKT 4-kurs) T.Oxunov
IT/Mutaxassislik tanlov fani (Masofaviy ta’lim texnologiyalari) 93,1 %
(AKT 4-kurs) N.Abdullajonova
IT/Mutaxassislik tanlov fani (Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi) 93,1 %
(AKT 4-kurs) D.Mavlonova, Sh.Isroilov
Optik aloqa tizimlari 93,4% (TI 4-kurs) M.Xalilov, M.Madaminov,
Iskandarov U, Tojiboyev I.
Kompyuter tarmoqlari 93,5 % (Barcha 3-kurs) D.Mirkomilov, J.Suyumov,
M.Lazareva, I.Abduvaliyev,
Ta'lim psixologiyasi 94,3 % (AKT 3-kurs) X.Rajabova, A.Dilbarjonov,
J.Otajonov
Jismoniy tarbiya 94,4 % (Barcha 1-kurs) N.Mamirov, M.Abdunabiyev
Akademik yozuv 94,9 % (Barcha 1-kurs) O.Xamdamova, M.Husaynova,
N.Tashlanova
Kompyuter injiniringi fakulteti tomonidan 2024-yil 29-yanvar – 17-fevral
kunlari o‘tkazilgan qayta o‘qishlardan keyingi o‘zlashtirish va sifat ko‘rsatkichlari
quyidagicha:
Talaba
soni
276
276
258
148
2
3
4
5
134
77
33
8
88
72
72
8
53
126
139
96
Kunduzgi
bo‘yicha jami
958
252
240
1
2
8
7
1
2
Magistratura
bo‘yicha jami
15
3
№
Kurs
1
2
3
4
1
2
3
4
1
2
0
1
14
36
O‘zlashtirish,
%
51,1
72,1
87,2
94,6
Sifat,
%
19,2
46,0
59,3
89,2
414
51
73,6
48,5
1
0
5
3
1
2
87,5
71,4
75,0
71,4
1
8
3
80,0
73,3
1
2
81
52
29
12
5
4
47
36
0
0
64,2
76,9
58,0
69,2
Masofaviy
bo‘yicha jami
133
41
9
83
0
69,2
62,4
Jami KIF
bo‘yicha
1106
296
250
505
54
73,1
50,5
1
2
O‘zlashtirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan fanlar
613-23 KI, Dasturlash – 19%, Qayumov A., G‘oyipova X.
615-23 KI, Xorijiy til – 57%, Toshpo‘latova M., To‘xtanazarova S.
680-23 ATS, Falsafa – 22%, Sodiqov S.
681-23 ATS, Dinshunoslik – 44%, Xolmatov Sh.
681-23 ATS, Dasturlash – 50%, Qayumov A., Abdurasulova D.
682-23 ATS, Dinshunoslik – 52%, Xolmatov Sh.
682-23 ATS, Falsafa – 35%, Sodiqov S.
682-23 ATS, Xorijiy til – 41%, Toshpo‘latova M., Jo‘rayeva M.
682-23 ATS, Dasturlash – 18%, Qayumov A., Abdurasulova D.
687-23 ATS, Falsafa – 59%, Kuchkarova G.
510-23 SI, Xorijiy til – 52%, Maxkamova D., Tadjibayeva A.
580-23 MR, Yo‘nalishga kirish – 40%, Azamxonov B.
619-22 KI, Elektronika va sxemalar 1 – 51%, Abdusamatov X., Tursunaliyev
M., Jo‘rayeva G.
619-22 KI, Diskret tuzilmalar – 55%, Botirova N., Maniyozov O.
619-22 KI, Web dasturlashga kirish – 41%, Soliyev B.
O‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori fanlar
Mobil ilovalarni ishlab chiqish 100% (KI 4-kurs) – Xodjimatov J., Xakimov
A., Tojiboyev I., Turg‘unova N., Umrzakova D., Toshmatov Sh.
Mobil ilovalarini yaratish 96% (AT-servis 4-kurs) – Turg‘unova N.,
Xodjimatov J., Rasulov A., Xakimov A.
Amaliy dasturiy paketlar 98% (KI 4-kurs) – Turg‘unov B., Ergashev O.M.,
Abdukadirov A., Toshmatov Sh.
Kompyuter tarmoqlari 97% (barcha 3-kurslar) – Polvonov A., Yo‘ldasheva D.
Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti tomonidan 2024-yil
29-yanvar – 17-fevral kunlari o‘tkazilgan qayta o‘qishlardan keyingi o‘zlashtirish
va sifat ko‘rsatkichlari quyidagicha:
№
Kurs
1
2
3
1
2
3
Talaba
soni
251
143
167
2
3
4
5
O‘zlashtirish, %
Sifat, %
100
61
53
78
24
37
71
56
76
2
2
1
60,2
57,3
68,3
29,1
40,6
46,1
4
4
Kunduzgi
bo‘yicha jami
1
1
2
2
Magistratura
bo‘yicha jami
1
1
2
2
Masofaviy
bo‘yicha jami
Jami DI RI
bo‘yicha
192
13
5
149
25
93,2
90,6
753
227
144
352
30
69,9
50,7
9
5
1
1
0
1
5
2
3
1
88,9
80,0
88,9
60,0
14
2
1
7
4
85,7
78,6
98
45
18
5
2
8
67
32
0
0
70,4
88,9
68,4
71,1
143
23
10
99
0
76,2
69,2
910
252
155
458
34
71,1
54,1
O‘zlashtirish ko‘rsatkichi past bo‘lgan fanlar
650-23 DI, O‘zbekistonning eng yangi tarixi – 54%, Oxunjonova Sh.
651-23 DI, Dasturlash – 44%, Xolmatov A.
641-23 AX, Xorijiy til – 63%, Sayidov Sh., Meliqo‘ziyev A.
641-22 AX, Diskret tuzilmalar – 65%, Nasriddinov O., Rozimatova M
650-22 DI, Elektronika va sxemalar 1 – 48%, Jo‘rayeva G., Abdusamatov X.
651-22 DI, Ma'lumotlar bazasi – 65%, Zokirov S., Raxmatova G.
650-21 DI, Dasturiy ta'minot tizimlarini loyihalash – 47%, Asrayev M.,
Kodirov A
652-21 DI, Inson va kompyuterning o‘zaro ta'siri – 68%, Ergashev O.,
O‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori fanlar
Axborot xavfsizligi xavflarni boshqarishga kirish 100% (AX 4-kurs) –
Turdimatov M. , Raxmatov R. , Umarov A
Dasturiy ta’minotni testlash 99% (DI 4-kurs) – Abdullayev A., Xolmatov A.,
Irmatova D., Soliyev B., Sadikova M.
Dasturlash uslublari va paradigmalar 96% (DI 3-kurs) – Musayev X., Kodirov
A.,
Kriptografiya 1 90% (AX 3-kurslar) – Xudoynazarov U.
Ushbu masala yuzasidan filial direktori F.Muxtarov, direktor o‘rinbosarlari
B.Polvonov, fakultet dekani B.Daliyev, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i
Sh.Umarovlar fikr-mulohaza bildirdilar.
Kun tartibidagi oltinchi masala yuzasidan TSNQB boshlig‘i
M.Teshaboyev axborot berdi.
2023/2024-o‘quv yilidagi fakultet o‘quv-me’yoriy ish rejalari, ya’ni Fakultet
rejasi, Kengash rejasi, o‘quv-uslubiy ishlar rejasi, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar
bo‘yicha reja va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejalari talab bo‘yicha
tuzilgan bo‘lib, 2023-yil 29-avgust kungi filial Kengashida tasdiqlangan.
Shuningdek, fakultetdagi kafedralarning ish rejalari va professor-o‘qituvchilarning
shahsiy ish rejalari tuzilgan bo‘lib 2023-yil 28-avgust kuni fakultet Kengashida
tasdiqlangan.
Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakultetida jami 45 ta
professor-o‘qituvchilar asosiy shtatda va 10 nafari o‘rindoshlik asosida ishlab
kelmoqdalar. Ushbu professor-o‘qituvchilarga 2023/2024-o‘quv yilining yarim
yilligida 34035 soat o‘quv yuklamasi belgilangan. Jumladan, Telekommunikatsiya
injiniringi kafedrasida o‘quv ishlari hajmi 18238 soat, Axborot-ta’lim
texnologiyalari kafedrasida o‘quv ishlari hajmi 7260 soat, Xorijiy tillar kafedrasida
o‘quv ishlari hajmi 8537 soat yuklamalari belgilangan.
2023/2024-o‘quv yilining I-yarim yilligi bo‘yicha fakultet professoro‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalari bo‘yicha belgilangan yuklamalari to‘liq
bajarildi. Xususan Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasida 8480 soat, Axborotta’lim texnologiyalari kafedrasida 2742 soat, Xorijiy tillar kafedrasida 4179 soat
yuklamalari yakunladi.
Fakultet bo‘yicha barcha kafedralarda 2023/2024-o‘quv yili kuzgi semestr
uchun o‘quv yuklamasi to‘liq bajarildi. Barcha professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish
rejasi birinchi yarim yillik uchun bajarilishi bo‘yicha xisobotlar tayyorlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2021-yil
16-iyun kuni “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi o‘quv
yiliga tayyorgarlik jarayonlari to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishining
34-sonli bayoni 23-bandi ijrosini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy
va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 26 avgustdagi 372-son buyrug‘i ijrosini
ta’minlash maqsadida,
filial direktorining 2021 yil 31 avgustdagi
244-sonli “Filialda “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish - HEMIS axborot tizimini
joriy etish to‘g‘risida” gi buyrug‘iga asosan, fakultetda o‘quv jarayoniga to‘laligicha
HEMIS tizimi joriy etildi. Tizimda talabalar bazasi, o‘quv rejalari, dars va nazorat
jadvallari, talabalar davomati, fan resurs va topshiriqlari, testlar, qaydnomalar
shakllantirilgan.
Barcha kafedralarda fanlar bo‘yicha ochiq va ko‘rgazmali darslar o‘tkazish
rejalashtirilgan bo‘lib, 2023/2024-o‘quv yilida birinchi yarmida 41 ta ochiq dars
o‘tkazildi.
Talabalar davomati HEMIS tizimi orqali doimiy ravishda nazoratga olinib,
tahlil qilib borildi. Barcha talabalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida 824-sonli qarorining 8-bob, 41-bandi, ya’ni “Bir fanga ajratilgan
auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu
fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha
tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi.”ga asosan quyidagi talabalar
ko‘rsatilgan fanlardan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz
qoldirganliklari hamda belgilangan muddatda sababi bo‘yicha tegishli hujjat taqdim
etmaganliklari uchun tegishli fanlardan Yakuniy nazoratlarga kiritilmasliklari
haqida ogohlantirildi.
TI va KTF bo‘yicha 2023/2024 o‘quv yili kuzgi semestrida sababsiz dars
qoldirgan va YaN larga kiritilmagan talabalar to‘g‘risida ma’lumot
№
Kurs
1
2
3
4
5
6
I
II
III
IV
I-M
II-M
Jami
Sababsiz dars qoldirganligi uchun YaN ga
kiritilmagan talabalar soni
Kunduzgi bo‘lim
5
0
0
1
0
0
28
2023/2024-o‘quv yili kuzgi semestrida fakultet talabalarining o‘zlashtirish va
sifat ko‘rsatkichlari quyidagicha:
№
Talaba
Kurs
soni
2
3
4
5
O‘zlash
tirish,
%
Sifat, %
1
1
178
147
21
9
1
17,4%
5,6%
2
2
162
88
31
43
0
45,7%
26,5%
3
3
116
41
19
54
2
64,7%
48,3%
4
4
120
35
26
54
5
70,8%
49,2%
576
311
97
160
8
46,0%
29,2%
Kunduzgi
bo‘yicha jami
1
1
5
0
1
4
0
100,0%
80,0%
2
2
1
0
0
1
0
100,0%
100,0%
Magistratura
bo‘yicha jami
6
0
1
5
0
100,0%
83,3%
Jami TIKTF
bo‘yicha
582
311
98
165
8
46,5%
29,7%
O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari past bo‘lgan fanlar
1. 630-23 TT, Dasturlash – 44,7% Z.Ermatova, A.Qayumov
2. 670-22 PAT, Elektronika va sxemalar 1 – 50% Sh.Ergashev,
X.Abdusamatov,
3. 670-23 PAT, O‘zbekistonning eng yangi tarixi – 54,9 % I.Rustamov
4. 620-23 AKT, O‘zbekistonning eng yangi tarixi – 55,6% I.Rustamov
637-23 TT, O‘zbekistonning eng yangi tarixi – 56,6 % Z. Xatamova
O‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan fanlar
1. Ijodiy ta’lim 100% (AKT 4-kurs) I.Bilolov
2. Ilmiy ta’lim 100% (AKT 4-kurs) T.Oxunov
3. IT/Mutaxassislik tanlov fani (Masofaviy ta’lim texnologiyalari) 93,1 %
(AKT 4-kurs) N.Abdullajonova
4. IT/Mutaxassislik tanlov fani (Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi) 93,1 %
(AKT 4-kurs) D.Mavlonova, Sh.Isroilov
5. Optik aloqa tizimlari 93,4% (TI 4-kurs) M.Xalilov, M.Madaminov,
Iskandarov U, Tojiboyev I.
2024-yil 29-yanvar – 17-fevral kunlari o‘tkazilgan qayta o‘qishlardan keyingi
o‘zlashtirish va sifat ko‘rsatkichlari quyidagicha:
№
Kurs
Talaba
soni
2
3
4
5
O‘zlashtirish,
%
Sifat, %
1
1
178
105
57
15
1
41,0%
9,0%
2
2
162
72
42
48
0
55,6%
29,6%
3
3
116
31
21
62
2
73,3%
55,2%
4
4
120
20
36
59
5
83,3%
53,3%
Kunduzgi
bo‘yicha jami
576
228
156
184
8
60,4%
33,3%
1
1
5
0
1
4
0
100,0%
80,0%
2
2
1
0
0
1
0
100,0%
100,0%
6
0
1
5
0
100,0%
83,3%
582
228
157
189
8
60,8%
33,8%
Magistratura
bo‘yicha jami
Jami TIKTF
bo‘yicha
2023/2024-o‘quv yilida fakultetdagi kafedralarda 49 ta fan o‘tilishi
rejalashtirilgan bo‘lib, barcha fanlarning fan dasturlari asosida o‘zbek va rus
tillaridan ishchi o‘quv dasturi va sillabuslar hamda o‘quv uslubiy majmua
tayyorlangan.
Fakultetdagi kafedralarda 2023/2024-o‘quv yilining 1-yarim yilligida jami
Scopus va Web of sciyence bazalariga kiritilgan ilmiy jurnallarda 31 ta, Xorijiy ilmiy
jurnallarda 40 ta, Respublika ilmiy jurnallarida 28 ta, Xalqaro va Respublika
konferensiyalarda 15 ta tezislar chop etilgan hamda o‘tilayotgan fanlar bo‘yicha 55
ta o‘quv uslubiy ko‘rsatma tayyorlangan.
Fakultet bo‘yicha ilmiy salohiyat o‘rtacha 28% ni tashkil etmoqda. Xususan,
Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasida 33%, Axborot-ta’lim texnologiyalari
kafedrasi 40%, Xorijiy tillar kafedrasida 12%.
Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakultetida talaba-yoshlarning
bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha
dekan o‘rinbosari, yoshlar ittifoqi yetakchisi va tyutorlar tomonidan ma’naviyma’rifiy, sport va boshqa turli tadbirlar muntazam o‘tkazilgan. 1, 2, 3 bosqich
guruhlar 3 nafar tyutorga, 4 bosqich guruhlar talabalari esa Telekommunikatisiya
injiniringi kafedrasi professor-o‘qituvchilari va dekan o‘rinbosarlariga biriktirilgan.
Talaba-yoshlar bilan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 30sentyabrdagi № 412-sonli buyrug‘i va ilovasidagi “Tyutorlik faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risidagi namunaviy nizom” da ko‘rsatilgan vazifalar asosida ishlar amalga
oshirilgan. Bugungi kunda har bir tyutor o‘ziga biriktirilgan talaba-yoshlar bilan
tasdiqlangan yillik rejasi asosida ko‘rsatilgan tadbirlarni belgilangan muddatlarda
amalga oshirmoqda. Shuningdek, tyutorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar
bo‘yicha tayyorlangan har choraklik hisobotlari fakultet yoshlar bilan ishlash
bo‘yicha dekan o‘rinbosari hamda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
bo‘yicha direktor o‘rinbosariga taqdim etilgan. Amalga oshirilgan tadbirlar doimiy
ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borilgan. Talabalarning ma’naviy-ma’rifiy sohadagi
dunyoqarashini oshirish maqsadida har hafta dars jadvali asosida tyutorlar
tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va
o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazining taqdimot
materiallari asosida “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarida talabalar bilan
davra suhbatlari o‘tkazilgan hamda jurnallarga qayd etilgan.
Fakultet miqyosida barcha professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun
sport musobaqalarida tashkil etilgan, har shanba fakultetda sport kuni sifatida amaliy
ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, Filial miqyosida 2023-yilning 20-26 oktyabr
kunlari Besh tashabbus olimpiadasi doirasida filialda tashkil etilgan sportning Mini
futbol turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqa final natijalariga koʻra fakulteti terma
jamoasi faol ishtirok etdi va tyutorlar boshchiligida talaba-yoshlar o‘rtasida
sportning mini futbol, tennis, voleybol turlari buyicha musobaqalar o‘tkazilgan.
Shuningdek, haftaning shanba kuni fakultet professor-o‘qituvchi va xodimlar
o‘rtasida sportning mini futbol, stol tennisi va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar
o‘tkazib kelinmoqda. 2023 yil 27-noyabr kuni fakultetlararo talaba qizlar o‘rtasida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi
munosabati bilan "Siz huquqingizni bilasizmi?" nomli tanlov tashkil etilib, Mazkur
tanlovda filialning 3ta fakultetidan tashkil topgan "Adolat liderlari", "Qomus",
"Shaddod qizlar" nomli guruhlari o‘zaro bellashishdi. Tanlov yakuniy natijalariga
ko‘ra fakultet jamoasi faol ishtirok etdi.
Fakultet iqtidorli talabalaridan 3-bosqich 620-21 guruh talabasi Murodullayeva
Rayxona Abduraxmon qizi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiya” sohibi
bo‘ldi. Filialda o‘tkazilgan “Yil talabasi” tanlovida faxrli 2-darajali diplomni qo‘lga
kiritdi. Ko‘plab ilmiy maqolalar muallifi, jumladan 2021-2023 yillar mobaynida bir
nechta startap loyihalari bilan, hackathon, innoweeklarda faol qatnashib
sertifikatlarni qo‘lga kiritgan. Xalqaro miqyosdagi kurslarni tamomlaganligi uchun
sertifikatlar olgan. Respublika miqyosidagi ilmiy tanlovlar, ma’naviy va ma’rifiy
tadbirlarda faol ishtiroki uchun ham bir necha bor taqdirlangan.
Xozirgi kunda o‘zining biznes, agrosanoat, tibbiyot yo‘nalishlaridagi loyihalari
bilan ko‘plab tadbirlarda qatnashib g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqda.
Fakultet talaba-yoshlari orasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikni oldini olishga
qaratilgan ishlar, ogohlik, tinchlik, hushyorlikni oshirish maqsadida IIB, mahalla va
boshqa mutassaddi tashkilotlar bilan tizimli ishlar olib borilgan.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida 1- dekabr butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan fakultetda rasmlar tanlovi
o‘tkazildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filialida 1- dekabr
sanasida talaba yoshlar o‘rtasida Butun jahon OITS ga qarshi kurashish kuni
munosabati bilan seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Farg‘ona shahar OITS markazi
xodimi Rasulov Ulug‘bek talabalarga kasallikning kelib chiqish tarixi, yuqish
yo‘llari va oldini olish chora tadbirlari davolash ishlari xaqida keng tushinchalar
berib o‘tdi. Shuningdek OITS OIV nikoxlanuvchi yoshlar o‘rtasida ham
aniqlanayotganligi kelajakda oila qurayotgan yosh kelin-kuyov uchun alohida
ahamiyatga ega ekanini va kelgusida ko‘plab achinarli xolatlarni oldini olishda katta
axamiyat kasb etishini aytib o‘tdi. Tadbir qiziqarli savol javoblar asosida
yakunlandi.
2024-yil 14-fevral kuni filial talaba-yoshlariga Fargʻona viloyati Favqulodda
vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Vatanparvarlik – milliy yuksalish kafolati!”
mavzusidagi "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi. Tadbir davomida talaba-yoshlarga
favqulodda vaziyatlarda qanday harakatlanish yuzasidan ma'lumot berildi. Fargʻona
viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan "Vatanparvarlik – milliy
yuksalish kafolati!" mavzusidagi ochiq eshiklar kunida talaba-yoshlarga favqulodda
vaziyatlarda qutqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan qutqaruv ishlari
yuzasidan master-klass tashkil etildi.
2023 yil 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan
“Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida filial faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni
ta’minlash, korrupsion holatlarni oldini olish va bartaraf etish kabi masalalarga
bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirlarga Filial direktori 1-o‘rinbosari
B.Tolipov, Direktor maslaxatchisi A.Usmonov, Viloyat prokuraturasi prokurori
M.Gaipov hamda 30 dan ortiq professor-o‘qituvchilar va 160 nafar talaba yoshlar
ishtirok etishdi. Tadbir ishtirokchilariga korrupsiya nima?, korrupsiya turlari va
uning salbiy oqibatlari haqida ishtirokchilarga tushuntirish berib o‘tildi.
Joriy yil 15-fevral kuni TATU Fargʻona filiali Yoshlar bilan ishlash,
ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi
1-TTJ da Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan
noan'anaviy ijodiy kecha tashkilladi. Talabalarga Zahiriddin Muhammad Bobur
hayoti va ijodi bo‘yicha ma'lumotlar berildi va g‘azallaridan, ruboiylaridan
namunalari hamda mumtoz qo‘shiqlar kuylandi, Tadbir soʻngida B.Tolipov,
Sh.Xolmatovlarning Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi va bugunning yoshlari
haqidagi ma‘ruza qildilar.
Fakultetda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi,
Vazirliklar, Farg‘ona viloyati hokimligi qaror va farmoyishlari ijrosi
https://edo.ijro.uz/ elektron hujjat yuritish tizimi orqali belgilangan muddatlarda
bajarilgan. 2023/2024-o‘quv yili boshidan bugungi kungacha dekanatga jami 26 ta
hujjat kelib tushgan bo‘lib, shundan 23 tasi o‘z vaqtida bajarilgan va 3 tasi ish
jarayonida. Muddati o‘tgan hujjatlar yo‘q. Shuningdek, fakultetning 60ga yaqin
hujjatlari tizim orqali rasmiylashtirilgan.
M.Teshaboyevning kun tartibidagi masala bo‘yicha ma’lumotlari
muhokamasi yuzasidan Kengash yig‘ilishi
TEKSHIRISH NATIJASIDA ANIQLANGAN KAMCHILIKLAR
1. 2023/2024 o‘quv yili kuzgi semestr natijalariga ko‘ra past o‘zlashtirish
ko‘rsatgichiga ega bo‘lgan guruhlarni natijalarini yaxshilash bo‘yicha
chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilmagan.
2. Fakultet ilmiy salohiyati 28% foizni tashkil etib, respublika o‘rtacha
ko‘rsatkichidan past hisoblanadi.
3. Hususiy xonadonlarda ijarada yashovchi fakultetning 4-kurs talabalarini
yashash sharoitlarini o‘rganish va nazorat qilish oxiriga yetkazilmagan.
4. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ixtisoslashgan maktablarga
amaliy uslubiy yordam ko‘rsatilinmagan.
5. Fakultet kengashi bayonnomalari to‘g‘ri yuritilinmagan.
6. 2023/2024-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy
ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha ish rejasi Oliy ta’lim, fan
va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim qilingan namunaviy ish rejaga
nomuvofiq.
7. 2023/2024-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy
ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha ish rejasida shu kunga
qadar bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar to‘liq bajarilmagan.
Ushbu masala yuzasidan direktor o‘rinbosari T.Abdullayev, fakultet dekani
X.Sotvoldiyev, Ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Djabarovlar fikr-mulohaza
bildirdilar.
Kun tartibidagi yettinchi masala yuzasidan yoshlar masalalari va ma’naviyma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Tolipovning axboroti eshitildi.
2023/2024-o‘quv yili uchun yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy sohada
filialning chora-tadbirlar rejasi 2023-yil 31-avgust kuni filial Kengashida
tasdiqlangan. 2023-yil sentabr oyidan 2024-yil aprel oyiga qadar talaba-yoshlar
o‘rtasida 250 dan ortiq ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot tadbirlari amalga oshirildi.
Rejaga asosan 9 ta yo‘nalishda ma’naviy-ma’rifiy va talabalarda vatanparvalikni
shakllantirish bo‘yicha tadbirlar tashkil etildi. Jumladan:
- 25 ta jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga qaratilgan
tadbirlar;
- 15 ta bayramlar va allomalarning ilmiy me’rosi targ‘ibotiga qaratilgan
tadbirlar;
- 15 ta “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostidagi diniy-ma’rifiy tadbirlar;
- 5 ta “OITS” qarshi qaratilgan tadbirlar;
- 35 ta sport-sog‘lomlashtirishga qaratilgan tadbirlar;
- 24 ta kasbga yo‘naltirilgan tadbirlar;
- 26 ta Vatanparvarlik targ‘ibotiga qaratilgan tadbirlar;
- 65 ta “Besh muhim tashabbus” doirasidagi tadbirlar;
- 18 ta psixolog bilan uchrashuvlar;
- 6 ta talabalarni ichki turizm bo‘yicha sayohatlarga jalb qilish bo‘yicha
tadbirlar;
- 9 ta “Volontyor” ko‘ngilli talabalar tashabbusi bilan turli mavzudagi
targ‘ibot tadbirlari;
- 12 ta tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi uchrashuvlar;
- 15 ta ilmiy-innovatsiyaga va kasbga yo‘naltirishga oid uchrashuv va davra
suhbatlaridan iborat tadbirlar.
Ushbu amalga oshirilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar va bayonnomalar
rasmiylashtirildi hamda amalga oshirilgan ishlar filialning ijtimoiy tarmoqdagi
rasmiy sahifalarida yoritildi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar doirasida 2023-yilning sentyabridan 2024 yil mart
oylari davomida talabalar turar joylarida “Kafedra kuni” tadbirlari hamda 3 ta
fakultetda talabalarni ommaviy tadbirlarga jalb etish, turli ko‘ngilochar tadbirlar
tashkil etildi. Shuningdek, Farg‘ona shahridagi “Islom Karimov” nomidagi konsert
saroyida 6 ta konsert dasturi, Istiqlol stadionida tashkil etilgan konsert tadbirlari
hamda viloyat drama teatri, viloya o‘lkashunoslik davlat muzeyiga 3000 nafarga
yaqin ziyod talabalar va xodimlar jalb etildi. 2023 yil sentabr-noyabr oylari
mobaynida Farg‘ona shahrida yugurish sport turini ommalashtirishga qaratilgan
“Yangi nafas” marafoniga 400 nafardan ziyod talabalar jalb etildi.
Talabalarni turar joy bilan ta’minlash va “Yoshlar balansi”: 2023/2024
o‘quv yilining dastlabki kunlarida talabalarni turar joy bilan ta’minlashning shaffof
va samarali mexanizmini joriy etish maqsadida “Talabalarga tezkor ko‘mak
kunlari” tadbirlari o‘tkazildi. Talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha 2 va
undan yuqori kurs talabalarini turar joy bilan ta’minlash yuzasidan tegishli choratadbirlar ishlab chiqildi. Talabalar turar joyi Nizomiga muvofiq 840 o‘ringa ega 2 ta
talabalar turar joyiga 2-3-4-kurs talabalaridan kelib tushgan murojaatlarni inobatga
olib, taqsimot qilindi. Ijarada va qarindoshlarining uylarida yashovchi talabalar bilan
olib borilgan ishlar bo‘yicha fakultetlarda talabalarni yashash manzillari TTJ va ijara
xonadonlari o‘rganildi. Filial bo‘yicha jami 1172 nafar talabalar 1-bosqichga
o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, 25 sentabr kuniga qadar my.gov.uz portali orqali 1kursdan 392 nafar talabalar turar joylariga joylashishi uchun murojaat qilgan va
ulardan 200 nafarini talabalar turar joylariga joylashtirilgan.
2024 mart oyida 2272 nafar talabalarning 35 foizi (813 nafari) o‘z uylari va
yaqin qarindoshlari uyida, 27 foizi (621 nafari) ijarada, 39 foizi (890 nafari)
talabalar turar joylarida yashashlari qayd etildi.
Bugungi kunda filialda 4255 nafar talaba (3419 ta erkak, 836 ta ayol), ulardan
kunduzgi ta’limda 2272 nafar, sirtqi ta’limda 1651 nafar, 38 nafar magistraturada,
4217 nafar bakalavriatda tahsil oladi.
Shundan, kunduzgi (bakalavr) ta’limda
1-bosqich - 700 nafar,
2-bosqich - 571 nafar,
3-bosqich - 540 nafar,
4-bosqich - 461 nafar talaba mavjud.
“Qalqon” jamoatchilik guruhi faoliyati: O‘zbekiston Respublikasi Ichki
ishlar vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 28
avgustda “Oliy ta’lim muassasalarida “Qalqon” jamoatchilik guruhlarini tashkil
etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ko‘ngilli yoshlardan iborat Qalqon guruhi
tuzilib, jami 47 nafar talabalar, ulardan 1-bosqich 4nafar, 2-bosqich 22 nafar, 3bosqich 14 nafar, 4-bosqich 7 nafar talabalar jalb etildi.
“Talabalar media guruhlari” faoliyati: Ommaviy axborot vositalarida
TATU Farg‘ona filialining imidjini ijobiy shakllantirish maqsadida talaba-yoshlar
bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil
yetishga qaratilgan tadbirlar kalendar rejasi yuzasidan filial qoshida “Talabalar
media guruhlari” tashkil etildi va “Media-markazi” faoliyati bo‘yicha media-reja
ishlab chiqildi. Rejaga asosan televideniyeda mahsus reportajlar, filialning ijtimoiy
tarmoqdagi (facebook, telegram, instagram, youtube) rasmiy kanallarida turli
mazmundagi habar va yangiliklar, e’lonlar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqidagi
matnli ma’lumotlar va videoroliklar yoritildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar-yoshlar bilan ishlash: TATU Farg‘ona
filialida alohida e’tiborga muhtoj (chin yetim va mehribonlik uyi
tarbiyalanuvchilari) 2 nafar talaba tahsil oladi. Ularga O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 noyabrdagi “Yetim bolalar va ota-onasining
yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning
ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 739-son qarori
asosida ijtimoiy himoya tadbirlari olib borildi.
2023/2024 o‘quv yilida TATU Farg‘ona filialida tahsil olayotgan imkoniyati
cheklangan 1- va 2-guruh nogironi bo‘lgan talabalarga stipendiya to‘lovlari
56966800 so‘m miqdorda, 2023 yil sentyabrdan 2024 yil martgacha to‘lab berilgan.
2023/2024 o‘quv yilida 44 nafar 1- va 2-guruh nogironligi bor talabalar tahsil
olmoqda, 6 nafar chin yetim va mehribonlik uyidan kelgan talabalar soni, 51 nafar
kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan talabalar tashkil qilmoqda. Ushbu
talabalarga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatilmoqda.
TATU Farg‘ona filialida tahsil olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan
yetim bolalar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar
sirasiga kiruvchi talabalarga 2023 yilning sentabridan 2024 yil mart oyigacha
to‘lovlar quyidagilarni tashkil etadi: Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21
noyabrdagi 739-sonli qaroriga asosan:
- oziq-ovqat, qishki kiyim-kechak va gigiyena puli to‘lovlari jami 6678778
so‘m;
Vazirlar Mahkamasining 25.10.2021 dagi 656 Qaroriga asosan:
- o‘quv yilida bir marotaba o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar (kitoblar) xarid
qilish xarajatlari uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash
miqdorining 5 baravari miqdorida subsidiya 1500000 so‘m;
- to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar, yetim bolalar va ota-ona
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga talabalarni
rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy
miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorlarda stipendiya 1553640
so‘m.
Viloyat hokimligi tomonidan biriktirilgan Farg‘ona shahrida yashovchi 108
nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar murojaatlari bo‘yicha filial ishchi guruhi
tomonidan har bir fuqaroning xonadoniga borib, ular bilan suhbatlashib, moddiy va
ma’naviy ko‘mak berish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli
o‘tkazishini ta’minlash: Talaba-yoshlar bandligini ta’minlash, yoshlarning bo‘sh
vaqtini mazmunli o‘tkazishini ta’minlash, ijtimoiy himoya tadbirlari, iqtidorli
yoshlar, bilan ishlashda tizimli ravishda fakultetlar va kafedralarda ma’naviyma’rifiy faoliyat olib borildi. Besh muhim tashabbus doirasida talabalarning
jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojtantirishga mo‘ljallangan turli to‘garaklar,
qiziqishlari bo‘yicha klublar, talabalar teatr-studiyalari va raqs to‘garaklari
faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. 2023/2024 o‘quv yilida O‘zbekiston Pespublikasi
Prizidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 19-martdagi “Yoshlar ma‘naviyatini
yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 muhim
tashabbus doirasida tasdiqlangan reja” asosida tadbirlar o‘tkazildi. Jumladan,
Talabalar teatr-studiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, unda 20 nafargacha talabayoshlardan iborat teatr studiya jamoasi tashkil etildi. “Talabalar teatr studiyalari”
talabalardan iborat jamoasi filialning turli tadbirlarida sahna ko‘rinishlari bilan faol
ishtirok etmoqda. “Talabalar teatr studiyasi” jamoasiga rejissyor biriktirilib, alohida
qobiliyatga ega bo‘lgan talabalarga sharoit yaratildi, moddiy qo‘llabquvvatlanmoqda. Filialda iqtidorli talabalar o‘rtasida ashula ansambli, sozandalar
ansambli, yakkaxon qo‘shiqchilik, badiiy jamoalar bilan ishlash, cholg‘u ijrochiligi,
ashula va raqs bilan ishlash amaliyoti biriktirilgan mutahassislar tomonidan yakka
va guruhli mashg‘ulotlar tashkil etilgan. Bundan tashqari, talabalarning
qobiliyatlarini va intellektual rivojlantirishga qaratilgan “Zakovat”, “Munozara”
klublari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Hususan, professor-o‘qituvchilar va talabalar
o‘rtasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va ularni OAVlarda
yoritildi.
Filialda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning salmog‘i ortib, talabalarning faol
ishtiroki hamda tashabbuskorligi rivojlandi. Quvnoqlar va zukkolar, Zakovat
intellektual o‘yinlari, talabalar teatr-studiyasi kabi tadbirlar bevosita
talabalarimizning tashabbuslari bilan amalga oshirildi. Talabalar orasida “Zakovat”,
“Talabalar teatr-studiyasi” va “QVZ” jamoalari shakllantirildi. Mart oyida talaba
bahori festivalida teatr jamoalari spektakl namoyishi o‘tkazildi. Bu boradagi ishlar
sezilarli darajada rivojlandi.
Sport tadbirlari, “Besh muhim tashabbus olimpiadasi”, “Talabalar ligasi”
sport musobaqalari: Filialda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha bir
qator ishlar amalga oshirildi, sport seksiyalari tashkil etildi, “Besh muhim tashabbus
olimpiadasi”, “Talabalar ligasi” sport musobaqalari o‘tkazildi.
O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi tarkibida 3 nafar o‘qituvchilar
jismoniy tarbiya va sport faoliyatini olib boradi. Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib qilish, ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida “Besh tashabbus
olimpiadasi” doirasida sport o‘yinlari o‘tkazilgan. Joriy yil 24-oktyabr kuni futzal
bo‘yicha musobaqalarning Farg‘ona viloyati bosqichida viloyatdagi 12 ta
OTMlardan jamoalar orasida TATU Farg‘ona filiali jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga
kiritgan. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oktyabr oyida futbol, voleybol,
basketbol, stol tennisi, shaxmat bo‘yicha musobaqalari tashkil etilgan. O‘zbekiston
talabalar sporti Assotsiatsiyasi ijroiya qo‘mitasining 2022 yil 11-noyabrdagi 23sonli qarori bilan TATU Farg‘ona filiali sport klubi nizomi tasdiqlangan. Ushbu
nizomga asosan futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi va shaxmat turlari bo‘yicha
klublar tashkil etilgan. 2023 yil 24-may kuni TATU Farg‘ona filiali direktoriining
“Talabalar ligasi” sport musobaqalarini tashkil etish bo‘yicha №03-125-sonli
buyrug‘i qabul qilingan. Talabalar ligasi doirasida sport musobaqalari belgilangan
muddatlarda o‘tkazilib, sport musobaqalari doimiy ravishda TATU Farg‘ona
filialining ijyimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalartida yoritib borilmoqda.
Ijtimoiy-ma’naviy muhit (talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida
anonim so‘rovnomalar): Muhammad al Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona
filialida 2023/2024 o‘quv yilida talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida
ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha 11 ta anonim
so‘rovnomalar o‘tkazilgan. So‘rovnomada jami 3405 nafar talaba, 44 nafar
professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan. Ular quyidagicha:
- Talaba-qizlari o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganishga doir
so‘rovnomada 40 nafar 3-kurs talaba-qizlar ishtirok etgan.
- oliy ta’lim muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud muammolar va
talabalarning ma’naviy jarayonlardagi o‘rnini aniqlashga qaratilgan so‘rovnomada
120 nafar talaba-qizlar ishtirok etgan.
- o‘qituvchilarning o‘z kasbi va ishidan qoniqqanlik darajasini o‘rganish
bo‘yicha anonim so‘rovnoma 44 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etgan.
- talabalar o‘rtasida filialda sodir etilishi mumkin bo‘lgan korrupsion holatlarni
aniqlash va ushbu yo‘nalishda vaziyatni o‘rganish, ta’lim tizimini taraqqiyoti, rivoji
va unda uchrayotgan ba’zi bir salbiy hodisalarni oldini olish va ularga qarshi turish
yo‘llarini izlash maqsadida so‘rovnomada 296 nafar talaba ishtirok etgan.
- bitiruvchi 4-kurs talabalari o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit, korrupsion
holatlarni aniqlash yuzasidan o‘tkazilgan anonim so‘rovnomada 54 nafar talaba
ishtirok etgan.
- Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish
bo‘limi tomonidan filialning talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan onlayn anonim
so‘rovnomada 473 nafar talaba ishtirok etgan.
- talabalarining o‘z ideallaridagi o‘qituvchini aniqlash, ijtimoiy-ma’naviy
muhitni barqarorlashtirish, ta’lim jarayonini rivojlantirish va ruhiy barqarorlikni
ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan anonim so‘rovnomada 55 nafar talaba ishtirok
etgan.
- talabalarning giyohvand moddalarga munosabatini o‘rganishga qaratilgan
ijtimoiy so‘rovnomada 308 nafar talaba ishtirok etgan.
- TATU Farg‘ona filiali talaba yoshlari o‘rtasida talabalarning talab va
istaklarini o‘rganish, iqtidorlari va qobiliyatlarini kashf etish, innovatsion g‘oyalar
va ilg‘or texnologiyalarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan itimoiy-ma’naviy
so‘rovnomada 1-3-kurs talabalarining 1024 nafari ishtirok etgan.
- Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan sirtqi ta’lim yo‘nalishi
talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan sotsiologik so‘rovnomada 61 nafar talaba ishtirok
etgan.
- Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan 2024 yil
28-fevraldan 7-martga qadar filial talabalari o‘rtasida “Bo‘sh vaqtlarini mazmunli
o‘tkazish holatlariga munosabatini o‘rganishga qaratilgan” goggle.doc tizimida
online anonim so‘rovnoma o‘tkazildi. So‘rovnomada 1282 nafar talabalar ishtirok
etdi. Ushbu o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, quyidagilar tahlil etildi:
Kunduzgi ta’limning 1-4 bosqich talabalari 2272 nafar (100%) bo‘lib, shundan 1282
nafar (56.4%) talaba so‘rovnomada ishtirok etdi.
So‘rovnomada 3 ta fakultetdan talabalar ishtiroki quyidagicha qayd etildi:
KIF – jami: 954 nafar, ishtirokchilar 75 % ni tashkil etdi.
TIKTF – jami: 576 nafar, ishtirokchilar 30% ni tashkil etdi.
DIRIF – jami: 742 nafar, ishtirokchilar 52% ni tashkil etdi.
So‘rovnoma natijalari bo‘yicha tegishli mas’ul xodimlar tomonidan tahlil
qilinib, chora-tadbirlar belgilandi.
Talabalar davomati: 2023/2024 o‘quv yilida filialda 4286 ta bakalavriat
ta’lim yo‘nalishi va 40 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud bo‘lib, jami
talabalar soni 4326 nafarni tashkil etadi. Shundan, kunduzgi ta’lim yo‘nalishi
bo‘yicha talabalar soni 2316 nafar, sirtqi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 1684 nafar,
magistratura bo‘yicha 40 nafar, masofaviy bo‘yicha 286 nafar bo‘lib, jami 219 ta
akademik guruhni tashkil etadi.
2024-yilning 27 mart holatiga surunkali dars qoldirgan talabalar haqida
fakultetlardan 16 nafar (kunduzgi) talabalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Fanlardan sababsiz ravishda dars qoldirgan talabalarning uylariga ogohlantirish
xatlari yuborildi. Yuqori kurs talabalariga esa, joriy o‘quv yiligacha bo‘lgan barcha
kredit qarzdorliklaridan ogohlantirildi va tilxatlar olindi.
Qayta o‘qishga qolgan talabalarning nogiron, “Mehribonlik uyi”
tarbiyalanuvchisi, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, o‘qish davrida bola
tushish xavfi hamda tug‘ish tufayli darslarga qatnasha olmagan talabalar fakultet
dekani bildirishnomasi bo‘yicha direktorga kiritilgan va ularga qayta o‘qishga
imkoniyat berildi.
Talabalarning davomati bo‘yicha fakultetlar kesimida doimiy monitoring
yo‘lga qo‘yildi va natijalari bo‘yicha haftaning har dushanba kuni boshqaruv
yig‘ilishida muhokama etib boriladi. O‘rganish davomida talabalar davomati
o‘rtacha 92-95 foizni tashkil etmoqda. Kunlik davomat bo‘yicha fakultet dekanati
va tyutorlar tomonidan nazoratga olinib, darsga qatnashmagan talabalarni
qoldirilgan darsning sabablari o‘rganilib, ularning ota-onasi bilan bog‘lanib talabani
darsda qatnashishini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Tyutorlar faoliyati samaradorligi, talabalarning bo‘sh vaqtlarini
mazmunli o‘tkazish, besh muhim tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan
ishlar: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida tyutorlar
faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va
ma’rifat bo‘limi tomonidan reyting tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Tyutorlarning
faoliyatini Nizom asosida reyting baholash natijalari har hafta tahlil qilinib, yakuniy
natijalar har oyda e’lon qilib borish yo‘lga qo‘yildi.
Biriktirilgan
talabalar soni
Biriktirilgan fakultet
Pedagogik
ish staji
Madaminov Davlatjon
Madaminovich
133
Kompyuter injiniringi
fakulteti
8
Karimova Muxbira
Qambaraliyevna
131
Kompyuter injiniringi
fakulteti
11
T/r
Tyutor F.I.Sh.
1.
2.
3.
4.
5.
Mamajonova Gulnora
Solijonovna
Karimov Rustam
Turg‘unaliyevich
Abdullayev Mansurjon
Mahammadjonovich
136
142
127
6.
Eminov Kamol Karimovich
139
7.
Ruziyeva Odinaxon Sobirovna
149
8.
Meliqo‘ziyev Mavlonjon
Ro‘zmatjon o‘g‘li
151
9.
Xudoberdiyeva Ranoxon
Abdunabiyevna
155
10.
Qo‘chqorov Alisher
Axmadaliyevich
138
11.
Babayev Sardorbek Abdunabi
o‘g‘li
131
Kompyuter injiniringi
fakulteti
Kompyuter injiniringi
fakulteti
Kompyuter injiniringi
fakulteti
Kompyuter injiniringi
fakulteti
Telekomunikatsiya
injiniringi va kasbiy
ta'lim fakulteti
Telekomunikatsiya
injiniringi va kasbiy
ta'lim fakulteti
Telekomunikatsiya
injiniringi va kasbiy
ta'lim fakulteti
Dasturiy injiniringi va
raqamli iqtisodiyot
fakulteti
Dasturiy injiniringi va
raqamli iqtisodiyot
fakulteti
20
13
13
14
10
5
8
15
8
12. Yusupov Jamolbek Sobitovich
139
Muxammedov Mirzoxid
Muzaffar o‘g‘li
141
13.
Dasturiy injiniringi va
raqamli iqtisodiyot
fakulteti
Dasturiy injiniringi va
raqamli iqtisodiyot
fakulteti
2
4
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
xuzuridagi ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan yuborilgan “Axborot va
tyutorlik soatlari” materiallaridan foydalangan holda filialda faoliyat olib
borayotgan 13 nafar tyutorlar tomonidan “Axborot va tyutorlik soati” tashkil etilgan.
Tashkil etilgan mashg‘ulotlar bo‘yicha bayonnomalar tuzilgan.
Yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish bo‘yicha 5 muhim tashabbus doirasidagi tadbirlar: Filialda
2023/2024-o‘quv yilida O‘zbekiston Pespublikasi Prizidenti Sh.M.Mirziyoyevning
2019-yil 19-martdagi yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sht
vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 muhim tashabbus doirasida
tasdiqlangan reja asosida tadbirlar o‘tkazilgan. Jumladan, Talabalar teatr-studiyasi
faoliyati yo‘lga qo‘yilgan, unda 20 nafargacha talaba-yoshlaridan iborat teatr
studiyalari jamoalari tashkil etilgan. “Talabalar teatr studiyalari” talabalaridan iborat
jamoalar tomonidan filialnig turli tadbirlarida o‘zlarining sahna ko‘rinishlari bilan
faol ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, filialda iqtidorli talabalar o‘rtasida
ashulachilar ansambli, sozandalar ansambli, yakkaxon qo‘shiqchilik, badiiy
jamoalar bilan ishlash, cholg‘u ijrochiligi, ashula va raqs ansambllari bilan ishlash
amaliyoti soha mutahassislari tomonidan yakka va guruhli mashg‘ulotlar tashkil
etildi. Bundan tashqari, talabalarning qobiliyatlarini va intellectual rivojlantirishga
qaratilgan “Zakovat”, “Munozara” klublari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Birinchi tashabbus: Yoshlarni musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va
san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish iste’dodlarni yuzaga chiqarishga
xizmat qilish yo‘nalishida tadbirlar tashkillandi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti rahbarligida 2023-yil 11-aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar
natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 18-son
topshiriqlar bayoni. 20-bandida: Barcha oliy ta’lim muassasalarida “kovorking”,
teatr studiyalari va raqs maydonchalarini tashkil etish vazifasi belgilangan.
Belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Farg‘ona filialida talaba-yoshlar o‘rtasida “Talabalar teatr studiyalari” faoliyatini
yo‘lga qo‘yish nizom asosida filialning 20 nafargacha talaba-yoshlaridan tashkil
topgan teatr studiyalari jamoalari tashkil etilgan. Filialda talabalarning intelektual
salohiyatini oshirish bo‘yicha Yoshlar yetakchisi tomonidan Zakovat klubi
tashkillangan bo‘lib, klub o‘z faoliyatini o‘quv yili davomida olib boradi. Har hafta
jamoalar o‘rtasida o‘yin turlari bo‘lib o‘tadi va ijtimoiy tarmoqlarda natijalar yoritib
boriladi.
Ikkinchi tashabbus: Yoshlarni jismoniy chiniqtirish,ularni sport sohasida
qobilyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratishga yo‘naltirish
bo‘yicha tadbirlar tashkillandi. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Farg‘ona filialida 2023 yil 2-10 oktabr kunlari bo‘lib o‘tgan “Talabalar ligasi” sport
musobaqalari doirasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalar “Olimpiya” usulida tashkillanib qiziqarli va murosasiz baxslarga boy
bo‘ldi. Sport musobaqalari filialning sport zalida 8 kun davomida qiziqarli tarzda
bulib o‘tdi. Ushbu sport musobaqasida 1-o‘rinni 632-20 guruh jamoasi qo‘lga
kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rinni 614-22 guruh talabalari qo‘lga kiritishdi. Musobaqalarda
g‘olib bo‘lgan jamoalar va yaxshi ishtirok etib o‘zini ko‘rsatgan sportchi talabalar
filial direksiyasi, dekanatlar va kasaba uyushmasi tomonidan estalik sovg‘alari bilan
taqdirlandilar.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “Talabalar
ligasi” sport musobaqalari doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqalar
bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda ishtirok etish maqsadida 6 ta jamoa o‘z talabnomalarini
sport klubiga taqdim etishdi. 16-oktabr kuni guruhlar o‘rtasida qura tashlash
o‘tkazilib jamoalar o‘yini aniqlandi.Shu kuni musobaqa ochilishida barcha jamoalar
va filial professor o‘qituvchilari ishtirok etishdi. Musobaqalar “Olimpiya” usulida
tashkillanib qiziqarli va murosasiz baxslarga boy bo‘ldi. Sport musobaqalari
filialning sport zalida 5 kun davomida qiziqarli tarzda bulib o‘tdi. Ushbu sport
musobaqasida 1-o‘rinni 632-20 guruh jamoasi qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rinni 61422 guruh talabalari qo‘lga kiritishdi. Musobaqalarda g‘olib bo‘lgan jamoalar va
yaxshi ishtirok etib o‘zini ko‘rsatgan sportchi talabalar filial direksiyasi, dekanatlar
va kasaba uyushmasi tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali Yoshlar ittifoqi boshlangʻich
tashkiloti tomonidan “Besh tashabbus” olimpiadasi doirasida start olgan "Shaxmat"
musobaqasining saralash va yarim final bahslari oʻz nixoyasiga yetdi. Final bahslari
natijalariga koʻra DI va RI fakulteti talabasi Obidjonov Otabek, KI fakulteti talabasi
Sharifov Jahongir g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Uchunchi tashabbus: Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va
internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratish bo‘yicha tadbirlar
tashkillandi. Ushbu tashabbus doirasida Farg‘ona RTM hamkorlikda haftaning
payshanba kuni IT sohasi bo‘yicha faoliyat yurutuvchi firmalar,kompaniyalar bilan
uchrashuvlar tashkillanadi. Bunda talabalar o‘zlari uchun IT sohasi bozori unda
faoliyat olib borish bo‘yicha ma’lumotlar oladilar va ish beruvchilar bilan o‘zaro
kelishgan holda ish faoliyatini olib borishlari mumkin bo‘ladi. Masalan Ali Dizayn
filialda MeetUp marafonini boshlab berdi.
Sentabr oyidan 2023/2024-o‘quv yilida IT-Park Farg‘ona filiali bilan
hamkorlikda viloyatdagi 70 dan ortiq Rezident korxonalar ishtirokida filial talabalari
uchun master klass hamda davra suhbatlari tashkil etish rejasi ishlab chiqilgan edi.
Ushbu rezidentlar ishtirokidagi 1-MeetUp tashkil etildi. Spiker sifatida Ali Dizayn
akademiyasi rahbari Muhammadali Shamsutddinov tashrif buyurib, grafik dizayn
sohasi hamda ushbu yo‘nalishda chet el platformalarida frilanserlik qilish
imkoniyatlari haqida talabalarga o‘z bilim va tajribalarini ulashdi
Filialda talabalar tomonidan start-up loyihalari ham tashkillangan. Farg‘ona
viloyatida tashkil topgan CO HUB IT markazi bilan ham hamkorliklar yo‘lgan Oliy
ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ICPC (International Collegiate Programming
Contest) xalqaro dasturlash olimpiadasining respublika bosqichi va kontest
doirasida IT Park Cup tanlovi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti Farg‘ona filial "Green coders" jamoasi G‘iyosiddinov
Najmiddin Nasridin o‘g‘li 650-20 guruh, Abduhoshimjonov Ahmadjon Arabjon
oʻgʻli 651-22 guruh, Olimov Fayozbek Fazliddin o‘g‘li 640-20 guruh talabalari
Axror Kayumov boshchiligida 2023-yil dekabr oyida Qozog‘istonning Olmota
shahrida bo‘lib o‘tadigan yarim finalda ishtirok etish huquqiga ham ega bo‘ldilar.
TATU Farg‘ona filialida BMT FAO tomonidan YeXHTning O‘zbekistondagi
loyihalari koordinatori hamda IT Park va CGIAR Accelerate for Impact Platform
ko‘magida tashkil etilgan “Hack4DigitalVillages” mintaqaviy hakatoni bo‘lib o‘tdi.
To‘rtinchi tashabbus: Yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish,ular o‘rtasida
kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkillash bo‘yicha
tadbirlar tashkillandi. Filialda ma’naviya bo‘limi, fakultet tyutorlari tomonidan
talabalar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib etish maqsadida bir nechata kitobxonlik
tadbirlari tashkillandi. Filialda qayta rekanstruksiya asosida ta’minlangan va qayta
jihozlangan ARM xodimlari bilan hamkorlikda markazga tashriflar uyushtirildi va
a’zolik targ‘ib etildi. Yangi Axborot-resurs markaziga 13000ga yaqin kitob
joylashtirildi. Shuningdek, zamonaviy, qattiq va yumshoq mebellar, zarur uskunalar
bilan to‘liq jihozlangan talabalar uchun qulay sharoit yaratilgan. TATU Farg‘ona
filialida joriy yilning 25-oktabr sanasida TI va KT fakulteti tyutori R.Xudoberdiyeva
tomonidan biriktirilgan akademik guruhlar ya’ni 620-23, 621-23 guruh talabalariga
ARMda yaratilgan imkoniyatlar hamda kitoblar fondi, ARM ga a‘zo bo‘lish tartibi
bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
KIF tyutorlari talabalar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib e'tish maqsadida filialda
yangi barpo etilgan ARM markaziga tashrif uyushtirdilar. ARM xodimalari
tomonidan kutubxona faoliyati,unga a'zo bo‘lish, kutbxona fondida mavjud o‘quv
qo‘llanmalari, badishy adabiyotlar, elektron kutubxona va undan foydalanish
bo‘yisha 1-bosqich talabalariga tushuntirish ishlarini olib bordilar. Suhbat yakunida
talabalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mas'ullar tomonidan javob oldilar
TATU Fargʻona filiali Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta'limi
fakultetida tyutorlar tomonidan 1-kurs talaba yoshlar ishtirokida "Yangi uyg‘onish
davri - kitob va kutubxonadan boshlanadi" shiori ostida davra suxbati tashkil etildi.
TATU Fargʻona filialining “Student office” hamda Axborot-resurs markazi
xodimlari tomonidan “Ilm nurga yetaklar” nomli kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.
Tadbirga Fargʻona "Istiqbol yo‘li" gazetasi bosh muharriri, shoira Xadichaxon
Karimova hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Xalq taʼlimi aʼlochisi,
Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi murabbiyi Oʻktamxon Soliyevalarning
tashrifi tashkil etildi.
Axborot-resurs markazida Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi viloyat kutubxonasi
bilan hamkorlikda «Kutubxona tafakkur xazinasi» deb nomlangan davra suhbati
bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi viloyat kutubxonasining
faxriylari S.Yusupova, Sh.Yunusova, Umumiy xizmat ko‘rsatish bo‘limining bosh
mutaxassisi M.Uzoqova, Axborot kutubxona hujjatlarini jamlash xizmati rahbari
D.Raimova hamda filial Axborot-resurs markazi rahbar va xodimlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida viloyat kutubxonasining faxriy xodimlari o‘z ish tajribalari
haqida bo‘lajak kutubxonachi talabalar bilan o‘rtoqlashdi. Bundan ko‘zlangan
maqsad kitobxonlar, ayniqsa, talabalar o‘rtasida kitob o‘qishni keng targ‘ib etish va
kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan.
Beshinchi tashabbus: Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda
tutadi.Bu yo‘nalish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda. TATU Farg‘ona filialida
bitiruvchilarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va shu
asosida ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, maxalliy xokimiyat va
boshqaruv organlari bilan bitiruvchilarni amaliyot, stajirovka o‘tashlari hamda
ularni ishga joylashtirish masalalarida aloqalar o‘rnatilgan, memorandum va
hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha to‘plangan
ma’lumotlar https://t.me/TATUFF_rasmiy_kanal rasmiy telegram kanalida hamda
bitiruvchilarning https://t.me/Tatu_FF_karyera_markazi kanali orqali e’lon qilib
borilmoqda.
Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari va talabalarining ichki
tartib qoidalari, odob-axloq qoidalari bilan tanishganlik va amal qilishi holati.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari
tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-oktabrdagi 595-son qarori ijrosini
ta’minlash va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligining 2022-yil 19-oktabrdagi 503-sonli buyrug‘i hamda Muhammad alXorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 2022-yil 14noyabrdagi 1198-son hamda 2022-yil 23-noyabrdagi 1235-sonli buyrug‘i ijrosini
ta’minlash maqsadida filialning 2023-yil 11-yanvardagi 05-sonli buyrug‘i
tasdiqlandi va buyrug‘ga asosan filialning professor-o‘qituvchilari va ishchixodimlari odob-axloqining qoidalari va Odob-axloq, mehnat nizosi va korrupsiyaga
qarshi kurashish komissiya tarkibi tasdiqlangan hamda Xodimlar bilan ishlash
bo‘limi tomonidan filial lokal hujjatlar bilan barcha xodimlarni tilxat asosida imzo
qo‘ydirgan holatda tanishtirilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligining 2023-yil 23-iyundagi 23-sonli qo‘shma qaroriga asosan filialning
2023-yil 27-iyundagi 153-sonli buyrug‘iida belgilangan vazifalarni ijrosini
ta’minlash maqsadida 2023-yil 30 sentabrdagi 2-sonli Kengash yig‘ilishida yangi
tahrirdagi “Odob-axloq kodeksi” ilovaga muvofiq ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Filialda faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar
o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorligini ta’minlash, jamoa a’zolari
o‘rtasida o‘zaro hurmat, kiyinish hamda muomila madaniyatini oshirish maqsadida
ichki tartib qoidalari, hamda odob-axloq kodeksi bilan tanishtiruv tashkil etilgan.
Ma’naviyat va ma’rifat xonasining tashkil etilganligi (vazirlikning boshqa
mutasaddi vazirliklar bilan hamkorlikda 2023-yil 23-iyunda imzolagan 01/151239-sonli qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan nizom talablariga muvofiq tashkil
etilganligi, ushbu xonalarda «matbuot burchagi» tashkil etilganligi, zarur
gazeta va jurnallar bilan ta’minlanganligi): Oliy talim, fan va innovatsiyalar
vazirligining boshqa mutasaddi vazirliklar bilan hamkorlikda 2023 yil 23 iyunda
imzolagan 01/15-1239-sonli qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan nizom talablariga
institut asosiy binosining 102 xonasida Ma’naviyat va ma’rifat xonasi tashkil
etilgan. Ushbu hona keng va talab darajasida jihozlangan bo‘lib o‘qituvchi va
talabalar uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilgan hamda matbuot burchagi mavjud.
Shuningdek, nizomda keltirilgan portret hamda davlat ramzlari hona devoriga
joylashtirilgan.
Kelgusidagi vazifalar va takliflar:
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida ma’naviyma’rifiy ishlar bo‘yicha 2024 yilga mo‘ljallangan kalendar reja ishlab chiqildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga
oshirilayotgan islohotlar va bu boradagi ustuvor vazifalarni talaba-yoshlarga
yetkazish maqsadida filialda aniq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularda yuksak ahloqiy
sifatlarni tarbiyalash va kasbiy kompetentligini shakllantirish yuzasidan quyidagi
vazifalar va takliflar belgilandi:
1. Talaba-qizlar uchun raqs maydonchasi tashkil etish.
2. Talabalar turar joyida har bir qavatdagi oshxonada kamida 2 tadan sovutgich
bilan ta’minlash sut va go‘sht mahsulotlarini alohidalanishi maqsadga muvofiq.
3. Talabalar turar joyida koridor, yuvinish va talabalar xonasida sun’iy yoritish
chiroqlari bilan ta’minlash.
4. Talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha arizalarni elektron shaklda
qabul qilish tizimini yanada takomillashtirish.
5. Talabalar turar joylarida talabalar qiziqishlarini o‘rganish, ularning qobiliyat
va iqtidorlarini kashf etish yuzasidan tyutorlarni jalb etish.
6. Talabalar davomatini doimiy monitoring qilishni yo‘lga qo‘yish va
talabalarning ota-onasi bilan uchrashuvlarni izchil va muntazam amalga oshirish.
Ushbu masala yuzasidan direktor o‘rinbosarlari T. Abdullayev va
B.Polvonov,
kafedra
mudirlari
G.Kochkorova,
D.Umurzakova
va
O.Rayimdjanovalar fikr-mulohaza bildirdilar.
IX. Turli masalalar.
1. Kengash a’zolari tarkibiga o‘zgartirish kitish haqida Kengash kotibi
N.Qurbonov axborot berdi.
Dasturiy injiniring kafedrasi katta o‘qituvchisi Musayev Xurshid filial buyrug‘i
bilan Dasturiy injiniring kafedrasi katta o‘qituvchisi lavozimidan Dasturiy injiniring
kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimiga o‘tkazildi. Lavozimlardagi
o‘zgarishlar sababli Kengash a’zolari tarkibiga o‘zgartirish kiritiladi. X.Musayevni
Kengash az’olari va Boshqaruv yig‘ilishi a’zolari tarkibiga qo‘shish taklif qilinadi.
Ushbu masala yuzasidan filial direktori F. Muxtarov, direktor o‘rinbosari
B.Tolipov, fakultet dekani X. Sotvoldiyevlar fikr-mulohaza bildirdilar va berilgan
takliflar biz ovozdan ma’qullandi, qarshilar va betaraflar bo‘lmadi.
2. Dotsent ilmiy unvonini olish uchun Oliy attestatsiya komissiyasiga
attestatsiya ishini tavsiya etish to‘g‘risida N. Qurbonov axborot berdi.
Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash
bo‘limi boshlig‘i, Kompyuter tizimlari kafedrasi dotsenti v.b., PhD Zokirov Sanjar
Ikromjon o‘g‘li 05.01.04 - Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter
tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti ixtisosligi bo‘yicha “dotsent” ilmiy
unvonini olish uchun Nizom talablari asosida attestatsiya hujjatlarini tayyorlagan.
Zokirov Sanjar Ikromjon o‘g‘li l986-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 2009-yilda
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali bakalavriyat bosqichi
Axborot texnologiyalari yo‘nalishini tamomlagan. Diplom bo‘yicha ixtisosligi –
Informatika va axborot texnologiyalari, diplom B № 430242. 2013-yilda Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida “Kompyuter tizimlari va
ularning dasturiy ta’minoti” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturani tamomlagan.
Diplom bo‘yicha ixtisosligi – “Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti”,
diplom M № 068782. Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 2022-yil 9-martda
O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va
mikroyelektronika ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi
DSs.03/30.12.2019.FM/T.01.12 raqamli ilmiy Kengashda “Tanlangan nurlanishda
ishlovchi fototermogeneratorning optik va fotoyelektrik xususiyatlarini tadqiq
qilish” mavzusida 01.04.10-Yarimotkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha
muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2022-yil 30-aprelda fizika-matematika fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oldi (diplom 01 №006812). Umumiy
ish staji 14 yil, ilmiy-pedagogik ish staji 14 yil. Shu jumladan, Ilmiy tadqiqotlar,
innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida
2023-yil maydan buyon ishlab kelmoqda. S.I.Zokirov S. Zokirov tomonidan 57 ta
ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlari chop etilgan. Shulardan 18 tasi ilmiy maqola, 20 ta
tezislar (1 ta Scopus bazasida indekslangan tezis), 2 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv
uslubiy qo‘llanma, 2 ta monografiya, 1 ta mualliflik huquqi guvohnomasi, 11 ta
elektron hisoblash mashinalari uchun guvohnomalardir
PhD dissertasiyasi himoyasidan keyin 6 ta ilmiy maqola, 4 ta tezis (1 ta Scopus
bazasida indekslangan), 2 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta o‘quv uslubiy qo‘llanma, 1 ta
monografiya chop etilgan va 9 ta elektron hishoblash mashinalari uchun
guvohnomalar olingan.
O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, PhD, Kochkorova Gulnara
Dexqanbayevna 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha “dotsent” ilmiy
unvonini olish uchun, Axborot xavfsizligi kafedrasi dotsenti, texnika fanlari
nomzodi, Turdimatov Mamirjon Mirzayevich 05.01.05 – Axborotlarni himoyalash
usullari va tizimlari. Axborot xavfsizligi ixtisosligi bo‘yicha “dotsent” ilmiy
unvonini olish uchun Nizom talablari asosida attestatsiya hujjatlarini tayyorlagan.
O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, PhD, Kochkorova Gulnara
Dexqanbayevna l968-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek. 1990-yilda O‘sh davlat
universiteti filologiya fakultetini tamomlagan. Diplomi bo‘yicha mutaxassisligi rus
tili va adabiyoti o‘qituvchisi. Diplom TB-1 № 123666. 2008-yilda O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq instituti huzuridagi falsafa fanlari
doktori (nomzodi) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiyalar himoyasi boyicha
DK. 015.03.01 raqamli ixtisoslashgan Kengashda “Рол негосударственных
некоммерческих организатсий в формировании нравственных устоев
гражданского общества” mavzusida 09.00.05 - Etika (01 №0107905, 30-oktabr
2008-yil) ixtisosligi bo‘yicha himoya qilgan. Umumiy ish staji 33 yil, ilmiy va
pedagogik ish staji 30 yil. Shu jumladan, kafedra miudiri lavozimida 2021-yil 17sentabrdan buyon ishlab kelmoqda. G.Kochkorova tomonidan 45 ta ilmiy va o‘qııvuslubiy ishlar chop etilgan. Shulardan 28 tasi ilmiy maqola, 15 ta tezislar, 1 ta o‘quv
qo‘llanma, 1 ta monografiya. Nomzodlik dissertasiyasi himoyasidan keyin 22 ta
ilmiy maqola 10 ta tezis va 1 ta o‘quv qollanma chop etilgan.
Kafedra mudirlari O.Rayimjonova, G.Obidova hamda fakultet dekani
O.X.Otaqulovlar talabgorning ilmiy faoliyati va tadqiqot ishlari yuzasidan ijobiy fikr
bildirishib, ovoz berishga tavsiya qilish taklifini o‘rtaga tashladilar.
Takliflar asosida 3 kishidan iborat sanoq komissiyasi tarkibi tuzildi. Dotsentlar
korpusi rahbari N.Jo‘rayev, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z.Otaxonova,
Axborot-resurs markazi direktori F.Arakulovalardan iborat sanoq komissiyasi
saylandi. Kengash a’zolari yopiq ovoz berish yo‘li bilan talabgorga ovoz berdilar.
Sanoq komissiyasi ovozlarni sanab chiqib, natijalarni e’lon qildi hamda ovoz berish
natijalari quyidagini tashkil qildi: Zokirov Sanjar Ikromjon o‘g‘li: “HA” – 22 ta,
“YO‘Q” – 1 ta, “BETARAF” – 1 ta. Kochkorova Gulnara Dexqanbayevna: “HA” –
22 ta, “YO‘Q” – 1 ta, “BETARAF” – 1 ta.
3. Ilmiy-uslubiy ishlarni nashrga tavsiya etish haqida O‘quv-uslubiy bo‘lim
boshlig‘i Sh.Umarovning axborot berdi.
Sh.Umarov quyida keltirilgan professor-o‘qituvchilarning o‘quv adabiyotlari
berilgan talablarga muvofiqligi, filial va soha mutaxassislaridan taqrizlari
mavjudligi, kafedralar va fakultet kengashlarida muhokama qilinganligi to‘g‘risida
ma’lumot berdi va filial kengashiga nashr qilishga tavsiya etilishga ruxsat berilishini
so‘radi:
Darslik 2 ta:
– Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari A.Tadjibayeva, M.Toshpo‘latova,
D.Maxkamova, M.Jurayevalar hammuallifligida “Xorijiy til” nomli darslik;
– Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchilari O.Ergashev,
Sh.Ergashevalar hammuallifligida “Inson va kompyuterning o‘zaro ta’siri” nomli
darslik.
O‘quv qo‘llanmalar 2 ta:
– Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti O.Otaqulovning “Parallel
hisoblash tizimlari” nomli o‘quv qo‘llanmasi;
– X.Y.Abasxanova, M.B.Mirzayeva, F.M.Muxtarov va Sh.Sh.Atadjanovlar
hammuallifligida oliy ta’limning “60612000 – Infokommunikatsiya injiniringi”
ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Mikroprotsessor tizimlari” nomli
o‘quv qo‘llanma;
– O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchilari M.Husaynova,
O.Xamdamovalarning “Akademik yozuv” nomli o‘quv qo‘llanmasi.
4. Davlat-xususiy sheriklik asosida o‘qituvchi va talabalarga xorijiy
tillarni o‘qitish markazi (kurslari)ni tashkil etish haqida Xorijiy tillar kafedrasi
mudiri G.Obidova axborot berdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi
“Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 312-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 31-maydagi 242-son
buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida TATU Farg‘ona filialida davlat xususiy
sherikchilik asosida universitetdagi talabalar hamda professor-o‘qituvchilarga
qulaylik yaratish maqsadida Farg‘ona shahridagi “Registon” o‘quv markazi o‘z
filiali ochilgan. O‘quv markazi rahbariyati 2-aprel kuni TATU Farg‘ona filiali katta
majlislar zalida talabalar va prfessor o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi,
talabalarni qiziqtirgan savollariga o‘z tajribalaridan kelib chiqib javob berdilar.
Filialda xorijiy tillarni o‘qitish markazining ochilishidan maqsad talabalar,
doktorantlar, magistrlar va professor-o‘qituvchilar tez fursatlarda xorijiy til bo‘yicha
milliy hamda xalqaro sertifikatlarni ega bo‘lishlari mumkinligi va har bir sohaga
xorijiy tilni bilish qay darajada muhim ekanligi haqida suhbat va tushuntirishlar olib
bordilar. Hozirda talabalarni ro‘yxatga olish ishlari olib borilmoqda. 8-apreldan
“Registon” o‘quv markazi TATU Farg‘ona filialida o‘quv mashg‘ulotlari boshlash
rejalshtirilgan.
“Registon” xorijiy tillarni o‘qitish markazi faoliyatini tashkillash uchun filial
binosida o‘quv xonasi ajratib berish muammosi yuzaga kelgan. Ushbu muammoni
bartaraf etish uchun o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.Abdullayev bilan
muhokama qilindi. O‘quv markaziga filialda o‘quv xonasi ajratiladigan bo‘lsa, aprel
oyining ikkinchi yarmiga qadar o‘quv markazi faoliyati tashkillanadi.
5. Talabalarning kontrakt to‘lovlari masalasi yuzasidan direktor o‘rinbosari
B.Tolipov, fakultet dekanlari O,Otaqulov, B.Daliyev, X.Sotvoldiyev va Sirtqi
bo‘lim boshlig‘i M.Norinovlarning axboroti eshitildi.
Kontrakt to‘lovlari masalasida fakultet dekanlari O.Otaqulov, B.Daliyev,
X.Sotvoldiyev va Sirtqi bo‘lim boshlig‘i M.Norinovlar axborot berishib, kontrakt
to‘lovini 75 foizini 2024-yil 1-aprelga qadar belgilangan muddatda to‘lamagan
talabalar haqida axborot berdilar. Shu bilan birga fakultet dekanlari O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul
qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi
to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”ga qarorining 3-ilovasi, 5-bob, 36-e
bandida ko‘satilgan “o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga
oshirilmaganligi sababli (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun)” talaba
oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkinligi bilan Kengash a’zolarini
tanishtirib o‘tdilar. Shuningdek, ota-onalarning iltimoslariga ko‘ra kontrakt to‘lovini
amalga oshirishning oxirgi muddatini uzaytirish bo‘yicha Kengash muxokamasini
o‘tkazish bo‘yicha Kengash raisi F.Muxtarovga murojaat etdilar.
Filial direktori F.Muxtarov ushbu masalada fikr-mulohaza bildirib, 2023/2024o‘quv yilida shartnoma asosida ta’lim olayotgan filial talabalari uchun kontrakt
to‘lovlarining kamida 75 foizini to‘lashning oxirgi muddati sifatida 2024-yil 20aprelga qadar uzaytirish taklifini berdi. Ushbu taklif bir ovozdan ma’qullandi, qarshi
ovoz berganlar va betaraflar bo‘lmadi.
6. Dissertatsiya mavzularini tasdiqlash va ilmiy rahbarlarni tayinlash
to‘g‘risida ITI va IPKTB boshlig‘i S. Zokirov axborot berdi.
Masala yuzasidan so‘zga chiqqan ITI va IPKTB boshlig‘i S.Zokirov “Axborot
ta’lim texnologiyalari” kafedrasi assistent o‘qituvchisi Rajabova Xurshida
Xusanboyevnaning
05.01.07- “Ta’lim tarbiya nazariyasi
va metodikasi”
ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini
olish uchun tayyorlanadigan “Innovatsion yondashuv asosida talabalarni raqamli
texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi” nomli
dissertatsiya ishiga doir kafedra tomonidan taqdim etilgan hujjatlar hamda NamDU,
pedagogika fanlari doktori (DSc), professor v.b. T.I.Ismoilov nomidan ushbu ishga
ilmiy rahbar bo‘lishga berilgan rozilik xati mazmuni bilan Kengash a’zolarini
tanishtirdi.
Fakultet dekani B.Daliyev, kafedra mudirlari G. Obidova va G. Kochkorovalar
yuqoridagi dissertatsiya mavzusining aktualligi va dolzarbligi haqida fikr-mulohaza
bildirdilar.
7. “Olima ayollar” tanlovi 86-turida ishtirok etish uchun filialda
tayyorlangan Ilmiy loyihalar taqdimoti haqida ilmiy ishlar va innovatsiyalar
bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Polvonov axborot berdi.
Masala yuzasidan so‘zga chiqqan ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha
direktor o‘rinbosari B.Polvonov Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan taqdim
etilgan “lmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy
tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni qabul qilish uchun “Olima ayollar” tanlovi 86turi e’lon qilinganligi hamda bu tanlovda ishtirok etish uchun filialda quyidagi
loyihalar tayyorlanganligi haqida axborot berdi:
1. Telekommunikasiya injiniringi kafedrasi mudiri, texnika fanlari bo‘yicha
PhD, dotsent O.S.Rayimjonova rahbarligida “Imkoniyati cheklangan yoshlarni
hamda ularni qarovchilarini IT ga yo‘naltirish” loyihasi;
2. Telekommunikasiya injiniringi kafedrasi dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha
PhD R.A.Nurdinova rahbarligida “O‘zbekiston Respublikasida mavjud
yarimo‘tkazgich materiallar asosida termoo‘zgartirgichlar tayyorlash” loyihasi.
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B. Polvonov taklif
etilayotgan loyihalar hozirgi kun muammolarini hal etishga qaratilganligi va
dolzarbligini aytib o‘tdi.
Mavzu yuzasidan muhokamada filial dotsentlari T.Abdullayev,
G.Kochkorovalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar va taklif etilayotgan loyihalar
dolzarb ekanligini ta’kidladilar.
Shundan so‘ng filial Kengashi a’zolari muhokamalardan so‘ng professoro‘qituvchilar tomonidan tayyorlangan loyihalarni “Olima ayollar” tanlovi 86-turiga
tavsiya qildilar. Tavsiya bir ovozdan ma’qullandi, qarshilar va betaraflar bo‘lmadi.
Yuqoridagi masalalar yuzasidan Kengash
q a r o r q i l a d i:
I. 1. Filial direktori F. Muxtarovning ma’ruzasi ma’lumot va ijro uchun qabul
qilinsin.
2. Xalqaro aloqalar bo‘limiga Bangladesh davlatidan 20 nafar yoshlarni TATU
Farg‘ona filialiga taklif etish va filialda tahsil olishlarini yo‘lga qo‘yish vazifasi
yuklatilsin. Ushbu amaliy harakatlar amalga oshirilgan kundan e’tiboran Xalqaro
aloqalar bo‘limi boshlig‘ining oylik maoshi direktor o‘rinbosarining oylik maoshiga
tenglashtirilsin.
3.
Ishlar
boshqarmasiga
filialning
1-talabalar
turar
joyi
1-qavatini xorijlik talabalar, professor-o‘qituvchilar va mehmonlarga ajratilishi va
ular uchun barcha sharoitlar yaratilishi vazifasi yuklatilsin.
4. Moliya-reja bo‘limiga ta’lim uchun to‘lov-kontraktlarini Bangladesh
davlatidan kelib tahsil oluvchi talabalarning to‘lov qobiliyatlarini inobatga olgan
holda amaliy mexanizmini ishlab chiqish vazifasi yuklatilsin. Ushbu topshiriqlar
bajarilgan kundan e’tiboran Ishlar boshqarmasi va Reja-moliya bo‘limi
boshliqlarining oylik maoshiga 400% ustama belgilansin.
II. 1. Filialda ijro intizomi bilan ishlash boʻyicha A.Abdulxamidovning
axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Direktor oʻrinbosarlari, dekanlar, kafedra mudirlari hamda boʻlim
boshliqlari va markaz rahbarlariga quyidagi vazifalarni o‘z vaqtida ijro etishlari
ko‘rsatib o‘tilsin:
- Edo.ijro.uz tizimiga kelgan hujjatlar bilan oʻz vaqtida tanishib borish va
ijrosini ta’minlash;
- Edo.ijro.uz tizimida javob xatlarini belgilangan muddatlarda tayyorlash va
yuborish.
3. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va
monitoring bo‘limi tomonidan quyidagi ishlarga doimiy e’tibor qaratilsin:
- Edo.ijro.uz tizimida ijro intizomiga rioya qilmagan, belgilangan muddatlarda
ijrosini ta’minlamagan mas’ullarga qonunchilik doirasida intizomiy chora koʻrish
boʻyicha ma’lumot kiritish;
- kengash va boshqaruv yig‘ilishlarining bayon qarorlari ijrosi bo‘yicha tegishli
hujjatlarni va ma’lumotlarni Edo.ijro.uz elektron tizimga yuklashni nazorat qilish.
4. 2024 kalendar yilida edo.ijro.uz.tizimiga ijro uchun kelib tushayotga
hujjatlarni o‘z vaqdida bajarilishi nazorati A.Abdulxamidov zimmasiga yuklatilsin
5. Filial rahbariyati, dekanatlari, bo‘lim va markazlarning iish faoliyatini
yurituvida bo‘lgan nomenklatura fayl papkalaridagi tegishli hujjatlarni
monitoringini o‘tkazish chora-tadbirlarini belgilash A.Abdulxamidov zimmasiga
yuklatilsin.
III. 1. 1. O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Sh.Umarovning axboroti ma’lumot
uchun qabul qilinsin.
2. Filialda BMI himoyasi va YDA bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
qoniqarli deb topilsin.
3. 2024/2025-o‘quv yilida 4-kurs bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari
bitiruvchilarining BMI yoki YDA topshirish uchun o‘tkaziladigan tanlovi
2023/2024-o‘quv yili bahorgi semestrida o‘tkazilishi belgilab qo‘yilsin.
4. “O‘zbektelekom” AK mutaxassisi F.Raximov rahbarligidagi 2 ta BMI larga
boshqa rahbar tayinlash vazifasi Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri
zimmasiga yuklatilsin.
5. BMI rahbarlari va taqrizchilarni tayinlashda mutaxassislik va ixtisosliklarni
inobatga olinmaganligi, e’tiborsizligi, BMI va ta’lim sifatiga salbiy ta’sirlarni
yuzaga keltirganligi uchun Axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi mudiri
J.Otajonovga “qat’iy ogohlantirish” berilsin va BMI bo‘yicha buyruqga tegishli
o‘zgartirishlar kiritish vazifasi fakultet dekani B.Daliyev zimmasiga yuklatilsin.
IV. 1. Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash
bo‘limi boshlig‘i S.Zokirovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin;
2. Magistrlar tomonidan MDlarni tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ishlar holati qoniqarli deb topilsin;
3. Filialining 2023-yil 28-avgustdagi 176–sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash
maqsadida magistrlik dissertatsiyasini bajarish davomida olingan natijalar asosida
startap va innovatsion loyihalar shakllantirilsin.
V. 1. O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.Abdullayevning axboroti
ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Fakultet dekanlari (O.Otaqulov, B.Daliyev, X.Sotvoldiyev) hamda barcha
kafedra mudirlariga:
- Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i M.Teshaboyev rahbarligida bir
xafta muddatda 2023/2024-o‘quv yili kuzgi semestr yakunlari bo‘yicha
talabalarning fanlardan o‘zlashtirishi va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlili barcha
fakultetlarda (reja asosida) fan o‘qituvchilari ishtirokida qayta yig‘ilishlar tashkil
etilsin;
- semestr davomida ko‘p dars qoldirgan talabalarning semestr natijalari alohida
tahlildan o‘tkazilsin;
- semestr yakunlari bo‘yicha fanlardan akademik qarzdor bo‘lgan lekin Nizom
talablari asosida qishki ta’til vaqtida qayta o‘qish istagini bildirmagan talabalar
o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilsin.
3. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi (M.Teshaboyev)ga:
- talabalarning semestr yakunlari bo‘yicha ko‘p dars qoldirgan, lekin Nizom
talablarini buzgan holda talabalarni fanlardan yakuniy nazoratlarga qatnashishiga
imkoniyat yaratib bergan yoki ruxsat bergan rahbar va mas’ullar aniqlangan taqdirda
ularga tegishli intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha ma’lumot kiritish;
- qishki semestr yakunlari bo‘yicha akademik qarzdor bo‘lgan, qayta o‘qish
vaqtida ijobiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga erishmagan yoki qayta o‘qish istagini
bildirmagan talabalarga qishki semestr yakunlarida qoldirgan fanlarini yozgi ta’til
vaqtida qayta o‘qishlariga ruxsat berish masalasini Filial Kengashida ko‘rib chiqish
bo‘yicha takliflar kiritish masalasi bo‘yicha ma’lumot kiritish vazifasi yuklatilsin.
4. O‘quv-uslubiy bo‘limi (Sh.Umarov) va fakultet dekanlariga:
- professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarini bajarilishi holati bo‘yicha
(2023/2024-o‘quv yilining yarim yilligi uchun) ma‘lumot kiritish vazifasi
yuklatilsin.
5. Ushbu qaror ijrosini nazoratini O‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
T.Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
VI. 1. Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i M.Teshaboyevning
axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2023/2024 o‘quv yili kuzgi semestr natijalariga ko‘ra past o‘zlashtirish
ko‘rsatgichiga ega bo‘lgan guruhlarni natijalarini yaxshilash bo‘yicha choratadbirlar rejasi ishlab chiqilsin. (Mas’ul: Telekommunikatsiya injiniringi va kasb
ta’limi fakultet o‘quv ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Komilov).
3. Fakultet ilmiy salohiyati ko‘tarish yuzasidan chora-tadbirlar rejasi ishlab
chiqilsin. (Mas’ul: Fakultet dekani va kafedra mudirlari).
4. Xususiy xonadonlarda ijarada yashovchi fakultetning 4-kurs talabalarini
yashash sharoitlarini o‘rganilinsin va nazorat qilinsin. (Mas’ul: 4-kurs guruh
rahbarlari).
5. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ixtisoslashgan maktablarga
amaliy uslubiy yordam ko‘rsatish ishlari tashkil etilsin. (Mas’ul:
Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakultet o‘quv ishlar bo‘yicha dekan
o‘rinbosari Sh.Akramov).
6. Fakultet kengashi yig‘ilishi bayonnomalari qayta ko‘rib chiqilsin va
aniqlangan kamchiliklar 15 kun muddatda bartaraf etilsin. (Mas’ul:
Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakultet yoshlar masalalari va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Rayimov).
7. 2023/2024-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy
ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha ish rejasini Oliy ta’lim,
fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan taqdim qilingan namunaviy ish rejadan
kelib chiqib muvofiqlashtirilsin. (Mas’ul: Telekommunikatsiya injiniringi va kasb
ta’limi fakultet yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan
o‘rinbosari A.Rayimov).
8. 2023/2024-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy
ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha ish rejasida shu kunga
qadar bajarilishi kerak bo‘lgan 1 oy muddatda yakuniga yetkazilsin. (Mas’ul:
Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakultet yoshlar masalalari va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Rayimov)
VII. 1. Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning
birinchi o‘rinbosari B.Tolipovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Fakultet dekanlari (O.Otaqulov, B.Daliyev, X.Sotvoldiyev), ma’naviyma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Muddat 10 kun.
3. Ishlar boshqarmasi va Reja-moliya bo‘limi birgalikda O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2023-yil 11-aprel kuni “Yoshlar siyosati
sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi 18son bayonining 20-bandi ijrosi yuzasidan filialda “kovorking”, talabalar teatrstudiyasi va talaba-qizlar uchun raqs maydonchasi tashkil etish yuzasidan smetaxarajatlarini ishlab chiqsin. Muddat 1 oy.
4. Ishlar boshqarmasi (A.Djabarov):
- talabalar turar joyida har bir qavatdagi oshxonada 2 tadan sovutgich bilan
ta’minlash;
- talabalar turar joyida koridor, yuvinish va talabalar xonasida sun’iy yoritish
chiroqlari bilan ta’minlash choralarini ko‘rsin. Muddat 1 oy.
5. RTTM boshlig‘i va yoshlar bilan islash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
boshlig‘i birgalikda talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha arizalarni
elektron shaklda qabul qilish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq chora
tadbirlar ishlab chiqsin. Muddat 1 oy.
6. Mazkur qaror ijrosini bajarilishini nazorat qilish Yoshlar masalalari va
ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Tolipov
zimmasiga yuklatilsin.
VIII. 1. 1. Kengash kotibi N.Qurbonovning axboroti ma’lumot uchun qabul
qilinsin.
1. 2. Dasturiy injiniring kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi X.Musayev
kengash a’zolari va boshqaruv yig‘ilishi a’zolari tarkibiga kiritilsin.
VIII. 2. 1. Kengash kotibi N. Qurbonovning Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar
vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga tayyorlangan hujjatlar mazmuni
bo‘yicha bergan axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. 2. Ovoz berish bo‘yicha sanoq komissiyasi axboroti ma’qullansin va
quyidagi professor-o‘qituvchilarning “dotsent” ilmiy unvonini olish uchun
tayyorlagan attestatsiya hujjatlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga tavsiya etilsin:
- Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash
bo‘limi boshlig‘i, Kompyuter tizimlari kafedrasi dotsenti v.b., PhD Zokirov Sanjar
Ikromjon o‘g‘li 05.01.04 - Hisoblash mashinalari, majmualari va kompyuter
tarmoqlarining matematik va dasturiy ta’minoti ixtisosligi bo‘yicha;
- O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Kochkorova Gulnara
Dexkanbayevna 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha.
VIII. 3. 1. O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Sh.Umarovning ma’lumoti axborot
uchun qabul qilinsin.
3. 2. Quyida keltirilgan professor-o‘qituvchilarning o‘quv adabiyotlari
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘quv-uslubiy
birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashiga tavsiya etilsin:
– Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari A.Tadjibayeva, M.Toshpo‘latova,
D.Maxkamova, M.Jurayevalar hammuallifligida “Xorijiy til” nomli darslik;
– Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchilari O.Ergashev,
Sh.Ergashevalar hammuallifligida “Inson va kompyuterning o‘zaro ta’siri” nomli
darslik;
– Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti O.Otaqulovning “Parallel
hisoblash tizimlari” nomli o‘quv qo‘llanmasi;
– X.Y.Abasxanova, M.B.Mirzayeva, F.M.Muxtarov va Sh.Sh.Atadjanovlar
hammuallifligida oliy ta’limning “60612000 – Infokommunikatsiya injiniringi”
ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan “Mikroprotsessor tizimlari” nomli
o‘quv qo‘llanma;
– O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi o‘qituvchilari M.Husaynova,
O.Xamdamovalarning “Akademik yozuv” nomli o‘quv qo‘llanmasi.
VIII. 4. 1. Xorijiy tillar kafedrasi mudiri G. Obidovaning axboroti ma’lumot
uchun qabul qilinsin.
4. 2. Xorijiy tillarni o‘qitish markaz uchun xonalar ajratish, zamonaviy o‘quv
jihozlari bilan ta‘minlash Ishlar boshqarmasi boshlig‘i A.Jabbarovga yuklatitilsin.
4. 3. Xorijiy tillarni o‘qitish markaziga professor-o‘qituvchilarni kurslarga jalb
etish o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari T.Abbdullayev zimmasiga
yuklatilsin.
4. 4. Xorijiy tillarni o‘qitish markaziga talabalarni jalb etish va fakultetlarda
targ‘ib qilish fakultet dekanlari zimmasiga yuklatilsin.
4. 5. Xorijiy tillarni o‘qitish markazi faoliyati yuzasidan moliyaviy masalalar
bilan qonun doirasida shug‘ullanish bosh hisobchi M.Nurmatov zimmasiga
yuklatilsin.
4. 6. Xorijiy tillarni o‘qitish markazi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan yuridik
masalalar bilan shug‘ullanish yurist-konsult R.Sulaymonov zimmasiga yuklatilsin.
4. 7. Xorijiy tillarni o‘qitish markazini tashkil etish va uning faoliyatini tashkil
etish yuzasidan rahbariyatga takliflar berish, malakali mutaxassislarni jalb etish va
markazga metodik yordam ko‘rsatish Xorijiy tillar kafedrasi mudir G.Obidova
zimmasiga yuklatilsin.
4. 8. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish direktorning birinchi o‘rinbosari
B.Tolipov zimmasiga yuklatilsin.
VIII. 5. 1. Kontrakt to‘lovlari masalasida fakultet dekanlari O.Otaqulov,
B.Daliyev, X.Sotvoldiyev va Sirtqi bo‘lim boshlig‘i M.Norinovning axboroti
ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Filialning barcha kurs talabalari (kunduzgi, sirtqi, ikkinchi oliy ta’lim,
masofaviy va magistratura) 2023/2024-o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovlarini
kamida 75 foizini to‘lashlarining oxirgi muddatini 2024-yil 20-aprelga qadar
uzaytirish taklifi ma’qullansin.
3. Kontrakt to‘lovlarining kamida 75 foizini 2024-yil 20-aprelga qadar
to‘lamagan talabalar talabalar safidan chetlashtirilsin (Asos: Vazirlar
Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarorining 3-ilovasi, 5-bob, 36-e
bandi).
VIII. 6. 1. ITI va IPKTB boshlig‘ S.Zokirovning axboroti ma’lumot uchun
qabul qilinsin.
2.1 Axborot-ta’lim texnologiyalari kafedrasi assistent o‘qituvchisi Rajabova
Xurshida Xusanboyevnaning 05.01.07 - “Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi”
ixtisosligidan pedagogika bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish
uchun tayyorlanadigan “Innovatsion yondashuv asosida talabalarni raqamli
texnologiyalar bilan ishlash ko‘nikmasini rivojlantirish metodikasi” nomli
dissertatsiya ishi mavzusi ma’qullansin hamda NamDU, pedagogika fanlari doktori
(DSc), professor v.b. T.I.Ismoilov ushbu ilmiy-tadqiqot ishiga ilmiy rahbar sifatida
tayinlansin.
VIII. 7. 1. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari
B.Polvonovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
7. 2. Telekommunikasiya injiniringi kafedrasi mudiri, texnika fanlari bo‘yicha
PhD, dotsent O.Rayimjonova rahbarligida “Imkoniyati cheklangan yoshlarni hamda
ularni qarovchilarini IT ga yo‘naltirish” loyihasi;
7. 3. Telekommunikasiya injiniringi kafedrasi dotsenti, texnika fanlari bo‘yicha
PhD R.Nurdinova rahbarligida “O‘zbekiston Respublikasida mavjud
yarimo‘tkazgich materiallar asosida termoo‘zgartirgichlar tayyorlash” loyihasi
Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan taqdim etilgan “lmiy faoliyatga oid
davlat dasturlari doirasida bajariladigan amaliy tadqiqotlar va innovatsion
loyihalarni qabul qilish uchun “Olima ayollar” tanlovi 86-turida ishtirok etishga
tavsiya qilinsin.
Kengash raisi
F. Muxtarov
Kengash kotibi
N. Qurbonov