Логопедия для детей с нарушениями речи и зрения

INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION
International scientific-online conference
NUTQIDA VA KO’RISHDA NUQSONI BO’LGAN BOLALAR BILAN LOGOPEDIK
ISH XUSUSIYATLARI.
JDPU Pedagogika va psixologiya
fakulteti Defektologiya yo’nalishi
510-21-guruh talabasi
Xolto’rayeva Ulug’oy
Annotatsiya:Ushbu maqolada alohida yordamga muhtoj bolalar ta’lim tarbiya
jarayoni, nutqida va ko’rishda nuqsoni bo’lgan bolalar bilan logopedik ish olib borish
bosqichlari,kamchiliklarni bartaraf etishda logopedik texnologiyalardan foydalanish
kerakligi berilgan.
Kalit
so’zlar:
Reabilitatsiya,bola,korreksiya,nutq,ta’lim-tarbiya,nuqson,bilish
faoliyatlari, korreksion pedagogika.
KIRISH
Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqining to‗g‗ri
shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to‗g‗ri nutq muhiti va ta‘limtarbiyaga bog‗liq. Nutq tug‗ma qobiliyat emas, balki hayot davomida bolaning jismoniy
va aqliy rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanib boradi. Nutq buzilishlarini
o‗rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo'lini, bu jarayonning
o‗ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffaqiyatli shakllanishida katta rol o'ynovchi
sharoitni bilish lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish davrlarini aniq bilish
zarur. Bu esa nutqning rivojlanishi jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o‗z vaqtida
bilish va aniqlash uchun kerak bo'ladi. Masalan, 1 yosh-u 4 oylik bola gapirmayapti.
Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi so‗zlar qachon paydo bo'lishini bilsa, u
holda u bu bolaning normal yoki nonormal rivojlanayotganini hal qila oladi. Bola
nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga to'g'ri diagnoz qo'yish
uchun ham zarurdir. Ba‘zi mutaxassislar uch yoshli bolaning tovush talaffuzidagi
kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga yuboradilar. Bu to'g'rimi?
Yo‗q, albatta. Chunki nutqi normal rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba‘zi bir
tovushlarni noto‗g‗ri talaffuz etish xos bo'ladi. Bu ko‗rinish fiziologik dislasiya deb
atalib, bu shu yoshdagi bolalarda artikulatsiya apparatining hali yetarli darajada
shakllanmaganligini bildiradi. Nutq kamchiliklarini bartaraf etishda to ‗g‗ri va aniq
tarbiyaviy-tuzatish ish rejasini tuzish uchun bola nutqining rivojlanish qonuniyatlarini
yana bir karra bilish zarur hisoblanadi. Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini
turlicha ko‗rsatadilar, ularni har xil nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini
turlicha ifodalaydilar.
Hozirgi vaqtda ko'r va zaif ko'ruvchi bolalardagi nutq kamchiligi murakkab
nuqson ekanligi ham da nutq va ko'rish faoliyatining sustligining o'zaro bog'liqligi
175
PAGE
INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION
International scientific-online conference
nazariy va amaliy izlanishlarda isbotlangan. Ko'rishida nuqsoni mavjud bo'lgan
bolalarning nutq kamchiliklari turlichadir. Ular strukturasi va darajasi sifatidan
murakkab bo'lib, nutqni R.Ye.Levina ta ‘kidlaganidek, yagona sistemadek qamrab oladi
va bunda nutq kamchiliklari, nutq kamchiliklarining yagona yadrosi bo'lib qolmaydi.
Bunday bolalarda nutqning rivojlanishi murakkab sharoitda kechadi. Ular orasida
ko'rish anom aliyalarining tug'm a shakllari uchrab turadi va bu holat nutqning paydo
bo'lishiga doir boshqa funksiyalarning ham buzilishiga sabab bo'ladi. Statistika
materiallari shuni ko'rsatadiki, nutq kamchiliklari ko'ruvchi bolalarga nisbatan
ko'rishida chuqur kamchiliklari bor bolalarda ko'proq uchraydi.
Ko‗rish analizatorining faoliyati buzilganligi sababli ko‗r va zaif ko‗ruvchi
bolalarning nutqiy rivojlanishi o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, bu nutqda o'z aksini
topadi (exolaliya, "formalizm ", so‘z turkumining buzilishi va boshqalar).
Logopediyadagi mavjud izlanishlar asosan ko'rishida chuqur nuqsoni bor bolalarning
talaffuzidagi nuqsonlariga bag'ishlangan (M.Ye. Xvatsev, S.L. Shapiro, A.D. Shipilo,
S.V. Yaxontova). Faqat 60--70-yillarda logopediyada nutq kam chiliklarini sistem ali
ravishda o'rganishning rivojlanishi bilan (R.YeLevina, V.K. Orfinskaya) ko‘r va zaif
ko'ruvchi bolalar nutqining nafaqat tovush lar talaffuzidagi, balki nutqning
rivojlanishidagi kamchiliklarni aniqlashga doir izlanishlar paydo bo'ldi. Bu ona tilini
o'qitish metodikasi bo'yicha mutaxassislar va logopedlar ishlaridir (O.L. Jiltsova, S.L.
Korobko, N.S. Kostyuchek, N.A. Krilova, T.P. Sviridyuk). masalan, S.L. Korobko
nutqi to'liq rivojlanmagan zaif ko'ruvchi bolalarning kattagina guruhini ajratdi.
Asosiy qism
G.L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishini ikki davrga ajratadi:
1) tayyorlov davri (2 yoshgacha);
2) nutqning mustaqil shakllanish davri.
A. N. Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo'lib ko‗rsatadi;
1) tayyorgarlik davri — 1 yoshgacha;
2) bog‗chagacha bo'lgan davr — 3 yoshgacha;
3) maktabgacha bo'lgan davr —7 yoshgacha;
4) maktab davri. Bu davrlarning to'liq tavsifi ustida to'xtalib o'tamiz.
Shunday qilib, birinchi davr — tayyorgarlik davri (bola tug'ilgandan bir
yoshgacha). Bola tug'ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va
yig'idan iborat bo'ladi. To'g'ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin 69 ana shu qichqiriq
va yig‗i nutq apparatining 3 bo'limini (nafas olish, ovoz hosil bo'lish, artikulatsion)
rivojlanishida katta rol o'ynaydi. Ikki hafta o'tgach, bola gapirayotgan odamning
ovoziga e‘tibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig'lashdan
to'xtaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo'shiq (alia) ostida tinchlantirish
mumkin bo'lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki
uni ko'zlari bilan kuzatadi. Tez kunda bola intonatsiyaga e‘tibor bera boshlaydi: mayin
gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga yig'laydi. 2 oylik atrofida gu-gulash, 3-
176
PAGE
INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION
International scientific-online conference
oyning boshida bo'g'inlarning talaffuzi paydo bo'ladi (aga-aga, ta-ta, ba-ba va
boshqalar). Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulatsiya qilinmaydi. Bolalarning
chug'urlashi haqida biz ko'pgina lug'atlardan va bolalar nutqining rivojlanishi bilan
bog'Iiq masalalar yoritilgan istalgan adabiyotdan umumiy ma‘lmotlarni olishimiz
mumkin. Aniq ma‘lumotlarga kelsak, bizning bu masalada nochorligimiz seziladi.
Chug'urlash bosqichining rivojlanishi haqidagi aniq va sistemali kuzatilgan
ma‘lumotlardan tuzilgan yagona maqola yaqini vaqtlargacha G.Goer (Deryagina) va
A.E.Goer (1927) tegishli edi. Bunda ham faqat bitta bola kuzatilgan edi. Shuning uchun
namoyon bo'lgan faktlarning barchasi chug'urlash bosqichining rivojlanishidagi umumiy
qonuniyatlarga qanchalik ko'p yoki kamroq taalluqligini aniqlash mumkin emas va bu
faktlarda shu bolaning individual xususiyatlari ham mujassamlashganini unutmaslik
kerak. A.D. Salaxovaning tadqiqotlari tufayli biz ayni vaqtda 5 ta bolada chug'urlash
bosqichining rivojlanishini sistemali kuzatishlar natijasida olingan materiallarga egamiz.
Chug'urlash bosqichining namoyon bo'lish muddatiga kelsak, bu yerda turli fikrlar
mavjud: bir guruh mualliflar bu bosqich bola hayotining 2-oyi oxirlarida va 3-oyning
boshlarida namoyon bo'ladi deb hisoblaydilar. Chug'urlash bosqichining namoyon
bo'lish muddatini aniqlashda bunday katta farq haqiqiy chegaralarni topishda
qiyinchilik tug'diryapti. Bu esa o'z navbatida ilgari keluvchi gu-gulash davri bilan
chug'urlash bosqichini chegaralashni mushkullashtiradi. Garchi bir qarashda A. A.
Leontev (1965) tomonidan gu-gulash va chug'urlash bosqichlari orasidagi ma‘lum
farqlar to'g'ri ifodalangan bo'lsada, bu 2 nutqgacha bo'lgan davrlar o'tish stadiyasida
Shunday qo'shilib ketadiki, ular orasidagi chegara sayqallanib qoladi. Darvoqe,
chegaralarning bunday noaniq ko'rinishini chug'urlashdan haqiqiy nutqga o'tishda ham
kuzatish mumkin: bolada hosil bo'lgan so'zlar bilan bir qatorda ma‘lum vaqt mobaynida
atrof olamdagi predmet va hodisalarga aloqasi bo'lmagan chug'urlovchi tovushlar
uyg'unligi ham aniqlanadi. Bunday tashqari gu-gulash va chug'urlash bosqichlari
orasidagi chegara singari, chug'urlash bilan nutq 70 orasidagi chegara ham individualdir.
Bir vaqtda har bir bolada chegara o‗ziga qarab u yoki bu tomonda bo'lishi mumkin.
A.D. Salaxovaning kuzatishlari bo'yicha chug'urlash bosqichi namoyon
bo'lishining haqiqiy muddati taxminan 4 - va 5- oylar o'rtasiga to‗g‗ri keladi. Aynan
shunday fikrni A.A. Leontevning yuqorida keltirilgan ishida ham ko'rishimiz mumkin.
Shundan kelib chiqib, bola hayotining 4-oyi chug'urlash davrining boshlanishi bo'lib
sanaladi. Bizda bir savol tug'iladi: bola chug'urlashi aniq nutqiy muhit bilan qanday
munosabatda bo'ladi, ya‘ni boshqacha aytganda, chug'urlash bevosita nutqiy muhit
ta‘siri ostida yoki unga bog'Iiq bo'lmagan holda rivojlanadimi? Bu savol behudaga
berilgan emas. Chunki maxsus adabiyotlarda bu masala ko'p ma‘noda tushuntiriladi.
Bir xil mualliflar, shu jumladan, V.A. Bogoroditskiy (1915) chug'urlashni tovushlar
hosil bo'lishi jarayonidagi bolaning "ermagi" sifatida izohlaydi. Bunda u chug'urlashni
nutq organlari bilan o'ynaladigan oyoq-qoiini bemaqsad harakatlantirishiga o'xshash
deb tushuntiradi. Boshqa mualliflar, masalan, M. A. Sikorskiy (1899) va A. Aleksandrov
177
PAGE
INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION
International scientific-online conference
(1883) chug'urlashni atrofdagilar nutqiga taqlid "meva"si sifatida baholaydi. Berilgan
savolni yechish usullaridan biri bo'lib, chug'urlash bosqichining tovush tarkibini aynan
o'sha nutqiy tovushlar (fonemalar) sistemasi bilan solishtirish va taqqoslanishi
hisoblanadi. Agar chug'urlash bosqichining tovush tarkibi atrofdagilar nutqiga
bog'liqligini taxmin qilsak, uning berilgan nutqiy tovushlar sistemasi bilan mosligi, eng
avvalo, unli tovushlarda namoyon bo'lishi kerak. Chunki unli tovushlar akustik
munosabatda birmuncha "yorqinroq" va undoshlarga qaraganda bir-biriga birmuncha
zidroq. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, chug'urlash bosqichida o'zining artikulatsiyasi
jihatidan odamlar tilidagi tovushlarga aynan o'xshaydigan faqat unli tovushlar
aniqlanavermaydi, balki muayyan tilga xos bo'lmagan tovushlar ham aniqlandi.
Masalan: unli (a), artikulatsiyasi jihatidan ingliz tiliga yaqin (Ц); tovushlar orasida
o'rtacha (i), ingliz tili uchun ham xarakterli (i); burunlashgan, ya‘ni nazalizatsiyalangan
tovushlar (a), (o) — fransuz tiliga xos. Shuni ta‘kidlash joizki, atrofidagi tilga aynan
o'xshamaydigan, chug'urlash bosqichidagi unli tovushlar miqdori, aynan o'xshash
tovushlarga nisbatan ko'proq. Eng avvalo shuni aytish kerakki, rus tilidagi tovushlarga
aynan o'xshash unli tovushlar chug'urlash bosqichida to'liq tarkibda namoyon bo'lgan
bo'lsa, undoshlar bu munosabatda butunlay boshqacha bo‘ladi.
Olib borilgan izlanishlar shu kategoriyadagi bolalarning nutqini
shakllanganligini to'rt darajaga ajratishga imkon beradi.
Birinchi daraja. Talaffuzidagi ayrim kamchiliklarning bo'lishi bilan ifodalanadi.
Ikkinchi daraja. Faol lug'at cheklangan. So'z va predmet obrazini solishtirishda,
umumlashtiruvchi tushunchalar asosida hikoyalar tuzishda xatolarga yo'l qo'yiladi.
Talaffuzdagi kamchiliklar sigmatizmning turli ko'rinishlarida lambdatsizm,
parasigmatizm, pararotatsizm, paralambdatsizmda namoyon bo‘ladi. Tovushlar tala
ffuzi va fonematik tasavvurlar eshitish differtsiatsiyasining rivojlanishida kamchiliklar
kuzatiladi. Fonematik tahlil shakllanmagan bo‗ladi.
Uchinchi daraja. Ekspressiv nutq lug‗at boyligining sustligi bilan ajralib turadi.
Umumlashtiruvchi tushunchalarni bilish, so‗z va predmet obrazini solishtirish darajasi
past bo‗ladi. Mustaqil nutqning grammatik tomoni buzilgan, u faqat predmetlarni
nomlash va bir ikki so‗zli gaplardan iborat bo'ladi. Murakkab hikoyalarni bayon etish
rivojlanmagan, talaffuz qilish va eshitish differensiatsiyasi sust shakllangan bo‗ladi.
To‗rtinchi daraja. Ekspressiv nutq juda cheklangan, umumlashtiruvchi
tushunchalar va so‗z-predmet obrazini solishtirishda jiddiy kamchiliklar bo'ladi.
Bog'langan nutq ayrim so'zlardan iborat, exolaliyalar kuzatiladi. Nutqning grammatik
tuzumini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar va eshitish differensiatsiyasiga oid
topshiriqlarni bajara olmaydilar. Fonematik tahlil va sintezning umuman
rivojlanmaganligi kuzatiladi. Ko'rishida nuqsoni bor bolalar nutqining rivojlanishining
tahlili shuni ko'rsatadiki ularning ko'pchiligida sistemali nuqsonlar kuzatiladi va
nutqning yetarli kom ponentlari buzilgan bo'ladi (fonetika, leksika, grammatika).
Normal ko'ruvchi va ko'rishda nuqsoni bor bolalarning nutqidagi nuqsonlarning
178
PAGE
INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION
International scientific-online conference
solishtiradigan bo'lsak ularning o'xshashligini kuzatamiz. Shu bilan bir qatorda nutq
kamchiliklarining darajasi va shakllanishi omillari jihatidan katta farqqa ham ega.
Predmetli obrazlarning kamchiligi (yetishmasligi) natijasida nutqiy xotirada
murakkab gaplar va gaplarning gramm atik jihatdan to'g'ri tuzishdagi qiyinchiliklar
kuzatiladi. Anamnezdagi ilk natal va postnatal patologik o'zgarishlar natijasida umumiy
va xususiy omillar aniqlangan bo'lib, ular ko'rishida kamchiliklari mavjudligi
bolalarning nutqini rivojlanmaganligiga sabab bo'ladi va nutqining shakllanishiga ta‘sir
ko'rsatuvchi qator funksiyalarning rivojlanishini ancha orqaga tortadi (praksis, gnozis,
koordinatsiya, chamalash). Demak, ilk postnatal davrida tug'ma yoki erta orttirilgan
ko'rish nuqsoni nonutqiy funksiyalarning rivojlanishiga ta‘sir etuvchi birlamchi nuqson
bo'lib qoladi. Ko'rishda nuqsoni bor bolalarda harakat faolligini cheklab turuvchi va
atrofdagi olam bilan aloqani o'rnata olmaslikka sabab bo'ladigan kamchiliklar ko'plab
uchraydi. Psixik jarayonlarning (shu qatorda nutqning ham) rivojlanishida nutqiy
muloqotning sifati, mikroijtimoiy muhit juda katta ta‘sirga ega. Shunday qilib, u yoki
bu nutq kom ponentlarini qamrab oluvchi sistemali nutq buzilishlariga sabab bo'luvchi
omillarning polimorfligi yanada murakkab nuqson paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.
Tug'ma yoki erta orttirilgan ko'rish nuqsoni nutqning rivojlanmasligiga asosiy sabab
bo'lib, boshqa patologik omillarning mavjudligiga qarab ta‘siri kuchayishi yoki kuchini
yo'qotishi mumkin.
Ko'r va zaif ko'ruvchi bolalarning nutqidagi kamchiliklarini o'rganish nafaqat
nutqning barcha komponentlari, balki ko'pgina nonutqiy funksiyalarni hisobga olish va
tahlil qilishni talab qiladi. Bu kompleks logopedik tekshirish metodikasini tashkil qiladi.
Kompleks tekshirish metodikasining o‗ziga xosligi shundaki, bu bolalardagi nutq
kamchiliklari va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni o'rganish ko'rish qobiliyati, qabul
qilish usullari va bundan kelib chiqqan holda materiallarni uzatish usullarini hisobga
olgan holda olib boriladi. Bunday ko'rishda chuqur nuqsoni bo'lgan bolalarning
ko'pchiligida o'yin faoliyatining malakasi yo'qligini va predmetlar dunyosi haqidagi
bilimlari cheklanganligini inobatga olish kerak bo'ladi. Shu sababli tekshirish davomida
topshiriqlarni bajarishdan avval bolaga o'ziga xos instruksiyalar, ko'rsatib berish,
birgalikda bajarish namunalari beriladi. Asosiy diqqat ekspressiv nutq holatiga
qaratilishi kerak. Ko'r va zaif ko'ruvchi maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar
bilan olib boriladigan korreksion ish tabiiy pedagogik jarayonda kechadi. Bu yetakchi
didaktik va maxsus tamoyillarni inobatga olgan holda tashkil qilinadi. Maxsus
tamoyillarga korreksion ta‘lim, birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni inobatga olish,
mavjud analizatorlarga tayanish va polisensor asosni shakllantirish (hosil qilish),
atrofimizdagi olam haqida keng qamrovli tushunchalarni shakllantirish, nutqning
shakllanganligi darajasini hisobga olish, nutq faoliyatining saqlanib qolgan kom
ponentlariga tayanish, verbal materialning yangiligi, hajmi murakkablasha borishini
hisobga olish kiradi. Korreksion ta‘lim jarayonida kom pleksli keng qam rovli ta‘sir
ko'rsatiladi. Bu ta‘sir logoped, o'qituvchi (maktabda), tifiopedagog (bog'chada) va
179
PAGE
INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION
International scientific-online conference
tarbiyachilar tom onidan turli mashg'ulotlar davomida amalga oshiriladi. Korreksion
ishda logopedik ta‘sirga juda katta ahamiyat beriladi. Bu ta‘sir maxsus tashkil qilingan
mashg'ulotlarda olib boriladi. Mashg'ulotlar bolalarning ko'rish qobiliyatini, nutqi,
qabul qilish usullari va individual xususiyatlarini inobatga olingan holda olib boriladi.
Shunga qarab logopedik guruhlar tashkil qilinadi. Ko'r bolalar bilan ishlashdagi
qiyinchiliklarni o'ziga xosligini inobatga olib mashg'ulotlar uzoq vaqt davomida
individual ravishda olib boriladi. Murakkab nutq kamchiligi bilan birgalikda nonutqiy
funksiyalari shakllanmagan, ya‘ni to'rtinchi nutqiy darajaga ega bo‘lan bolalar bilan
ham ko'proq individual mashg'ulotlar olib boriladi. Tarbiyachi va tiflopedagoglar
(maktab o'qituvchilari) logoped bilan birgalikda nutq kamchiliklarini bartaraf etish
vazifalarini aniqlaydilar. Nutq madaniyatini rivojlantirishdagi korreksion-logopedik
vazifalar o'yin, o'quv va m ehnat faoliyati, hamda amaliy va musiqa mashg'ulotlarida
amalga oshiriladi. Zaif ko'ruvchi bolalar bilan logopedik mashg'ulotlarni tashkil etishda
asosiy e ‘tibor saqlanib qolgan ko'rish faoliyatidan foydalanish imkoniyatiga qaratiladi
(zarur bo‗lgan hajmdagi, rangdagi didaktik material), relefli rasmlar, "ajoyib
xaltachalar", kubik va qalamchalar (tovush, bo‘g‗in va ― gaplarni belgilash uchun)
ishlatiladi. Predmetlar dunyosining keng qamrovligi haqidagi tasaw urlarini
shakllantirishda tabiiy ko'rgazm ali qurollar ahamiyati juda kattadir. Mashg'ulotlar o
‗yin orqali olib borilishi shart, sababi ko‗rishdagi chuqur nuqsoni mavjud bo‗lgan
bolalarda o‗yin faoliyati juda kech shakllanadi.
XULOSA
Logopediya, tarbiyachi, tiflopedagog (o'qituvchi) hamkorligi maktab ta‘limi uchun
zarur bo'lgan nutq bazasini yaratadi. Shakllangan nutq asosida logoped talaffuz
avtomatizatsiyasi malakalarini tarbiyalashga va fonematik tahlil va sintezni o'rgatishga
o'tishi mumkin (3 va 4-darajali bolalar bilan). Tarbiyachi va tiflopedagog tomonidan
shakllantirilayotgan nutq va predmetlar bazasi logoped
mashg'ulotlarida keng
qo'llaniladi va takomillashadi. Shuningdek, tarbiyachi va tiflopedagoglar
mashg'ulotlarida logoped ishi davom ettiriladi. Ularning ishi uzviy bog'lanish asosida
rejalashtiriladi (to‗g‗ri talaffuz malakalarini mustahkamlashga qaratilgan o'yinlar va
nutqiy material, lug'at boyligi va bog'langan nutq malakalarini mustahkamlash uchun
material). Shunday qilib, u yoki bu nutq kom ponentlarini qamrab oluvchi sistemali
nutq buzilishlariga sabab bo'luvchi omillarning polimorfligi yanada murakkab nuqson
paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Tug'ma yoki erta orttirilgan ko'rish nuqsoni nutqning
rivojlanmasligiga asosiy sabab bo'lib, boshqa patologik omillarning mavjudligiga qarab
ta ‘siri kuchayishi yoki kuchini yo'qotishi mumkin. Ko'r va zaif ko'ruvchi bolalarning
nutqidagi kamchiliklarini o'rganish nafaqat nutqning barcha komponentlari, balki
ko'pgina nonutqiy funksiylarni hisobga olish va tahlil qilishni talab qiladi. Bu kompleks
logopedik tekshirish metodikasini tashkil qiladi. Kompleks tekshirish m etodikasining o
‗ziga xosligi shundaki, bu bolalardagi nutq kamchiliklari va ularni keltirib chiqaruvchi
omillarni o'rganish ko'rish qobiliyati, qabul qilish usullari va bundan kelib chiqqan
180
PAGE
INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION
International scientific-online conference
holda materiallarni uzatish usullarini hisobga olgan holda olib boriladi. Bunday
ko'rishda chuqur nuqsoni bo'lgan bolalarning ko'pchiligida o'yin faoliyatining malakasi
yo'qligini va predmetlar dunyosi haqidagi bilimlari cheklanganligini inobatga olish
kerak bo'ladi. Shu sababli tekshirish davomida topshiriqlarni bajarishdan avva bolaga
o'ziga xos instruksiyalar, ko'rsatib berish, birgalikda bajarish namunalari beriladi.
Asosiy diqqat ekspressiv nutq holatiga qaratilishi kerak. Ko'r va zaif ko'ruvchi
maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan korreksion ish tabiiy
pedagogik jarayonda kechadi. Bu yetakchi didaktik va maxsus tamoyillarni inobatga
olgan holda tashkil qilinadi. Maxsus tamoyillarga korreksion ta‘lim, birlamchi va
ikkilamchi nuqsonlarni inobatga olish, mavjud analizatorlarga tayanish va polisensor
asosni shakllantirish (hosil qilish), atrofimizdagi olam haqida keng qamrovli
tushunchalarni shakllantirish, nutqning shakllanganligi darajasini hisobga olish, nutq
faoliyatining saqlanib qolgan komponentlariga tayanish, verbal materialning yangiligi,
hajmi murakkablasha borishini hisobga olish kiradi. Korreksion ta‘lim jarayonida kom
pleksli keng qamrovli ta‘sir ko'rsatiladi. Bu ta‘sir logoped, o'qituvchi (maktabda),
tifiopedagog (bog'chada) va tarbiyachilar tomonidan turli mashg'ulotlar davomida
amalga oshiriladi. Korreksion ishda logopedik ta‘sirga juda katta ahamiyat beriladi. Bu
ta‘sir maxsus tashkil qilingan mashg'ulotlarda olib boriladi. Mashg'ulotlar bolalarning
ko'rish qobiliyatini, nutqi, qabul qilish usullari va individual xususiyatlarini inobatga
oligan holda olib boriladi. Shuning qarab logopedik guruhlar tashkil qilinadi. Ko'r
bolalar bilan ishlashdagi qiyinchiliklarni o'ziga xosligini inobatga olib mashg'ulotlar
uzoq vaqt davomida individual ravishda olib boriladi. Murakkab nutq kamchiligi bilan
birgalikda nonutqiy funksiyalari shakllanmagan, ya‘ni to'rtinchi nutqiy darajaga ega
bo'lgan bolalar bilan ham ko'proq individual mashg'ulotlar olib boriladi. Ko‘rishda
nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan maxsus tekshirish yo‘li bilan u bolaning nutqida qanday
nuqson borligini bilib olish zarur. Lug'at boyligini boyitib borish, grammatik tuzumni
amaliy qo'llash rasmlar bo'yicha gaplar tuzish jarayoniga imkon yaratadi (ko'rlar uchun
relyefli rasmlar). Logopedik mashg'ulotlarda bolalarning nutq faoliyatidagi zaif
bug'inlar ustida ish olib boriladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. M.Yu.Ayupova. ―Logopediya‖. – T.: O‗zbekiston faylasuflari milliy jamiyati,
2007y.
2. N.Abidova ―Ko‘rishga nuqsoni bo‘lgan bolalar rivojlanish xususiyatlari‖
(Respublika Ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar to‘plami) 2011 yil.
3. I.K.Xoliqov ―Ko‘zi ojiz bolalarni o‘qitish uslubiy muammolari‖. (Respublika
Ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar to‘plami) 2011 yil.
4. X.Muzaffarova ―TA‘LIM–TARBIYA JARAYONIDA INNOVATSION
USULLARDAN FOYDALANISHDA O‘QITUVCHINING MAHORATI‖ 2021-yil.
181
PAGE
INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION
International scientific-online conference
5. Muzaffarova, X. (2021). BOLALARDA UCHRAYDIGAN NUQSONLAR VA
ULARNING KELIB CHIQISH SABABLARI.
6. Muzaffarova, X. (2021). BOLALAR PSIXIKANING RIVOJLANISHINI
BELGILAYDIGAN OMILLAR
7. Muzaffarova, X. (2021). MAKTABGACHA TARBIYA YOSHIDAGI
BOLALARGA TA‘LIM-TARBIYA BERISHDA KORREKSION METODLARINING
MOHIYATI.
8. X.S.Akramova.‖Zamonaviy multimedia vositalaridan-muvaffaqiyat garovi‖
2020-yil.
9. R.SHomaxmudova ―Ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan bolalar inkluziv ta‘limi‖
Toshkent YUNESKO 2005 yil (ilmiy maqola).
10.
R.SHomaxmudova ―Ko‘zi ojiz kishilarni uy ro‘zg‘or tutishga o‘rgatish‖.
Toshkent 1999 yil.
182
PAGE