O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI “Tasdiqlayman” GulDU o‘quv ishlari prorektori X.Qo’shiyev ________________ “___” ________2021-y. IJTIMOIY HAYOT VA DIN fanidan 5111600 – “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi uchun ISHCHI O‘QUV DASTUR (SYLLABUS) Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo‘nalishi: 5111600-Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi Kurs, semestr: 1-kurs, I-semestr Kafedra: “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” O’qish davri .......................................................................... 1-semestr Fan kodi ................................................................IXD.22MG’MA Fan hajmi............................................................................... 4 kredit Fanning umumiy soatlari: ..................................................... 120 shu jumladan - auditoriya soatlari: ................................. 60 shu jumladan - ma’ruzalar .......................................................... 30 - amaliy mashg’ulotlar .......................................... 30 - mustaqil ta’lim .................................................... 60 shu jumladan: - O’RTMI .............................................................. - TMI ..................................................................... Nazorat shakli ....................................................................... ON, YaN O’qitish tili ............................................................................ Uzb Guliston -2021 Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 20__ yil “__" ________dagi ____-sonli buyrug’ining ____ilovasi bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy hayot va din” fani dasturi asosida tayyorlangan. “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi majlisida ko’rib chiqilgan. “____” __________ 2021-y. Bayonnoma № _________ Kafedra mudiri: _____________ Sh.Kenjayev “Ijtimoiy-iqtisodiy” fakultetining foydalanish uchun tavsiya etilgan. Ilmiy-uslubiy “____” __________ 2021-y. Rais: kengashi tomonidan Bayonnoma № _________ ______________ Z.Zikriyayev Fan o’qituvchilari haqida ma’lumot: – lektor, GulDu, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi –tyutor, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Usmonova Hulkar Mamatovna Usmonova Hulkar Mamatovna Ofis: GulDu, “Ijtimoiy-iqtisodiy” fakulteti, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi. Manzil: Guliston sh., 4-mavze. Telefon: +998915091945 Email: usmxulkar@mail.ru Intizomiy talablar: Talabaning intizomi universitetning “Talabalar uchun ichki tartibqoidalar”ga to’liq javob berishi shart. 2 1. KIRISH Fanning ahamiyati. O‘zbekiston mustaqillik yillarida huquqiy demokratik davlat barpo etish, barcha sohalarda keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazish, yangicha fikrlaydigan, mehnatga yangicha munosabat bilan qaraydigan yoshlarni tarbiyalash, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash, xalqimiz uchun farovon turmush sharoiti yaratish yo‘lidan bormoqda. Mamlakatimizda “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul qilinishi olamshumul ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur qonun va dastur davlatimiz taraqqiyoti, uning dunyo hamjamiyatiga bozor tizimi orqali integratsiyalashuvi, rivojlangan mamlakatlar safiga qisqa muddatlarda qo‘shilishiga imkon yaratadi. Mamlakatimizda millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalalari ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili hisoblanadi. 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasida ham xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilagn. SHu sabab mamlakatimizda turli din vakillari o‘rtasidagi bag‘rikenglik muhitini yaratishda, bo‘lg‘usi targ‘ibotchilarni tarbiyalashda “Ijtimoiy hayot va din” fani o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Fanning maqsadi. Jamiyatning ijtimoiy hayotida dinning tutgan roli, dinlar tarixi, ijtimoiy munosabatlar, dinlarni ijtimoiy hodisa sifatida tahlil etish, uning turlari, kelib chiqish tarixi, tarqalishi, ijtimoiy hayot sohalari rivojida dinning ahamiyatini o‘rganish asosiy maqsad qilib olingan. Shuningdek, jahon dinlarining shakllanishiga asos bo‘lgan dinning dastlabki ko‘rinishlari – animizm, totemizm, fetishizm, magiya kabi dinlarning, milliy dinlar va ularning tarixi haqida to‘liq ma’lumot beradi. Jahon dinlari: xristianlik, buddaviylik va islom manbalari va falsafaning asosiy xususiyatlari haqida ilmiy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Fanning vazifalari: - Ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar, diniy tasavvurlarning paydo bo‘lishi, diniy qadriyatlarning milliy jihatlarini falsafiy tahlil etish; - Din tarixi va falsafasida buyuk Sharq va G‘arb allomalarining asarlarini o‘rganish; - dinning funksiyalari va jamiyatdagi o‘rnini tahlil qilish; - zardushtiylik va milliy dinlarning kelib chiqishini o‘rganish; - jahon dinlarining tarixi va manbalarini o‘rganish; - tasavvuf, tariqat ilmi haqida ma’lumot berish; - dinning asl insonparvarlik mohiyatini asrash, uning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini jamiyatdagi barqarorlik, ijtimoiy hamkorlik, konfessiyalararo hamjihatlikni mustahkamlashga yo‘naltirish borasidagi ishlarda tadrijiylikni ta’minlash; - davlatimizning vijdon erkinligi sohasida olib borayotgan siyosatini hamda uning amaliy natijasi bo‘lmish qaror topgan diniy bag‘rikenglik muhitini 3 yoshlar orasida keng yoritishga qaratilgan tadbirlarning samaradorligini oshirish. - sog‘lom fikr va dunyoqarashga ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash, ularning salohiyatini vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligi yo‘lida safarbar qilishga, navqiron avlodda vatanparvarlik tuyg‘usi, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishga keng e’tibor berish. Fanni o‘rganish: ushbu fanni o‘rganishda talabalar Dinshunoslik, Axloqshunoslik, Falsafa, Ijtimoiy falsafa, Sotsiologiya, Pedagogika, Nafosatshunoslik, Mantiq, boshqa ijtimoiy fanlardan olgan bilimlariga tayanadi. 2. Fan modullari Fan soatlarining mashg’ulot turlari bo’yicha taqsimoti № Mavzular nomi Va’z Seminar 1 “Ijtimoiy hayot va din” kursi predmeti, maqsadi va vazifalari. Tabiat, inson, jamiyat tushunchalari. Ijtimoiy munosabatlar va ta’limotlar. Dinning funksiyalari va jamiyatdagi roli. 2 2 2 2 2 2 Dinlar kelib chiqishining ijtimoiy-tarixiy asoslari. Zardushtiylik: ta’limoti va jamiyat hayotidagi o‘rni. Iudaizm – monoteistik din sifatida 2 2 2 2 2 2 Buddaviylik dini. Qadimgi hind jamiyatida buddaviylikning tutgan roli. Yevropa xalqlari hayotida xristianlik mafkurasining vujudga kelishi. Xristianlik oqimi va yo‘nalishlari. 2 2 2 2 2 2 10 Islom dinining paydo bo‘lishi. 2 2 11 Islomdagi yo‘nalishlar va oqimlar. Islom g‘oyalarining ijtimoiy-funksional mohiyati. 12 Tasavvuf tarixi va ta’limoti. Tasavvuf namoyandalarining diniy, ijtimoiy va falsafiy qarashlari. 2 2 2 2 2 3 4 5 6 7 8 9 4 TMI 10 10 10 10 10 13 Din, ma’naviyat, fan va siyosat. Diniy qadriyatlarning ijtimoiy ahamiyati. 14 Bugungi kunda diniy va dinlararo munosabatlar. 15 Vijdon erkinligi, diniy tashkilotlar, konfessiyalar va millatlararo munosabatlar. Diniy ekstremizm va terrorizm. Jami 2 2 2 2 2 2 10 30 30 60 2.1. O‘TILADIGAN MA’RUZA MAVZULARI, KO‘RILADIGAN MASALALAR VA AJRATILGAN VAQT 1. “Ijtimoiy hayot va din” kursi predmeti, maqsadi va vazifalari (2 soat) Ijtimoiy hayot va din” fanining predmeti, ob’ekti, maqsadi va vazifalari. Fan predmeti muammolariga doir falsafiy qarashlar va xulosalar. Fanning asosiy tushunchalari, nazariy-metodologik asoslari. Hozirgi globallashuv sharoitida jamiyat hayotida dinlarning o‘rni. Dunyo dinlari tarixini o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati. 2. Tabiat, inson, jamiyat tushunchalari. Ijtimoiy munosabatlar va ta’limotlar. (2 соат) Табиат, инсон, жамият тушунчалари. Жамият ҳаёти соҳалари. Жамият ҳаёти соҳаларига доир диний ва илмий қарашлар. Ижтимоий муносабатларнинг вужудга келиши. Жамият ҳаёти соҳалари ривожида диний онгнинг тутган ўрни. Дин ва ижтимоий онг. Диний фаолият тушунчаси. 3. Dinning funksiyalari va jamiyatdagi roli (2 soat) Jamiyat rivojining dastlabki davrlaridagi diniy tasavvurlar. Jamiyat tarixiy taraqqiyotida din muayyan ijtimoiy-siyosiy va madaniy-axloqiy vazifalarni bajarishi. Din funksiyalarining falsafiy tahlili. 4. Динлар келиб чиқишининг ижтимоий-тарихий асослари (2 соат) Дин тушунчаси. Динга берилган турли таърифлар. Тарихий жараёнда диннинг ижтимоий ҳодиса сифатида шаклланганлиги. Диннинг келиб чиқиши ҳақидаги турли қарашлар. Динлар келиб чиқишининг ижтимоийтарихий асослари. Диннинг ижтимоий, психологик илдизлари. Динлар таснифи. 5. Zardushtiylik: ta’limoti va jamiyat hayotidagi o‘rni (2 soat) Zardushtiylikning vujudga kelishidagi ijtimoiy-tarixiy vaziyat. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni takomilida zardushtiylikka ehtiyoj. Zardushtiylik birinchi jahon dini sifatida. “Avesto” ta’limotining uch tarixiy qismga bo‘linishi: yashtlar, gatlar, mazdakiylar. “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” g‘oyasining tarixiy ahamiyati. Zardushtiylikning boshqa dinlarga ta’siri. Zardushtiylikning boshqa dinlarga ta’siri. Zardushtiylikning O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviyati va madaniyatida tutgan o‘rni. 5 6. Iudaizm – monoteistik din sifatida (2 soat) Iudaizm paydo bo‘lgan tarixiy davr va uning ta’limoti. Yahudiy diniy yozuvlarning ikki qismdan – Tavrot va Talmuddan iboratligi, marosimchiligi, O‘rta Osiyoda yahudiylarning etnik ko‘rinishlari. Iudaizm va hozirgi zamon. 7. Buddaviylik dini. Qadimgi hind jamiyatida buddaviylikning tutgan roli (2 soat) Buddaviylik paydo bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy sharoit, uning diniy ta’limoti, yo‘nalishlari, qadriyatlari, ular orasidagi o‘xshashliklar va farqlar. Buddaviylikning jahon diniga aylanishi, hozirgi jahonda va shu jumladan O‘zbekistonda buddaviylik jamoalari. 8. Yevropa xalqlari hayotida xristianlik mafkurasining vujudga kelishi (2 soat) Xristianlikning vujudga kelishi ijtimoiy-tarixiy asoslari. Rimda qullar hayoti. Iso Masihning hayoti. Xristianlikning paydo bo‘lishi. Xristianlikning Rimda hukmron mafkuraga aylanishi. Xristianlik ta’limoti. Xristianlikning muqaddas kitobi. 9. Xristianlik oqimi va yo‘nalishlari (2 soat) Rimning ikkiga bo‘linishi. Xristianlikdagi oqimlar. Nestorian, monofizit oqimlari, pravoslav, katolik, protestantlik. Xristianlikning pravoslav va katolik oqimlari, ularning umumiy va farqli tomonlari. Protestantlikning shakllanishi va uning bo‘linib ketishi. O‘rta Osiyoda xristianlikning tarqalishi. Xristianlik va hozirgi zamon. 10. Islom dinining paydo bo‘lishi (2 soat) Islom paydo bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy davr. Muhammad payg‘ambar islom dinining payg‘ambari. Arab istilosi davri (VII-VIII asrlar). O‘rta Osiyoning islomlashtirilishi, islomning ma’naviy-axloqiy mazmuni. Islomshunoslik yo‘nalishining shakllanishi va rivojlanishi. Qur’onning kitob holida jamlanish tarixi, uning sura va oyatlarining vahiy qilinishi hamda mazmuni. Xalifa Usmonning Qur’onni (651 y.) nusxalarga ko‘paytirishi. Hadislarni yig‘ish va jamlash (VIII-IX asrlar). O‘rta Osiyolik muhaddislar: Imom Buxoriy, at-Termiziy, as-Samarqandiy. Islomning arkoni ad-din ruknlari. 11. Islomdagi yo‘nalishlar va oqimlar. Islom g‘oyalarining ijtimoiyfunksional mohiyati (2 soat) Sunniylik, shialik va xorijiylik, ularning mohiyati va mazhablari. Sunniylikdagi ikkita aqidaviy ta’limot: ash’ariya va moturidiya. Hozirgi davrdagi islomga yot mazhablarning harakatlari. 12. Tasavvuf tarixi va ta'limoti. Tasavvuf namoyandalarining diniy, ijtimoiy va falsafiy qarashlari (2 soat) Dastlabki sufiylik qarashlari. Sufiylik tariqatlarida pir va muridlik munosabatlari, ruhiy kamolotga erishishning 4 bosqichi. Movarounnahrda sufiylik yo'nalishi. Kalom falsafasining shakllanishi. Taqdirning ilohiyligi va uning abadiyligi tarafdorlari – Jabboriylar: inson erkinligini qo'llovchilar – Qadariylar. Kalom falsafasi va mu'taziliylar maktabi. 6 13. Din, ma’naviyat, fan va siyosat. Diniy qadriyatlarning ijtimoiy ahamiyati (2 soat) Din ma’naviy hodisa ekanligi. Din va ma’naviyat nisbati. Ma’naviyatning diniy ildizlari. SHaxs ma’naviyatini shakllantirishda diniy manbalarning ahamiyati. Dinda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning aks etishi. Jamiyatda diniy va dunyoviy bilimlarning uyg‘unligi. Davlat va din. Diniy jarayonlardagi sekulyarizatsiya. 14. Bugungi kunda diniy va dinlararo munosabatlar (2 soat) Dinning madaniyat fenomeni sifatida o‘ziga xos xususiyatlari. Islom dinida globallashuvning talqini. Sufizmda global muammolarning ko‘tarilishi. Dinlarning rivojiga globallashuvning ta’siri. Din globallashuvining mezonlari. Din globallashuvida xalqning iroda va erkinligi masalasi. Din o‘zaro aloqasining o‘ziga xos xususiyatlari. Globallashuvning an’anaviy dinga ta’siri. Diniy jarayonlarning globallashuvi sharoitida diniy bag‘rikenglikni asrash masalalari. SH.Mirziyoevning “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi nutqidan kelib chiqadigan vazifalar. 15. Vijdon erkinligi, diniy tashkilotlar, konfessiyalar va millatlararo munosabatlar. Diniy ekstremizm va terrorizm (2 soat) Vijdon erkinligi va uning falsafiy tushunchasi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida vijdon erkinligining kafolatlanishi. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri.O‘zbekistonda diniy tashkilotlar, konfessiyalar va millatlararo munosabatlar. Diniy ekstremizm va terrorizmning mazmun-mohiyati, ularni vujudga keltirgan sabablar va manbalar. O‘zbekistonga kirib kelgan noqonuniy diniy harakatlar, ularga qarshi ko‘rilgan choralar. Diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari va ularning oldini olish choralari. 2.2. SEMINAR MASHG‘ULOTLARINING MAVZULARI, MAZMUNI VA ULARGA AJRATILGAN SOAT № 1 2 Seminar mavzulari “Ijtimoiy hayot va din” kursi predmeti, maqsadi va vazifalari. Seminarda ko‘riladigan savollar 1. “Ijtimoiy hayot va din” kursining predmeti, ob’ekti, maqsadi va vazifalari. 2. Kursning asosiy tushunchalari, nazariymetodologik asoslari. 3. Hozirgi globallashuv sharoitida jamiyat hayotida dinlarning o‘rni. 4. Dunyo dinlari tarixini o‘rganishning nazariy va amaliy ahamiyati. Tabiat, inson, 1.Tabiat, inson, jamiyat tushunchalari. jamiyat 2. Jamiyat hayoti sohalariga doir diniy va ilmiy tushunchalari. qarashlar. Ijtimoiy 3. Ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi. 7 Soat 2 2 3 4 5 munosabatlar va ta’limotlar. Dinning funksiyalari va jamiyatdagi roli. Dinlar kelib chiqishining ijtimoiy-tarixiy asoslari. Zardushtiylik: ta’limoti va jamiyat hayotidagi o‘rni. Iudaizm monoteistik sifatida – din 6 7 8 Buddaviylik dini. Qadimgi hind jamiyatida buddaviylikning tutgan roli. Yevropa hayotida xalqlari 4. Diniy faoliyat tushunchasi. 1.Jamiyat rivojining dastlabki davrlaridagi diniy tasavvurlar. 2.Jamiyat tarixiy taraqqiyotida dinning muayyan ijtimoiy-siyosiy vazifalarni bajarishi. 3. Dinning madaniy-axloqiy vazifalari. 4.Din funksiyalarining falsafiy tahlili. 1.Din tushunchasi. Dinga berilgan turli ta’riflar. 2. Dinning kelib chiqishi haqidagi turli qarashlar. 3. Dinlar kelib chiqishining ijtimoiy-tarixiy asoslari. 4.Dinning ijtimoiy, psixologik ildizlari. 1.Zardushtiylikning vujudga kelishidagi ijtimoiy-tarixiy vaziyat. 2. “Avesto” ta’limotining uch tarixiy qismga bo‘linishi: yashtlar, gatlar, mazdakiylar. 3. “Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal” g‘oyasining tarixiy ahamiyati. 4. Zardushtiylikning O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviyati va madaniyatida tutgan o‘rni. 1. Iudaizm paydo bo‘lgan tarixiy davr va uning ta’limoti. 2. Yahudiy diniy yozuvlarning ikki qismdan – Tavrot va Talmuddan iboratligi, marosimchiligi. 3. O‘rta Osiyoda yahudiylarning etnik ko‘rinishlari. 4. Iudaizm va hozirgi zamon. 1. Buddaviylik paydo bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy sharoit. 2. Buddaviylikning diniy ta’limoti, yo‘nalishlari, qadriyatlari, ular orasidagi o‘xshashliklar va farqlar. 3. Qadimgi hind jamiyatida buddaviylikning tutgan roli. 4. Jahonda va shu jumladan O‘zbekistonda buddaviylik jamoalari. 1. Xristianlikning vujudga kelishi ijtimoiytarixiy asoslari. Rimda qullar hayoti. 8 2 2 2 2 2 2 xristianlik mafkurasining vujudga kelishi. Xristianlik oqimi va yo‘nalishlari. 9 Islom dinining paydo bo‘lishi 10 Islomdagi yo‘nalishlar va oqimlar. Islom 11 g‘oyalarining ijtimoiyfunksional mohiyati Tasavvuf tarixi va ta’limoti. Tasavvuf namoyandalarinin 12 g diniy, ijtimoiy va falsafiy qarashlari 2. Iso Masihning hayoti. Xristianlikning paydo bo‘lishi. 3. Xristianlikning Rimda hukmron mafkuraga aylanishi. 4. Xristianlik ta’limoti va muqaddas kitobi. 1. Rimning ikkiga bo‘linishi. Xristianlikdagi oqimlar. 2. Nestorian, monofizit oqimlari, pravoslav, katolik, protestantlik. 3. Xristianlikning pravoslav va katolik oqimlari, ularning umumiy va farqli tomonlari. Protestantlikning shakllanishi va uning bo‘linib ketishi. 4. O‘rta Osiyoda xristianlikning tarqalishi. Xristianlik va hozirgi zamon. 1. Islom paydo bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy davr. 2. Muhammad payg‘ambarning Makka va Madinadagi faoliyati. 3. Islomning ma’naviy-axloqiy mazmuni. 4.O‘rta Osiyoning islomlashtirilishi. O‘rta Osiyolik muhaddis va olimlarning jamiyat hayotiga ta’siri. 1. Sunniylik, shialik va xorijiylik, ularning mazhablari. 2. Sunniylikdagi ikkita aqidaviy ta’limot: ash’ariya va moturidiya. 3. Hozirgi davrdagi islomga yot mazhablarning harakatlari. 1. Dastlabki sufiylik qarashlari. 2. Sufiylik tariqatlarida pir va muridlik munosabatlari. 3. Movarounnahrda sufiylik yo‘nalishi. 4. Tasavvuf namoyandalarining diniy, ijtimoiy va falsafiy qarashlari. Din, ma’naviyat, 1. Din va ma’naviyat, fan va siyosat nisbati. fan va siyosat. 2. Shaxs ma’naviyatini shakllantirishda diniy Diniy manbalarning ahamiyati. 13 qadriyatlarning 3. Dinda milliy va umuminsoniy ijtimoiy ahamiyati qadriyatlarning aks etishi. 4. Diniy jarayonlardagi sekulyarizatsiya. 9 2 2 2 2 2 Bugungi kunda 1. Dinning madaniyat fenomeni sifatida o‘ziga diniy va dinlararo xos xususiyatlari. munosabatlar 2. Dinlarning rivojiga globallashuvning ta’siri. 3. Diniy jarayonlarning globallashuvi sharoitida diniy bag‘rikenglikni asrash 14 masalalari. 4. Sh.Mirziyoevning “Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi” mavzusidagi nutqidan kelib chiqadigan vazifalar. Vijdon erkinligi, 1. Vijdon erkinligi va uning falsafiy diniy tashkilotlar, tushunchasi. konfessiyalar va 2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida millatlararo vijdon erkinligining kafolatlanishi. 15 munosabatlar. 3. O‘zbekistonda diniy tashkilotlar, Diniy ekstremizm konfessiyalar va millatlararo munosabatlar. va terrorizm 4. Diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari va ularning oldini olish choralari. Jami: 10 2 2 30 Seminar uchun adabiyotlar ro‘yxati: 1. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (Yangi tahrir).- T.: Adolat, 1998. 2. Buxoriy, Ismoil. Al jome’ as sahih (Ishonarli to‘plam). 1-4 jild. -T.: 1991-1995. 3. Nasafiy, Aziziddin. Zubdat ul-haqoyiq (Haqiqatlar qaymog‘i) – T.: Kamalak, 1996. 4. Abdusamedov A. Dinlar tarixi. – T.: 2004. 5. Abdusamedov A. Dinlar falsafasi. – T.: 2010. 6. Abdusamedov A. Islom dini asoslari va ma’naviyati (ma’ruzalar matni). – T.: 2007. 7. “Avesto” tarixiy-adabiy yodgorlik. Asqar Mahkam tarjimasi. – T.: SHarq, 2001. 8. Jahon falsafasi tarixidan lavhalar (Tuzuvchi va mas’ul muharrir Nazarov Q.) – T.: 2004. 9. Abu Homid G‘azzoliy. Ihyo ulum ad-din (Din ilmlarini jonlantirish). T.: 2004. 10. Husniddinov Z. Islom: yo‘nalishlar, mazhablar, oqimlar. T.: 2000. 11. Islom. Ensiklopediya. -T.: 2004. 12. Komilov N. Tasavvuf. – T.: 2009. 13. Nizomiddinov N. Janubiy-sharqiy Osiyo diniy-falsafiy ta’limotlari va islom. – T.: 2006. 14. G‘arb falsafasi (Tuzuvchi va mas’ul muharrir Nazarov Q.) – T.: 2004. 15. Qur’oni karim (Tarjima va tafsir muallifi A.Mansur). -T.: 2007. 2010. 16. “Qur’oni karim” va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi (Tarjima va tafsir muallifi Muhammad Sodiq Muhammad YUsuf). -T.: 2018. 17. Skirbekk G. Falsafa tarixi. – T.: 2002. 18. Ahmedova M. Falsafa (oliy o‘quv yurtlari uchun darslik). – T.: 2005. 19. Qahhorova SH. Global ma’naviyat – globallashuvning ma’naviy asosi. – T.: 2009. 20. Karomatov N. O‘zbekistonda moziy e’tiqodlar tarixi. – T.: 2008. 11 Grafik organayzerlar Grafik organayzerlar ma’ruza, amaliy va mustaqil ta’lim mashg’ulotlarida talabalar o’quv materiallarini samarali o’zlashtirishlari uchun joriy etiladi. Quyida ularning ba’zilari keltirilgan. 1) BBB jadvali. Barcha ma’ruza darslarida qo’llaniladi. BBB usuli (“bilaman”, “bilishni xohlayman”, “bilib oldim”) orqali talaba o’zini kuzatishi, o’qituvchi esa darsga baho berishi mumkin. Talaba dars boshida mavzu bo’yicha nimani bilishini (B1) va yana nimalarni bilishni xohlashini (B2) daftariga yozib qo’yadi. Dars so’ngida nimalarni bilib olganligini (B3) qayd qilib qo’yadi. 2) Insert usuli. Bu usul matnni o’zlashtirishda qo’llaniladi. Talaba sahifa hoshiyasiga o’z belgilarini qo’yib ularga munosabat bildiradi. Masalan: “v” – zarur; “–“ - xato; “Q” - yangi; “!” – e’tibor qiling; “x” - ortiqcha; “*” ko’chirish kerak; “?” – tushunarsiz va h.k. 3) Klaster sxemasi Bu usul fikrni erkin bayon qilish uchun qo’llaniladi. Masalan, talaba o’tilgan mavzu bo’yicha klaster tuzishi mumkin. O’rtaga kalit so’z, tarmoqlarga unga bog’liq boshqa atamalar yoziladi. Ular ham o’z navbatida tarmoqlarga ajralishi mumkin. 4) Venn diagrammasi O’rganilayotgan ob’ektlarni taqqoslash, o’xshash va farqli jihatlarini topish, tahlil qilish uchun qo’llaniladi. Diagrammadagi 4 1 2 doirachalar alohida ob’ektni, kesishmalar 7 esa ularning o’xshash va bog’liq 6 5 jihatlarini bildiradi. Talabadan ob’ektlarning alohida (1-3), 3 o’zaro bog’liq (4-6) va umumiy (7) jihatlarini yozma ifodalab berish talab etiladi. 5) SWOT–tahlil. Bu organayzer talabalarda tizimli fikrlash, taqqoslash, baholash, tahlil qilish, fikrni davom ettirish ko’nikmalarini rivojlantiradi. SWOT atamasi inglizcha so’zlarning qisqartmasi hisoblanadi: Strengths – ob’ektning kuchli jihatlari; Weakness – kuchsiz jihatlari; Opportunities – tashqi imkoniyatlari; Threats – tashqi xavf-xatarlari. Talaba yangi qatordan S, W, O, T harflarini yozib yoniga ob’ektning mos sifatlarini yozib chiqadi. 6) “Baliq skeleti” sxemasi. Bu organayzer tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlash ko’nikmalarini rivojlantiradi. Balik skeletining bosh qismiga – mavzu, yuqori qismiga –muammolar, pastki qismiga – tasdiqlovchi dalillar yoziladi. 12 7) Aqliy hujum usuli. Bu usul dars mavzusiga oid savolga javob topish maqsadida g’oyalarni jamlash va saralash uchun qo’llaniladi. Har bir talaba o’zining shaxsiy g’oyalarini ilgari suradi. Bosqichlari – muammoli vaziyat paydo qilish; echimni topish uchun g’oya, fikr berish; echimlar taqdimotini eshitish; echimlarni solishtirish va tanlash; xulosa qilish. 8) Esse. Bu mavzu bo’yicha cheklangan hajmda yoziladigan insho hisoblanadi. Esseda talaba o’quv materiali bo’yicha o’zining shaxsiy fikrini erkin ifoda etadi. Interfaol o’qitish usullari (Activity) Amaliy mashg’ulotlarda interfaol o’qitish usullari qo’llaniladi. Bu usullar talabalarda jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati va xulosa chiqarish ko’nikmalarini shakllantiradi. Quyida fan xususiyatlariga xos ba’zi usullar bayon etilgan. 1) «Tushunchalar tahlili» usuli. Talabalar tushunchalarni dastlab yakka tarzda va keyin jamoada muhokama qilishadi. O’qituvchi jamoaning fikrini yo’naltirib turadi va oxirida ekranga atamalarning izohini chiqaradi. Talabalar o’z fikrlarini taqqoslashadi, baholashadi va bilimlarini mustahkamlashadi. 2) «Zinama-zina» usuli. Talabalar mavzu bo’yicha yakka tarzda fikrini grafik ifoda etishadi, keyin guruhda muhokama etishadi. Guruhlar taqdimoti o’tkaziladi va grafik materiallar doskaga mantiqiy pog’onalar tarzida ilib boriladi. 3) “Charxpalak” usuli. Kichik guruhlar o’z tarqatma materiallaridagi vazifani bajarib, charxpalak aylanishi bo’ylab bir-biriga uzatishadi, har bir guruh boshqalarning ishiga tuzatish kiritadi va oxirida o’zlariga qaytib keladi. Guruhlar o’z ishini tuzatishlar bilan takomillashtirgan holda taqdimot qilishadi. 4) «Bumerang» usuli. Talaba bajargan ishini avval o’z kichik guruhida, keyin boshqa kichik guruhda muhokama qiladi, so’ng yana o’z guruhiga qaytib kelib umumlashtiradi. Oxirida guruhlar taqdimoti o’tkaziladi. 5) «Rezyume» usuli. Kichik guruhlarda muammolar o’rganilib, tahlil qilinadi va xulosa yozma ifoda etiladi. Taqdimotda xulosa ko’rsatilmaydi, boshqa talabalarning taqdimotga nisbatan fikrlari hisobga olinib yangi xulosa shakllantiriladi va avvalgi yozma xulosa bilan taqqoslanadi. 6) «Muammo» usuli. Dastlab muammoli videolavha ko’rsatiladi. Kichik guruhlar namoyish vaqtida muammolarni qayd qilib borishadi. Keyin 13 ularning echimlarni o’zaro almashishadi va tuzatish kiritishadi. Oxirida muammo bo’yicha jamoaning xulosasi shakllantiriladi. 7) «Labirint» usuli. O’qituvchi murakkab vaziyatni bayon qiladi va jamoa bo’lib undan chiqish yo’li topiladi. Keyin kichik guruhlarda boshqa muammoli vaziyatlar o’rganiladi va taqdimot o’tkaziladi. 8) FSMU usuli. Talabadan o’z fikrini quyidagi tartibda ifodalash talab qilinadi: F - fikrini bayon qilish; S – fikriga sabab ko’rsatish; M – sababni asoslovchi misol keltirish; U - fikrini umumlashtirish. 9) «Muloqot» usuli. Kichik guruhlarda alohida mavzular o’rganiladi va turli materiallar (video, foto, sxema, ilmiy dalillar) tayyorlanadi. Keyin kichik guruhlar o’rtasida muloqot bo’lib o’tadi. O’qituvchi kichik guruhlarning fikrlarini maqsadli yo’naltirib boradi va oxirida o’z munosabatini bildiradi. Mustaqil ta’lim shakllari Talabalarning mustaqil ta’limi har bir modul bo’yicha o’qituvchi rahbarligida (O’RTMI) va mustaqil tarzda (TMI) quyidagi shakllar orqali amalga oshiriladi. O’qituvchi rahbarligidagi talabaning mustaqil ishi (O’RTMI) Ushbu fanda me’yorlashtirilmaydigan O’RTMI shakllari rejalashtirilgan bo’lib, ular har bir amaliy mashg’ulot bo’yicha yakuniy hisobot shaklida qabul qilinadi. O’RTMI amaliy mashg’ulotda yoki undan keyin amalga oshirilishi mumkin. Har bir amaliy mashg’ulotdan so’ng masofaviy ta’lim platformasida O’RTMI uchun o’qituvchining maslahat darslari tashkil etiladi. Ushbu fanda masofaviy ta’lim platformasida quyidagi O’RTMI shakllarini qo’llash nazarda tutilgan: 1) QG’A (savollarga cheklangan hajmda javob yozish). 2) Chart (jadval, diagramma va sxemalarni cheklangan hajmda tahlil qilish). 3) Link (Internet-havolaga annotatsiya yozish). 4) Review (berilgan manbaga sharh yozish). 5) SWOT (muammoni SWOT-tahlil qilish). 6) Google Apps (Google ilovalarda guruh bo’lib hujjat, jadval, prezentatsiya va testlar tayyorlash). 7) Interview (boshqalarning muammoga nisbatan fikrini o’rganish). 8) LabReport (laboratoriya ishlari bo’yicha hisobot tayyorlash) Talabalar mustaqil ishi mazmuni: Talaba mustaqil ishni tayyorlashda “Ijtimoiy hayot va din” fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi: amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish; darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish; tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish; maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash; 14 talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘dimlari va mavzularini chuqur o‘rganish; faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari masofaviy ta’lim. Talabaning mustaqil ish mashg’ulotlari hajmi T.r. TMI shakllari soat 1. Research. Talabalar Internetdan va boshqa manbalardan mustaqil 30 ravishda ma’lumot izlashadi va tarqatma materiallarni o’rganishadi. Har bir ma’ruza bo’yicha kamida 2 soat shug’ullanish maqsadga muvofiq. 2. Forum. Talabalar fan mashg’ulotlari bo’yicha topshiriqlarni bajarish 10 mobaynida masofaviy ta’lim platformasida o’zaro muloqot qilishadi. Bu jarayon uchun vaqt sarfi masofaviy ta’lim platformasida qayd qilib boriladi. 3. FAQ (ko’p beriladigan savollar forumi). Talaba o’z muammosi 10 bo’yicha maslahat olish uchun masofaviy ta’lim platformasida maslahat tizimiga (glossariyga) yoki o’qituvchiga murojaat qiladi. Bu jarayon uchun vaqt sarfi masofaviy ta’lim platformasida qayd qilib boriladi. 4. Test. Talaba har bir modul yakunida o’z bilimlarini mustahkamlash 10 uchun masofaviy ta’lim platformasidagi o’rgatuvchi testlarni ishlaydi. Bu jarayon uchun vaqt sarfi masofaviy ta’lim platformasida qayd qilib boriladi. Jami 60 Talabalar bilimini baholash Kirish nazorati. Bu nazorat turi modulga kirish maqsadida anketaso’rovnomasi shaklida o’tkaziladi. Bunda talabalarga fanning kelajakdagi talabalar bilan faoliyatida tutgan o’rni, ahamiyati, fan mazmuni, fanni o’qitish usullariga oid so’rovlar o’tkaziladi, talabalarning fanni o’rganish uchun zarur bo’lgan dastlabki bilimlari aniqlanadi, taklif va tavsiyalar olinadi. Ushbu so’rovlar natijasi chuqur o’rganilib fanni o’qitishni tashkil qilish jarayonida zarur o’zgartirishlar kiritiladi. Oraliq nazoratlar. Oraliq nazoratlar semestr davomida 2 marta o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi va 1-2 va 3-5 modullar bo’yicha talabalarning bajargan ishlari portfolio shaklida jamlanib tahlil qilib baholanadi. Jami 11 ta laboratoriya mashg’ulotining (LabReport) har bo’yicha o’zlashtirish natijalari 5 ballik tizimda baholanadi va jami 95 ball to’planadi, talabaning darslardagi faolligi va ishtirokiga umumiy 5 ball qo’yiladi. Umumiy hisobda oraliq nazorat topshiriqlari 100 ballik tizimda baholanadi. Talabaning oraliq nazorat bo’yicha o’zlashtirgan ballari quyidagi jadval asosida kredit ballariga va harfli tizimga o’giriladi. 15 Harfli tizimdagi Ballarning raqamli Foiz baho ekvivalenti ko’rsatkichi A 4,0 95-100 A– 3,67 90-94 B+ 3,33 85-89 B 3,0 80-84 B– 2,67 75-79 S+ 2,33 70-74 S 2,0 65-69 S– 1,67 60-64 D+ 1.33 55-59 D 1,0 50-54 F 0 0-49 An’anaviy usuldagi baho A’lo Yaxshi Qoniqarli Qoniqarsiz O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9avgustdagi 19-2018-sonli buyrug’iga ilova qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish baholash tizimi to’g’risidagi nizom”ga muvofiq oraliq nazoratda fan bo’yicha A-S darajasiga erishgan talabalar yakuniy nazoratga qo’yiladi. Yakuniy nazorat (chiqish nazorati). Yakuniy nazorat taqdimot (yoki hamkorlikdagi taqdimot) shaklida o’tkaziladi. Talabaning yakuniy nazoratdagi o’zlashtirishi ham xuddi oraliq nazoratdagi kabi 100 ballik tizimda baholanadi va yuqoridagi jadval asosida uning baholash ko’rsatkichi aniqlanadi. Yakuniy nazorat bahosi fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichini belgilaydi. 16 Asosiy adabiyotlar: 1. “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. № 699.-T.: 2021. 2. Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jayev H. Dinshunoslik. O‘quv qo‘llanma. - T.: 2014. 3. Mo‘minov A., Yo‘ldoshxo‘jayev H., Rahimjonov D., Komilov M., Abdusattorov A., Oripov A. Dinshunoslik. Darslik / Mas’ul muharrir akad. Ibrohimov N.I. – T.: Mehnat, 2004. 4. Lafasov M. Va boshqalar. Diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurash. Metodik qo‘llanma. – T.: 2010. 5. Ochildiyev A., Najmiddinov J. Missionerlik: mohiyat, maqsadlar, oqibatlar va oldini olish yo‘llari (yuz savolga yuz javob). – T.: 2013. 6. Ijtimoiy hayot va din O’UM. – Guliston, 2021. Qo‘shimcha adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. -T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. 2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. -T.: O‘zbekiston, 2017. 3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. 4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. 07.02.2017. “Xalq so‘zi” gazetasi 8-fevral 2017 yil, 1-2-betlar. 5. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. –T.:Yangi asr avlodi, 2016. 318. 6. Abbosxo‘jayev O. Mustaqillik nega muqaddas.-T.: O‘zbekiston, 2004. 7. Abdullayev I. Muqaddas dinimizga isnod keltirmaylik (Maqolalar).- N.: Namangan, 1999. 8. Abdullajonov O. Diniy aqidaparastlikning kelib chiqishi, mohiyati va O‘zbekistonga kirib kelishi. T.: Akademiya, 2000. 9. Abdullatif qori Xoshimjon qori o‘g‘li. Zalolatga ketmang! Hizbut-tahrir fitnasidan ogoh bo‘ling. - T.: Movarounnahr, 2003. 10. Abdurahmonov A. Saodatga eltuvchi bilim. 1-2 kitob. - T.: Movarounnahr, 2003. 11. Abdurahmonov A., Boydadayev M., Bozorov E. Din va siyosat. - N.: Namangan, 2001. 12. Azizxo‘jayev A. Demokratiya – xalq hokimiyati demakdir. – T.: 1996. 13. Boboyev N., Normatov K. Milliy davlatchilik haqida. – T.: Yozuvchi, 1999. 14. Gafarli M., Kasayev A. Rivojlanishning o‘zbek modeli: tinchlik va barqarorlik – taraqqiyot asosi. -T.: O‘zbekiston, 2001. 17 Internetdan ma’lumot olish mumkin bo‘lgan saytlar: 1. www.gov.uz - O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali 2. www.lex.uz - O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlar bazasi 3. www.tdpu.uz - Nizomiy nomidagi TDPU sayti 4. www.ziyonet.uz 5. www.edu.uz 6. www. istedod.uz 7. www. pedagog.uz 8. www. kutubxona.uz 18 Darslar jadvali rejasi Auditoriya mashg’ulotlari dars jadvalida haftasiga 4 soatdan rejalashtiriladi. Shuningdek, amaliy mashg’ulot o’tkazilgan kun masofaviy ta’lim platformasida O’RTMI ham amalga oshiriladi. nazora - * t 5-modul 4-modul 3-modul 2-modul 1-modul Kirish nazorati Soat Fan modullari Mashg ’ulot turi Akademik haftalar 1 1 1 1 1 1 1 2 3 4 5 67 8 9 0 1 2 3 4 5 Ajratilgan haftalik soatlar 6 6 6 6 6 66 6 6 6 6 6 6 6 6 19 20