Получение аммиака: свойства и способы получения

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
MAVZU: AMMIAKNING OLINISHI
TAYYORLADI: AQQIYEVA DILNOZA
QABUL QILDI: TOSHBOYEVA SH
Reja:
1. AZOTNING XOSSALARI
2.AMMIAKNING OLINISHI
3.AMMIAKNING XOSSALARI
 V guruppaning asosiy guruppachasi elementlari
nixoyatda katta axamiyatga ega. Masalan, azot
oksil moddalar tarkibiga kiradi. Ogirlik jixatidan Yer
pustlogining kariyb 4 . 10-2% ini azot tashqil etadi.
Bu miqdorning kupchilik kismi atmosferada buladi.
Fosfor Yer pustlogining 8 . 10-2% ini, mishyak 5 .
10-2% ini, surma 4 . 10-5% ini va vismut 2 . 10-5%
ini tashqil qiladi.
 Azot – tartib nomeri 7, atom ogirligi 14,0067;
tabiatdagi barkaror izatoplari 14N va 15N bulib,
15N tabiatdagi barcha azotning atiga 0,365% ini
tashqil qiladi; kolgani 14N dir. Elektron
konfigurasiyasi K 2S22P3.
Azotning mavjudligini 1772 yilda D.Rezerford anikladi.
1774 yilda Lavuazye bu elementga «azot» deb nom berdi
va uning mustaqil element ekanligini isbotladi.
Azot tabiatda erkin va boglangan xolatda uchraydi. Erkin
azot N2 molekulalar xolida asosan atmosferada,
boglangan azot esa Chili selitrasi NaNO3 va Xind selitrasi
KNO3, shuningdek oksidlar tarkibida uchraydi.
Azotning eng katta manbai xavo bulganligi sababli uni
xavodan olish mumkin. Buning uchun avvalo xavoni
kuritib, namni yukotiladi; karbonat angidrid esa kalsiy
gidroksid yoki ishqor eritmasiga yuttiriladi; shu tarika
tozalangan xavo chuglangan mis ustidan utkazilganda
mis kislorodni uziga biriktirib oladi; azot va inert gazlar
esa ajralib koladi
Texnikada azot olish uchun suyuk xavoni fraksiyalab
xaydash usulidan foydalaniladi. Suyuk xavo asosan
azot va kisloroddan iborat; azotning qaynash xaroratsi
195,8o bulib, kislorodning qaynash xaroratsi – 183o dan
pastdir; binobarin, suyuk xavodan avval azot, keyin
kislorod buglanadi.
Laboratoriyada toza azot olish uchun ammoniy
xloridning tuyingan eritmasi bilan natriy nitratning
tuyingan eritmalari aralashmasini kizdiriladi. Bunda
kuyidagi reaksiya sodir buladi:
NH4NO2+ --> N2+2H2O
Ammoniy nitratning uzi esa NH4Cl bilan NaNO2 dan
xosil qilinadi. Ammoniy xlorid urnida ammoniy sulfatdan
foydalanish xam mumkin. Azot ammiakni xlorli oxak
bilan oksidlash yuli bilan xam olinadi:
2NH3+ 3CaOCl2 = N2+3H2O+3CaCl2
Odatdagi sharoitda azot rangsiz va xidsiz gaz. Azot suyuk
va qattiq xolatlarda xam rangsiz. Azotning kritik xaroratsi
juda past (-147,1oS); shuning uchun xam uni suyuk
xolatga aylantirish ancha kiyin.
Azot ximiyaviy reaksiyalarga kirishmaslik jixatidan inert
gazlaridan keyin birinchi urinda turadi. Lekin ba'zi metallar
(masalan, litiy) bilan salgina kizdirgandayok birikib ketadi.
Azot litiy bilan birikkanda litiy nitrid Li3N xosil buladi. Azot
magniy bilan xam magniy nitrid Mg3N2 xosil qiladi.
Ishqoriy va ishqoriy – yer metallarning nitridlari suvda
gidrolizga uchraydi:
Mg3N2 + 6H2O --> 3Mg(OH)2 +2NH3
Azot kalsiy, alyuminiy va kremniylar bilan faqat yukori
xaroratda reaksiyaga kirishadi. Ogir metallar (titan,
sirkoniy, xrom, niobiy, tantal, toriy va uran) xam azot bilan
nitridlar xosil qiladi; lekin bu metallarning nitridlari, ayniksa
toriy nitridi, suvda gidrolizlanmaydi.
 Ammiak NH3, gidrazin N2H4 va azid kislota
NH3 azotning vodorodli birikmalaridir.
Gidroksilamin (NH2OH) xam azotning
vodorodli birikmasi katoriga kiradi.
 Ammiak tabiatda oksil moddalarning
chirishidan xosil buladi, bundan tashkari, u
ammoniy tuzlari ( masalan, ammoniy xlorid)
kuchli asoslar ta'siridan parchalanganda
ammiak xosil buladi:
 2NH4Cl + Ca(OH)2 --> CaCl2+2NH3+2H2O
 Ammiakli suv – novshadil spirtni kizdirish
yuli bilan xam laboratoriyada ammiak
olinadi. Ba'zan nitridlar gidroliz qilinganda
xam ammiak xosil buladi.
 Sanoatda ammiak olish asosiy xom ashyo erkin
xolatdagi vodorod bilan azotdir. Bu ikki moddadan
ammiak sintez qilinadi:
 N2+3H2  2NH3
 Ammiak uziga xos utkir xidli, rangsiz gaz. U suvda
juda yaxshi (20o S da 1 l H2O da 700 l NH3) eriydi.
Ammiak 20o S da va 8,5 atm bosimda suyuk
xolatga utadi. Suyuk ammiak ba'zi anorganik
moddalarni yaxshi eritadi, shuning uchun turli
sintez reaksiyalarida erituvchi sifatida ishlatiladi.
 Ammiak odatdagi sharoitda barkaror modda.
Ammiak kuyidagi bir kator reaksiyalarga kirisha
oladi:
 1. Ammiak molekulalari metallarning tuzlari bilan
birikib, ammiakatlar xosil qiladi.
 Laboratoriya sharoitida ammoniy tuzlariga
ishqorlar ta`sir ettirib olinadi:
 NH4Cl + NaOH NaCl + NH3 + H2O
 2NH4Cl + Ca(OH)2 CaCl2 + 2NH3 + 2H2O
 Sanoatda ammiak havodagi azot va vodorod gazi
aralashmasini yuqori bosim 200-800 atm. bosim,
500-5500C temperaturada Fe + Al2O3 katalizatori
ishtirokida o`zaro ta`siri natijasida olinadi:
 N2 + 3H2 2NH3 - H = - 49,6 kj/mol
 Bu qaytar jarayon bo`lgani uchun reaksiya
davomida muvozanat yuzaga keladi. Muvozanatni
siljitish shartlari to`q`risida "kimyoviy muvozanat"
mavzusida batafsil tushunchalar berilgan edi
 Ammiak odatdagi sharoitda havodan engil, rangsiz
bo`q`uvchi gaz, 1 l suvda 700 hajm eriydi. –330C da
qaynab, -780C da qattiq holatga o`tadi.
 Ammiak moddasining buq`lanish issiqligi katta bo`lgani
uchun muzlatgichlarda "sovuqlik hosil qiluvchi modda"
sifatida ishlatiladi.
 NH3 molekulasi uch yoqli piramida tuzilishli rN-H = 1,015
0A, < rHNH = 107,3 . Azot atomi orbitallari sp3
gibridlanganligi sababli kuchli donor xossasiga ega,
molekulasining dipol momenti = 1,46 D bo`lib, qutbli
molekuladir.
 Ammiakning suvda erishi uning molekulasidagi bir juft
taqsimlanmagan elektron jufti borligi bilan oson
tushuntiriladi.
 NH3 + H+ NH4+
 Ammiak molekulasi vodorod ioni bilan reaksiyaga kirishib
kompleks ion hosil qiladi. Vodorod ionida vakant katakcha bor,
ammiak molekulasida esa, elektron jufti bor. Azot atomi
elektron juftini berib, donor vazifasini bajaradi. Vodorod ioni
esa vakant, ya`ni bo`sh orbitali bilan akseptor vazifasini
o`taydi. SHunday qilib, donor akseptor boq`lanish vujudga
keladi.
 Hosil bo`lgan modda NH4OH - kuchsiz asos:
 NH4OH NH4+ + OH
 Eritmada Kd = 1,8*10-5, 1 molyarli eritmasida dissotsilanish
darajasi 0,4% ni tashkil etadi. 25% li eritmasi keng ishlatiladi (r
= 0,91 g/sm3). Uni suyultirib tegishli konsentratsiyali eritmalar
hosil qilinadi. 10% li NH4OH eritmasi "nashatir spirti" deyiladi.
Ammiakning har qanday konsentratsiyali eritmasi zaharli
modda.
 Gaz holidagi ammiak turli kislotalar bilan birikib, qattiq
holatdagi moddalarni hosil qiladi:
 NH3(g) + HCl(g) NH4Cl(q)
 2NH3(g) + H2SO4(s) (NH4)2SO4(q)
 NH3(g) + HNO3(s) NH4NO3(q)
 Hosil bo`lgan tuzlar ammoniy tuzlari deyiladi va
barchasi suvda yaxshi eriydi. Suvdagi eritmalarida
ammoniyli tuzlaridan: NH4OOCCH3, (NH4)2CO3,
(NH4)3PO4, NH4NO2, NH4CNS, (NH4)2S lar ham
kation, ham anion bo`yicha gidrolizlanadi. NH4Cl,
NH4NO3, (NH4)2SO4, NH4ClO4 kabilar faqat kation
bo`yicha gidrolizlanib, eritma muhiti kislotali
bo`ladi:
 NH4+ + CH3COO - + H2O NH4OH + CH3COOH
(pH ~ 7)
 NH4+ + NO3- + H2O NH4OH + H+ + NO3- (pH < 7)
 Qattiq holdagi ammoniy tuzlarini hosil qilgan
kislotalarning kuchi ortib borishi bilan ularning
termik barqarorligi ham ortib boradi. Shu boisdan
NH4NO2 ga nisbatan NH4NO3, NH4F ga nisbatan
NH4Cl, unga nisbatan NH4J barqaror moddalardir.
2. Ammiakning suvdagi eritmasi asosli xossaga ega;
uni ammoniy gidroksid deb ataladi. Ammoniy ionining
xosil bulishini donor – akseptor boglanish natijasi deb
qaraladi: ammiak molekulasidagi bir juft erkin
elektronlarga proton kelib birikadi:
H3N: + H+ --> [NH4]+
3. Ammiak kislotalar bilan birikib ammoniy tuzlarini
xosil qiladi, masalan:
NH3 + HCl --> NH4Cl
4. Ammiak bilan kislorod (yoki oldindan kizdirilgan
xavo) aralashmasi yonganida erkin azot va suv bugi
xosil buladi:
4NH3 + 3O2 --> 2N2 + 6H2O
Ammiakning bu tarika yonishi xech kanday amaliy
axamiyatga ega emas, aksincha uni katalizator (platina)
ishtirokida 800oS da xavo kislorodi NO ga kadar
oksidlanishi katta texnikaviy axamiyatga ega:
4NH3 +5O2 --> 6H2O +4NO chunki xosil bulgan NO xavo
kislorodi bilan birikib, NO2 ga aylanadi: NO2 dan esa
nitrat kislota olinadi. Ammiakning katalitik oksidlanishi
xozirgi vaktda nitrat kislota olishning asosiy usuli
xisoblanadi.
5. Ammiak okimi 300oS ga kadar kizdirilgan nitratga
(xavosiz joyda) yuborilsa, nitriy amid NH2Na xosil
buladi:
Xuddi shu yul bilan boshka ishqoriy va ishqoriy – yer
metallarning amidlari olinadi.
6. Ammiakning suvdagi eritmasi orqali xlor utkazilsa,
ammiak oksidlanib azotga aylanadi:
8NH3+Cl2 --> N2+NH4Cl
 7. Ammiak molekulasidagi bir vodorod
atomining xlorga almashinish maxsuloti
xloramin NH2Cl ammiakning natriy gipoxlorit
ta'sirida oksidlanishdan olinadi:
 NH3 +NaOCl --> NaOH +NH2Cl
 Xloramin minus 66oS da suyuklanadigan
yomon xidli gaz. Xloramindan tashkari
ftoramin NH2F va xloramin NHCl2 va ftoramin
NHF2 lar xam ma'kul.
 Ammiak asoslar katoriga kiradi. U kuchli va
kuchsiz kislotalar bilan (xatto karbonat kislota
bilan xam) tuzlar xosil qiladi.
 NH4+ ionining radiusi r = 1,43 A bo`lib, kaliy ioni (K+) radiusi r =
1,33 0A ga yaqin. Shu boisdan ammoniy birikmalarining
xossalari kaliyning birikmalari xossalariga o`xshab ketadi.
 Bu tuzlardan NH4NO3 ammoniyli selitra, (NH4)3PO4 ammofos,
K(NH4)3PO4 ammofoska azotli va kombinatsiyalangan mineral
o`q`itlar sifatida ishlatiladi. (NH4)2CO3 ammoniy karbonat non
va kandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda, "q`ovak" tuzilishli
mahsulotlar olishda (NH4)2CO3 ---> 2NH3 + CO2 + H2O keng
qo`llaniladi.
 Ammoniy tuzlari bilan ammoniy gidroksid aralashmasi (NH4Cl +
NH4OH; NH4OOCCH3 + NH4OH eritma muhiti doimiy bo`lgan
asosli bufer eritmalar hosil qilishda keng qo`llaniladi.
 Gaz holidagi ammiak kuchli qaytaruvchilik xossasiga ega
bo`lgani uchun ba`zi passiv metallarni olishda ishlatiladi:
 3CuO + 2NH3 3Cu + 3H2O. Kislorod ta`sirida ammiak yonadi
4NH3 + 5O2 4NO + 6H2O (katalitik oksidlanish).
Katalizatorsiz: 2NH3 + 3/2O2 N2 + 3H2O. Azotning kislorodli
birikmalarini hosil qilishda foydalaniladi.
 Ammoniy tuzlarining uziga xos xossalari
kuyidagidan iborat:
 1. Ammoniy tuzlari suvdagi eritmalarda
gidrolizga uchraydi.
 2. Ammoniy tuzlari ishqorlar ta'siridan
parchalanadi, masalan:
 NH4Cl +NaOH --> NH3+NaCl+H2O
 3. Ammoniy tuzlari issik ta'siridan
parchalanadi, masalan:
 NH4Cl --> NH3 + HCl
 NH NO --> N +O +2H O.
Foydalanilgan adabiyotlar:
 Saidnosirova “Anorganik kimyo” Toshkent
“o’qituvchi” 1970 yil
 X. R. Raximov “Anorganik kimyo” Toshkent
“O’qituvchi” 1974 yil
 Q. Axmedov, A. Jalilov, R. Sayfutdinov “Umumiy va
anorganik kimyo” Toshkent “O’zbekiston” 2003yil
 Q G’afurov, I Shamsiddinov “Mineral o’g’itlar va
tuzlar texnologiyasi” Toshkent “Fan va texnologiya”
2007yil
 Ya A Ugay “Obshaya ximiya” Moskva “Vishaya
shkola” 1984 yil
 www.google.uz
 www.ziyonet.uz